1 2 3 4 5

Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun

bet1/5
Sana28.04.2017
Hajmi378.87 Kb.

 

Barkamol avlod –

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal 10 (222)-son, 2014-yil, oktabr

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

“Maktabgacha tarbiya” jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

“Sog‘lom avlod uchun” 

xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INAMOVA

Tatyana KARIMOVA

Ulug‘bek INOYATOV

Abdulla ORIPOV

Gulnora YO‘LDOSHEVA

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Hidoyat OLIMOVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil 

va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar 

javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos 

kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga 

qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Feruza To‘rayeva 

Musahhih: Gulhayo Naimova

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2014-yil 30-oktabr kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 5095 nusxa. 1532-buyurtma.

"SANO-STANDART" MCHJda chop etildi. 

100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.

USHBU SONDA:

USHBU SONDA:

ALPOMISH AVLODLARI

Bayrog‘imizni baland ko‘targanlar ...........................................2

ONALIK VA BOLALIK

Kamolot yo‘lidagi odimlar ........................................................5

TARBIYA TADQIQOTLARI

Go‘zal axloq go‘zal hayot demakdir .........................................7

MUSTAQILLIK UFQLARI

Turizm – taraqqiyot garovi ......................................................9

MA’NAVIY OLAM

Obod el nurxonasi ..................................................................12

KASBIM – FAXRIM

Professiografiya, professiogramma, profkonsultatsiya...  ...........14

SALOMATLIK OLAMI

Bolalar toshma kasalliklari ....................................................16

21-OKTABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI “DAVLAT 

TILI HAQIDA”GI QONUN QABUL QILINGAN KUN

Ona tilim bag‘ishlar darmon ..................................................18

TIL VA TALAFFUZ

Nutq bo‘lsa ravon – anglamoq oson .......................................19

IZLANGANGA IMKON KENG

Hunar – zar ..........................................................................21

TIL BILGAN – EL BILADI

Ingliz tilini o‘rgatish usullari ...................................................23

FANLAR CHORRAHASIDA

Arifmetik belgilar taraqqiyoti ..................................................25

SHAXS KAMOLOTI

Masofaviy ta’lim – yangilanish ehtiyoji ..................................26

OQ YOMG‘IR

Kuchukcha va uch dollar pul .................................................29

FAN VA ZAKOVAT

Kashfiyotlar va ixtirolar .........................................................31

BIRINCHI BET:

Al-Xorazmiyning kenja 

avlod vakillari – bo‘lajak 

buyuk matematiklar

TO‘RTINCHI BET:

Obuna – 2015



Sog‘lom avlod uchun

 | 


10

 | 


2014

2

Alpomish avlodlari

Yaqindagina Koreyaning Incheon shahrida 

bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida yurtimiz shara­

fini munosib himoya qilgan yoshlarimiz haqi­

da yozmoqni dilga tugar ekanmiz, maqsadi­

miz ularning qadr topgan mehnatlarini yana 

bir bor e’tirof qilmoq bo‘ldi. Qolaversa, sport­

ning to‘g‘ri va faol turmush tarzini shakllanti­

rishda insonga ko‘magi, ruhiy kamolotga yet­

kazishdagi o‘rniga qahramonlarimizning ha­

yot va faoliyat yo‘llari orqali nazar tashlamoq­

ni niyat qildik.

Jasur Boyqo‘ziyev – 1986-yilda Toshkent vilo- yatining Angren shahrida tug‘ilgan. – 87 kg vazn  toifasida Taekvondo WTF yo‘nalish bo‘yicha Osiyo  o‘yinlari chempioni. O‘zJTI 4-bosqich talabasi. 

– Taekvondo bilan 2002­yildan buyon mun­

tazam shug‘ullanishni bosh 

ladim. Ungacha 

fut bol mashg‘ulotlariga qatnab yurardim. Fut­

bolni jon dildan yaxshi ko‘raman, biroq jamoa­

viy o‘yinlarda o‘zingni ko‘rsatish, g‘alaba qo­

zonish, eng muhimi, o‘z mehnating orqali ta­

nilishing biroz qiyinroq. Chunki, bunda ko‘p 

narsa faqat sening emas, boshqalarning ham 

mehnatiga bog‘liq. Tabiiy, har bir sportchi esa 

qancha ko‘p mehnat qilsa, shun 

cha o‘zini 

namoyon qilmoqni, e’tirof etilmoqni istaydi. 

Dadamning taklifi va maslahati bilan Taek­

vondo WTF bilan shug‘ullanishga qaror qil­

dim. 

Yutuqlargacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish 

boshqa sportchilar qatori men uchun ham 

oson bo‘lmadi. Tinimsiz mehnat, shunga ya­

rasha to‘xtovsiz og‘riqlar, mag‘lubiyatlar, 

murabbiylar ishonchsizligi... Lekin baribir 

maqsadni yo‘qotmaslik muhim edi. 2008­yil­

da terma jamoaga qabul qilinganimdan keyin 

murabbiyim Kim Anatoliy Aleksandrovich 

“Shu boladan nimadir chiqadi” deb menga 

alohida ishonch bildirdi. Taekvondo bilan 

yoshim ulg‘ayganda shug‘ullanishni boshla­

ganim uchun terma jamoaga ham kechroq 

qabul qilinganman. Mening yoshimdagi sport­

chilar bu yerda kamligi sabab ruhiy jihatdan 

terma jamoa muhitiga moslashish nisbatan 

mushkul kechgan. Ammo murabbiyimning 

ishonchi har qanday irodasizlik va yutqazish­

larni yengib o‘tishda menga madad berib kel­

moqda. 


Sportda erishishni ko‘zlagan eng oliy maq­

sadim Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etib sov­

rindor bo‘lish ekan, har bir yutug‘imni shu 

maqsadga erishish yo‘lidagi olg‘a qadam deb 

bilaman. O‘tgan yili Misr va BAAda o‘tkazil­

gan Osiyo chempionatida ham g‘oliblar qato­

ridan o‘rin oldim. Toshkentdagi chempionatda 

ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim va Inche­

onda bo‘lib o‘tadigan “norasmiy Osiyo olim­

piadasi”da ishtirok etish uchun yo‘llanma ol­

dim. Qizig‘i, Toshkentdagi chempionat finali­

da kuch sinashgan eronlik raqibim bilan Osiyo 

o‘yinlarining ilk bahsidayoq kurashishga to‘g‘ ri 

keldi. Rosti, qo‘rqdim. Raqibimning revansh 

BAYROG‘IMIZNI BALAND KO‘TARGANLAR

(Yoxud 20 soatlik maqsad, 4 soatlik mashg‘ulot)



Sog‘lom avlod uchun

 | 


10

 | 


2014

3

Alpomish avlodlari

olish istagidagi ishtiyoqidan emas, u ikki karra 

Jahon chempioni, Olimpiada o‘yinlarining 

sovrindori... Raqibning bunday sovrinlarga 

egaligiyoq istalgan sportchini dovdiratib qo‘­

yishi mumkin. Biroq hamma qo‘rquv va ha­

yajon tatamiga chiqquncha bo‘ldi. Tatamiga 

chiqqach, har qanday tuyg‘uni unutasan. 

Faqat aniq va to‘g‘ri harakat qilish haqida 

o‘ylaysan. 

Osiyo o‘yinlarining men uchun yana bir 

esda qolarli jihati – musobaqalar boshlanma­

sidan oldin kasal bo‘lib qoldim. Bilmadim, 

balki hayajondan shunday bo‘lgandir. Buni 

aytayotganimning sababi, har bir musobaqa 

ruhiy jihatdan sportchiga naqadar ta’sir ko‘r­

satishi, kerak bo‘lsa muvozanatdan chiqari­

shini ta’kidlash... 

Hayajonni yengish uchun sportchi o‘zida 

ishonch ruhini tarbiyalashi kerak. Men o‘zim­

ga ishonmay qo‘ygan kezlarimda oilam, ota­

onam haqida o‘ylayman. Sport umrimning bir 

qismi bo‘lgani bilan hayotimdagi asosiy maz­

mun va maqsad oilam, ayolim bilan baxtli 

yashashdir.

Agar Taekvondo Assotsiatsiyasi o‘z oldiga 

qo‘ygan vazifalarini to‘liq bajarib, Osiyo o‘yin­

larida mamlakatimizning boshqa sport uyush­

malariga qaraganda ko‘proq muvaffaqiyatga 

erishgan bo‘lsa, buning sababi Assotsiatsiya­

mizda tashkiliy ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yil­

gani bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Assotsiatsiya­

mizda yangi sport bazasi yaratilgan. Murab­

biylarning shogirdiga, o‘z ishiga e’tibori ham 

sportda ko‘p narsani hal etadi. Bu jihatdan 

o‘zim va jamoadoshlarimni baxtli shogird hi­

soblayman. 

Hayot tarzi? Hayot tarzi, eng avvalo, vaqtni 

tejash, uni reja bilan to‘g‘ri taqsimlashdir. Bu 

sportning ham eng muhim qismi. Intizom 

asosidagi mehnatgina nafli bo‘ladi, ayniqsa, 

sportda. Bizning dam olishimiz, ovqatlanishi­

miz, mashq qilishimiz – hammasi qat’iy tartib­

ga asoslangan. Atrofimdagilarning aytishicha, 

menda sportchiga xos bo‘lgan yaxshi ma’no­

dagi jahldorlik yo‘q ekan, xotirjam va so­

vuqqon emishman. Lekin har qanday sportchi 

fe’l­atvoridan qat’i nazar tinimsiz mehnat qil­

sa, o‘z ustida ishlasa, tartibli hayot kechirsa, 

hamma narsani uddalasa, har qanday g‘alaba­

ga erishsa bo‘ladi. Isroil Madraimov – 1995-yilda Xorazm viloyati- ning Xiva tumanida tug‘ilgan. Boks bo‘yicha Ja- hon, Osiyo chempionatlari sovrindori. O‘zJTI  2-bosqich talabasi. Osiyo o‘yinlari kumush meda- li sohibi.

– 

Sport – boks mening hayotimda anchayin 

o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan. Masalan, fe’l­

atvorimni olsak, tengdoshlarimga nisbatan 

og‘ir, bosiq bo‘lib qolganman. O‘yinqaroqlik­

lar, yoshlik sho‘xliklariga tezda berilib keta­

vermayman. Bir tomondan bu yomon. Lekin 

aniq belgilangan kun tartibi hoy­u havaslarga 

ergashishga ko‘p yo‘l bermaydi­da. Shunday 

bo‘lsa ham murabbiylarimiz hali yosh bo‘lga­

nimiz uchun o‘rni kelganda kam yuklama 

berib, ko‘proq dam olishga ruxsat berishadi. 

Murabbiylarimning mana shunaqa ayovchan­

ligi tufayli biror marta boksni tashlab ketishni 

xayol qilmaganman. Biroq, o‘rni kelganda 

ular sizdan iroda ko‘rsatishni ham talab qili­

shadi. 2010­yilgi Boks bo‘yicha kattalar o‘rta­

sidagi O‘zbekiston chempionatida ilk raqibim 

Olimpiada va Jahon chempionatlari ishtirok­

chisi edi. Murabbiyim kelib, “Uni yuti shing 

kerak, shundagina terma jamoaga qabul qili­

nasan” dedilar. Og‘ir bo‘ldi, muhimi uddala­

dim! 


Terma jamoa tarkibida men ham Jahon va 

Osiyo chempionatlarida qatnashdim. Bu mu­

sobaqalarda ham xuddi Osiyo o‘yinlaridagi 

Sog‘lom avlod uchun

 | 


10

 | 


2014

4

Alpomish avlodlari

kabi 2­o‘rinni qo‘lga kiritdim. Incheondagi 

ishtirokim men uchun tajriba almashishda 

qo‘l keldi. Kamchiliklarim ko‘p ekan. Ayniq­

sa, hujum qilish borasida. Tana, qo‘l harakat­

lari, himoya va hujumda o‘zim ideal deb bil­

gan jahonning taniqli, mahoratli bokschilari­

dan o‘rganishim lozim bo‘lgan narsalar bisyor. 

Baribir, Osiyo o‘yinlaridan eng esda qolgan 

narsa – sovrindor bo‘lganligim, muhimi udda­

ladim!

To‘g‘ri, biz bokschilar jamoasi avvalgi Osi­

yo o‘yinlari yoki chempionatlaridagi singari 

bu galgi musobaqada u qadar ko‘p medal 

ololmadik. Ko‘pchilik hakamlarni aybladi. 

Men bunday deb o‘ylamayman. Biz yosharti­

rilgan tarkib bilan borgan edik. Bu bir tomon­

dan tavakkal qilish degani. Tajriba to‘plashi­

miz uchun ham bu narsa zarur edi.

Chunki hozir maqsadimiz, sa’y­harakati­

miz 2016­yilgi Rio­de­Janeyro Olimpiadasida 

terma jamoamiz a’zolaridan ko‘proq sportchi 

ishtirok etishiga qaratilgan. Mening ham aza­

liy orzularimdan biri shu aslida. Olimpiadada 

ishtirok etib, sovrindor bo‘lganimdan keyingi­

na, professional boks bilan shug‘ullanishni 

boshlayman. 

Sport menga mana shunday yutuqlar va 

har doim qat’iy intilishga undovchi maqsadlar 

berdi. Men sportchining, xususan, o‘zimning 

hayot tarzim deganda mubolag‘a bilan ayt­

sam, kunning 20 soatida faqat boks haqida 

o‘ylash lozimligini tushunaman. Futbol qiroli 

Peledan muvaffaqiyatlarining siri haqida so‘­

rashib, siz ham jamoadoshlaringiz singari 

 

6 soat futbol bilan shug‘ullanasizmi yo ular­

dan ko‘proqmi deyishganida, “Yo‘q, men 

 

2 soat futbol o‘ynayman, 22 soat esa futbol 

haqida o‘ylayman” degan ekan. Men ham er­

talab 2 soat va kechqurun 2 soat jamoadosh­

larim qatori boks bilan shug‘ullanaman. Qol­

gani – nazariy ta’lim, janglarni ko‘rish, tahlil 

etish, to‘g‘ri ovqatlanish va keragicha dam 

olish… Hamma harakatingni bir maqsad uchun 

yo‘naltirish, keraksiz narsalarni o‘yingdan 

ham, hayot tarzingdan ham chiqarib tash­

lash… Va eng muhimi mehnat! Mana shu 

sportchining hayot tarzi. Uning chalg‘ishga, 

behuda narsalarga diqqat sarf qilishga haqqi 

yo‘q. Sababi diqqat ham mehnat singari g‘ala­

baning bir qismi, omilidir.  Mahliyo Tog‘ayeva – 1992-yilda Buxoro vilo- yatining Vobkent tumanida dunyoga kelgan. Osi- yo kubogi, Osiyo chempionati va o‘yinlari sovrin- dori. Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi.  Bu galgi Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga  kiritgan.

– 

Osiyo o‘yinlarida  48 kilogramm vazn toi­

fasida kurashdim. Natijam 187 kg bo‘ldi. Dast 

ko‘tarishda 85, siltab ko‘tarishda 106 kg. 

Raqibam bilan natijamiz bir xil bo‘lib qoldi. 

Lekin uning vazni mendan yengilroq ekan. U 

kumush medalga ega bo‘ldi, men esa bron­

za… Biroz alam qildi. Ammo bu sport. Ba’zan 

unda omad ham kerak. 

Taqdirlashdan keyin menga delegatsiyamiz 

tarkibidagi ilk medalni olganimni aytishdi. Bu 

endi chinakam baxt! Chunki bizga juda ko‘p­

chilik ko‘z tikib turgandi. Milliy Olimpiya Qo‘­

mitasi rahbari Mirabror Usmonov ham o‘sha 

yerda edi. O‘zi bunaqa jamoaviy sport tadbir­

larining mas’uliyati ham katta bo‘ladi. Shunga 

yarasha hayajoni ham. Eplolmasam kerak, 

degan hadik ham yo‘q emas edi. Lekin maq­

sad uchun kurashish ishtiyoqi hammasini 

yengib o‘tishga yordam berdi. 

Qizlarning og‘ir atletika bilan shug‘ullani­

shi, to‘g‘ri, bizda odatiy hol emas. Dadam 

shtangachilar murabbiyi bo‘lgani uchun men­

da qaysi sport turini tanlash borasida ikkila­

Sog‘lom avlod uchun

 | 


10

 | 


2014

5

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, o‘sib 

kelayotgan avlodning har tomonlama barka­

mol rivojlanishi va tarbiyalanishiga sharoit 

yaratish mamlakatimiz siyosatining ustuvor 

yo‘nalishi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligi­

ning dastlabki yillarida BMTning “Bola hu­

quqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasiga qo‘shi­

lishi yoshlar va bola huquqlarini himoya qilish 

doirasida davlatimiz siyosatining shakllani­

shiga hamda davlat hokimiyat organlari faoli­

yatida ushbu masala bilan bog‘liq vazifalarni 

izchillik bilan amalga oshirishda ta’sirchan 

mexanizmning yaratilishiga turtki bo‘ldi. Pre­

zidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 

2014­yil “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi. 

“Sog‘lom bola yili” davlat dasturiga asosan 

bolalarning tug‘ilishi, tarbiyalanishi va ta’lim 

olishi, oilada sog‘lom muhit yaratish, uning 

iqtisodiy va ma’naviy­axloqiy asoslarini mus­

tahkamlash kabi masalalar o‘z ifodasini top­

gan. Bu esa davlatimizdagi yosh avlodning ij­

timoiy hayotiga yo‘naltirilgan siyosatning qo­

nuniy va mantiqiy izchilligini ta’minlaydi. 

Hukumatimiz tomonidan doimiy ravishda 

bosqichma­bosqich e’lon qilingan “Ona va 

bola” (2001), “Yoshlar” (2008), “Barkamol 

avlod yili” (2010) dasturlarida ezgu maqsad­

lar davomiy tarzda amalga oshirib kelin­

moqda. Bu yilgi davlat dasturi tadbirlari uchun 

4.509,2 mlrd. so‘m va 302,9 mln. dollar ekvi­

valentidagi mablag‘ ajratilganligi mana shu 

ishning davomidir.

Birgina ta’lim jarayonini isloh etish va yan­

gilash uchun sarflanayotgan har yilgi mab­

lag‘lar yalpi ichki mahsulotning 10–12 foizini 

tashkil etib, davlat budjeti xarajatlarining 35 

foizi shu sohaga yo‘naltirilmoqda. Sog‘liqni 

Onalik va bolalik

kamolot yo‘lidagi odimlar

nish bo‘lmagan. Oilamizda ikki akam ham 

og‘ir atletika bilan shug‘ullanadi. Dadam ilk 

ustozim bo‘lsalar, akalarim doimiy maslahat­

chilarim. 

Osiyo o‘yinlariga tayyorlanish jarayonida 

belgilanganidan ancha ko‘p yuklamalarni ba­

jardik. Qaytgach ham dam olish uchun imkon 

bo‘lmadi. Sababi, noyabr oyida Ostona shah­

rida Jahon chempionati o‘tkaziladi. Terma ja­

moamiz qizlari bilan yaxshi ishtirok etsak, 

Olimpiada yo‘llanmasini olamiz. Olimpiadada 

ishtirok etish eng katta maqsadim. Hozir ta­

namdagi muttasil va kuchli og‘riqlarga qara­

masdan tinimsiz, astoydil mehnat qilishim 

lozim. Bu – majburiyat! Sportchining hayot 

tarzi mana shunday chidamdan ham iborat. 

Sport tufayli men tengi qizlar erishgan biror 

narsaga erisholmadimmi? Menimcha, bunday 

emas. Chunki bolaligimdan shunday hayot tar­

ziga ko‘nikkanman. Va bundan faqat xursand­

man. Dugonalarim bilan juda kam muloqot 

qilaman. Bundan ular xafa bo‘ladi. Mana siz­

ning ham qo‘ng‘iroqlaringizga bir necha bor 

javob bera olmadim. Chunki bo‘sh vaqtimiz 

juda kam. Uni ham nimalarga sarflashimiz 

avvaldan rejalashtirilgan. Muhimi mehnat va 

natija. 

Sportning xarakterimga ta’siriga kelsak, 

boshqa qizlardan farq qilmasam ham, biroz 

sovuqqonroqman. Osiyo o‘yinlaridagi chiqi­

shimni televizorda ko‘rganlar qo‘rqmasdan, 

yengil harakat qildingiz, qat’iyatli qiz ekansiz 

deyishdi. Menimcha, sport insonni shunaqa 

qat’iyatli va maqsadli, intizomli va irodali qi­

lib tarbiyalaydi.

Tillaniso ESHBOYEVA 

tayyorladi.

Sog‘lom avlod uchun

 | 


10

 | 


2014

6

Onalik va bolalik

saqlash tizimiga esa har yili davlat budjetidan 

qariyb 15 foiz mablag‘ ajratiladi.

O‘zbekiston davlat budjetidan sog‘liqni 

saqlash tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar har 

yili o‘sib bormoqda. Davolash­profilaktik mu­

assasalarini zamonaviy asbob­uskunalar bilan 

modernizatsiyalash va jihozlash uchun so‘ng­

gi o‘n yil davomida 750 mln. dollar yo‘naltiril­

di. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda onalar 

o‘limi 3,1, chaqaloqlar o‘limi 3,2 foizga ka­

maydi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 

qariyb 90 foizdan ortiq bolalar sog‘lig‘i rivoj­

lanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Butunjahon 

sog‘ liqni saqlash tashkilotining talablariga ja­

vob beradi. “Save the children” Xalqaro tash­

kilotining reytingiga ko‘ra, O‘z bekiston bolalar 

sog‘lig‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilayotgan eng 

yaxshi davlatlarning birinchi o‘ntaligiga kira­

di.


Shu bilan bir qatorda tibbiy xizmatlar sifati 

va profilaktik tadbirlar darajasini oshirish bi­

lan bog‘liq masalalar dolzarb bo‘lib, ayniqsa, 

bunday vazifani amalga oshirish qishloq joy­

larida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Oila 

qurayotgan yoshlarning tibbiy ko‘rikdan 

o‘tish sifatini yaxshilash, bu jarayonda mu­

taxassislarning mas’ulligini oshirish lozimligi 

diqqat markaziga olinadigan vazifalar jumlasiga 

kiradi.


“Sog‘lom bola yili” davomida sog‘lom bo­

lalar tug‘ilishi va ularning sog‘lig‘ini mustah­

kamlash uchun sharoitlarni yanada yaxshilash­

ga yo‘naltirilgan choralar majmuyini bajarish 

maqsad qilingan. Xususan, hozirgi zamon ta­

lablariga javob beradigan ko‘ptarmoqli mar­

kazni qurish hamda uni yuksak texnologik 

tibbiy uskunalar bilan jihozlash belgilangan. 

Shu jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan 

pediatriya ilmiy­tadqiqot markazining bo‘lin­

malari, 13 ta viloyat ko‘ptarmoqli tibbiy mar­

kazi, 62 ta tuman tibbiy uyushmalari, tibbiy­

ijtimoiy muassasalar qayta ta’mirlandi va 

yangidan bunyod etildi. Ularning barchasi ho­

zirgi zamon diagnostik va davolash uskunala­

ri bilan jihozlanib, bolalarga yuksak texnologik 

tibbiy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Aholining sanitar­epidemiologik holatini 

yaxshilashning eng samarali vositalaridan biri 

yuqumli kasalliklar profilaktikasi hisoblanadi. 

Shu maqsadda, turli yuqumli kasalliklarga 

qarshi vaksinalarni tatbiq etishni bosqichma­

bosqich qo‘llashni hisobga olib, bolalar im­

munizatsiyasi dasturini takomillashtirish ham 

kutilmoqda.

Milliy emlash kalendariga ko‘ra, profilaktik 

vaksinatsiya doirasi kengaytirilib, 97 foiz kon­

tingentni o‘z ichiga oladi. Yil davomida ken­

gaytirilgan tibbiy ko‘rikka asosan tarkibida yod 

bo‘lgan preparatlarni qo‘llash jarayoniga mak­

tabgacha muassasalar va maktabdagi 6,6 mln. 

bolalar qamrab olinadi. Respublikamiz qish­

loq joylarida istiqomat qiluvchi 400 ming ho­

milador ayollarning reproduktiv salomatligini 

mustahkamlash maqsadida maxsus polivita­

minlar tarqatiladi.

Shu bilan birga davlat tomonidan imkoni­

yati cheklangan bolalarga katta e’tibor qarati­

lib, ularga g‘amxo‘rlik qilinmoqda. Jumladan, 

nogironlarning huquqlarini himoya qilish va 

imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lomlash­

tirishga yo‘naltirish, ularning ta’limga bo‘lgan 

huquqlarini, jamiyatga integratsiyalashuvini 

va moslashuvini ta’minlash hamda yoshlar­

ning har tomonlama kamol topishi uchun 

muntazam tarzda tegishli chora­tadbirlar ish­

lab chiqilib amalga oshirilmoqda.

Bunday sa’y­harakatlar xalqimizning sog‘­

lom va baxtli farzand ulg‘aytirishdek orzulari 

bilan chambarchas bog‘liqdir.

Dilfuza BO‘RONOVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti.



Sog‘lom avlod uchun

 | 



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-7.html

barnes-foundation-74.html

barnes-foundation-79.html

barnes-foundation-83.html

barnes-foundation-88.html