1 2 3 4 5 6

Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun

bet1/6
Sana16.04.2018
Hajmi383.53 Kb.

 

Barkamol avlod –

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal 8 (232)-son, 2015-yil, avgust

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

“Maktabgacha tarbiya” jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

“Sog‘lom avlod uchun” 

xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INAMOVA

Tatyana KARIMOVA

Ulug‘bek INOYATOV

Abdulla ORIPOV

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Gulhayo NAIMOVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil 

va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar 

javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos 

kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga 

qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Nargiza Normaxmatova 

Musahhih: Sayyora Sharipova

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2015-yil 5-sentabr kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 4066 nusxa. 1000-buyurtma. 

“Sano-standart” MCHJ bosmaxonasida  

chop etildi.

Toshkent sh., Shiroq ko‘chasi, 100-uy.

  

USHBU SONDA:

USHBU SONDA:

MUSTAQILLIK UFQLARI

Toabad gullagay yurtim jamoli! ................................................2

Fond FAoLIyATIdAn

Savobli ishlar bardavomligi ......................................................4

31-AVGUST – QATAG‘on QURBonLARInI yod ETISH KUnI

Xotira chirog‘i mangu yonadi ...................................................6

TARBIyA TAdQIQoTLARI

Bola shakllanishida shaxslararo munosabatlar ta’siri ................9

IFTIxoR

Havo yo‘llarimizdagi yuksak parvozlar ...................................12

SoG‘LIGIMIZ o‘Z Qo‘LIMIZdA

Ko‘zingiz oydin bo‘lsin ...........................................................13

MAdAnIy MERoS VoRISLIGI

O‘lan aytsang, ma’nilisin ayt! ................................................16

IBn SIno dARSxonASI

O‘tkir pnevmoniya xavf solganda...  .......................................19

RUHIyAT MAnZILI

Xulq-atvorni o‘zgartirish mumkinmi? ......................................21

BUyUK SIyMoLAR

Raqamlarni so‘zlatgan olim ....................................................22

SHAxS KAMoLoTI

Kasb tanlovi ham boshdan .....................................................24

MUToLAA

“Hayratul – abror” hayratlari ...............................................26

FAn VA ZAKoVAT

Nоu-xau intellektual mashinalari ...........................................29

BIRINCHI BET:

Betakrorimsan, yago-

nasan, ona Vatanim – 

O‘zbekistonim!

TO‘RTINCHI BET:

San’atimiz nihollari



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

2

Har yili davlatimizning bosh bayrami –

Mustaqillik kunini nishonlashda bosib o‘tgan 

yo‘limizga, dovonlarga yana bir nigoh tashlab, 

xulosa chiqaramiz, baholaymiz. Zero, ana shu 

tarixan qisqa davr mobaynida yurtimizda asr-

ga tatigulik o‘zgarishlar, yutuqlarga erishilga-

nidan faxrlanamiz, qalbimiz iftixorga to‘ladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan bu yilgi 

bayramni “Betakrorimsan, yagonasan, ona 

Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida kutib 

olayotganimiz zamirida ham mustaqillikning 

naqadar ulug‘ ne’mat ekanligi, shu muqaddas 

Vatanda o‘tayotgan tinch-osuda hayotimiz, 

farovon turmushimizning qadriga yetish, uni 

asrab-avaylashdek ulug‘ g‘oya va maqsad mu-

jassamdir.

Istiqlol sharofati bilan tarixan qisqa davrda 

O‘zbekiston har tomonlama tez sur’atlar bilan 

rivojlanib, kuch-qudrati va salohiyati jadal 

yuksalib borayotgan mamlakatga aylandi. 

O‘tgan davr muhtaram Yurtboshimiz rahna-

moligida taraqqiyotning “o‘zbek modeli” aso-

sida jamiyatimizning barcha jabhalarida rivoj-

lanish, xalqimiz turmush farovonligini oshi-

rish, xalqaro hamjamiyatda davlatimiz nufu-

zini yuksaltirish va eng muhimi, tinchlik-oso-

yishtalik barqaror bo‘lgan erkin fuqarolik ja-

miyatini qurish davri bo‘ldi. 

Bu ayniqsa, iqtisodiy-ijtimoiy siyosat, 

yoshlar va ta’lim, sog‘liqni saqlash va bolalar 

sportini rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy soha-

larda ko‘proq ko‘zga tashlanadi.

Xalqimizning fidokorona mehnati va istiq-

lolning ilk yillaridan to‘g‘ri tanlangan oqilona 

siyosat natijasida bugun O‘zbekiston erisha-

yotgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati 

tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Jumladan, 

Jahon iqtisodiy forumi tomonidan e’lon qilin-

gan reytingda iqtisodiyoti eng tez rivojlana-

yotgan davlatlar orasida mamlakatimiz 

5-o‘rinni egallagani, shuningdek, Birlashgan 

Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Ko-

lumbiya universiteti tomonidan tashkil qilin-

gan ijtimoiy tadqiqotlar asosida e’lon qilingan 

“Butunjahon baxt indeksi”da Vatanimiz 158 

ta mamlakat orasida 44-pog‘onani, Mustaqil 

Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari ichida 

1-o‘rinni egallagani barchamizning qalbimiz-

ga faxr va iftixor tuyg‘ularini bag‘ishladi.

Xalqimizning turmush darajasi muttasil 

yuksalib, shahar va qishloqlarimiz yanada 

go‘zal qiyofaga ega bo‘lib borayapti. Buni 

ularda amalga oshirilayotgan katta ko‘lamdagi 

qurilish va obodonchilik, ko‘kalamzorlashti-

rish ishlari, mahobatli inshootlar misolida 

ko‘rib turibmiz. 

O‘tgan davr mobaynida birgina poytaxti-

mizda ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik 

ishlari amalga oshirildi. Toshkent MDH mam-

lakatlari orasida eng yirik 5 ta shahardan biri-

ga aylandi. Nufuzli “Economist” jurnali talqini 

bo‘yicha jahondagi yashash eng qulay bo‘lgan 

shaharlar reytingida 140 ta da’vogar qatorida 

58-o‘rinni egalladi, Markaziy Osiyo hamda 

Kavkaz mintaqasi bo‘yicha esa yagona vakil 

bo‘ldi. 

Mustaqillik ufqlari



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

3

Respublikamizda ta’lim, fan va madaniyat, 

sog‘liqni saqlash va infratuzilma sohalarida 

ulkan o‘zgarishlar yuz berdi, ko‘plab yangi in-

shootlar va muassasalar qad ko‘tardi. Xusu-

san, ta’lim sohasini oladigan bo‘lsak, o‘nlab 

yangi maktablar, zamonaviy kollej va akademik 

litseylar qurildi. Jahon iqtisodiyoti va diplo-

matiya universiteti, Toshkent Axborot texno-

logiyalari universiteti, Toshkent Islom univer-

siteti kabi oliy ta’lim muassasalari ochildi. 

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi hamda 

O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti 

yangi binoga ega bo‘ldi, O‘zbekiston Davlat 

jahon tillari universitetining yangi majmuasi 

esa yangidan qad ko‘tara boshladi. 

Mamlakatimizdagi aksariyat ilmiy-tadqiqot 

muassasalari xalqaro ko‘lamda ham katta nu-

fuzga ega. Xususan, Genomika va bioinforma-

tika markazi, Kembrij universiteti bilan ham-

korlikdagi Yuksak texnologiyalar markazi, 

Xalqaro quyosh energetikasi instituti shular 

jumlasidan. 

Mustaqillik yillarida madaniyat sohasida 

ham juda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Mada-

niy muassasalarimiz faoliyati kengayib, ularga 

xizmat ko‘rsatuvchi bino va inshootlar soni 

ham ortib bordi. Jahondagi hech bir kutubxo-

nadan qolishmaydigan O‘z bekiston Milliy ku-

tubxonasi, Tasviriy san’at galereyasi, Temu-

riylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbon-

lari xotirasi muzeyi, Milliy san’at markazi, 

Yoshlar ijod saroyi kabi ha shamatli inshootlar 

bunyod etilib, faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda Toshkentda Inha, Xalqaro 

Vestminster va Turin politexnika universitet-

lari, Singapur menejmentni rivojlantirish ins-

tituti, Rossiyaning bir necha oliy o‘quv yurtla-

ri filiallari faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda birgina poytaxtimizda 

emas, Samarqand, Nukus, Xiva, Guliston, 

Jizzax, Termiz, Andijon kabi o‘nlab shaharla-

rimizda ham amalga oshirilayotgan bunyod-

korlik ishlari, islohotlar o‘z samarasini ber-

moqda. Bu o‘zgarishlar o‘lkamiz qiyofasida 

ham, odamlar dunyoqarashida, turmush tar-

zida ham aks etib turibdi. 

Zero, Mustaqillik tufayli xalqimiz barcha 

sohalarda muvaffaqiyatlarga, yuksak zafarlar-

ga erishdi. Buni ijtimoiy sohalar, xususan, 

birgina tibbiy-sanitariya sohasidagi yutuqlari-

miz misolida ko‘rish mumkin. Misol tariqasi-

da qayd etadigan bo‘lsak, o‘tgan qisqa davrda 

mamlakatimizning barcha hududlarida, sha-

harlardan tortib, eng olis chekka qishloqlarda 

ham aholi, ayniqsa, onalar va bolalar, oilalar-

ga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va 

ko‘lami zamonaviy darajaga yetdi. Birlamchi 

tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi qish-

loq vrachlik punktlari, tuman va shahar tibbi-

yot birlashmalari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbi-

yot markazlari tashkil etildi. Ular mustahkam 

moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlandi. Bu 

boradagi sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, 

o‘tgan yillarda mamlakatimizda onalar va bo-

lalar o‘limi 3 barobardan ziyodga kamaydi. 

Shu o‘rinda bolalarning 92 foizi rivojlanish 

ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon Sog‘liqni saq-

lash tashkiloti standartlariga to‘la mos kelishi-

ni ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

O‘tgan qariyb chorak asr davomida mam-

lakatimizda butunlay yangicha sharoitda, 

mustaqillik ruhida kamol topgan yangi avlod 

vakillari shakllandi, Istiqlol bayrami munosa-

bati bilan tashkil etiladigan tadbirlarimizda 

zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur 

egallagan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z ona yur-

tiga mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydi-

gan, hech kimdan kam bo‘lmagan, hal qiluv-

chi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan yosh-

larimiz faol ishtirok etib, tashabbus ko‘rsatish-

moqda. Bugungi tinch-totuv hayotimiz, eri-

shayotgan yutuq va muvaffaqiyatlardan mam-

nun bo‘lish barobarida, ertangi kunimizga 

bo‘lgan ishonch yanada ortib bormoqda.

Bugungi O‘zbekiston bo‘ylab kezar ekan-

siz, so‘lim va obod qishloqlar, qadim va yangi 

shaharlarimizning jamolini ko‘rib ko‘zingiz 

yayraydi, dillar quvonadi. Bularning bari 

mehnatkash va lafzi halol elimizning ro‘yobga 

chiqqan orzu-niyatlari, ezgu umidlari nisho-

nasidir. Chunki biz tanlagan yo‘l bunyodkor-

lik va ezgulik yo‘lidir! Yorug‘ kunlarning bu-

gungi shukuhi esa shunday yangramoqda: 

“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – 

O‘zbekistonim!” 

Rustam BOYTO‘RA.

Mustaqillik ufqlari



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

4

Inson qalbi doimo mehrga muhtojlik sezib 

yashaydi. Kimgadir mehr ko‘rsatish, ko‘nglini 

ko‘tarish va unga yordam qo‘lini uzatish inso-

niylik fazilatlari orasidagi eng oliysi bo‘lsa 

ajabmas.


Mamlakatimizda aholining 40 foizini 18 

yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar tashkil etadi. 

Shu bois jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, 

aql-zakovati yuksak, mustaqil fikrlaydigan va 

kelajakka ishonch bilan qaraydigan barkamol 

avlodni tarbiyalash haqida g‘amxo‘rlik qilish 

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga ay-

landi. 


 Bu boradagi xayrli ishlarda davlat tuzil-

malari qatori mamlakatimizning ko‘plab ja-

moat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. 

Ular orasida “Sog‘lom avlod uchun” huku-

matga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya 

fondi alohida o‘rin tutadi. Fond davlat dastur-

larini amalga oshirishda ishtirok etish bilan 

birga, onalik va bolalikni muhofaza qiluvchi 

tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, oila-

larda sog‘lom avlodning tug‘ilishi va tarbiya-

lanishi uchun yuksak mas’uliyat psixologiya-

sini shakllantirishda ko‘maklashish kabi vazi-

falarga to‘liq javob beradigan o‘zining ko‘plab 

loyihalarini ham hayotga tatbiq etmoqda.

Hozirgi vaqtda fond quyidagi yo‘nalishlar-

da o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda:

•  aholining tibbiy madaniyatini oshirish;

•  onalik va bolalikni muhofaza qilish;

•  oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish­

ni metodik ta’minlash;

•  “Mehribonlik”  uylari,  maxsus  bolalar

muassasalari va kam ta’minlangan oilalarga 

muruvvat yordamini ko‘rsatish;

•  yosh oilalarni patronajga olish;

•  iste’dodli bolalarni qo‘llab­quvvatlash;

•  ayollar va bolalarning dam olishi uchun

shart-sharoitlar yaratish.

Bundan tashqari, “Sog‘lom avlod uchun” 

fondi bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar 

bilan birgalikda hukumatimiz qarorlari hamda 

Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash uchun 

bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish 

maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib 

kelmoqda. 2015-yil davomida fond mazkur 

yo‘nalishda Germaniyaning “Friedensdorf In-

ternational” xalqaro tashkiloti, Koreya Res-

publikasining “Save the Children” xalqaro 

fondi, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash fondi 

(KOFIH), Ewha Womans University, Severance 

University, Inha va Bundan Cha universitetla-

ri gospitallari bilan hamkorlikda tug‘ma yurak 

nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma 

qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bi-

lan og‘rigan o‘zbekistonlik bemor bolalarni 

bepul sog‘lomlashtirdi. Jumladan, fond uzoq 

yillardan beri Koreya Respublikasining bir 

qator xalqaro tashkilotlari va universitetlari 

bilan hamkorlikda keng ko‘lamli faoliyat olib 

bormoqda. 2014-yildan boshlab esa Koreya 

Res 


publikasining Ewha Womans University 

gospitali bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, 

Ewha Womans University gospitalining mala-

kali shifokorlari joriy yilda Toshkent pediatri-

ya tibbiyot instituti klinikasida, Fondning 

Tibbiy-ijtimoiy markazida, Toshkent viloyati 

O‘rta Chirchiq tumani bolalar shifoxonasida 

va Yuqori Chirchiq tumani “Ariran” qariyalar 

uyida bo‘lishib, jami 529 nafar aholi tibbiy 

ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Ushbu xayrli ishlarni davom ettirish maq-

sadida, joriy yilning 2–9-avgust kunlari Kore-

ya Respublikasining Ewha Womans University 

gospitali malakali shifokorlari (26 nafar pro-

fessorlar, jumladan, kardiolog, allergolog, or-

toped, terapevt, farmatsevt, tibbiyot hamshi-

ralari, stomotolog-gigiyenist, talabalar va 

volon 

tyorlar) yurtimizga tashrif buyurishdi. 

SAVOBLI ISHLAR BARDAVOMLIGI

Fond faoliyatidan



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

5

Ular 3–7-avgust kunlari Andijon viloyati bola-

lar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida Far g‘ona, 

Andijon va Namangan viloyatlari aholisini 

chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘t kazishdi 

va xorijlik professorlar ishtirokida Andijon 

davlat tibbiyot instituti talabalar va magistrla-

ri uchun ortopediya va kardiologiya sohalari-

da ma’ruzalar tashkil etishdi. Shuningdek, 

koreyalik talabalar Andijon davlat tibbiyot 

instituti faoliyati bilan yaqindan tanishib, tib-

biyot sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish 

maqsadida o‘zaro fikr almashishdi. Tibbiy 

ko‘rik davomida xorijlik mutaxassislar o‘zlari 

bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-

gigiyena vositalarini bemorlarga bepul tarqa-

tishdi.

Shuningdek, tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi 

tashkil etilib, bu vazifani mamlakatimizning 

har bir hududida shakllantirilgan sayyor bri-

gadalar mutaxassislari amalga oshirmoqda. 

Ular oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti, 

ulardagi psixologik muhit va oila a’zolarining 

salomatligini o‘rganmoqda. Bunday patronaj 

tizimi faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan bu-

yon zamonaviy tashxis qo‘yish va davolash 

uslublaridan foydalangan holda 3 million na-

fardan ortiq kishi, asosan, olis aholi punktlari-

da yashaydigan xotin-qizlar hamda bolalar 

tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. 

Ko‘makka muhtoj oilalarga manzilli ijtimoiy 

yordam ko‘rsatildi. Tibbiy-ijtimoiy patronaj 

brigadalari bir paytning o‘zida oilada sog‘lom 

turmush tarzini shakllantirish, aholi tibbiy 

madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan keng 

ko‘lamdagi ishlarni ham amalga oshirmoqda. 

Shu maqsadda mahallalar, ta’lim muassasala-

rida mutaxassislar ishtirokida uchrashuvlar, 

davra suhbatlari uyushtirilmoqda.

So‘nggi ikki yilda fond tomonidan o‘sib 

kelayotgan yosh avlodni sog‘lomlashtirish va 

barkamol tarbiyalashga qaratilgan davlat das-

turlarini amalga oshirish borasida o‘nlab loyi-

halar hayotga tatbiq etildi. Masalan, Sog‘liqni 

saqlash vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘lla-

ri” davlat aksiyadorlik kompaniyasi ishtiroki-

da Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo vilo-

yatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi-

ga sakkiz marta “Salomatlik” poyezdi yuboril-

di. Bu poyezdlarning shifokorlar brigadalari 

tarkibida mamlakatimiz yetakchi klinikalari-

ning tashxis qo‘yish va davolash bilan shu-

g‘ullanadigan turli soha mutaxassislari bo‘ lib, 

ular aholiga tibbiy maslahatlar bermoqda, 

davolash va profilaktik yordam ko‘rsatmoqda. 

Bundan tashqari, joylarda aholi, birinchi nav-

batda, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oila-

larga xayriya yordami ko‘rsatilmoqda, dori-

darmonlar, vitaminlar va gigiyena vositalari 

berilmoqda.

Xayriya faoliyatiga ham katta e’tibor qara-

tilmoqda. Mehribonlik uylari, ixtisoslashtiril-

gan maktab-internat tarbiyalanuvchilari, no-

giron bolalar, serfarzand va kam ta’minlangan 

oilalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda.

Shubhasiz, sog‘lom turmush tarzini ta’-

minlashda eng yaxshi vosita bu jismoniy tar-

biya va sportni rivojlantirishdir. Shuning uchun 

xotin-qizlar va bolalar, ayniqsa, qizlarni jis-

moniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga 

jalb etish jamg‘arma faoliyatida muhim o‘rin 

tutadi. Bu borada sportning tennis va stol 

tennisi, badiiy gimnastika, sinxron suzish, 

badminton, voleybol kabi ko‘plab turlari 

bo‘yicha turli musobaqalar tashkil etilmoqda. 

Barkamol avlodni tarbiyalashda bolalarning 

ijodiy salohiyatini rivojlantirish ham muhim 

o‘rin egallaydi. Shu maqsadda har yili yosh 

musiqachilar, xonandalar, raqqos va rassom-

larning respublika hamda hududiy ko‘rik-tan-

lovlari o‘tkazilmoqda.

Fond tomonidan mamlakatimiz davlat va 

jamoat tuzilmalari, xalqaro sherik-tashkilotlar 

bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ush-

bu xayrli ishlar, avvalo, uzoq muddatli sama-

raga erishish – millat genofondini saqlash ham-

da yaxshilash, aholining umr ko‘rish davo-

miyligi va sifatini oshirish maqsadida sog‘lom 

avlod tug‘ilishi va voyaga yetishi uchun 

shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan harakat-

lardir.

Nazokat IBRAGIMOVA.

Fond faoliyatidan



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

6

Istiqlol ulug‘ ne’mat. Uning hur shabadasi 

esgan yurt ozod va obod bo‘ladi, kelajagi 

ravnaq topadi. Qadim va boy tarixga ega yur-

timiz o‘z ozodligi uchun kurashgan farzandla-

ri xotirasini qadrlaydi, doim yodda tutadi. 

Ma’lumki, XX asrning 20-yillar oxiri – 50-yillar 

boshida sobiq sovetlar tuzumining dushman-

lari sifatida necha yuz minglab kishilar surgun 

qilingan, qurbon bo‘lgan. Xususan, respubli-

kamizda ham ziyolilardan tortib, ko‘plab od-

diy aholigacha shu siyosatning qurboni bo‘ldi. 

Bu davr tarixchilar tomonidan o‘rganilib, tad-

qiq etib kelinmoqda. Qatag‘on qurbonlarining 

nomini xotirlab poytaxtimizda Prezidentimiz 

tashabbusi bilan “Shahidlar xotirasi” yodgor-

lik majmui bunyod etilganki, bu ham tarixi-

mizga, o‘tganlar xotirasiga bo‘lgan hurmat 

ramzidir. 

Inson nomi ulug‘, xotirasi abadiy. Har yili 

31-avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish 

kuni” sifatida nishonlab kelinadi. Ayni sana 

munosabati bilan O‘zbekiston FA Tarix insti-

tuti “O‘zbekistonning sovet davri tarixi” 

bo‘limi mudiri, tarix fanlari doktori, professor 

Qahramon Rajabov bilan suhbatlashdik. 

– Domla, avvalo “Qatag‘on qurbonlari” 

atamasi haqida izoh bersangiz. Tarixiy 

nuqtayi nazardan, qatag‘on qurbonlari de­

ganda kimni tushunmoq lozim?

– Izohli lug‘atda bu so‘zning taqiqlash, 

yo‘q qilish, quvg‘in qilish kabi ma’nolarni 

anglatishi berilgan. Qatag‘on so‘zi lug‘atimiz-

da qadimdan bo‘lsa ham, tarixiy nuqtayi na-

zardan olganda “qatag‘on qurbonlari” atamasi 

sovetlar davridagi mash’um voqealar sababli 

qo‘llanilmoqda. Bu davr tarixchilarimiz tomo-

nidan ko‘p o‘rganilgan, matbuotda yoritilgan 

va tadqiq etilmoqda. 

Milliy istiqlol fidoyilari bo‘ladimi yoki sha-

hidlar va qatag‘on qurbonlari bo‘ladimi, bar-

chasining oldida o‘z maqsadlari bo‘l gan. Bu 

maqsadlar turli yo‘nalishlarda bo‘lgan bo‘lishi 

mumkin. Lekin ular turli yo‘llar va usullar bi-

lan bo‘lsa-da o‘z yurti istiqlolini, iqtisodiy 

mustaqilligini va siyosiy jihatdan imkon qadar 

sovet hokimiyatidan mustaqil bo‘lishini orzu 

qilishgan.

Istiqlol fidoyilarini ham gohida shunga qi-

yoslash mumkin. Bunday insonlar safida bo‘l-

gan siyosatchilar xalqning siyosiy ongini 

o‘stirishga, ziyolilar va maorif sohasi vakillari 

esa xalqning madaniy-oqartuv ishlariga rah-

barlik qilgan. Xuddi shunga o‘xshab boshqa 

soha vakili ham o‘z navbatida yurt ravnaqi va 

uning istiqloli uchun jonini fido etishga tayyor 

turgan. Qilingan bunday sharafli xizmatlar o‘z 

navbatida sovet hokimiyati tomonidan olqish-

lanmagan, aksincha, bunday erkparvar, istiq-

lol fidoyilarining olib borayotgan harakatlari-

dan ularning maqsadi amalga oshgudek bo‘lsa 

yurtga istiqlol shabadasi esishini ilg‘agan hu-

kumat vakillari ularga nisbatan “vatan xoini”, 

“josus” kabi tamg‘alarni yopishtirdi. 

Shunday qilib, shu davrda istiqlol uchun, 

vatan taraqqiyoti, ravnaqi uchun intilganlar 

ommaviy ravishda qatag‘on qilingan. Bu aso-

san 1930–1953-yillar davomida amalga oshi-

rilgan. 



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-24.html

barnes-foundation-29.html

barnes-foundation-33.html

barnes-foundation-38.html

barnes-foundation-42.html