1 2 3 4 5

Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun - bet 5

bet5/5
Sana08.09.2017
Hajmi379.06 Kb.

C vitamini

C vitamini (askorbin kislota) moddalar alma-

shinuvida, ayniqsa, oqsil va uglevod almashi-

nuvida muhim o‘rin tutadi. Odamning immun 

tizimiga ijobiy ta’sir qiladi, kapillyarlar tonu-

sini bir xil ushlab turadi. Yaralarning tezroq 

bitishiga, qonda xolesterin miqdorining pasa-

yishiga yordam beradi.

Agar bu vitamin yetishmasa singa kasalligi 

yuzaga keladi. Buning natijasida odamda 

umumiy holsizlik, tez charchash, milklarning 

shishib, bo‘shashib qolishi, tishni cho‘tka bi-

lan tozalayotganda milk qonashi kuzatiladi. 

Bu vitamin ho‘l mevalar, ko‘katlar, sabzavot-

larda, ayniqsa, apelsin, mandarin, limon, ka-

ram, pomidor, piyoz tarkibida ko‘p uchraydi. 

Inson organizmining C vitaminiga bo‘lgan bir 

sutkalik ehtiyoji 75 mgni tashkil qiladi. Agar 

siydik tahlilida oksalat va uratlar aniqlansa, C 

vitamini me’yoridan ortiq qabul qilingan hi-

soblanadi, bu esa buyrakda toshlar paydo 

bo‘lishiga olib keladi. 

C vitaminining bir tabletkasi o‘zida 225 

mg, 1 litr sharbatda 150 mg, meva va sabza-

votlarda bo‘lsa taxminan yana shuncha miq-

dorda C vitamini bo‘ladi. Shuni yodda tutish 

lozimki, har qanday vaziyatda ham vitaminlar 

qabul qilish oldidan, albatta, shifokor bilan 

maslahatlashgan ma’qul. Shifokor sizga zarur 

bo‘lgan vitaminni tanlashda yordam beradi.

Gulhayo NORQULOVA,

Toshkent farmatsevtika instituti 

talabasi.

Ibn Sino darsxonasi



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

25

XXI asr texnika va texnologiya asri deb bot-

bot ta’kidlanmoqda. Zamon shiddatimi yoki 

globallashuv jarayoni oqibatidami insonlar-

ning, umuman, jamiyat a’zolarining texnikaga 

bo‘lgan qiziqishi oldingi yillarga nisbatan an-

chagina oshdi. Balki bunga sabab bugungi 

kunda talabning yuqori darajada ekanligidir. 

Bu qaysidir jihatdan yaxshi, chunki texnika 

insonlarning mushkulini oson qiladi, yangilik-

larning kashf etilishida katta rol o‘ynaydi. 

Texnika haqida so‘z ketar ekan, shu o‘rinda 

bugungi kunda eng ko‘p foydalaniladigan in-

ternet, qo‘l telefoni va ularning ijobiy, salbiy 

tomonlari xususida muxtasargina fikr yuritish-

ni lozim topdik.

Internet o‘zida uch jarayon, ya’ni televide-

niye, radio va matbuot (gazeta, jurnal) ni 

qamrab olishi bilan ajralib turadi. Internet 

orqali ham ko‘rishimiz, ham o‘qishimiz mum-

kin. Undan o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni 

tez va oson topib olishimiz, ayniqsa, mamla-

katlarda sodir bo‘layotgan yangiliklardan 

boxabar bo‘lishimiz bizning unga bo‘lgan ta-

labimizni yanada oshirmoqda. Internet orqali 

yangi do‘stlar orttirishimiz, uzoqdagi yaqinla-

rimiz bilan g‘oyibona diydorlashib turishimiz 

mumkin. Bu internetning ijobiy tomoni. Ma’-

lumki, barcha ezgulik va kashfiyotlar inson 

manfaati uchun yaratiladi. Lekin yaxshi nar-

salardan hamma ham ezgu maqsad yo‘lida 

foydalanmasligi hech kimga sir emas. Shu 

holatni internetda ham ko‘rish mumkin, ma-

salan, yoshlar ongini va ma’naviyatini zahar-

lovchi keraksiz axborotlar va vahshiy o‘yinlar. 

Eng achinarlisi esa, ba’zi yoshlarimiz bo‘sh 

vaqtlarini internetdagi pornografik (behayo) 

filmlarni va bema’ni o‘yinlarni ko‘rish va 

o‘ynash bilan o‘tkazishmoqda. Ayniqsa, In-

ternetdagi pochta orqali bo‘ladigan “qiziqarli” 

tanishuvlar yoshlarni internet qarshisida uz-

zukun mixlanib o‘tirishga va ularni tarbiya 

deb atalmish qo‘rg‘on chegaralarini buzishga 

majbur qilmoqda. Loqaydlik va bee’tiborlik 

natijasida yo‘l qo‘yilgan kichik xato kun kelib 

ildiz otib ulkan muammolar keltirib chiqaradi. 

Ammo bu paytda kech bo‘ladi. Mening naza-

rimda, bunga bir jihatdan ota-onalar va ta’lim 

muassasalari vakillarining beparvoligi ham 

sabab bo‘lmoqda. Chunki ular bu holatni 

vaqtida bartaraf etishmaganligi tufayli yuzaga 

kelgan. Agar ular bolani o‘z vaqtida nazorat 

qilsa, qachon qayerda bo‘lganini surishtirib 

tursa, bu hol chuqurlashib ketmaydi. Bolaning 

yoshligidanoq oq-qorani ajratishida ota-ona 

katta rol o‘ynaydi. Ortiqcha pul va bolaning 

bo‘sh vaqti ularni yanada internetga bog‘lab 

qo‘yadi. Shuning uchun ota-onalar farzandi-

ning bo‘sh vaqtida qo‘shimcha mashg‘ulotlar 

va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlashi lo-

zim. Ertamizning egalari bo‘lgan yosh avlodni 

ma’nan va jismonan yetuk qilib voyaga yetka-

zish oliy burch ekanini anglab yetmog‘imiz 

joiz. 


Shahruza MATYAQUBOVA,

O‘zMU jurnalistika fakulteti magistri.

INTERNET VA TARBIYA

Mushtariy minbari



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

26

Sehrli iplar. Ular yog‘och qo‘g‘irchoqlarda 

qalb yaratadi. Va shu qalblarga yaxshilik, 

mehr, muhabbat, shafqat tuyg‘ularini ekadi. 

So‘ng qo‘g‘irchoqlar chehrasida bizning se-

vimli ertak qahramonlarimiz tirila boshlaydi: 

Zumrad va Qimmat, Oltin baliqcha, Qizil 

shapkacha, ayyor tulki-yu anqov va mehribon 

ayiq.

Qo‘g‘irchoq qahramonlar bolalarning mur-

g‘ak yuragida tug‘ilgan rang-barang tuyg‘ular-

ga nom qo‘yadi: botir, yalqov, qo‘rqmas, 

dangasa, aqlli, odobsiz, sotqin, yaxshi, yo-

mon... ular o‘zgalar tafakkurining mahsuli, 

fantaziyasining vizual ifodasi bo‘lgan, mult-

film qahramonlari emas. Ular lo‘ppi yuzli qi-

zaloqlar tunlari bilan quchoqlab alla aytgan, 

qo‘ynidan qo‘ymay birga uxlagan bolalikdagi 

qadrdon do‘stlar. 

Qo‘g‘irchoq teatri – bola ko‘zlari bilan dun-

yo ranglarini o‘rganayotgan, mitti qalblarni 

biz o‘sayotgan zamin, biz ko‘rayotgan osmon, 

biz his qilayotgan quyoshni sevishga o‘rgata-

digan, tabiat, hayvonlarga mehr uyg‘otadigan, 

xotiralarni boyitib, kelajak manzillarni soflik-

ka to‘ldiradigan dargoh. 

Qo‘g‘irchoq teatrlari dunyoning ko‘plab 

xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon 

ma’lum. Ular har qaysi davlatda turli shaklda, 

turli hajmda, o‘ziga xos tarzda taraqqiy etib, 

rivojlanib kelgan. Dunyo sivilizatsiyasida 

Fransiyada “Polishinel”, Rossiyada “Petrush-

ka”, Angliyada “Panch”, Italiyada “Pulchinel-

la”, Eronda “Shabbozi”, Xitoyda “Syansi”, 

Hindistonda “Kaxpultli” kabi qo‘g‘irchoq te-

atrlari tashkil etilgan. 

Yurtimizda qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari 

qadimdan milliy qadriyatimizning bir bo‘lagi 

sifatida rivojlanib kelgan. O‘tmishda qo‘g‘ir-

choq teatri san’atining, xususan, qo‘lga kiyib 

o‘ynatiladigan, ip bilan boshqariladigan va 

soyasi tushiriladigan turlari keng tarqalgan 

(bugungi kunda aktyori ko‘rinadigan qo‘g‘ir- choq tomoshalari ham mavjud). Ular “Chodir 

jamol”, “Chodir xayol” va “Fonus xayol” deb 

atalgan. “Chodir jamol”da qo‘g‘irchoqlar 

qo‘lga kiyib o‘ynatilgan, sujetlar hayotiy 

voqealarga asoslangan, iplar vositasida bosh-

qariladigan “Chodir xayol”da mifologiya, so-

yasi tushiriladigan “Fonus xayol”da xalq epos 

qahramonlari gavdalantirilgan. Qo‘g‘irchoq-

bozlar musiqadan yaxshi xabardor bo‘lishgan. 

Chunki musiqa ham badiiy bezak sifatida, 

ham qahramonlar holatini belgilovchi vosita 

bo‘lgan. Qo‘g‘irchoq o‘yini xalq og‘zaki ijodi-

ga hamda badihaga asoslangan ajoyib-g‘aro-

yib san’at bo‘lib, uning yozma matni bo‘lma-

gan. U uzoq yillar kuzatish, mashq qilish, 

yodlash, malaka hosil qilish orqali muayyan 

sujetlar, vosita va uslublar bilan ustozdan 

shogirdga, otadan o‘g‘ilga, avloddan-avlodga 

o‘tib kelgan.

Hozirda O‘zbekistonda Respublika qo‘g‘ir-

choq teatri, Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq 

teatri, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, 

 

Xorazm, Buxoro, Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq 

teatrlari, Samarqand viloyati “Asror Jo‘rayev” 

qo‘g‘irchoq teatri, Andijon viloyati “Lola” 

qo‘g‘irchoq teatrlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mavjudlik va xayolot o‘rtasidagi parda 

ko‘tarilganda qo‘g‘irchoqbozlar qo‘lida bir 

jon tiriladi. O‘z ovozi, o‘z fazilatlari, o‘z qu-

surlariga ega bo‘lgan bu qo‘g‘irchoqlar, bir 

soatgina bolalarga tuyg‘u, go‘zallik, zavq 

ulashadi. Spektakl nihoyasiga yetgach esa, 

yaxshilik va yomonlik mezonlarini belgilovchi 

qahramon bo‘lib, ularning beg‘ubor yuraklari-

da umrbod qoladi.

Kamolat SHAMSIDDINOVA,

O‘zMU talabasi.

BIR SOATLIK UMR...

Falsafiy mushohadalar



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

27

Bolaligimda voqealarni hikoya qilishda 

shunday jo‘shib ketardimki, ularni o‘zimdan 

qo‘shib, davomini to‘qib-bichib tashlardim. 

Tengdoshlarimning ba’zilari hikoyaning ay-

rim joylariga ishonqiramay qarashsa-da, og‘iz-

lari lang ochilib davomini kutib turishardi. 

Aftidan, har xil kitoblardan o‘qigan hikoyalar-

ni bo‘lgan voqeaday so‘zlab berishim ularga 

yoqardi. 

U zamonlar biz bolalarning yagona ermagi 

kitob va kino edi. Odatda kechqurunlari sha-

har chetidagi yaydoq tepalikda to‘planardik. 

O‘rtaga o‘tin qalab gulxan atrofidan joy olar-

dik. Ko‘kka to‘lin oy balqigan oydin kechalar-

ni hanuz qo‘msab eslayman. Qorong‘u os-

monda yulduzlar jimirlab sirli manzaraga ay-

lanadi. 


Ko‘klamda atrofdan endi sabza urgan may-

salar va boychechaklarning yoqimli bo‘ylari 

taraladi. Osuda oqshomda chigirtkalar va 

qurbaqalarning ovozi jo‘r bo‘lib xuddi musiqa 

kabi eshitiladi. Tabiatning bu sokin manzara-

sini har zamonda kondagi gudokning chinqi-

rig‘i buzadi xolos.

Biz bolalar gulxan atrofida gurunglashib 

o‘tirganda oqshom yanada sirli, xuddi ertak 

kabi sehrli tuyuladi. Men o‘zim o‘qigan ertak 

va sarguzashtlarni maroq bilan so‘zlayman. 

Ko‘pincha ularga o‘zimdan ham qo‘shib tash-

layman. 

Voqea adog‘ida “keyinchi, keyin nima bo‘l-

di?”, degan savol yog‘iladi. Bu orada gulxani-

mizda tomorqadan o‘marilgan kartoshka, to-

vuq katagidan musodara qilingan tuxumlar 

ham pishadi. Kimdir cho‘ntagidan qotgan non 

bo‘laklarini chiqaradi. Katta gapga quruq kel-

ganlar yegulik topib kelish uchun uylariga 

badarg‘a qilinadi. Biz bir-birimizning aql bo-

var qilmaydigan cho‘pchaklarimizni shu qa-

dar intiqlik bilan kutamizki, uyga ketganlar 

qaytib kelguncha sabr qilish og‘ir bo‘lib keta-

di.

Choparlar birin-ketin uylaridan qaytib ke-

lishgandan so‘ng ertaklarimiz davom etadi. 

Oxirida qo‘rqinchli va g‘aroyib voqealar 

qo‘shib-chatib aytilardi. 

Oy mag‘ribga oqib, ko‘chalarda oyoq tingach, 

uzoq-yaqinlardan bolalarning nomini aytib 

onalari chaqira boshlagach, cho‘pchaklar baz-

mimizni yakunlardik va uy-uyimizga tarqalar-

dik.


Shukriy ismli qrim-tatar bolasi bilan yaqin 

o‘rtoq edik. U onasi vafotidan keyin ikki ukasi 

bilan o‘gay onaning qo‘lida qoldi. Ko‘zlari 

boyo‘g‘linikidek chaqchaygan bepusht bu 

ayol yetimchalarni chiqishtirmasdi. Ishxona-

sida boshlig‘ining zug‘umidan, uyda xotini-

ning chaquvlaridan joni hiqildog‘iga kelgan 

Memet og‘a shu yetimchalarni tez-tez kaltak-

lab turardi. Shunday kezlarda bechora Shukriy 

biznikiga qochib kelardi. Alamzada ota qo‘lla-

gan tarbiyaviy usulning asoratlarini biz Shuk-

riyning yuzi, ko‘zi va badanida ko‘kargan 

dog‘larda ko‘rardik. U bir gal uyimizga zo‘rg‘a 

inqillab keldi.

Hovliga kirdi-yu, chetan devor oldiga gup-

pa quladi. O‘rma qamchi zarbidan uning ba-

dani xuddi pichoq bilan tilingandek tilim-tilim 

bo‘lib ketgan edi. Onam har galgidek “Voy 

bechora yetimcha” deb hiqillaganicha Shuk-

riyning jarohatlariga har xil giyohlardan qilin-

gan malhamni qo‘ydi. 

Tabiatan odamovi, “ichimdagini top” otam 

Shukriyning jarohatlarini ko‘rgach, “Uh, vah-

shiy, uh, bachchag‘ar” deya hayqirgani 

cha 

hassasini o‘ynatib Memet og‘aning uyiga yo‘l 

oldi. Otam ko‘chamizda oqsoqol, uning gapi 

gap, so‘zi so‘z edi. Memet og‘a otamdan nasi-

basini keragidan ziyoda oldi. Zarang tayoq-

ning zahri yomon. Memetning ketiga uch 

marta kaltak tushgach, turgan joyida rezina 

koptokdek sapchidi. Kecha notinch, alg‘ov-

dalg‘ovli bo‘ldi. 

BOLALIKNING BEG‘UBOR 

ARMONLARI

Hikoya


Ruhiyat manzili



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

28

Ruhiyat manzili

G‘azabidan quturib ketgan Memet og‘a 

ko‘cha bo‘ylab xotinini quva boshladi. Qo‘ni-

qo‘shnilarga tekin tomosha topildi. G‘aroyib 

tomoshadan bebahra qolmaslik uchun hatto 

nozir ham voqea joyiga yetib keldi. Hayot-

mamot poygasi sayxonlikda poyoniga yetdi. 

Memet og‘a berahm, bepusht xotinini qi-

chitqi o‘tlar ichiga ag‘anatib, rosa savaladi. 

Taajjublanarlisi shundaki, hech kim ularni 

ajratmadi. Ziyolinamo nozirimiz hatto xo‘ja-

ko‘rsinga hushtagini bir marta ham chalib 

qo‘ymadi. Chunki u ham bu ayolning naqadar 

bag‘ri qattiqligi, bechora yetimchalarni ne 

ko‘ylarga solayotganini yaxshi bilardi. 

Oradan yillar o‘tadi. Memet og‘a jon taslim 

qiladi. Qarib qolgan o‘gay ona Shukriynikida 

qoladi. Katta xonada sichqondek pusib ya-

shaydi. Lekin Shukriy biror marta o‘gay ona-

sining yuziga yoshlikda ko‘rgan sitamlarini 

solmaydi. Aksincha, bolalariga, nevaralariga 

hammadan begonasirab yashaydigan kam-

pirshoga ozor bermasliklarini tayinlaydi. Bu, 

albatta, keyin sodir bo‘ladi...

Yetimlarning joni qattiq bo‘ladi, deganlari-

cha bor ekan. Hafta deganda Shukriy oyoqqa 

turdi. Maktabda uni kelmadi deb o‘qituvchilar 

ko‘pam qayg‘urishgani yo‘q. A’lo o‘qiydigan, 

ammo xulqi chatoq o‘quvchining maktabga 

kelmagani ayrim keksa ustozlar uchun ayni 

muddao edi.

Darsdan keyin Shukriy bilan uchrashdik. 

– Bilsang oshna, hozir biror daryo bo‘yida 

o‘tirgim kelyapti, – dedi Shukriy xo‘rsinib. 

– Ol-a… Daryo qayoqda-yu biz qayoqda-

miz. Posyolkadagi jilg‘aga hatto kovush bot-

maydi, – dedim afsuslanib. Men ham biror 

daryoda baliq tutishni rosa orzu qilardim. 

Bizning xo‘rsinib uf tortishimizcha bor. Biz 

katta suv o‘zanlaridan yiroqmiz. Ammo  jil-

g‘adagi barmoqdek keladigan baliqlarni ush-

lashga ishqibozmiz. Aslida jahongashtalik va 

ovchilik har bir bolaning qonida bor. Agar erk 

berilsa, bu telba-tezik qon insonni qayoqlarga 

sudrab ketmaydi deysiz.

– Gaping rost oshna, – dedi Shukriy nima-

larnidir reja qilgandek. – Amudaryoga yetish 

mushkul, Sirdaryo esa yiroq... Ammo Zaraf-

shon daryosiga borsa bo‘ladi. Ikki soatda ma-

shinada yetib olasan. Ammo bizning yoshi-

mizdagilarni avtobusga yolg‘iz mindirishmay-

di. Qolaversa, pulimiz ham yo‘q… – Shukriy 

so‘rida chalqancha yotib oyog‘ini chalishtirdi. 

– Bizga eng yaqini Sangzor daryosi. Bur-

nog‘i yili Jizzaxdagi tog‘amnikiga borganda 

ko‘rganman. Agar tog‘dan borilsa bir yarim 

kunlik yo‘l, xolos. Piyoda yetib olamiz. 

Do‘stimning rejasi meni ham rosa qiziqtirib 

qo‘ydi. Bu biz uchun xuddi kinolarda ko‘rgan 

olamshumul ekspeditsiyadek edi. 

Bu haqda birovga gullab qo‘ymaslik uchun 

dahshatli narsalarni o‘rtaga qo‘yib qasam 

ichdik. Safar haqida gapirib tengdoshlarimiz-

ning og‘zini lang ochtirishni juda-juda istar-

dik-u, lekin qo‘rqinchli qasam tilimizni tang-

layimizga yelimlab tashlagan edi. 

Zimdan safar hozirligini ko‘ra boshladik.

Shukriy non bo‘laklarini oftobda quritib 

oladigan bo‘ldi. Men esa qoq sur go‘sht, piyoz 

va sabzidan g‘amlashim kerak edi. Har gal 

qaznoqqa chiqqanimda ipga osib qo‘yilgan 

go‘shtni tishlab uzib, buni qo‘shnining mu-

shugiga ag‘darardim. 

Safarda ovqat tayyorlash uchun qo‘shnimiz 

Qo‘zivoy akaning urushdan olib kelgan osma 

dekchasi va salloti suv idishini musodara qi-

lishga to‘g‘ri keldi. Bobo buyumlarining yo‘-

qolganini payqab, chunonam shovqin ko‘tar-

diki...

Oziq-ovqat zaxirasi bahorning adog‘ida 

to‘la qoplandi. Endi bizni hech kim to‘xtata 

olmasdi.


Tong g‘ira-shira oqarganda uydan sekin 

sirg‘alib chiqdim. Yordamchi xo‘jalikning te-

rakzorida Shukriy allaqachon meni kutib tu-

rardi. Odamlar uyg‘onguncha bir amallab 

shaharchadan chiqib ketdik. Quyosh yoyilib 

ketganida biz xarsangtosh va har xil butalar 

qoplangan tog‘ning tepasida turardik.

Tog‘ni gilamdek qoplagan maysa sarg‘aya 

boshlagan. Chuchmoma, lola, nargis gullari 

ham allaqachon tob tashlagan. Ulkan sahnni 

egallagan qoqio‘tlar sarg‘ish gullari bilan tabi-

atga tarovat bag‘ishlardi. Billur oynadek loju-

vard osmonda bir joyda pirillab to‘rg‘ay xonish 

qilardi. Uning kishiga tetik kayfiyat bag‘ish-

lovchi sasiga tog‘ o‘ngirlariga in qo‘ygan 

shosh bulbullar, kakliklar jo‘r bo‘ladi. Havo 

shunchalar toza ediki, beixtiyor to‘yib-to‘yib 

simirasan. 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

29

Ruhiyat manzili

Biz tova tosh ostida sizib chiqayotgan chash-

ma oldida nonushta qildik. Buloq suviga boti-

rilgan qoq non ham juda mazali tuyuldi.

Ilonizi so‘qmoqdan ketar ekanmiz, tez-tez 

oldimizdan kaltakesak, tipratikon va toshbaqa 

chiqib qolardi. Ba’zan pastda, yonbag‘irda 

o‘tlab yurgan arxarlar ko‘zga chalinardi.

Ayniqsa, cho‘ponlarning xachirdek keladi-

gan itlaridan ko‘p aziyat chekdik. 

Odatda bu jonivorlar katta yoshdagilarga 

hamla qilishsa-da, negadir bolalarga tegish-

maydi. Tilka-porangizni chiqarguday bo‘lib 

qo‘rqinchli vajohat bilan oldingizga yugurib 

kelishadi-yu, uch-to‘rt qadam qolganda to‘x-

tab dumlarini likillatishadi. Qoq non bo‘lakla-

ri ish berdi. Ko‘ppaklar xira tilanchidek ancha 

joygacha ergashib borishar, keyin kimdir 

buyruq bergandek ortlariga chopib ketishardi. 

Birinchi oqshomni qorong‘u pastqam dara-

da qarshilashga to‘g‘ri keldi. G‘aribgina xira 

gulxan atrofida bir-birimizni har xil arvoh-u 

ajinalar bilan qo‘rqitib tong sahargacha mijja 

qoqa olmadik. Tong g‘ira-shira otib tevarak-

dagi narsalar xiyol ko‘rina boshlagach, silla-

miz qurib mast uyquga ketdik.

Uyg‘onganimizda quyosh tikkaga kelgandi. 

Sur go‘shtdan sho‘rva tayyorlagunimizcha ik-

ki soat o‘tdi. To‘q qorin bilan yo‘l yurish malol 

kelardi. Shunga qaramay manzil tomon inti-

lishimiz zarur edi. 

Quyuq soyali daradan chiqarkanmiz, Shuk-

riy to‘satdan to‘xtab, yuqoriga ishora qildi. 

Qandaydir mo‘jiza tufayli yashil maysa 

saqlanib qolgan bir uy siqqulik sahnda bir 

ona kaklik endi pat chiqarayotgan polaponla-

rini ergashtirib yurardi. 

– Ketdik, bitta qoldirmay hammasini ush-

lab qopga tiqamiz, – dedi Shukriy pitillab. 

So‘ng yuqoriga tirmashib chiqa boshladi. Ona 

kaklik bizni ko‘rdi, keyin “chivt-chivt” degan 

ovoz chiqardi. Xuddi yarador bo‘lgandek qa-

notlarini sudrab, tog‘ tepasiga qocha boshladi. 

Yalanglikka chiqqanimizda polaponlar yer 

yutgandek qayoqqadir g‘oyib bo‘lishgan edi. 

–  Sadqayisar… Ona kaklikni tutamiz. Yara-

dorga o‘xshaydi, bugun kaklik kabob yeymiz. 

Biz yo‘l-yo‘lakay yuklardan xalos bo‘lib, 

ona kaklikni ta’qib qila boshladik. Parranda 

go‘yoki so‘nggi kuchini sarflagandek cho‘loq-

lanib olg‘a intilar, ba’zan to‘shi bilan yerga 

urilib ancha joygacha sirg‘anib ketardi. Ammo 

oraliq masofa hech ham qisqaray demasdi. 

Ona kaklik bizni tog‘ tepasiga, keyin qo‘sh-

ni tepalikka olib o‘tdi. Keyin hech narsa bo‘l-

magandek qanotlarini silkitib pastga o‘qdek 

uchib ketdi. Shukriy poyabzaliga to‘l 

gan 


qumni to‘kib, “La’nati qush, bizni boplab 

laqillatdi”, – deb to‘ng‘illadi.

Ona kaklik o‘zini yarador ko‘rsatib, aslida 

polaponalaridan bizni uzoqlashtirgan ekan.

Ashqol-dashqolimiz ham darada qoldi,- 

asabiy to‘ng‘illadi Shukriy. – Uyga borgani-

mizda yaramas kaklik haqida gullab o‘tirma, 

keyin bizni hamma ahmoqqa chiqarib kuladi. 

So‘qir daradan yuklarimizni olib chiqquni-

mizcha kun kech bo‘ldi. Bundan buyon yo‘l 

yurish xavfli edi. Shuning uchun tog‘ tepasi-

dagi qoyalar o‘rtasida kecha taraddudini ko‘ra 

boshladik. Atrofda qurigan buta va tezak ko‘p 

ekan. Uquvsiz Shukriy gulxanni shunday 

lang‘illatib yoqdiki, oqibatda toshlar qizib, u 

yerdan dodlaganimizcha qochib chiqdik. Gul-

xanga qo‘yilgan dekchaning suvi qurib, go‘sht 

bir parcha ko‘mirga aylanibdi.

Tog‘larga ko‘nika boshlaganimiz uchun bu 

kecha o‘zimizni ancha emin-erkin seza bosh-

ladik. 

Iliqqina toshlarga yastanib yotarkanmiz, 

Shukriy to‘satdan so‘radi.

–  Qiziq bu tomonlarda qashqir bormikan?

–  Bilmadim. Eshitishimga qaraganda qash-

qirlar yozda uvillamaydi. 

–  Kel oshna, ermak uchun bir uvillaylik. 

– Kallang joyidami, agar uvillasang miltiq 

ko‘tarib, to‘rtta ovchi yugurib keladi, axir 

bo‘rini o‘ldirganlarga katta mukofot beriladi. 

Biron g‘alva orttirmay desang jim yurib, jim 

ketaylik.

Ikkinchi kuni endi nonushta qilishga o‘tir-

gan edik-ki, qoyalar orasida notanish bir kimsa 

paydo bo‘ldi. U pastdagi qishloqdan bo‘lib, 

kechasi qo‘radan chiqib ketgan qo‘ylarini iz-

lab yurgan ekan. Ochiq havoda daydiy-daydiy 

rosa ochiqqan shekilli, dekchadagi sho‘rvaga 

bo‘ktirilgan nonni shoshib yeya boshladi. U 

bizning bu yerlarda nima qilib yurganimizni 

surishtirdi. 

Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

30

Ruhiyat manzili

– Yaqin qoldi, chiroqlarim. Qichab yursa-

laring tushgacha yetib borasizlar, – deya tog‘-

ning u yonboshiga tushib ketdi. Haqiqatdan 

ham peshinga yaqin uzoqdan kamalakdek 

yarqirab suv o‘zani ko‘zga tashlandi. 

Daryo men tasavvur etgandek katta emas 

ekan. U ingichka ariqdek taram-taram bo‘lib 

oqardi. Tog‘dan pastga hansirab tusharkan-

miz, yon tomondagi qirga o‘rmalayotgan bre-

zent yopilgan yuk mashinasini ko‘rdik. U afti-

dan taqir yo‘l orqali tepalikni kesib o‘tish ni-

yatida edi. 

Ichimlik suvimiz allaqachon tugagan. To-

mog‘imiz qaqrab ketgandi. Mashinada suv 

topilib qolsa, degan umidda baqirib-chaqirib 

qo‘llarimizni silkita boshladik. 

Mashina yaydoq tepalikda to‘xtadi. Undan 

sakrab tushgan odamni ko‘rib turgan joyimiz-

da turib qoldik. Yarim harbiycha nusxada ki-

yim kiygan bu odam kondagi qutqaruv guru-

hining boshlig‘i Ivan Platonov edi.

–  Xush kelibsizlar, daydi robinzonlar, – de-

di u bizga tikilib. – Nima qilib qo‘yganlaringni 

bilasizlarmi? Sizlarni izlab butun shahar 

oyoqqa turdi, hamma yoqning tit-pitini chiqa-

rishdi. Bu qahramonlar esa bamaylixotir baliq 

oviga ketishayotganini qarang-a! Uyda ota-

onang qon yig‘layapti, – Ivan Petrovich gaze-

taga moxorka o‘rab burqsitib torta boshladi. 

– Yaxshiyamki, shu yerlik bir odam militsiya-

ga borib ogohlantiribdi. Aks holda sizlarni iz-

lab, yana qancha sarson bo‘lardik.

– Amaki, bizni kechiring. Axir biz hech 

kimga yomonlik qilmoqchi emasdik. Biz faqat, 

– Shukriyning ovozi titrab, ohangiga yig‘i ara-

lashib ketdi, – Sangzor daryosini ko‘rmoqchi 

edik. Axir jinoyatmi bu? 

Mashina kabinasida o‘tirgan shopmo‘ylovli 

o‘rta yashar kishi ko‘zini qisib qo‘ydi. 

– Petrovich, balki chindan ham ularga 

daryoni ko‘rsatarmiz. Axir ikki kun yo‘l bosi-

shibdi. O‘n besh daqiqa ichida daryoga yetka-

zaman. Ikkovining sazasi o‘lmasin, armonlari 

ushalsin.

–  Ostavit, ryadovoy Davronov, – dedi qo‘rs 

ovozda Platonov. – Uyda bularga daryoni 

ham, kamarni ham ota-onalari ko‘rsatishadi. 

Bizning vazifamiz ularni sog‘-salomat uyga 

yetkazish…. Ularni kuzovga chiqar, ehtiyot 

bo‘l, yana qochib ketishmasin. Yo‘lda mashi-

nada tebranib ketarkanmiz, Shukriy ikkalamiz 

ho‘ng-ho‘ng yig‘lardik. Chunki bizning bolalik 

armonimiz ushalmagan edi-da. Keyinchalik 

yillar o‘tib, katta daryo, dengiz hatto bepoyon 

ummonni ham ko‘rdim. Lekin tog‘ tepasidan 

ingichka ipdek taram-taram bo‘lib oqayotgan 

bolalikning beg‘ubor daryosi hamon xotiram-

ni bezovta qiladi.

Abdurasul MURODOV.



Morze alifbosi

Amerikalik rassom F. Samuel Morze alifbo 

harflarining har biri uchun kod o‘ylab chiqdi  (morze alifbosi) va telegraf apparatini ana shu 

kodlarni uzatishga moslashtirdi. Nuqta va 

vergul ko‘rinishidagi kodlar tok impulsi orqali 

yuborilgan. 

Kod uzatuvchi moslama elektr aloqani amal-

ga oshirgan, qabul qiluvchi moslama hara-

katlanuvchi qog‘oz tasmaga nuqta va vergul 

chizib borgan. Morze tizimi shoshilinch alo-

qani tezlashtiruvchi vositaga aylandi. 1908- 

yildan beri xalqaro signallar qatoriga yordam 

to‘g‘risidagi kod – SOS (“Bizning ruhimizni  qutqaring” – 3 ta nuqta, 3ta chiziq, 3ta nuqta) 

kiritilgan. 

Yevropa tunnelini bilasizmi?

Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi 

tunnel 1994-yil 6-mayda ochildi. 

Poyezd qatnovchi tunnel La-Mansh bo‘-

g‘ozining eng tor joyi (33km) orqali o‘tkazil-

gan va uzunligi 50 kilometrga yetadi. U uchta 

tunneldan iborat bo‘lib, ikkitasi poyezd qat-

novi uchun, yana bittasi xavfsizlikni ta’min-

lash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun mo‘l-

jallangan. 35 daqiqada zamonaviy poyezd 

yo‘lovchilarni bir bekatdan ikkinchi bekatga 

eltib qo‘yadi. Avtomobillar va yuk mashinala-

ri maxsus vagonlarga yuklanadi.  Eng baland va eng quyidagi temir yo‘llar 

Perudagi temir yo‘l tarmoqlaridan biri den-

giz sathidan 4800 metr balandlikda joylash-

gan. Yevropa tunneli esa La-Mansh bo‘g‘ozi 

tagidan, dengiz sathidan 120 metr quyidan 

o‘tkazilgan.

Osmono‘par binolar qanday   paydo  bo‘l gan?

Katta shaharlarda yer narxining o‘sishi va 

texnologik, iqtisodiy taraqqiyot tufayli baland 

binolarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Birin-

chi baland binolar 1879-yilda Chikagoda qu-

rilgan. Bu o‘n va o‘n ikki qavatli, balandligi 50 

metrlik tosh binolar edi. Uning quyi qismi 3 

metr, yuqori qismi devorlari esa ancha yupqa 

qilib qurilgan. 1883-yil temir konstruksiyali 

bino paydo bo‘ldi. Bu osmono‘par binolarning 

devorlari qalinligini kamaytirish va balandli-

gini oshirish imkonini berdi. Hozirda ayrim 

osmono‘par binolar devori to‘liq shishadan 

iborat. 


Dunyodagi eng baland binolar

Nomi

 

Joylash gan 

o‘rni 

Baland­

ligi

Televizon 

minora 

Shanxay, Xitoy 

468 m

Jahon moliya 

markazi 

Shanxay, Xitoy 

460 m

Petronas-tauer 

Kuala-Lumpur, 

Malayziya 

452 m

Sirs-tauer 

Chikago, 

AQSH 


442 m

Zhihnmaa – os-

mon o‘ par  binosi  Shanxay, Xitoy 

421 m


Siti-Plaza 

Guanchjou, 

Xitoy

291 m


Empayr-steyt-

bilding 


Nyu-York, 

AQSH 


381 m

Sentral-Plaza 

Gonkong 

374 m


Benk of Chayna 

Tauer 


Gonkong 

368 m


Emireyts-tauer 

Dubay, BAA 

354 m

Sog‘lom avlod uchun

 | 

11

 | 


2014

31

Fan va zakovat



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

32

Uyali telefon

Uyali telefonlar taxminan 1980-yilda Shvet-

siyada (“Erikson”), Finlandiyada (“Nokia”) va 

AQShda paydo bo‘ldi. Bunday aloqa turining 

ishlash usuli shundaki, xizmat ko‘rsatiladigan 

hududlar qabul qiluvchi-uzatuvchi stansiya 

mavjud bo‘lgan uyalarga bo‘linadi. Foydala-

nuvchi chaqiruv jo‘natganda tarmoq kerakli 

abonentni har qanday uyadan avtomatik ra-

vishda topadi. Agar abonent so‘zlashuv vaqti-

da yo‘lda harakatlanayotgan bo‘lsa, bog‘lanish 

bir stansiyadan ikkinchisiga o‘tkaziladi. Uyali 

aloqa foydalanuvchi va abonentni indentifi-

katsiyali SIM-karta orqali aniqlaydi.

Mahsulot shtrixkodi nega kerak?

Shtrixkodlar tizimi Jerom Lemelson tomo-

nidan o‘ylab topilgan. U o‘zidan keyin 500 ga 

yaqin patent qoldirgan. Shtrixkod – bu tovar-

ning o‘ziga xos “guvohnomasi” sanaladi. 

 

Shtrixlar chastotasi va soni quyidagilarni ang-

latadi: birinchi ikkita raqam – mahsulot tay-

yorlangan mamlakat, navbatdagi beshta ra-

qam – ishlab chiqaruvchi firmaning nomi, 

oxirgi beshta raqam – mahsulot turi. Zamona-

viy supermarket va do‘konlarda kodlar ruchka 

yoki skaner ko‘rinishidagi optik qurilma yor-

damida hisoblanadi. Tizim ulangan kompyu-

ter kodlarni ma’lumotlarga aylantirib bera 

oladi. Aloqa va informatika

1894-yil Gulelmo Markoni hech bir elektr 

simisiz va kabellarsiz 12 kilometr masofaga 

Morze alifbosi signallarini uzatishga muvaffaq 

bo‘lgan edi. Shundan buyon aloqa vositalari 

doimiy va tez rivojlanib kelmoqda. Sun’iy 

yo‘l dosh yordamida ayrim televizion dasturlar 

milliardlab tomoshabinlarni o‘ziga jalb et-

moqda. Axborot texnologiyasining taraqqiy 

etishi va ommalashuvi bois har qanday yangi-

likni bir zumda yer sharining u chekkasidan 

boshqasiga uzatish imkoniyati paydo bo‘lgan. 

Buning uchun kompyuterning birgina tugma-

chasini bosish kifoya. Aloqa va axborot texno-

logiyasining bunday sur’atda rivojlanishi nati-

jasida yaqin yillarda bundan ham mo‘jizakor 

ixtirolar paydo bo‘lishi tabiiy hol. 

Rustam Boyto‘ra tayyorladi.

Kuch – adolatdadir.

AMIR TEMUR.

 

Kishi o‘zini qanday anglashi mumkin? Harqalay, 

xayolparastlik bilan emas, faqat faoliyatda anglashi 

mumkin. O‘z burchingni ado et, o‘sha zahoti 

o‘zingni anglaysan.

I. GYOTE.

Burchingni ado etishga harakat qil, shunda dar-

hol o‘zingning kimligingni bilib olasan.

L. N. TOLSTOY.

Burchingni unutma, u birdan-bir dil navosidir. 

Burchsiz hayot ham, ehtiros ham yo‘q.

A. BLOK.


O‘z burchini bajarishdan mamnun odamgina 

erkin yashaydi.

SITSERON.

Insonni o‘z majburiyatlariga bog‘lab turgan 

burch hissi – mayda manfaatlar ustidan g‘olib chi-

quv 


chi yuksak manfaatlarni anglab yetganidan 

bosh qa narsa emas.

N. BENTAM.

Burch! Sen avj pardadagi buyuk so‘zsan... Bu 

shunday buyuklikki, chindan ham insonni o‘zidan-

da yuksaklikka ko‘taruvchi buyuklikdir.

I. KANT.

Kichik bo‘lsa ham har kuni biron-bir burchni 

ado etish – ajoyib ish.

E. DELAKRUA.

Ado etilgan burch ulug‘vorligidan ko‘ra zo‘rroq 

ulug‘vorlik yo‘q, undan zo‘rroq quvonch ham yo‘q.

E. RENAN.

Hayotdagi eng zo‘r huzur-halovat ado etilgan 

burchdan zavqlanishdir.

U. GEZLITT.

Burch va nomus yo‘lini hech vaqt tark etmang, 

bu bizni baxtga erishtiradigan yagona yo‘ldir.

J. BUFFON.

Baxtsizlikda burchga sodiq qolish buyuk xislat-

dir.

DEMOKRIT.

Fan va zakovat

tAFAKKUR GULSHANI




Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-47.html

barnes-foundation-51.html

barnes-foundation-56.html

barnes-foundation-60.html

barnes-foundation-65.html