1 2 3 4 5 6

Barkamol avlod Vatanning baxti - bet 5

bet5/6
Sana04.06.2018
Hajmi411.58 Kb.

M

Mobil telefondan 3-4

daqiqa  foydalanish  bezarar.

18 yoshga to‘lmagan

o‘smirlar va homilador

ayollar bu telefondan

foydalanish vaqtini qisqar-

tirishi lozim.

Mobil telefondan foy-

dalanishda birinchi aloqa

bilan keyingi aloqa orasidagi

vaqt 15 daqiqani tashkil

etsa — zarari bo‘lmaydi.

Mobil telefondan avto-

mashinada foydalanishga yo‘l

qo‘yilmaydi.

Avtomobilda telefon

ishlatilganda, magnit maydo-

nining  kuchi ikki barobar

oshishi aniqlangan.



25

Aytish joizki, aksariyat aholi

bu muammolarga hali yetarli

ahamiyat berayotgani yo‘q. Ayrim

shaxslar mobil telefonlarni soatlab

uzluksiz ishlatadilar, hech qanday

himoya vositalaridan foydalan-

maydilar. Hattoki avtomashina

rulini boshqara turib ham mobil

telefondan bemalol foydalana-

verishadi, vaholanki, ushbu tele-

fondan noto‘g‘ri foydalanganda,

sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi

tasdiqlangan. Olimlarning chuqur

tekshiruvlari va ta’kidlashlariga

qaraganda, avtomashinada keta

turib mobil telefonidan foydala-

nilganda, telefondagi nurlar ikki

baravar ziyoda bo‘lishi aniqlangan.

Hozirgi kunda respublika-

mizda 7 mln.dan ziyod odam uyali

telefon ishlatmoqda. Mazkur te-

lefonlardan foydalanish qoidalari

ishlab chiqilgani va joriy etilgani-

ga qaramasdan ko‘pchilik ularga

amal qilmaydi yoki ushbu qoi-

dalar bilan tanish emas. Mazkur

talablar quyidagilardan iborat:

Birinchi va eng muhim talab

mobil telefonlardan iloji boricha

kam foydalanish va muloqot vaqtini

kamaytirish zarur. O‘zbekiston

Respublikasi Bosh Davlat sani-

tariya vrachi 2005-yil 6-oktabrda

tasdiqlagan 0189—05-sonli «Mobil

telefonlardan foydalanish sanitariya

me’yorlari va qoidalari»da mobil

telefondan 3-4 daqiqa foydalanish

bezararligi belgilangan. 18 yoshga

to‘lmagan o‘smirlar va homilador

ayollar bu telefondan foydalanish

vaqtini qisqartirishi lozim. Mobil

telefondan foydalanishda birinchi

aloqa bilan keyingi aloqa orasidagi

vaqt 15 daqiqani tashkil etsa —

zarari bo‘lmaydi.

Mobil telefondan avtoma-

shinada foydalanishga yo‘l qo‘-

yilmaydi. DAN qoidasiga ko‘ra,

haydovchilarga telefon ishlatish

ta’qiqlangan, chunki telefondan

foydalanilganda, haydovchining

fikri bo‘linadi, chalg‘iydi. Bundan

tashqari, avtomobilda telefon

ishlatilganda, magnit maydonining

kuchi ikki barobar oshishi aniq-

langan.

Telefon yordamida gaplash-

ganda, uni boshga taqash zarur

emas, boshdan 3-4 sm. masofada

ushlash nurlanishni kamaytirishini

esdan chiqarmang.

Mobil telefondan maxsus g‘i-

lofga solib foydalanganda, uning

magnit maydoni ikki barobar ka-

mayishini inobatga olish zarur.

Maxsus moslamalar ham

“Neytronik” kabi mobil telefon

magnit maydonining kuchini

kamaytiradi.

Mobil telefon egalari ularni

ta’mirlagandan so‘ng magnit

maydonining kuchini o‘lchatish-

lari zarur. Bunda maxsus asbob

yordamida 300 MGs-2 GGs

chastotalar diapazonida anten-

nadan 3-4 sm. masofada tek-

shiruvlar o‘tkaziladi.

Elektromagnit to‘lqinlari bilan

aloqador bo‘lgan kasb egalarining

ishga kirish va joriy tibbiy ko‘-

rikdan o‘tish jarayonida amal

qilinadigan mezonlar O‘zbekiston

Respublikasi Sog‘liqni saqlash

vazirligining 300-sonli buyrug‘ida

belgilangan.

Va, nihoyat, mobil telefondan

foydalanish madaniyati borligini

eslatish zarur. Ya’ni telefondan

foydalanganda, atrofdagi odam-

larning asabini buzmaslik, e’ti-

borni jalb etmaslik va ishlariga

xalaqit bermaslik zarur.

Mobil  telefon ham  o‘z

o‘rnida kerak. U uzoqni yaqin

qiladi, ish unumiga yordam

beradi, vaqtimizni tejaydi, shu

bilan birga, uni o‘rinli, qoidaga

qarab ishlatsak, foydasini

ko‘proq sezamiz.

Rauf QOSIMOV,

Respublika Davlat sanitariya

epidemiologiya nazorat markazining

sanitariya vrachi, tibbiyot fanlari

nomzodi

4 «Sog‘lom avlod uchun», 2010-yil, 1-son.

Telefon yordamida

gaplashganda, uni boshga

taqash zarur emas, boshdan

3-4 sm. masofada ushlash

nurlanishni kamaytirishini

esdan chiqarmang.

Mobil telefondan maxsus

g‘ilofga solib foydalanganda,

uning magnit maydoni ikki

barobar kamayishini inobatga

olish zarur.

Maxsus moslamalar ham

“Neytronik” kabi mobil

telefon magnit maydonining

kuchini kamaytiradi.

Mobil telefondan foy-

dalanganda, atrofdagi odam-

larning asabini buzmaslik,

e’tiborni jalb etmaslik va

ishlariga xalaqit bermaslik

zarur.

AR

HAMID  OLIMJON —

FOLKLORSHUNOS

H


26

AR

 qanday kitobga

yozilgan kirish so‘z yoki

so‘zboshi — o‘ziga xos

ko‘rsatkich, yo‘llovchi. U o‘quv-

chini dastlabki ma’lumotlar bilan

qiziqtirib, asar aurasiga oshno

etishga xizmat qilishi lozim. Shoir

Hamid Olimjonning “Alpomish”

dostoniga yozilgan so‘zboshisiga

ham ayni missiya yuklangan, lekin

u so‘zboshi qamrovidan chiqib,

chinakam ilmiy maqola maqomiga

o‘tib ulgurdi. Oradan yarim asrdan

ortiq vaqt kechganligiga qaramay,

bu so‘zboshi

1

 o‘z ilmiy-ma’rifiy

ahamiyatini yo‘qotmay kelayot-

ganligi  fikrimizni tasdiqlaydi.

So‘zboshi — maqola kompo-

zitsion o‘ta mukammal tuzilgan.

Muallif dostonning jonli ijro

jarayonidan uzilib, yangi holat —

kitob shakliga  o‘tib, o‘quvchiga ilk

bor taqdim etilayotganligini

nazarda tutib fikrlaydi. Avvalo,

eposning tarixi, tub ildizlari

qadimdan kelayotganligini aytadi.

Dostonning xalq hayotida tutgan

o‘rnini, unda tarixiy haqiqat umum-

lashtirilib, badiiy mushohada

etilishi va bu jarayon ma’lum

davrlarni talab qilishini afsona

janriga qiyosan eslatadi.

“Alpomish”dagi epik zamon

o‘lchamini ko‘rsatar ekan, Hamid

Olimjon asarning ikki o‘rnida

keluvchi shajaradan ikkinchisi,

ya’ni Alpomish zindondan

chiqib, o‘z yurtiga yaqin yetib,

HAMID  OLIMJON —

FOLKLORSHUNOS

karvonlarga yo‘liqib, yurt egasini

so‘ragandagi shaklini misol qilib

oladi. Chunki doston avvalidagi

shajaradan farqli — bu yerda

Qo‘ng‘irotda o‘tgan zamon biylari

qatorida Alpomish ham sanalgan

edi va shoir ta’kidlaganidek: “...

Qo‘ng‘irot elining eng katta biylari

sanalar ekan, bizning ko‘z

o‘ngimizda juda uzoq bir zamon

cho‘zila tushadi.”

Zamon tasavvuridan so‘ng

makon aniqlamasi kelgan va

Hamid Olimjon uni dostonning

ushbu:


Boshida bor edi zardan jig‘asi,

Yoz bo‘lsa yaylovi Amu yoqasi... —

misralariga tayanib  dalillaydi.

“Alpomish” turkiy xalqlar

o‘rtasida keng tarqalgan mushtarak

xarakterli epos, qolaversa, o‘zbek-

lar orasida ham o‘z variantlari

mavjud. Hamid Olimjon ushbu

ma’lumotlarga ham to‘xtalib,

dostonning eng mukammal —

Fozil shoir nusxasi saylanib,

qisqartirilgan holda chop etilayot-

ganligini uqtiradi.

Ko‘rib turibmizki, shoir

doston voqeligini yaxlit olib, ilmiy-

nazariy mushohada etib, imkon

qadar asar haqida to‘liq tasavvur

tug‘dirishga intilgan. Shoirning

ichki sezgisi va mushohada quvvati

masalalarni ma’lum izchillikda,

uzviy tartibda, chuqur ilmiy

asosda bayon etishiga imkon

bergan.

“Alpomish” ilk bor chop

etilayotgan davr bilan bugunni

har jihatdan solishtirib bo‘lmaydi.

Birinchidan, endilikda xrestomativ

ma’lumotlarga aylangan ko‘plab

faktlar, fikrlar ushbu so‘zboshida

dastlab aytilganligini inobatga olish

lozim. Ikkinchidan, u davr o‘zbek

folklorshunosligi har jabhada ilk

odim otayotgan bir vaqt edi.

Shunday ekan, shoirning zamon-

lar sinovida saralanib, yangi

avlodlar ilmiy-estetik talablariga

ham to‘liq javob bera oladigan

so‘zboshi yozib qoldirgani tahsinga

loyiq.

Hamid Olimjon avvalo shoir

edi. Shoirning ilmiy fikrlash tarzida

obrazlilik ustun turadi. Bu — tabiiy.

Hamid Olimjon o‘z ilmiy qarash-

larini favqulodda quyma tashbeh,

qiyoslarda ifodalab bergan. O‘z

ilmiy uslubini namoyon qilgan. U

o‘quvchilarga baxshini, baxshi

repertuarida bu dostonning o‘rnini

shunday tanishtiradi: “Alpomish”

uning shoirlik beshigi bo‘lgan”.

Qisqa, lo‘nda, quyma ta’rif.

Hamid Olimjon dostonning

mavzu ko‘lami, g‘oyasini aniq

ko‘rsatar ekan, ularni bir-bir

sanab tavsiflaydi:

“Butun asrlar va xalqlarning

mangu mavzui bo‘lgan sevgi-

muhabbat temasi “Alpomish”

dostonining asosiga solingandir...

Xalq ongida go‘zallik ideali —

mardlik, adolat, haqiqatning

hokimligi ideali bilan ajralmas

bog‘langan. Odamgarchilikning

biror kun qat’iy yengajagi xalq

ongida shubhasiz. Buning uchun

mard bo‘lmoq va dushmanlar

bilan olishmoq lozim.

Adolat o‘rnatmoq uchun botir

bo‘lish zarur. Maqsadga yetmoq

uchun kurashmoq lozim. “Alpo-

mish”da  mardlikning targ‘ib

qilinishi ana shundan kelib

chiqqan.

H


27

“Alpomish” mardlik dostoni-

dir. “Alpomish” o‘lim o‘ldirmaydi-

gan odam to‘g‘risidagi dostondir.”

Ushbu tavsifda nafaqat shoir

dostondan ilg‘ab anglagan

mohiyat, balki uning iftixori, ibrat

timsollari va orzu-armonlari hamda

ichki da’vati ham ifoda qilingan.

Shoir ta’kidlaydi:

“... xalq botir Alpomishni o‘z

xayolida “o‘tga solsa kuymas, qilich

solsa o‘tmas, miltiq otgan bilan

o‘qi botmas” qilib yaratgan.”

Hamda dalil bilib ushbu she’riy

parchani keltiradi:

Oq kirovka, oltin sovut kiyaman,

Bor kuchimni bilagimga yig‘aman.

Olmos olsam qirmizi qon quyaman,

G‘animlarning tanasini o‘yaman,

Qarchig‘ayman — dushman

 boshin qiyaman.

Esim olsa bo‘tadayin bo‘zlayman,

Dushman ko‘rsam kesib

bag‘rin tuzlayman,

Aslim sherman, o‘zim

yo‘lbars izlayman.

Zar bahosini zargar beradi.

Yaxshining yaxshiligini, go‘zal-

ning go‘zalligini ko‘rish, ko‘rsata

bilish ham mahorat, san’at. Hamid

Olimjonning doston badiiyatini

namoyish etgan shoh baytlarni

terib kitobxonga taqdim etishida

buning guvohi bo‘lamiz.

“She’riy kamolat jihatidan

ayrim o‘rinlarda yozma adabiyot-

dagi baland she’rlarga qaraganda

ham quyma va puxta, go‘zal

parchalarga ega bo‘lgan “Alpomish”

chiroylik mubolag‘alar, usta

tasvirlar, metaforalar, aforizmlar

bilan to‘ladir.

Alpomishning:

Tikilsam quriydi daryoning gumi,

Na’ra tortsam qular

qo‘rg‘onning timi, —

degani juda go‘zal mubolag‘a edi.”

Shoir o‘quvchiga dostondan

Alpomish siymosini jonlantiruv-

chi misralarni eslatadi. “Quyidagi

satrlar bizning ko‘z o‘ngimizda

Alpomish obrazini bir haykal

darajasida mukammal gavdalanti-

radi:

Jamoling o‘xshaydi osmonda oyga,

Qoshingni o‘xshatdim egilgan yoyga,

Jasading o‘xshaydi bo‘z qarchig‘ayga,

Yonboshlab yotishing ming

qo‘yli boyga,

Boyvachcha sifatlim,

qaydan bo‘lasan?..” —

deya, urg‘ulab ko‘z-ko‘z etadi.

“So‘zboshi” keng kitobxon

ommaga mo‘ljallab, omma anglarli

usulda yozilgan. XX asrning buyuk

fizigi Albert Eynshteyn ilmiy

mohiyatni saqlagan ommabop

maqola yozish mashaqqati haqida

so‘zlar ekan, ikki xavfni alohida

ta’kidlaydi; biri — muallifning

hamma barobar tushunishi uchun

sodda yo‘l axtarish barobarida

fikrdan chalg‘ib ketish bo‘lsa,

ikkinchisi, sof muammoni

mutaxassis nazari bilan bayon

qilish orqali murakkab ilmiy

qarashlarga tayyor bo‘lmagan

o‘quvchining muallif fikrini uqiy

olmasligidir. Olim o‘z xulosalarini

quyidagicha yakunlaydi:

“Agarda bugungi ilmiy-

ommabop adabiyotlar orasidan

yuqorida keltirilgan ikki holat

istisno etilsa, hayratlanarli darajada

kam narsa qoladi. Lekin ana shu

ozgina ishning o‘zi bebahodir.

Ular olimlar sa’y-harakatlari va

tadqiqotlarining natijalarini keng

xalq ommasi to‘liq anglab yetishi

uchun imkoniyat yaratishdek

muhim vazifani hal etadi. Zero,

ilm-fan sohasidagi har qanday

yangiliklardagi muvaffaqiyat faqat

shu sohadagi bir necha olimgagina

ma’lum bo‘lishi — garchand bu

olimlar uni yetarli baholab, rivoj-

lantirib, o‘z ishlarida tatbiq etsalar-

da, — uning ayni shu tor doirada

qolib ketishi insofdan emas.

Ogohlar darajasini mutaxassis-

larning kichik bir guruhi bilan

cheklash xalq ommasining falsafiy

ruhini o‘ldirish demakdir, bu esa

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’naviy

qashshoqlikka eltadi.”

2

Hamid Olimjonning “Alpo-

mish” dostoniga yozilgan

“So‘zboshi”si ana shu jihatdan,

ilm ommabop qilib yetkazilgan

kam sonli asarlar sirasiga kirishi va

bu xil asarlarning mumtoz namu-

nasi ekanligi bilan ham bebaho va

qadrlidir. Ushbu asar nafaqat

o‘zbek folklorshunosligi va

adabiyotshunosligi, balki ma’-

naviy hayotida ham alohida o‘ringa

egaligi bilan o‘lmasdir.

* * *


Hamid Olimjon she’riyatidagi

quyma ohanglar, betakror qiyos,

tashbehu timsollar, alpona poetik

olamning tub ildizlari bevosita xalq

og‘zaki badiiy ijodiga bo‘g‘lanadi.

Folklorga muhabbat, avvalo,

shoir ko‘ngliga u tug‘ilib o‘sgan

xonadondagi muhit orqali singgan

bo‘lsa, keyinchalik, u bevosita xalq

shoirlari, xususan Fozil Yo‘ldosh

o‘g‘li bilan juda yaqin ma’naviy

munosabat bog‘lagan holda ijod

qildi. Guvohlarning xotirlashiga

ko‘ra, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li ham

Hamid Olimjonga alohida mehr

ko‘rgazgan, uning fikr-mulo-

hazalariga e’tibor qilgan. Xalq shoiri

“Alpomish” dostoni tanqidga

uchragan vaqti: “Agar Hamid

Olimjon bo‘lganida, bu ishlar

qo‘zg‘almasdi”, deb afsus bilan

aytar ekan. Ushbu iqrorda ma’no

ko‘p. Bu Hamid Olimjonning

nafaqat so‘z ustasi, targ‘ibotchisi,

balki uning tolmas himoyachisi

bo‘lganligidan ham  dalolat  beradi.

Shomirza TURDIMOV,

filologiya fanlari nomzodi

1

 Qarang: «Alpomish» — o‘zbek xalq

qahramonlik eposi, «Fan», 1999 -yil, 82—

96-bet.


2

 Qarang: “Sog‘lom avlod uchun”,

1996-yil, 1-son, 47-bet.

SIR-U SINOATGA

KON ERUR OQTOV

N

SIR-U SINOATGA

KON ERUR OQTOV

UROTA


28

SIR-U SINOATGA

KON ERUR OQTOV

N

SIR-U SINOATGA

KON ERUR OQTOV

UROTA


 tog‘ tizmalari-

ning bir qismini mahalliy

aholi Oqtov deb ataydi.

Mahobatli bu tog‘ning sir-u sinoatga

to‘la daralari, ulkan cho‘qqilari,

buloq va chashmalarining har biri

o‘ziga xos nomlar bilan ataladi.

Masalan, “Tutli dara”, “G‘or

dara”, “Sirli dara”, “Toqiya

cho‘qqi”, “Do‘mbiratosh dara”,

“Shitirqator”, “Mushkenttov”,

“Tikanli”, “Ko‘lmaqiyon”,

“Langar”, “Taka cho‘qqi”. Oqtov

son-sanoqsiz dorivor giyohlar,

bo‘ri, ayiq, olqar, kiyik, tulki,

quyon, burgut, kaklik singari

parranda-yu darrandalarga azaliy

makon. El orasida Oqtov daralari,

cho‘qqi-yu toshlari, buloqlari

haqida turfa naql, afsonalar aytiladi.

Ular mag‘zida ko‘hna haqiqatlar

yashirin. Anglab bilgan kishi tog‘

“xazina”siga ega chiqishi aniq.

“SHITIRQATOR”

CHO‘QQISIDAGI

“QIRQQIZ” QOYASI

Biz yashaydigan Tepalik

qishlog‘idan toqqa qarab yurilsa,

to‘g‘ri “Shitirqator” cho‘qqisiga

chiqiladi. Ot yoki eshak mingan

kishi rosa yarim kunda cho‘qqiga

yetishi mumkin.  Cho‘qqidan bosh-

langan jilg‘a daraga tushguncha

ko‘payib, bir ariq suv bo‘ladi.

Yo‘l-yo‘lakay katta-kichik

xarsanglardan o‘tgan suv 4-5

metrlik sharsharalar hosil qilib,

pastga shiddat bilan otiladi.

Kiyiko‘ti, yalpiz, yovshan

singari o‘t-o‘lanlarning hidi

dimoqqa uriladi. Yengil nafas olib,

ishtahangiz ochiladi. Hovuchin-

gizni to‘ldirib zilol suvdan qonib-

qonib ichasiz.

“Shitirqator”ning eng yuqori

cho‘qqisiga chiqib qarasangiz,

butun Zarafshon vodiysi kaftdek

ko‘rinadi. Uzoq-uzoqlardan

Kattaqo‘rg‘on suv ombori kichik

hovuzday yaltirab ko‘zga tash-

lanadi. Bu tomonda Qoratov

yastanib yotibdi. Qo‘shrabot va

Nurota tumanlarining bepoyon

dalalari, qir-adirlari, daralar

poyonida joylashgan son-sanoqsiz

qishloqlarda hayot qaynaydi.

“Shitirqator” cho‘qqisida

“Qirqqiz” qoyasi bor. Rivoyatlarga

ko‘ra, bir qishloqdan bir suluv

qizni tog‘ning orqa tomoniga kelin

qilib olib ketishayotganida,

29

qaroqchilar hujum qilishadi.

Qurollangan qaroqchilarga qiz-u

juvonlarni olib ketayotgan kuyov-

navkarlar bas kelisholmaydi.

Shunda bokira kelin, qiz-u juvon-

lar bunday zolimu shafqatsiz

bosqinchilar qo‘liga tushguncha

toshga aylantirib qo‘yishini yarat-

gandan iltijo qilib so‘raydilar.

Shu-shu ular “Qirqqiz” qoyasida

mangu toshga aylanib qolishgan.

Haqiqatan, “Shitirqator”

cho‘qqisidagi “Qirqqiz” qoyasi

toshga aylanib qolgan ot-u

ulov, qiz-u juvonlar, kuyov-

navkarlar va qaroqchilar toshga

aylanib, mangu qotib qol-

ganday holatda ko‘rinadi.

Shuning uchun ham mahalliy

aholi necha-necha asrlardan

buyon bu yerni “Qirqqiz”

qoyasi deb ataydi.

G‘OR    DARA

“Shitirqator” darasiga

yonma-yon “G‘or dara” joy-

lashgan. Daraning ichkarisiga

kirganingiz sari tobora kich-

rayib, qorong‘ulashib bora-

veradi. Agar unga daraning

cho‘qqi qismidan nazar tash-

lansa, xuddi qazilgan to‘rt-

burchak qabrga o‘xshab ketadi.

Bunday holatni kuzatgan

mahalliy aholi uni “Go‘r dara”

deb ham ataydi. Aslida “G‘or

dara” bo‘lgan.

Qo‘rg‘on dostonchilik mak-

tabining yirik vakillaridan biri —

mashhur baxshi-shoir, ertag-u

rivoyatlarning koni Rahmatilla

Yusuf o‘g‘li “G‘or dara” haqida

shunday rivoyatni so‘zlab bergan

edi:


— “G‘or dara”ning tubida

juda katta g‘or bo‘lib, uning og‘zi

katta-katta  xarsangtoshlar bilan

berkilib turar ekan. G‘orda necha-

necha zamonlardan buyon bir

dev yasharmish. Dev har zamon,

har zamonda “sim-sim” eshik-

larni ochib g‘ordan tashqariga

chiqar, atrofni aylanib, yana g‘orga

kirib ketar ekan. G‘or ichida bir

chashma bor bo‘lib, uning suvi

shifobaxsh va ilhombaxsh ekan.

Oqtov bag‘ridagi qishloqlardan

toqqa chiqib kelgan bolalar,

o‘smirlar falakning gardishi ayla-

nib dev tashqariga chiqqan paytda

tasodifan unga uchrab qolguday

bo‘lsa, dev uni g‘orga olib kirib

ketarmish. Mabodo, bolaning

xulqi, iqtidori devga ma’qul kelib

qolsa, chashma suvidan bir kosa

ichirib, oq fotiha berib, orqasiga

qaytarib jo‘natar ekan. Shu-shu

bola qo‘liga do‘mbira olib, terma

va dostonlar aytib, baxshi bo‘lib,

el-u yurtda nom chiqarib, mash-

hurlikda hayot kechirar ekan.

Shundan bo‘lsa kerak, qishloq-

larimizda baxshi-yu shoirlar ko‘p.

DO‘MBIRATOSH

DARA

Oqtovning ushbu darasi

poyida  Ko‘lmaqiyon, unga  tutash

Qorakissa, Qo‘rg‘on qishloqlari

bor.  Biz o‘qiydigan Ergash

Jumanbulbul o‘g‘li nomli 57-

sonli to‘liqsiz o‘rta maktab

Qo‘rg‘on  qishlog‘ida  joylash-

gan edi. Maktabga Tepalik,

Chinoq, Qorakissa, Robot

qishloqlaridan o‘quvchilar

kelib, 8-sinfgacha o‘qir edilar.

Men o‘shanda 6-sinfda

o‘qirdim. Bizni bahorning

quyoshli kunlaridan birida

lolalar ochilgan, daralar, qirlar

o‘t-o‘lanlarga burkangan

pallada o‘qituvchilarimiz

“Do‘mbiratosh darasi”ga

sayohatga olib chiqishdi.

Cho‘qqiga yetib kelgani-

mizda tush payti bo‘lib qolgandi.

Buloq bo‘yida o‘tirib tamaddi

qilib oldik. Shundan keyin

bizni bahaybat xumday, og‘zi

tandirning og‘ziday keladigan

“Do‘mbiratosh” oldiga olib

kelishdi.



30

Adabiyot o‘qituvchimiz

Mannon aka Yusupov “Do‘mbira-

tosh” og‘ziga kallasini kiritib, bir

she’rni ovoz chiqarib o‘qidi.

Ishtiyoqmand bolalar ham bir-bir

tosh og‘ziga qarab kimdir qo‘shiq,

kimdir she’r aytib ko‘rishdi.

Shundan so‘ng, hammamiz tosh

atrofiga yig‘ildik.

Mannon muallim “Do‘mbira-

tosh” bilan bog‘liq bir hikoyani

so‘zlab berdi:

— Bu tosh qachon va qanday

paydo bo‘lganligini bu atrofda hech

kim aytib bera olmaydi. Lekin

necha-necha yillardan buyon shu

tosh bu yerda turadi. Tosh, mana

o‘zlaringiz guvoh bo‘lganin-

gizdek, haqiqatan ham sehrli.

Unga kallangizni kiritib qo‘shiq

aytsangiz, o‘zingiz o‘z ovozingizga

sehrlanib, yana va yana qo‘shiq

aytgingiz kelaveradi. Ilhomingiz

jo‘sh uradi. Shuning uchun ham

Ko‘lmaqiyondan, Qorakissa,

Qo‘rg‘on va uning atrofidagi

qishloqlardan Yodgor baxshi,

Tilla kampir, Sulton kampir,

Yorlaqab baxshi, Jumanbulbul,

Jossoq baxshi, Ergash Juman-

bulbul o‘g‘li, Po‘lkan shoir,

Yalg‘ash baxshi, Rahmatilla

Yusuf o‘g‘li, Yusuf baxshi singari

yuzlab mashhur baxshi-shoirlar,

dostonchi bobo va momolarimiz



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barometr-ps-2113a.html

barone-borrelli-bozzi-10.html

barone-borrelli-bozzi-15.html

barone-borrelli-bozzi-3.html

barone-borrelli-bozzi-8.html