"barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi

Sana08.06.2018
Hajmi175.63 Kb.

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

“BARKAMOL AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR BADIIY IJODIYOT MARKAZI 

 

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“DURADGORLIK” TO‘GARAGI 

O‘QUV QO‘LLANMASI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT-2016 



 

 

 

Muallif: 

S.Xo‘jaev – “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy 

ijodiyot markazi to‘garak rahbari 

 

R.Masharipova  –  “Barkamol  avlod”  Respublika  bolalar 

badiiy  ijodiyot  markazi  O‘quvchilarni  ijodiy  kamol 

toptirish guruhi rahbari 

 

Taqrizchilar: 

N.Shomansurova  –  “Barkamol  avlod”  respublika 

bolalar badiiy ijodiyot markazi direktor o‘rinbosari 

 

T.To‘raev  –  Chilonzor  milliy  hunarmandchilik  kolleji 

o‘qituvchisi  

 

G‘.Yuldoshev  -  A.Xo‘jaev  nomli  Respublika  dizayn 

kolleji katta o‘qituvchisi 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ushbu  qo‘llanma  Xalq  ta’limi  vazirligining  2016  yil  1  avgustdagi  

194-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  “Duradgorlik”  to‘garagi  o‘quv  dasturiga 

muvofiq ishlab chiqildi. 

 

Ushbu  qo‘llanma  “Barkamol  avlod”  bolalar  markazlari,  umumiy  o‘rta  ta’lim 

maktablari,  mehribonlik  uylari  va  mahallalar  qoshida  tashkil  etilgan  “Duradgorlik” 

to‘garak rahbarlari uchun tavsiya qilinadi. 

 

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy  ijodiyot  markazi  huzuridagi  Uslubiy 

kengashining  2016  yil  10  oktyabrdagi  Navbatdan  tashqari  yig‘ilish  qarori  bilan 

foydalanishga tavsiya etilgan. 

 

 

“DURADGORLIK” TO‘GARAGI O‘QUV QO‘LLANMASI 

(birinchi o‘quv yili uchun) 

 

1.  Kirish.  

 

Duradgorlik eng qadimgi hunarmandchilikdan biri bo‘lib, u jamiyat taraqqiyoti 

jarayonida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jamiyat  taraqqiyotining  keyingi  davrlarida 

duradgorlik  rivojlandi.  Uy  –  joy  qurishning  dastlabki  ko‘rinishlari  taraqqiy  etib, 

paxsa tom, g‘isht, yog‘och uylar qurila boshlashi bilan bu tarmoq ichida yangi-yangi 

kasblar (eshiksozlik, derazasozlik, panjarasozlik, javonsozlik va boshqa.) yuzaga kela 

boshladi.  

O‘quvchilar  “Duradgorlik”  to‘garagida  turli  uy  –  ro‘zg‘or,  inson  uchun  zarur 

bo‘lgan  buyumlarni  yasashni,  duradgorlik  asboblari  va  dastgohlaridan  foydalanishni 

o‘rganadi.  

 

2.  Duradgorlikda  foydalaniladigan  dastgohlarning  vazifalari  va  ularni 

ishlatish. 

 

Duradgorlik  asboblari  yog‘ochni  qayta  ishlash 

uchun 

mo‘ljallangan 

dastaki 

yoki 


mexanik 

asboblardir. 

Ular 

asosan 


randalash, 

arralash, 

parmalash-o‘yish,  o‘lchash-belgilash  va  yordamchi 

asboblarga bo‘linadi. 

O‘lchash-belgilash  asboblariga  chizg‘ich,  metr 

(ruletka),  go‘niya,  pargar,  shovun,  shaytonlar, 

xatkash,  porsi,  g‘o‘niya  va  boshqalar  kiradi.  Buyum 

detallarini tayyorlashdan eng oldin shu asboblar bilan 

rejalab ish boshlanadi. 

O‘lchash-belgilash asboblariga quyidagilar kiradi: 

Metr-ruletka

  aniqiroq  o‘lchash  va  kaltaroq  tanovarlarni  qalinligi  hamda  eni 

bo‘yicha rejalash uchun mo‘ljallangan. U ichiga 1-2 m uzunlikdagi tasma spiralsimon 

qilib joylashtirilgan g‘ilofdan iborat, tasmada bo‘linmalar bor. 

Buklama  metr

  bo‘linmalar  tushirilgan  metall  yoki  yog‘och  chizg‘ichlar 

to‘plamidan  iborat.  Chizg‘ichlar  bir-biriga  sharnir  yordamida  birlashtirilganidan 

osongina  ochiladi  va  yig‘iladi.  Metr  kalta  narsalarni  o‘lchash  uchun,  parket  pol 

yotqizishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. 

G‘oniya

 

qurilish 

konstruksiyalari 

qismlarining 

to‘g‘ri 

burchakligini 

tekshirishga  mo‘ljallangan.  G‘oniya  asosdan  va  unga  to‘g‘ri  burchak  ostida 

mahkamlangan  bo‘linmali  chizg‘ichdan  tashkil  topadi.  G‘oniyalar  metall  va 

yog‘ochdan har xil o‘lchamli qilib yasaladi. 

Yerunok

  45

0

  va  135

0

  li  burchaklarni  rejalash  (belgilash)  va  o‘lchash  uchun 

xizmat  qiladi.  U  asos-kundadan  va  unga  45

0

  li  burchak  ostida  kirgizilgan  yog‘och 

yoki metall chizg‘ichdan tuzilgan. 

Malka

  burchaklarni  namuna  bo‘yicha  o‘lchash  va  ularni  tanovar-detallarga 

ko‘chirish uchun mo‘ljallangan. U asos-kunda va chizg‘ichdan iborat bo‘lib, ular bir-

biriga sharnirli birlashtirilgan. Metall va yog‘och malkalar bo‘ladi. 

 

Sirkul

  o‘lchamlarni  tanovarlarga  tushirish  va  dumaloq  belgilar  chizish  uchun 

qo‘llaniladi. 

Nutromerdan

 teshiklarning ichki diametrini o‘lchash uchun ishlatiladi. 

Shtangensirkul

  detallarning  xilma-xil  parametrlarini  o‘lchash  uchun 

ishlatiladi. 

Skoba  

tirnoq  va  zo‘g‘atalarni  qo‘lda  kesishda  ularning  o‘rnini  belgilab  olish 

uchun  mo‘ljallangan.  U  chok  ochilgan  taxta  bo‘lagidan  iborat.  Ana  shu  chokka 

ma’lum oraliqda mixlar qoqilib, ularning o‘tkir uchi bilan chiziq tushiriladi. 

Xatkash

  yordamida  taxta  detallning  tomonlaridan  biriga  paralell  bo‘lgan 

chiziqlar tortiladi. U ikki teshikli taxta bo‘lagidan iborat bo‘lib, ana shu teshiklardan 

dumoloq tayoqchalar o‘tkazilgan. Bolta tayyoqcha uchining bir tomonida o‘tkir uchli 

mixlar  bo‘lib,  ular  bilan  chiziq  tushiriladi.  Tayoqchaning  uchini  taxta  teshigidan 

keraklicha  chiqarib,  tayyoqcha  chetidan  tushiriladigan  chiziqqacha,  ya’ni  reja 

chiziqqacha bo‘lgan zarur masofa o‘rnatiladi. 

 

Duradgorlik kontrol-o‘lchov va rejalash asboblari. 

I-masshtabli  lineyka.  II.a.-  oddiy  yog‘och  g‘o‘niya.  1-kunda.  2-lineyka.  b-  metall  lineykali 

g‘o‘niya. III.a- bir cho‘pli. b- ikki cho‘pli xatkash. 1-kunda. 2-lineyka. IV-yog‘och burchak. V- vintli 

g‘o‘niya. 1-kunda. 2-lineyka. 1- sirkul. VII- kronsirkul. VIII-nutromer. 

 

2.2. Arra va uning turlari. Arralar bilan ishlash 

 

Arra

  tishlar  (keskichlar)  qirqilgan  tasma  yoki  diskdan  iborat.  Arraning  har 

qaysi  tishida  uchta  qirquvchi  qirra:  bitta  kalta  old  qirra  bo‘ladi.  YOg‘ochni  tilishga 

mo‘ljallangan  arralar  tishlarining  kalta  qirquvchi  qirrasi  yog‘och  tolalarini  kesadi, 

yon qirralari esa ularni yo‘nalish bo‘yicha ajratadi.  

Mazkur  arralar  tishlari  to‘g‘ri  charxlangan  bo‘ladi  va  shakl  uchburchakni 

eslatadi,  shu  bois  ular  bilan  faqat  bir  tomonga  arralash  mumkin.  Ko‘ndalangiga 

arralash  uchun  mo‘ljallangan  arra  tishlari  teng  yonli  uchburchak  shaklida  va  ikki 

tomonlama charxlangan bo‘ladi. 



 

Bo‘ylamasiga  va  ko‘ndalangiga  arralash  uchun  mo‘ljallangan  arralardan 

tashqari, duradgorlik arralari ham bor. Ushbu arralarning tishlari shunday tuzilganki, 

ular bilan yog‘ochni bo‘ylamasiga ham, ko‘ndalangiga ham arralash mumkin. 

Dastaki  arralar.  

Dastaki  arralar  taranglanmaydigan  va  taranglanadigan 

xillarga  ajratiladi.  Taranglanmaydigan  arralar  jumlasiga  ikki  dastali  ko‘ndalang  va 

dastarralar kiradi, taranglanadigan arralarga esa yoyarra kiradi. 

Ikki  dastali  ko‘ndalang  arralar  (g‘o‘labir  arralar)  bruslar,  brusoklar,  taxtalarni 

ko‘ndalangiga  arralash  uchun  ishlatiladi.  Tishlari  teng  yonli  uchburchak  shaklida, 

qiyalatib charxlangan bo‘ladi. Arralar 1-va 2-turda ishlab chiqariladi. 1-tur arralarida 

charxlash burchagi 40,2

0

 ni, 2-tur arralarida esa 45,2

0

 ni tashkil qiladi. 

Yoyarradan  

yog‘ochni  bo‘ylamasi  va  ko‘ndalangiga  arralash  uchun 

foydalaniladi. U yog‘och dastgoh (yoy) dan va unga tortilgan arra polotnasidan tarkib 

topadi. Yoyarralarning bo‘ylama, ko‘ndalang, shakldor, tirnoqbop xillari bo‘ladi. 

Bo‘ylama  yoyarralar  polotnasining  eni  40-45,  qalinligi  0,4  -  0,7  mm, 

tishlarining qadami 5 mm, tishlarini o‘tkirlash burchagi 40-50

0

 bo‘ladi. Polotnasining 

uzunligi  780-800  mm.  Bu  yoyarralar  yog‘ochni  bo‘ylamasiga  arralash  uchun 

ishlatiladi.  

Ko‘ndalang yoyarralar polotnasining eni 20 – 25 mm, qalinligi  0,4 – 0,7 mm, 

tishlari qadami 4 – 5 mm, tishlarini o‘tkirlash burchagi 65 – 80

0

 bo‘ladi. Tishlari teng 

yonli uchburchak shaklida, qiya charxlangan. Polotnosining uzunligi 750-800 mm. 

Arralarning  pichoqlari  ishlatilishiga  qarab  3  xil  bo‘ladi.  Birinchisi  yog‘och 

materiallarni  bo‘yiga  arralaydi.  Ikkinchisi  yog‘och  materiallarni  eniga  arrralaydi. 

Uchinchisi  yog‘och  materiallarni  ham  bo‘yiga,  ham  eniga  arralaydi.  Bunday  arralar 

burch arralar deb ataladi. Bundan tashqari, yog‘och materiallarni faqat ko‘ndalangiga 

arralaydigan arralar ham mavjud bo‘lib, qo‘l arra deyiladi. 

 

   

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                

Arralar 

 

 

 

Dumaloq stanokli arra

 

2.3. Randa va uning turlari 

 

Randalar  2  turga,  ya’ni  tekis  yuzalarni  randalovchi  va  naqshdor  yuzalar  hosil 

qiluvchi randalarga bo‘linadi. Tekis yuzalar tuk randa, mush randa, japs randalardan 

foydalanib  hosil  qilinadi.  Naqqshdor  yuzalar  hosil  qiluvchi  randalar  esa  nov  randa, 

taroq  randa,  chok  randa  va  chorapzal  randa  kabilardan  iboratdir.  Taxtalarni 

randalashda qo‘l kuchini taqsimlash katta ahamiyatga egadir. Randalashda chap qo‘l 



 

bilan  randaning  old  tomonidan,  o‘ng  qo‘l  bilan  esa  randaning  orqa  tomonidan 

ushlanadi. Randalashni boshlashda qo‘l kuchini ko‘proq chap qo‘lga, detalni o‘rtasini 

randalashda esa ikki qo‘lga barobar taqsimlash, detalning oxirini randalashda esa qo‘l 

kuchini ko‘proq o‘ng qo‘lga berish kerak. 

Bundan tashqari randalarning bir nechta turlari mavjud. Masalan,  

bir  pichoqli  randa

  arralangan  yoki  sherxibel  bilan  ishlov  berilgan  yuzani 

tekislash  uchun  ishlatiladi.  Pichog‘ining  40-50  mm  kengldikdagi  tig‘i  to‘ppa-to‘g‘ri 

bo‘ladi, u 1 mm chiqarib qo‘yiladi. Mazkur randa payraha sindirgich (bukr moslama) 

bo‘lmaganidan  payraha  sinmasdan  chiqadi,  shu  bois  ishlov  berilgan  yuzada 

ko‘pincha shilingan, ba’zan esa sinib ko‘chgan joylar bo‘ladi. 

qo‘sh  pichoqli  randadan

  yog‘ochni  tozalab  randalash,  uchlarini  tolalari 

buralgan yog‘ochni va shilingan yog‘ochni randalash uchun fodalaniladi. 

metall randalar

 yog‘och randalardan og‘irroq bo‘ladi, shu sababli ular asosan 

qattiq yog‘ochlarni randalash va ta’mirlash ishlari uchun ishlatiladi.  

chok  randa  (zenzubl)  

duradgorlik  buyumlari  detallarida  choklar  ochish  va 

ularni tozalab randalash uchun ishlatiladi. 

zakrov  randa  (falsgebel)

  duradgorlik  buyumlari  detallarining  chetlarida 

zakrov ochish uchun xizmat qiladi. 

konish  randa  (shpuntubel)

  detallarning  chetlari  va  yuzasida  ariqchalar-

konishlar ochishga mo‘ljallangan. 

Nov  randa

  bilan  eni  yoki  chuqirligi,  dumaloqlanish  radiusi  turlicha  bo‘lgan 

novlar  hosil  qilinadi.  Randa  korpusining  tagi  qavariq  shaklda  bo‘ladi.  Randaning 

uzunligi 250, eni 10-25, balandligi 60-80 mm ni tashkil qiladi. 

 

Durodgorlik randalari. 

 

 

A-sherxebel,  

b-taxta randa,  

d-mushranda,  

1-pona,  

2-kunda,  

3-tig‘, 

 4-temir pushtak,  

e-pushtakli tig‘,  

f-japs randa,  

1-tig‘,  

2-pushtak  

3- pona,  

4-dasta,  

5-bog‘lanish tugmasi. 

 

Iskanalar  2  xil  bo‘lib,  1-yo‘nuvchi  iskana  deyiladi.  Bu  iskanalar  qo‘l  kuchi 

bilan  yo‘nib  ishlanadigan  randa  ishlatib  bo‘lmaydigan  joylarga  ishlov  berishda 

qo‘llaniladi.  2-o‘yuvchi  iskana  bo‘lib,  tashqi  kuch  ta’siri  ostida  ishlatiladi,  ya’ni 



 

bolg‘a  bilan  urib  ishlanadi.  Bu  iskanalar  yog‘ochlarda  teshiklar,  uyachalar  hosil 

qilishda, quloqchalar ochishda katta yordam beradi. Yo‘nuvchi iskana bilan o‘yuvchi 

iskanalar  bir-biridan  tashqi  ko‘rinishi  jihatidan,  dastlarning  ikki  tomonida  xalqasi 

bo‘lishi, o‘tkirlik burchaklari bilan farq qiladi. Yo‘nuvchi iskanaga tashqi kuch ta’sir 

etmaydigan  bo‘lgani  uchun  faqat  dastasining  pastki  tomonida  xalqachalar  qo‘yiladi 

hamda  o‘tkirlik  burchagining  kichik  bo‘lishi  bilan  ajralib  turadi.  Chunki  pichoq 

yupqa bo‘ladi. 

 

   

                                  Duradgorlik iskanalari  a-o‘yuvchi, b- yo‘nuvchi iskanalar 

 

d- nov iskanalar.

 

 

 

 

Burg‘i va parmalar 

 

Burg‘ilar  bino  qurishda  sarrovlarni  teshishda  ishlatilib,  eni  20  mm  dan  60 

mmgacha,  uzunligi  500-700  mm  gacha  bo‘ladi.  Duradgorlikda  ishlatiladigan 

parmalar  kesuvchi  qismining  tuzilishi  bo‘yicha  bir-biridan  farq  qiladi.  Duradgorlik 

parmasining pichoqlari 5 xil bo‘ladi: 

1- qoshiqsimon parma 

2- perosimon parma 

3- nov parmma 

4- pyorka 

 

5- spiral pichoqlardan iborat. 

Yana  bir parma  “drel”  deb  ataladi.  U  asosan  slesarlik parmasi  bo‘lib, turli  xil 

o‘yiqlar, teshiklar ochishda, oshiq-moshiqlarning teshigini kengaytirishda ishlatiladi. 

 

 

Parmalash usullari. a-vertikal holatda, b-gorizontal holatda 

 

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Parmalash moslamalari.

 

a-kolovorot, b-vintli drel, d-shesternyali drel, e-treshotka 

 

 

Duradgorlik parmalari 

 

 

 

TSD-120 tipidagi o‘yuvchi 

moslamali yog‘och tokarlik stanogi. 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

Durogorlik bolg‘alari va yog‘och 

to‘qmoqlar. 

a-kvadrat muhrali,  

b-doiraviy muhrali,  

d-yog‘och to‘qmoqlar. 

 

2.6. Duradgorlik birikmalari 

 

Duradgorlik  yo‘li  bilan  tayyorlanadigan  buyumlarning,  mebellarning  qismlari 

bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda har xil biriktiruvchi 

materiallardan  foydalaniladi  va  unda  bir  necha  bog‘lash  usullari  qo‘llaniladi. 

Buyumlarning  qanday  materiallardan  tayorlanishiga  va  qanday  maqsadda 

ishlatilishiga,  unga  qanday  sifat  berilishiga  qarab  detallar  oddiy  yoki  murakkab 

ko‘rinishda biriktiriladi. 

2. Oddiy  birikmalar.  Oddiy  birikmalar  deb  mix  va  shuruplar  yordamida 

biriktiriladigan birikmalarga aytiladi. Odiiy birikmalar bir necha turlardan iborat. 

-  uchma-uch  birikma-bunda ikki  detalning chokini  bir-biriga to‘g‘rilab,  chok 

bo‘lgan joyining ustiga kichik bir taxtacha qo‘yib mixlanadi. 

-  burchakli  birikmalar-  bunda  ikki  detalning  uchi  45  gradusdan  kesilib,  bir-

biriga to‘g‘rilanib mix bilan qoqiladi.  

-  tirnoqli  birikma-bunda  ikki  detalning  bir  uchidan  yarim  yog‘och  kesib 

olinib,  detallarning  uchlari  bir-biriga  ustma-ust  tushirib,  mix  qoqiladi.  Bunday 

ulashlarda  yog‘ochlar  bo‘yiga  uzaytiriladi.  Binokorlikda  yog‘ochni  ana  shunday 

uzaytirib,  ishlatish  keng  qo‘llaniladi.  Oddiy  birikma  orqali  yog‘ochlarni  eniga  ham 

uzaytirish  mumkin.  Masalan  eshik,  darvozalar  yasashda  ana  shu  usuldan 

foydalaniladi.  Bunda  yog‘ochdagi  yillik  xalqalarning  joylashishiga  e’tbor  berish 

kerak.  


3. Murakkab  birikmalar.  Murakkab  birikmalar  elim  yordami  bilan 

biriktiriladigan birikmalarga murakkab birikmalar deyiladi. Murakkab birikmalar ikki 

detaldan tashkil topib, biri “tirnoq”, ikkinchisi “quloqcha” deb yuritiladi. Agar tirnoq 

va  quloqchalar  ikkitadan  ko‘p  bo‘lsa,  “ko‘p  tirnoqli  birikma”  deyiladi.  Bu  tirnoqli 

birikmalar  mebelsozlik,  shaxmat  taxttachalarini,  dastgohlarni  yasashda  qo‘llaniladi. 

Murakkab  birikmalarni  xillari  ko‘p  bo‘lib,  qoldirg‘och  quyruq,  o‘rtalik  birikmalar, 

yashirin  birikmalar  deb  ataladi.  Qaldirg‘och  quyruq  birikmalar  ko‘proq  rom,  eshik 

kesakilarini tayyorlashda, yog‘ochdan uylar solishda ishlatiladi.  

 

3. Yog‘och va ularning turlari. 

 

1. Tog‘  teragi-(osina)  –  bargli  daraxt.  Po‘stlog‘ining  rangi  sarg‘imtir, 

yupqaroq,  tanasining  qismlarida  chatnog‘i  bo‘ladi.  YUmshoq  yog‘och  turiga  kiradi, 

10 

 

engil  oqish  rangli  hamda  chidamsiz,  yillik  xalqalari  aniq.  Yog‘ochni  ishlash  oson, 

undan o‘yinchoqlar, idishlar, eshik, faner, gugurt, har xil buyumlar yasaladi. 

2. Oq  qarag‘ay-(pixta)  –  po‘stlog‘i  yupqa,  silliq  kulrang  tusda  bo‘ladi. 

YUmshoq, engil, oson ishlanadi. Biroz qoramtir dog‘li bo‘ladi. Qorag‘ay tik       120-

150  yil  bo‘ladi.  U  yumshoq  yog‘och  bo‘lib,  uni  yorish,  arralash,  elimlash,  bo‘yash, 

laklash oson. Qarag‘ayning yillik xalqalari aniq ko‘rinib o‘ziga xos ko‘rinishga ega. 

3. Baqaterak  –  bargli  daraxt  turiga  kirib,  uning  po‘stlog‘i  silliq,  rangi  oq 

ko‘kish  bo‘ladi,  tanasi  to‘g‘ri  bo‘lib  sershox  bo‘ladi.  Yog‘ochi  oqish  tusda  bo‘lib 

hamda  chidamsiz.  U  qurilish  ishlarida,  o‘ymakorlik.  Duradgorlik  buyumlarini 

tayyorlashda ishlatiladi. 

4. Mirzaterak-(topol)  –  bargli  daraxt  turiga  kirib,  po‘stlog‘i  sarg‘ish,  kam 

chatnaydi, u silliq bo‘ladi. Kam shoxli tanasi to‘g‘ri bo‘lib, yog‘ochi oq tusli, hamda 

chidamsiz  bo‘ladi.  Mirzaterak  duradgorlik  va  yog‘och  o‘yiakmorlikda  keng 

ishlatiladi. 

5. Oq  qayin-(beryoza)  –  bargli  daraxtlar  turiga  kiradi,  uncha  qalin  bo‘lmagan 

oqish  po‘stloqli  bo‘ladi.  Po‘stlog‘i  palaxsa-palaxsa  bo‘lib  yorilgan,  yog‘ochi  qattiq, 

oq tusli, yog‘ochi qiyin ishlanadi, yillik xalqalari bilinar-bilinmas, hamda chidamsiz, 

lekin yaxshi pardozlanadi. Oq qayindan asosan faner, mebellar, egri chiziqli yog‘och 

detallar va boyoqalar tayyorlanadi, yog‘och o‘ymakorligida qo‘l kelmaydi. 

6. Qora  qayin-(buk)  –  bargli  daraxt  turiga  kiradi.  Sarg‘ish-qizg‘imtir 

tovlanadigan  oqish  tusli,  og‘ir  yog‘och,  hamda  chidamsiz,  radial  qirqimi  bo‘yicha 

chiroyli, tabiiy gulli, qattiq qovushqoq yog‘och, xalqalari yirikroq va aniq ko‘rinadi. 

Egiluvchanlik  xususiyatiga  ega  bo‘lgani  uchun  fanelar,  mebellar,  chizmachilik 

asboblari  tayyorlashda  qo‘l  keladi,  qattiq  bo‘lgani  uchun  yog‘och,  mix,  parket, 

yog‘och o‘ymakorligida keng ishlatiladi. 

7. Chinor-(platan) – po‘stlog‘i qizg‘ish, sariq tusli yupqa, silliq bo‘ladi. Chinor 

yog‘ochi  qattiq,  pishiq-puxta,  ishlash  qiyin,  tabiiy  gullari  chiroyli,  uning  rangi 

qizg‘ish-qoramtir. Chinordan qimmatbaho mebel randalangan fanerlar tayyorlanadi. 

8. Nok-(grusha)  –  qalin  po‘stloqli,  chatnagan  bo‘lib,  yog‘ochi  to‘q  jigarrang, 

mo‘rt,  qattiq,  yillik  xalqalari  bilinar-bilimas  bo‘ladi.  Nok  daraxtidan  gul  bosadigan 

qoliplar, randalangan faner va qimmatbaho mebellar tayyorlanadi. 

9. O‘rik-(uryuk)  –  bargli  daraxt.  Yog‘ochi  qoramtir-qizg‘ish  bo‘lib,  undagi 

mayda buyumlar va “inkrustatsiya” ishlanadi. Har xil asboblar yasaladi. 

10.  Archa-(majjevelnik) – po‘stlog‘i qalin, rangi kul rang, serbutoq bo‘ladi. 

Kam  smolali,  namga  chidamsiz  igna  bargli  daraxt.  U  puxta,  chidamli,  ming 

yoshgacha  yashaydi.  U  qog‘oz 

sanoatida, 

mebellar 

va 


boshqa 

narsalar 

yasashda 

foydalaniladi. 

Yog‘och  o‘ymakorligida  qadimda 

qo‘llanib kelingan. 

11.  Yong‘oq-(orex) 

– 

po‘stlog‘i  ko‘kimtir,  qalin  va  silliq 

bo‘lib,  tanasining  pastki  qismida 

po‘stlog‘ining 

chatnog‘i 

bor. 


Yong‘oq  yog‘ochi  qoramtir  rangli, 

11 

 

qattiq, tabiiy gulli chiroyli, ishlash qiyin. U yaxshi pardozlanadi. Undan qimmatbaho 

mebellar 

tayyorlashda 

va 

yog‘och 


o‘ymakorligida  keng  foydalaniladi.  U  ajoyib 

ko‘rinishga ega.    

 

4.  Yog‘ochlarni arralash usullari.  

 

 

Duradgorlikda 

foydalaniladigan 

yog‘ochlarni  ko‘ndalangiga,  bo‘yiga  arralash 

usullari,  arra  turlaridan  foydalanish  qoidalari, 

ko‘ndalang  kesish  uchun  maxsus  arralar, 

uzunasiga  kesish  uchun  qo‘llaniladigan  arra 

turlari, chok arradan foydalanish usullari. 

 

a)  Ko‘ndalang  arralashda  “tik  tishli” 

arradan foydalaniladi. Bu arra yordamida g‘o‘la, taxtalarni arralanadi. 

 

b)  “Chok  arra”  yordamida  yog‘och  va  rekalarni  90

0

,  45


0

,  35


0

  va  boshqa 

qurollarni arralaydi. 

 

v)  Taxtani  tik  holda  arralashda  “turtma”  arra  yordamida  taxtadan  har  xil 

o‘lchamdagi rekachalar arralanadi.

 

 

 

5.  Lobzikda  faneradan  to‘g‘ri  va  dumaloq 

shakllarni arralash. 

 

To‘g‘ri,  dumaloq,  to‘rtburchak  shakllarni 

arralashda  har  bir  shaklning  o‘ziga  xos  bo‘lgan 

arralash  qoidalariga  amal  qilinib,  turli  yordamchi 

moslamalardan foydalaniladi. 

Fanerani  lobzik  yordamida  kesishda  qisqich, 

botirmalardan  foydalaniladi.  Lobzik  arrada  faneradan 

to‘rtburchak,  dumaloq  va  turli  shakllar  chizma 

asosida  to‘g‘ri  va  dumaloq  shakllar  arralanib  olinadi. 

O‘quvchilar lobzik arra bilan ishlashdan oldin albatta 

texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari tushuntirilib o‘tiladi.  

 

6-7. Qalamdon shaklini chizish va arralash, qirqilgan shaklni 

yig‘ish. 

 

Qalamdon  haqida  umumiy  ma’lumot  berilib,  o‘quvchilarda  qalamdon  haqida 

tasavvur  hosil  qilinib,  qalamdon  shaklini  chizish,  andozasini  karton  qog‘ozga 

tushirish  va  tayyorlangan  andozani  faneraga  chizib  olib,  lobzik  yordamida  arralash 

bosqichlari amalga oshiriladi va qalamdonning qirqilgan shakllari maxsus chizmalar 

asosida  elimlardan  foydalanib  yig‘iladi.  Qisqichlar  bilan  qisib  tayyor  buyum 

pardozlanadi. 

 

8. Olti qirrali quticha uchun faneralar kesish.

 

 

Hozirgi  davrda  o‘zbek  xonadonlarining  har  birida  turli  hajmdagi  qutichalarni 

uchratish  mumkin.  O‘tgan  zamonda  quticha  ziynatlarni  saqlaydigan  buyum  sifatida 

ishlatilgan  bo‘lsa,  hozirda  san’at  durdonalari  sifatida  muzeylarda  saqlanmoqda.  Olti 



12 

 

qirrali quticha yasash uchun fanerdan burilma arra yordamida shakl kesib olamiz va 

yog‘och  kley  yordamida  faner  bo‘lakchalarini  bir-biriga  yopishtirib  chiqamiz. 

So‘ngra tashqi tomonini jilvir qog‘oz bilan pardozlab, ustidan laklaymiz.  

Uning  o‘lchamlari:  200mm  lik  quticha  uchun  R  100mm  quticha  tomonlari 

uzunligi 90mm balandligi h 40mm. 

Qutichani  yig‘ishda  tomonlarga  arralangan  fanerlarni  72

0

  da  egov  yordamida 

egovlanadi va quticha tayyor bo‘ladi.  

 

9. Quticha chizmasi asosida yog‘ochni arralab tayyorlash va ularni yig‘ish. 

 

Quticha  chizmasi  asosida  yog‘ochlarni  ko‘ndalangiga,  bo‘yiga  arralash 

usullari,  arra  turlaridan  foydalanish  qoidalari,  ko‘ndalang  kesish  uchun  maxsus 

arralar, uzunasiga kesish uchun qo‘llaniladigan arra turlari, chok arradan foydalanish 

usullari. Mazkur ishlar amalga lshirilgandan so‘ng ularni yig‘ish. 

 

10. Ilgak shaklini chizish va yasash.  

 

Ilgichlar shaklini chizish, yog‘ochga ishlov berish qoidalari.  

Durodgorlikda ilma qoziqdan uy ro‘zg‘or va bino ichini bezashda foydalaniladi. Ilma 

qoziq  shakli  oddiy  shakllardan  biri  bo‘lib,  o‘quvchilarning  dastlabki  fikrlarini 

boyitishda  ularni  shakl  topish  uchun  dastlabki  izlanishlarni  amalga  oshirishda 

foydalaniladi.  Ilma  qoziq  uchun  shakl  topishdan  maqsad  ularning  shaklini  chiroyli, 

milliy va foydalanishga qulay qilishdir. 

 

11. Bittalik ilgak shaklini arralash va uni yig‘ish. 

 

  O‘quvchilar  dastlab  ilma  qoziqning  shaklini  topish  ustida  izlanishlar  olib 

boradi  va  mashg‘ulot  jarayonida  bir  necha  ko‘rinishda  chizilgan  shakllarni 

o‘qituvchiga  ko‘rsatib  ma’qul  deb  topganini  tasdiqlatib  oladi.  Tasdiqlangan  shakl 

yuzasiga  mos  kompozitsiya  tuzishda  oddiy  naqsh  bo‘laklaridan  islimiy,  pargori  va 

bardodiy  usullardan  foydalanib  bittalik  ilgichlar  yasaladi  ularga  ishlov  berib, 

pardozlash. 

 

12. Oraliq nazorat ishi.

  

O‘tilgan  mavzular  bo‘yicha  to‘garak  a’zolarining  bilim  va  ko‘nikmalari 

aniqlanadi.   To‘garak a’zolarining duradgorlik san’ati bo‘yicha 

bilimlari

ni aniqlash uchun  quyidagi 

savollar bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-savol:Arralar necha turda ishlab chiqariladi? 

2-savol:Bo‘ylama yoy arralar polotnasining eni qancha? 

3-savol:Bo‘ylama yoy arralar qalinligi qancha? 

4-savol:Bo‘ylama yoy arralar tishlarining qadami qancha ? 

5-savol:Bo‘ylama yoy arralar tishlarini o‘tkirlash burchagi necha 0 bo‘ladi? 

6-savol:Bo‘ylama yoy arralar polotnasining uzunligi  qancha? 

7-savol:Bo‘ylam yoy arralar yog‘ochni qanday arralash uchun ishlatiladi? 

8-savol:Ko‘ndalang yoy arralar polotnasining eni qancha? 

9-savol:Ko‘ndalang yoyarralar qalinligi qancha?             

10-savol:Ko‘ndalang yoyarrala tishlari qadami qancha? 

13 

  To‘garak  a’zolarining  duradgorlik  san’ati  bo‘yicha  

ko‘nikmalari

ni  aniqlash 

uchun quyidagi 

amaliy topshiriq

 

bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-topshiriq:Yog‘ochlarni turli xil o‘lchamlarda arralash. 

2-topshiriq:Lobzik yordamida faneradan to‘g‘ri va dumaloq shakllarni arralash. 

3-topshiriq:Qalamdon shaklini chizish va arralash. 

4-topshiriq:Olti qirrali quticha uchun faneralar kesish. 

5-topshiriq:Quticha chizmasi asosida yog‘ochni arralab tayyorlash. 

To‘garak rahbarlariga eslatma

:  Amaliy  topshiriq  berilishidan  oldin  duradgorlik  buyumlarini  yasash  hamda  vaqtdan  unumli  foydalanish  uchun  maxsus  tayyorlab  qo‘yilgan  yog‘ochlar  va  duradgorlik dastgohi ham soz holatda bo‘lishi lozim.  Ushbu savollar va topshiriqlarning bittasidan  guruhdagi bir necha bolalarning  bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   

 

13. Uchtalik ilgak shaklini arralash va uni yig‘ish. 

 

O‘quvchilar  dastlab  ilma  qoziqning  shaklini  topish  ustida  izlanishlar  olib 

boradi  va  mashg‘ulot  jarayonida  bir  necha  ko‘rinishda  chizilgan  shakllarni 

o‘qituvchiga  ko‘rsatib  ma’qul  deb  topganini  tasdiqlatib  oladi.  Tasdiqlangan  shakl 

yuzasiga  mos  kompozitsiya  tuzishda  oddiy  naqsh  bo‘laklaridan  islimiy,  pargori  va 

bardodiy  usullardan  foydalanib,  uchtalik  ilgichlar  yasaladi  ularga  ishlov  berib, 

pardozlanadi. 

 

14. Tuzdon shaklini chizish, arralash va uni yig‘ish. 

 

Tuzdonning tuzilishi haqida tushuncha beriladi. Turli qalinlikdagi faneralardan 

burilma  arra  yordamida  o‘lchamlar  kesib  olinadi.  Tuzdonning  arralab  tayyorlangan 

qismlari yig‘ilib, kley yordamida bir-biriga yopishtiriladi va tayyor holatga keltiriladi. 

Keyin jilvir qog‘oz bilan pardoz beriladi. 

Qirma  usulda  ishlanganda  yog‘ochning  tol,  yong‘oq  kabi  g‘o‘lachalardan 

foydalaniladi. d) 5,8, 10 va undan katta qutichalarishlash mumkin.   

 

15. Gugurt uchun quticha chizmasini chizish va uni yasash.

  

 

To‘garak  mashg‘ulotlarida  gugurt quticha  yasash uchun dastavval  rasmlar  har 

tomoni o‘lchab olib chizmalar chiziladi. O‘lchovlar chizib olamiz va u orqali andoza 

kesib  olib,  faneraga  tushiriladi.  Tayyor  qirqimlar  yig‘ishga  tayyorlanadi.  Yasalgan 

tayyor buyum pardozlalanadi. Tashqi tomoni laklanib, tayyor holatga keltiriladi. 

 

16. O‘qlov yasash.

  

 

O‘qlov yasash uchun kerakli o‘lchamda xom-ashyolar kesib olinib, nov randa 

orqali  yog‘ochni  dumaloq  shaklga  keltirib  olinadi.  Kesib  tayyorlangan  va 

randalangan  yog‘och  ustida  oxirgi  pardozlash 

ishlari olib boriladi. 

Tol  yog‘ochdan  foydalaniladi.  d)  4,5sm 

uzunligi  80sm  bo‘lgan  tol  yog‘ochni  qirma  usulda 

ishlov berib, d) 3sm uzunligi 80 smga keltiriladi.  

 

 


14 

 

17. Ish stolini yasash. 

 

Ish  stoli  haqida  dastlabki  tushuncha  beriladi.  Ish  stolini  yasash  usullari  va 

kerakli  xom-ashyolar  kesib  olinadi,  ularga  ishlov  beriladi.  Tayyorlangan  qismlari 

yig‘ilib,  pardozlanadi.  Tayyor  qismlar  bir-biri  bilan  yog‘och  kley  yordamida 

biriktiriladi. Keyin shurplar orqali biriktirilib tayyor holatga keltiriladi. 

Ish  stoli  (dastgoh)  tayyorlanganda  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarga 

moslashtirilib,  balandligi  75-80sm 

bo‘lib,  dastgohdan  foydalanilganda 

arralash, 

randalash, 

tayyor 

buyumlarni  yig‘ish  va  pardozlashga 

moslanadi. 

 

 

 

18. Sabzi taxtachasini yasash.   

 

Sabzi  taxtacha  qattiq  yog‘ochlardan  yasalib,  turli  maqsadlarda  ishlatiladi,  uy 

ro‘zg‘or buyumi sifatida poliz va boshqa mahsulotlarni bo‘lish va to‘g‘rash ishlarida 

foydalaniladi. O‘quvchilar sabzi taxtachaning hajmi, tuzilishi, xususiyati va o‘lchami 

haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. 

Sabzi  taxtachalarning  o‘rtacha  kattaligi,  diametri  20-25  sm,  tutqich  uzunligi 

12-15-sm,  uzunligi  30-35  sm  bo‘ladi.  Sabzi  taxtacha  uchun  ko‘zsiz,  yoriqsiz, 

benuqson  hamda  rangi  bir  xil  tusdagi  yog‘ochlar  tanlanib,  mayin  tishli  arralar  bilan 

asosiy  yasovchi  va  to‘ldiruvchi  bo‘laklari  arralanib,  maxsus  asboblar  yordamida 

bo‘rtma holatga keltiriladi. Tayyor bo‘lgan bo‘laklarni asosiy shakl yuzasiga xomaki 

tarzda  joylashtirish  va  kamchiliklari 

bartaraf  etilgach,  bo‘laklarni  ajratish, 

bo‘lak  chetlaridagi  maydonchalarga 

maxsus tayyorlangan naqshlarni kalka 

yordamida  tushirib  o‘yishga  hozirlik 

ko‘rish va maxsus dastgohga o‘rnatib, 

o‘yishga kirishiladi. 

 

 

 

19. Singan stullarni ta’mirlash. 

 

Singan  stullarni  ta’mirlash  uchun  dastlab  kerakli  qismni  kesib  olamiz,  ularga 

ishlov  berib,  elimlab,  mixlanadigan  joylari  bo‘lsa  mixlab,  yaroqsiz  qismlari 

almashtiriladi,  elimlab  qurigandan  so‘ng  stul  laklarini  ehtiyot  bo‘lgan  holda  singan 

oyna  bo‘laklari  yordamida  tozalanadi.  So‘ngra  qum  qog‘oz  yordamida  silliqlab  lak 

suriladi.  O‘rindiqlarni  maxsus  qattiq  mato  bilan  yangilanadi.  O‘rindiq  yumshoq 

bo‘lishi uchun machalka yoki paxta tushaladi va bo‘lak qismlar yig‘iladi. 

 

20. To‘rt qirrali stulcha yasash.  

 

Stulchaga  oyoqchalar  kesib  olamiz.  O‘tiradigan  to‘rtburchak  qismi  o‘lcham 

asosida  kesib  olinadi.  Tayyor  qismlar  bir-biri  bilan  biriktiriladi.  Stulcha  qopqog‘ini 

15 

 

qoqib va so‘nggi pardozlash ishlarini yakunlaymiz. Ya’ni o‘lchamlar olishda dastlab 

bolalar  uchun  balandligi  30-35sm  kattalar  uchun  40-45sm  qilib  qirqiladi.  Oyoq 

qismlari  o‘lchamga  olinib,  randa  orqali  silliqlanadi,  tirnoqlar  ochiladi.  So‘ngra 

belbog‘lar  uchun  reykalar  tayyorlanib  yog‘och  elim  orqali  elimlanadi.  Ustki  qismi 

elimlab  mix  cho‘p  bilan  qotirilib,  qum  qog‘oz  bilan  pardozlanadi.  Stulcha  suvdan 

saqlanishi uchun laklanadi.   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

21. Ketmon va bel dastalarini yasash.  

 

“Duradgorlik”  to‘garak  mashg‘ulotida  o‘quvchilarga  dastlab  ketmon  va  bel 

dastalar haqida tushunchalar beriladi.  

Yasalishi:

  To‘garak  mashg‘ulotlarida  ketmon  va  bel  dastalarni  tayyorlashda 

kichik  hajmdagi  yog‘och  uzunligi  40-45sm 

bo‘lib, D-3sm qilib olinadi.  

Ularni  yasashda  foydalaniladigan  asob-

uskunalar va ishlatiladian xom-ashyolar: 

-tol yoki terakdan olingan yog‘och; 

-arra; 

-o‘roq randa; 

Dastlab  yog‘ochni  o‘lchamlar  asosida 

kesib olamiz,  keyin o‘roq  randa  orqali  dumaloq 

holatga  keltiramiz.  Tayyor  dastani  ketmon  yoki 

belkurakka o‘rnatamiz. 

 

22. Ko‘rgazma. 

 

23. Yakuniy nazorat ishi. 

O‘quv yili davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha to‘garak a’zolarining bilim va 

ko‘nikmalari aniqlanadi. 

 

To‘garak  a’zolarining  duradgorlik  san’ati  bo‘yicha  

bilimlari

ni  aniqlash  uchun quyidagi 

savollar bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-savol:Arralar necha turda ishlab chiqariladi? 

2-savol:Bo‘ylama yoy arralar polotnasining eni qancha? 

3-savol:Bo‘ylama yoy arralar qalinligi qancha? 

4-savol:Bo‘ylama yoy arralar tishlarining qadami qancha ? 

5-savol:Bo‘ylama yoy arralar tishlarini o‘tkirlash burchagi necha 0 bo‘ladi? 



16 

 

6-savol:Bo‘ylama yoy arralar polotnasining uzunligi  qancha? 

7-savol:Bo‘ylam yoy arralar yog‘ochni qanday arralash uchun ishlatiladi? 

8-savol:Ko‘ndalang yoy arralar polotnasining eni qancha? 

9-savol:Ko‘ndalang yoyarralar qalinligi qancha?             

10-savol:Ko‘ndalang yoyarrala tishlari qadami qancha? 

To‘garak  a’zolarining  duradgorlik  san’ati  bo‘yicha  

ko‘nikmalari

ni  aniqlash  uchun quyidagi 

amaliy topshiriq

 

bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-topshiriq: Yog‘ochlarni turli xil o‘lchamlarda arralash. 

2-topshiriq:  Lobzik  yordamida  faneradan  to‘g‘ri  va  dumaloq  shakllarni 

arralash. 

3-topshiriq: Qalamdon shaklini chizish va arralash. 

4-topshiriq: Olti qirrali quticha uchun faneralar kesish. 

5-topshiriq: Quticha chizmasi asosida yog‘ochni arralab tayyorlash. 

6-topshiriq: Tuzdon shaklini chizish, arralash va uni yig‘ish. 

7-topshiriq: Gugurt uchun quticha chizmasini chizish va uni yasash. 

8-topshiriq: O‘qlov shaklini yasash.  

9-topshiriq: Sabzi taxtachasi rasmini chizish va yasash. 

10-topshiriq: Ketmon va bel dastalarini yasash.  

To‘garak rahbarlariga eslatma

:  Amaliy  topshiriq  berilishidan  oldin  duradgorlik  buyumlarini  yasash  hamda  vaqtdan  unumli  foydalanish  uchun  maxsus  tayyorlab  qo‘yilgan  yog‘ochlar  va  duradgorlik dastgohi ham soz holatda bo‘lishi lozim.  Ushbu savollar va topshiriqlarning bittasidan  guruhdagi bir necha bolalarning  bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

17 

 

“DURADGORLIK” TO‘GARAGI O‘QUV QO‘LLANMASI 

(ikkinchi o‘quv yili uchun) 

 

1. Kirish. 

 

Asbobsozlik,  yog‘och  o‘ymakorligi,  panjarasozlik,  sandiqsozlik  kasbida 

ishlovchi  durodgor  ustalari  bu  tarmoqlarning  namunalarini  yaratdilar.  Musiqa 

asboblari  (dutor,  setor,  chortor,  tanbur,  g‘ijjak,  chang,  doira,  nay,  surnay  va  h.) 

yasovchi  durodgorlik  kasblari  paydo  bo‘ldi.  Durodgorlik  tarixida  Xitoy  yog‘och 

pardozlash  (sayqal,  jilo  berish,  bo‘yash,  laklash)  san’ati,  Evropa  kemasozligi, 

o‘ymakorligi va h.bilan mashhur.  

O‘zbekiston  hududida  VIII  asrning  boshlarida  qurilgan  masjid  va 

madrasalarning  eshiklari  o‘ymakor  naqshlar  bilan  bezatilgan.  Samarqand,  Buxoro, 

Ko‘hna  Urganch,  Xiva,  Panjakent  va  boshqa  shaharlardagi                                          IX-XI 

asrlarga  oid  ko‘hna  yodgorliklarda  ishlatilgan  yog‘och  materiallardan  durodgorlik 

arxitekturasining ajralmas qismi bo‘lganligini ko‘rish mumkin. 

XIX  asrning  oxiri  va  XX  asrning  boshlaridan  o‘zbek  durodgorligi  Evropa  va 

Rus durodgorlik elementlari bilan boyidi hamda durodgorlik mahsulotlarining yangi 

Evropacha nusxa va tiplari paydo bo‘ldi. Bu davrga kelib o‘zbek durodgorlaridan Ota 

Polvonov,  Abdurazzoq  Abdurahmonov,  Sulaymon  Xo‘jaev,  No‘‘mon  Ibrohimov, 

Qodirjon Haydarov va boshqalar yasagan buyumlar diqqatga sazovor bo‘ldi.  

 

2. 

O

lti burchakli stulcha yasash. 

 

Olti  burchakli  stulcha  yasashda  dastlab  oyoqchalar 

kesib  olamiz.  O‘tiradigan  oltiburchakli  qismi  o‘lcham 

asosida kesib olinadi.  

A) O‘lchov yordamida andoza yasash. 

B) Andoza shaklida oyoqchalarini lobzik yordamida 

arralash. 

V)  Stul  ustki  qismini  sirkul  yordamida  chizib  olib 

olti qirracha bo‘lib arralanadi. 

G)  oyoqchalarni  ichki  qismi  uchun  reykalar  arralab 

randalanadi. 

Tayyor qismlar bir-biri bilan biriktiriladi. Stulcha qopqog‘ini qoqib va so‘nggi 

pardozlash ishlarini yakunlaymiz.  

 

3. Lavh yasash.

 

 

Lavh-bu kitob  qo‘yish  asbobi.  Lavh uchun  yog‘och 

tanlab  olinadi  va  yog‘ochga  lavh  uchun  o‘lchovlar 

chiziladi.  Chizilgan o‘lchamlar  orqali  lavx  izlarini  arralab 

olinadi. Lavhni o‘yilgan, arralangan qismlarini qumqog‘oz 

yordamida  tozalanib,  lavhning  tayyor  qismlari  yig‘ib 

chiqiladi.  Tayyorlangan  lavh  pardozlanib,  laklanadi  va 

tayyor holatga keltiriladi.

 

   

 

 


18 

 

4. Eshik va romlarga qulflarni joylashtirish va ta’mirlash. 

 

Eshik  va  romlarga  qulflarni  joylashtirish  uchun  o‘lchov  olinadi.  Eshik- 

romlarning  qulf  o‘rnatiladigan  qismini  burilma  dastarra  orqali  kesib  olinadi.  Qulfni 

mahkamlash jarayonida burama mixlardan foydalaniladi. 

Qulf  uchun  uya  o‘rnini  belgilashda  andozani  eshikning  qirrasiga  shunday 

kiydirish  kerakki,  andozaning  gorizantal  o‘qi  eshikning  tagidan  1000mm  oraliqda 

turadigan  bo‘lsin,  shundan  keyin  qalam  bilan  uya  va  qulf  teshigining  vaziyati 

belgilanadi.  So‘ng  qalin  iskana  bilan  uya  o‘yiladi  va  qulf  teshigining  joyi 

parmalanadi.  Qulf  uchun  uyani  gorizantal  parmalash  dastgohi  yoki  elektr 

parmalagich va elektr o‘ygich bilan bir necha o‘tishda ochish ham mumkin. 

Kesakida  qulf  plankasi  uchun  joy  ochish  lozim.  Uni  belgilash  uchun  planka 

kesaki taxtasiga qo‘yiladi va atrofi qalam bilan chizib chiqiladi.  

Qulflar ramkani eshiklarning vertikal taxtalariga, gorizantal taxtadan yuqoriga 

yoki  pastga o‘yib  o‘rnatiladi.  Qulflarni  o‘rta taxtalarning  ro‘parasiga o‘yib  o‘rnatish 

mumkin emas, chunki bunda tirnoqli birikmaning mustahkamligi pasayadi. 

 

5. Turli xil rasmlar uchun ramkachalar yasash va pardozlash. 

 

Hozirgi  zamon  talabi  asosida  xonadonlarda 

turli xil estalik suratlar, rasmlar uchun ramkachalarni 

qo‘lda tayyorlashga e’tibor qaratish kerak. Ramkacha 

yasashda  dastlab  xom-ashyo  tanlab  olinib,  rasm 

hajmiga  mos  ravashda  kesib  olinadi.  Ramkacha 

uchun  o‘lchab  olingan  qismlar  bir-biriga  elimlanib 

tayyor holatga keltiriladi. 

A)  Rekachalar  arralanadi,  izlar  ochiladi  (frez 

stanok  yordamida)  yoki  iz  ochadigan  randalar 

yordamida. 

B) Reyka burchaklari 45

0

 da arralanadi. 

V) Reykalar elimlanadi. 

G) Tayyor ramkalar bo‘yoqlanadi yoki laklanadi. 

 

 

6.  

 

Oraliq nazorat ishi.

 

 

O‘tilgan  mavzular  bo‘yicha  to‘garak  a’zolarining  bilim  va  ko‘nikmalari 

aniqlanadi.   To‘garak a’zolarining duradgorlik san’ati bo‘yicha 

bilimlari

ni aniqlash uchun  quyidagi 

savollar bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-savol:Ko‘ndalang yoyarrala tishlarini o‘tkirlash burchagi  qancha bo‘ladi? 

2-savol:Ko‘ndalang yoyarrala polotnosining uzunligi ? 

3-savol:Arralarning pichoqlari ishlatilishiga qarab necha xil bo‘ladi? 

4-savol:Randalar  necha  turga bo‘linadi ? 

5-savol:Duradgorlik parmasining pichoqlari necha xil bo‘ladi? 

To‘garak  a’zolarining  duradgorlik  san’ati  bo‘yicha  

ko‘nikmalari

ni  aniqlash  uchun quyidagi 

amaliy topshiriq

 

bilet

larini tavsiya etamiz: 

  1-topshiriq:Olti burchakli stulcha shaklini chizish va yasash.  

 

  2-topshiriq: Lavh shaklini chizish va yasash. 



19 

 

3-topshiriq:Eshik va romlarga qulflarni joylashtirish. 

4-topshiriq:Turli xil rasmlar uchun ramkachalar yasash. 

To‘garak rahbarlariga eslatma

:  Amaliy  topshiriq  berilishidan  oldin  duradgorlik  buyumlarini  yasash  hamda  vaqtdan  unumli  foydalanish  uchun  maxsus  tayyorlab  qo‘yilgan  yog‘ochlar  va  duradgorlik dastgohi ham soz holatda bo‘lishi lozim.  Ushbu  savollar  va  topshiriqlarning  bittasidan    guruhdagi  bir  necha  bolalarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin. 

 

7. Musavvirlar uchun uch oyoqli molbert yasash. 

 

Molbert  musavvirlarning  qog‘ozni  mahqamlab  rasm 

chizadigan  asbobi.  Molbert  yasash  uchun  uning  chizmasini 

chizib, o‘lchovlari olinadi. Qirqish uchun yog‘och tanlab olinadi. 

O‘lcham  asosida  qirqilgan  qismlar    yig‘ilib  tayyor  holatga 

keltiriladi. Tayyor bo‘lgan molbert pardozlanib, jilo beriladi. 

Malbertning  ochilib  yopilishi  uchun  oshiq  moshiq 

o‘rnatiladi. Molbert tik va yotiq xolatga ishlatish uchun maxsus 

chizmaga  o‘rnatiladi.  Qalam,  mo‘yqalamlar  uchun  reyka 

moslashtiriladi. 

 

8. Sandiqcha yasash. 

 

Har  bir  o‘zbek  xonadonini  sandiqsiz  tasavvur  qilib 

bo‘lmasa  kerak.  Xonadonlarimiz  to‘rini  albatta  bir  yoki  ikkita 

sandiq  bezab  turadi.  Yirik  sandiqlardan  tashqari  o‘ziga  xos 

ayollarning pardoz buyumlari, taqinchoqlari uchun sandiqchalar 

yasaladi.  Sandiqchaning  tarkibiy  qismla  asosan  yog‘och  va 

tunika  qoplamalardan  iborat  bo‘ladi.  Sandiqcha  yasashda 

o‘lchov  asosida  yog‘och  tanlanib,  kesib  olinadi.  Qirqilgan 

qismlari  yig‘ilib,  qulf  o‘rnatiladi.  Oshiq  moshiqlar  o‘rnini 

o‘lchov asosida o‘yib olinib oshiq-moshiqlar o‘rnatiladi.

 

   

9. Kiyimlar ilish uchun uch oyoqli ilgich yasash. 

 

Har  bir  inson  kiyimlari  tartib  bilan  alohida  joyda  turishiga  katta  e’tibor 

qaratadi.  Bunda  kiyim  javonchasi  muhim  ahamiyatga  ega.  Kiyim  javoni  yasash 

uchun  dastlab  o‘lchovlar  olinadi  va  yog‘och 

kesib 

olinadi. 

Qirqilgan 

qismlar 


andoza 

yordamida 

bir-biri 

bilan 


birlashtiriladi. 

O‘rnatiladigan  qulf  va  oshiq  moshiqlar  o‘rnini 

o‘lchov 

asosida 


o‘yib 

olinib, 


joy-joyiga 

o‘rnatiladi va tayyor holatga keltiriladi. 

 

10. Yakuniy nazorat ishi. 

 

O‘quv yili davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha to‘garak a’zolarining bilim va 

ko‘nikmalari aniqlanadi.  

20 

  To‘garak  a’zolarining  duradgorlik  san’ati  bo‘yicha  

bilimlari

ni  aniqlash  uchun 

quyidagi 

savollar bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-savol:YOg‘och va ularning turlari haqida ma’lumot bering. 

2-savol:YOg‘ochlarni arralash usullariga tavsif bering. 

3-savol:Lobzikda faneradan to‘g‘ri va dumaloq shakllarni arralashni ko‘rsatib bering. 

4-savol:Qalamdon shaklini chizish va arralashni ko‘rsatib bering.  

5-savol:Qalamdonning qirqilgan shaklini yig‘ishni ko‘rsatib bering.. 

6-savol:Olti qirrali quticha uchun faneralar kesishni ko‘rsatib bering. 

7-savol:Quticha  chizmasi  asosida  yog‘ochni  arralab  tayyorlash  va  ularni  yig‘ishni 

ko‘rsatib bering. 

8-savol:Ilgak shaklini chizish va yasashni ko‘rsatib bering.. 

9-savol:Duradgorlikda foydalaniladigan dastgohlarning vazifalari va ularni ishlatish.  To‘garak  a’zolarining  duradgorlik  san’ati  bo‘yicha  

ko‘nikmalari

ni  aniqlash  uchun quyidagi 

amaliy topshiriq

 

bilet

larini tavsiya etamiz: 

1-topshiriq:Musavvirlar uchun uch oyoqli molbert rasmini chizish. 

2-topshiriq:Sandiqcha rasmini chizish va shaklini yasash. 

3 topshiriq: Kiyimlar ilish uchun uch oyoqli ilgich yasash.

 

4-topshiriq: Olti burchakli stulcha shaklini chizish va yasash.  

5-topshiriq:Lavh shaklini chizish va yasash. 

6-topshiriq:Eshik va romlarga qulflarni joylashtirish. 

7-topshiriq: Turli xil rasmlar uchun ramkachalar yasash. 

To‘garak rahbarlariga eslatma

:  Amaliy  topshiriq  berilishidan  oldin  duradgorlik  buyumlarini  yasash  hamda  vaqtdan  unumli  foydalanish  uchun  maxsus  tayyorlab  qo‘yilgan  yog‘ochlar  va  duradgorlik dastgohi ham soz holatda bo‘lishi lozim.  Ushbu  savollar  va  topshiriqlarning  bittasidan    guruhdagi  bir  necha  bolalarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin

 

 

11. Ko‘rgazma. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



21 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

 

1. Maktabdan  tashqari  ta’limga  qo‘yilgan  Davlat  talablari.  O‘zbekiston 

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 31 mart  “Maktabdan tashqari 

ta’limga  qo‘yilgan  Davlat  talablarini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  7-mh-sonli 

buyrug‘i 

6. S Bulatov. “O‘zbek xalq amaliy bezagi san’ati”. Toshkent. “Mehnat” 

nashriyoti. 1991. 

7.  K.Davlatov.  S.  Usmonov.  Mehnat  ta’limi  bo‘yicha  ishlov  dasturi.  Toshkent. 

1998. 

8. Uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasash va ta’mirlash. Toshkent. 2000. 

9. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 1-2 jildlar. Toshkent. 2000. 

 

Elektron manbalar: 

1. 


http://www.ziyonet.uz

  

2. 

http://www.royalLib.com

   


3. 

http://www.myshared.ru

   

   

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

   

   


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barnes-foundation-92.html

barnes-foundation-97.html

barnesreview--com.html

barok-1600-1750stavbatrg.html

baromedicina---lista.html