1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 39

Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati - O‘zbekiston tarixi fanidan ma’ruza matnlari

bet2/39
Sana25.04.2018
Hajmi5.01 Kb.

Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati. 


 
O‘zbekiston  tarixi  yoshlarga  xalqimizning  qtmishi,  tarixi  haqida  bilim  berish  bilan  bilan 
chegaralanib  qolmaydi,  u  yoshlarni  vatanparvar,  ma’naviy  jihatdan  komil  fuqaro  etib 
shakllantiradi.  Prezident  Islom  Karimov  ta’kidlaganlaridek,  yurtimiz  tarixi  «Har  bir  fuqaroni, 
jumladan,  yoshlarimizni  boy madaniy merosimizni  qadrlashga, uni  kqz qorachig‘iday  avaylab-
asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga qrgatadi. Qzimizning boy qtmish merosimizdan madad 

va  ibrat  olishga  imkon  beradi.  Odamlar  qalbida  ezgulik  tuyg‘ularini  uyg‘otib,  bugungi  avlod 
kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi».
1
  
Davlat mustaqilligini qz qqliga olgan ozod, hur O‘zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi 
baxtli  avlodlar  qqlida.  Mustaqillikni  asrab-avaylash,  mustahkamlash,  mamlakatimizni  keyingi 
avlodlarga  yanada  qudratli,  obod,  ijtimoiy-iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  holda  etkazish 
zamonamizning  dolzarb  vazifasiga,  talabiga  aylandi.  Bu  mas’uliyatli,  ayni  paytda  sharafli 
vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan  yoshlarga, ularning ma’naviy 
barkamolligiga  bog‘liq.  «Biron  bir  jamiyat,  -  deb  ta’kidlaydi  yurtboshimiz  Islom  Karimov,  - 
ma’naviy  imkoniyatlarini,  odamlar  ongida  ma’naviy  va  axloqiy  qadriyatlarni  rivojlantirmay 
hamda mustahkamlamay turib qz istiqbolini tasavvur eta olmaydi».
1
  
Har  qanday  jamiyat  taraqqiyotining  asosiy  kuchi  ma’naviyat  va  ma’rifatdadir.  Ma’naviy 
barkamollikni  tarbiyalashda  Vatan  tarixi  muhim  omildir.  «Ma’naviyat,  -  deb  yozadi  Islom 
Karimov,  -  qz  xalqining  tarixini,  uning  madaniyati  va  vazifalarini  chuqur  bilish  va  tushunib 
etishga  suyangandagina  qudratli  kuchga  aylanadi»
2
,                «...tug‘ilib  qsgan  yurtida  qzini 
boshqalardan kam  sezmay, boshini  baland kqtarib  yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira 
kerak... Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson»
3
 . 
Insonda  tarixiy  xotira  o‘z  Vatani  tarixini,  o‘z  xalqi,  ajdodlari  tarixini  bilish  orqali 
shakllanadi.  Yaqin  o‘tmishda  mustamlakachilar,  totalitar  tuzum  mutasaddilari  ko‘pgina 
xalqlarni, jumladan, o‘zbek xalqini o‘z tarixidan judo qilish, ularni qz qtmishiga loqaydlik bilan 
qaraydigan,  nasl-nasabini  eslolmaydigan  manqurtlarga  aylantirish  siyosatini  yuritdi,  amaliyotda 
esa  xalqimiz  tashqi  dunyodan  butunlay  uzib  qqyildi,  uning  bir  necha  ming  yillik  boy  tarixi 
soxtalashtirildi, uni yoshlarga qqitish va qrgatishga izn berilmadi. 
Mustaqillik  sharofati  bilan  Vatanimiz  tarixi  qz  qrnini  topdi,  barcha  qquv  maskanlarida 
talaba-qquvchilarga  Vatan  tarixini  qqitish  davlat  siyosati  darajasiga  kqtarildi,  Vatan  tarixini 
qqitish  yqlga  qqyildi.  Vatanimiz  tarixi  millatning,  yoshlarning  haqiqiy  tarbiyachisiga 
aylanmoqda.  Bu  borada  Prezident  Islom  Karimovning  «Tarixiy  xotirasiz  barkamol  kishi 
bqlmaganidek,  qz  tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  ham  bqlmaydi»,  «Tarix  -  xalq 
ma’naviyatining  asosidir»,  «Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yqq»,  «Qzlikni  anglash  tarixni  bilishdan 
boshlanadi», «Inson uchun tarixdan judo bqlish - hayotdan judo bqlish demakdir»
4
 degan ifodali 
sqzlari va kqrsatmalari dasturilamal bqlib xizmat qilmoqda. 
Tarix  talaba-qquvchilarda  olam  yagona  va  yaxlit,  O‘zbekiston  uning  ajralmas  bir  qismi, 
olamda  sodir  bqladigan  voqea,  hodisalar  umumiy  va  qzaro  bog‘lanishda,  uzluksiz  harakatda 
ekanligi tqg‘risida tqg‘ri tasavvur, tushunchalarni shakllantiradi.  
Qz  qtmishini,  ajdodlari  tarixini  yaxshi  bilgan  insonning  irodasi  kuchli  bqladi,  uni  har  xil 
aqidalar  girdobiga  tushishdan  saqlaydi.  Qtmishni  bilgan,  tarix  saboqlarini  anglab  etgan  inson 
hozirgi  zamonni  yaxshi  tushunadi,  kelajakni  tqg‘ri  tasavvur  etadi.  Muxtasar  aytganda,  Vatan 
tarixi  talaba-qquvchilarda  xalqning  qtmishi,  hozirgi  zamoni  va  kelajagi  yagona  tarixiy  jarayon 
degan  tushunchani  shakllantiradi.  Bu  qz  navbatida  yoshlarni  tarixiy  jarayonlarning  oddiy 
kuzatuvchisi  bqlib  qolishdan  saqlaydi,  ularni  olg‘a  intilishga,  taraqqiyotga  kqmaklashishga 
undaydi. 
O‘zbekiston  tarixi  talaba-qquvchilarga  bugungi  kunda  mamlakatimizda  amalga 
oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni 
barpo  etish,  demokratik,  fuqarolik  jamiyat  qurish,  ijtimoiy  yqnaltirilgan  bozor  iqtisodiyotini 
shakllantirish  jarayonlarini  qrgatadi.  Bu  qz  navbatida  yoshlarda  ilmiy  dunyoqarashni,  siyosiy 
madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda qz qrnini tqg‘ri belgilashga kqmaklashadi. 
                                                 
1
 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т.6. Т.: Ўзбекистон, 1998, 371-бет 
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. Т.: Ўзбекистон, 1997, 137-бет.  
2
 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. Т.: Ўзбекистон, 1992, 71-бет. 
3
 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т., Шарқ, 1998, 8-9-бетлар. 
4
 Қаранг: Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. Т., Ўзбекистон, 1992, 71-бет; 
Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т., Шарқ, 1998, 10,21-бетлар. 

Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma’naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. 
Xalqimizning ma’naviy  poydevori juda qadimiy  va mustahkam.  Ajdodlarimiz etishtirib bergan 
qnlab,  yuzlab  jahonga  mashhur  olimu-ulamolar,  me’moru-binokorlar,  naqqoshlar,  zargarlar, 
hunarmandlar,  davlat  arboblari,  xalq  qahramonlari  hayoti,  dunyoda  birinchilar  qatorida  bunyod 
etilgan  ilm  va  ta’lim  maskanlari  faoliyati  talaba-qquvchilar  uchun  katta  ibrat  maktabi,  tarix 
sabog‘idir.  Kelajak  uchun  intilayotgan  yoshlar  uchun  bu  boy  ma’naviy  meros  mustahkam 
tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday tqsiqlarni engish, ilmga 
va  ziyoga  intilish  kabi  xislatlar  yotadi.  Bunday  xislatlar  Vatan  tarixini  qqitish  orqali  yoshlarga 
singdiriladi.      
Vatan  tarixi  xalqimizning  asrlar  davomida  kqpgina  xalq,  elatlar  bilan  ahl,  hamjihat  bqlib 
yashaganligidan,  yurtimizda  turli  diniy  e’tiqodlar  erkinligi  va  inoqligi  bqlganligidan  guvohlik 
beradi. Bu mustaqil O‘zbekistonda yashovchi turli dinlarga e’tiqod qiluvchi 120 dan ortiq millat 
va elatlar qrtasida tinchlik, milliy totuvlik, birodarlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi 
tarixiy saboqdir. 
Kelajagi  buyuk  davlat  qurayotgan  bugungi  avlodlar  uchun  qzbek  davlatchiligi  tarixi,  ming 
yillar  davomida  shakllanib,  takomillashib  kelgan  siyosiy-huquqiy  institutlar,  qonun-qoidalar 
tajribasi  O‘zbekistonning  mustaqilligini  yanada  mustahkamlash,  huquqiy  davlat,  demokratik 
jamiyat qurishda mustahkam tayanch va madadkordir. 
Tarixiy  xotira,  ajdodlarimiz  qoldirgan  boy  ma’naviy  merosni  egallash  talaba-qquvchilarda 
halollik, odillik, rostgqylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni 
shakllantirishga kqmaklashadi. 
Vatan  tarixi  yoshlarda  jamiyatda  ertaroq  mustaqil  faoliyat  yuritish,  qz  qobiliyatini  tqlaroq 
ochish va hayotga tatbiq etish sifatlarini shakllantiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas’uliyatni qz 
zimmasiga olish kabi yuksak ma’naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g‘oya bilan qurollantiradi. 
Shu  boisdan  Vatan  tarixini  har  tomonlama,  chuqur  qrganish  muhim  ahamiyatga  molik 
vazifadir.  Mamlakatimizda  mustaqillik  sharofati  tufayli  bog‘chalardan  tortib  Oliy  qquv 
yurtlarigacha  bqlgan  ta’lim-tarbiya  tizimlarida  O‘zbekiston  tarixi  fanini  qqitishga  davlat 
darajasiga  kqtarilgan  vazifa  sifatida  katta  e’tibor  berilmoqda,  g‘amxqrlik  qilinmoqda.  «Tarix 
millatning  haqiqiy  tarbiyachisiga  aylanib  bormoqda.  Buyuk  ajdodlarimizning  ishlari  va 
jasoratlari  tarixiy  xotiramizni  jonlantirib,  yangi  fuqarolik  ongini  shakllantirmoqda.  Axloqiy 
tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda»
1

 

Sinov savollari. 


1. 
Tarix sqzi qanday ma’noni bildiradi? 
2. 
O‘zbekiston tarixi fani nimani qrganadi? 
3. 
Tarixni qrganishda qanday metodologik printsiplarga tayanish lozim? 
4. 
Tarixiylik printsipini qanday tushunasiz? 
5. 
Tarixni qrganishda xolislik, ilmiylik printsipining talablari nimalardan iborat? 
6. 
O‘zbekiston tarixini qanday yirik davrlarga bqlish mumkni? 
7. 
Tarixni qrganishda moddiy manbalar qanday ahamiyatga ega? 
8. 
Vatanimiz tarixiga doir qadimgi yozma manbalardan qaysilarini bilasiz? 

 


 


 


 


 


 


 


 


                                                 
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт 
кафолатлари. Т.: Ўзбекистон, 1997, 140-бет. 

 


2-mavzu: O‘zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot 


bosqichlari  


REJA: 


1.
 
Ilk davlatlar vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari. 
2.
 
Xorazm va Baqtriya - o‘zbek davlatchiligining ilk bosqichi. «Avesto»  
3.
 
Turonzaminda vujudga kelgan Yunon-Baqtriya, Qang‘, Davan davlatlari. 
4.
 
Kushonlar saltanati va uning mamlakatimiz davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni. 

 


Adabiyotlar: 


1.
 
Karimov  I.A.  Buxoro  va  Xiva  shaharlarining  2500  yilligiga  bag’ishlangan 
tantanali marosimlarda so’zlagan nutqlari. T. 6.  -T.: O’zbekiston, 1998, 368-
381 - betlar. 
2.
 
Karimov  I.A.  Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q.  -T.7.  -T.:  O’zbekiston,  1998, 
132-147- betlar. 
3.
 
Usmonov  Q.  Va  boshqalar.  O’zbekiston  tarixi.  Darslik..  –T.:  Iqtisod-moliya, 
2006.

 

 
4.
 
Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. -T.: Sharq, 2000, 25-64- betlar. 
5.
 
Usmonov  Q.,  Sodiqov  M.  O‘zbekiston  tarixi.  O‘quv  qo‘llanma.  -T.:  Meros, 
2005, 3-mavzu. 
6.
 
Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.:  2003. 

7.


 


Usmonov  Q.,  Sodiqov  M.,  Oblomurodov  N.  O’zbekiston  tarixi  fanidan 
ma’ruzalar matni. 1 qism. - T.: Moliya, 2000, 40-58- betlar.

 


 

 


1

. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari.

 
 
Mehnat  qurollarining  takomillanishi  natijasida  erga  ishlov  berish  yaxshilanib,  ekin 
maydonlari  kengayib,  odamlarning  mehnati  unumliroq  bo‘lib  bordi.  Temirning  kashf  etilishi, 
undan  yasalgan  mehnat  qurollari  qishloq  xo‘jaligi  va  hunarmandchilikning  tez  o‘sishiga  olib 
keldi.  Odamlarning  daryolarni  bo‘g‘ib,  to‘g‘onlar  qurib,  kanallar  qazib  erlarga  suv  chiqarish 
imkoniyati  kengaydi.  O‘rgatilgan  ishchi  hayvonlari  qo‘shilgan  temir  tishli  omochlar  bilan  erni 
haydashning  o‘zlashtirilishi  hosildorlikning  oshishini,  ko‘proq  mahsulotlar  etishtirishni 
ta’minladi.  Bu  odamlar  turmushini  ancha  yaxshiladi,  umrini  uzaytirdi,  aholi  son  jihatdan 
ko‘payib bordi. 
Urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug‘ a’zolaridan tashkil topgan er-
xotin-juft  oilalar  vujudga  keladi.  Katta  patriarxal  oilalar  urug‘  jamoalaridan  ajralib  chiqadi, 
ularga  urug‘  jamoalariga  qarashli  erlardan  chek  erlari  ajratib  beriladi.  Shu  tariqa  urug‘ 
jamoasining  umumiy  xo‘jaligi  oilalar  jamoasiga  bo‘linadi.  Bunday  oilalar  jamoasi  ishlab 
chiqarish jamoalari deb ham ataladi. 
«Avesto»da  ta’kidlanishicha,  katta  patriarxal  oila  «nmana»,  bir  necha  «nmana»larning 
birikuvi  urug‘  jamoasi  -  «vis»ni  tashkil  etgan.  Ma’lum  hududdagi  qo‘shni  «vis»lar  jamoasi 
«varzana»,  birnecha  «varzana»lar  jamoasi  qabila  -  «zantu»ni  tashkil  etgan.  Arxeolog  olim 
A.Asqarov  tomonidan  topib  o‘rganilgan  Sherobod  cho‘lidagi  Sopollitepada  bu  holatni  aynan 
kuzatish mumkin. Sopollitepa o‘troq dehqonchilik xo‘jaligi asosida tashkil topgan 8 ta katta oila 
jamoasining qishlog‘i. Ularni birlashtirgan omil urug‘chilik iplari emas, balki birinchi navbatda 
ishlab  chiqarish  bo‘lgan.  Ana  shu  8  ta  katta  oila  tarkibida  patriarxal  tizim  asosida  qurilgan 
yuzdan  ortiq  juft  oilalar  bo‘lgan.  Katta  oila  jamoasini  boshqarish  ishi  ular  orasidan  saylangan 
oqsoqol  -  «nmanapati»  qo‘lida  bo‘lgan.  Demak,  Sopollitepada  8  ta  oqsoqol  bo‘lib,  ularni 

birlashtiruvchi  oqsoqollar  kengashi  bo‘lgan.  «Avesto»da  aytilganidek,  «Nmana»  -  katta  oila 
jamoasi,  «nmanapati»  -  katta  oila    boshlig‘i.  Agar  shu  tizimdan  kelib  chiqadigan  bo‘lsak, 
Sopollitepa  qishlog‘i  aholisi  8  ta  «nmana»dan  tashkil  topgan  «vis»dir.  «Vis»  -  urug‘  jamoasi 
«Vispati»  esa  ana  shu  «nmana»larni  birlashtirgan  oqsoqollar  kengashining  boshlig‘i,  urug‘ 
oqsoqoli, katta qishloqning boshlig‘i. Demak, ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish mo‘’tabar 
zotlar  -  oqsoqollar  qo‘lida  bo‘lib,  ular  jamoa  hayoti  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  ishlarni 
oqsoqollar kengashi orqali hal qilganlar. 
Oqsoqollar kengashi qo‘lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo‘lib, u jamoaning 
kundalik  faoliyatidagi  xo‘jalik  masalalarini  hal  qilgan.  Katta  oila  jamoasining  oqsoqoli  bir 
vaqtning o‘zida o‘zining oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy 
bo‘lgan. Urug‘  - qishloq oqsoqoli  esa oqsoqollar kengashining boshlig‘i  sifatida butun  qishloq 
ahlining  ham  boshlig‘i  hisoblangan.  Mo‘’tabar  shaxslarning  topshiriq  va  buyruqlari  jamoa 
a’zolari uchun majburiy bo‘lgan. 
Ishlab  chiqarish  jamoalari  tarkibini  tashkil  etgan  har  bir  oila  o‘z  xususiy  mulkiga  ega 
bo‘lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida 
tashkil  topishi  o‘z  navbatida  mulkiy  tabaqalanishni  keltirib  chiqardi.  Boylik  avvalo  jamoa 
oqsoqollari,  harbiy  boshliqlar,  mo‘’tabar  shaxslar  qo‘lida  to‘plana  bordi.  Ular  erning  hosildor 
qismini  egalladilar,  ko‘plab  chorva  mollarga  ega  bo‘ldilar.  Oqsoqollar  oila  jamoalari,  urug‘  va 
qabila  ishlarini  boshqargani  uchun  jamoachilar  ularga  etishtirgan  hosillarining,  chorva 
mollarining  bir  qismini  berishga  majbur  etilgan.  Oqsoqollar  o‘z  iste’molidan  ortib  qolgan 
bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar. 
Qabilalar  o‘rtasida  yaxshi  er  va  yaylovlar  uchun,  chorva  mollari  uchun  urushlar  kelib 
chiqqan.  Qabiladosh  jangchilar  urush  harakatlariga  boshchilik  qilish  uchun  o‘z  harbiy 
yo‘lboshchilarini  saylaganlar.  Urushda  qo‘lga  kiritilgan  o‘ljaning  ko‘p  qismi  yo‘lboshchiga 
hamda  oqsoqolga  berilgan.  Shu  tariqa  oqsoqollar  va  yo‘lboshchilar  jamiyatda  alohida,  ustun 
mavqega  ega  bo‘lib,  ularni  zadogonlar  deb  atashgan.  Keyinchalik,  zadogonlar  o‘z  o‘g‘illariga 
nafaqat  boyligini,  mulkini,  shuningdek  o‘z  lavozimlarini  ham  meros  qilib  qoldirganlar. 
Zadogonlar jamoa, urug‘ va qabilalar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatgan. 
Ishlab  chiqarish  jamoalarining  paydo  bo‘lishi  asta-sekin  ortiqcha  mahsulotlarni 
ayirboshlashni  hamda  ijtimoiy  mehnat  taqsimotini  keltirib  chiqaradi.  Jamoa  a’zolari  ishlab 
chiqarishning o‘zlariga qulay sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa dehqonchilikdan chorvachilik, 
keyinroq  hunarmandchilik  ajralib  chiqadi.  Ayrim  ishlab  chiqarish  jamoalari  dehqonchilik  bilan 
boshqalari  chorvachilik  yoki  hunarmandchilik  bilan  shug‘ullanadilar.  Ular  o‘rtasida 
dehqonchilik,  chorvachilik  va  hunarmandchilik  mahsulotlarini  o‘zaro  ayirboshlash  kengayib 
boradi.  Bu  o‘z  navbatida  savdogarlar  tabaqasini,  ilk  shaharlarning  belgilaridan  biri  sifatida 
bozorlarni  keltirib  chiqaradi.  Jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotida  tovar  ayirboshlash  yuz 
beradi, dastlabki shaharlar paydo bo‘ladi. 
Arxeologlar  Afrosiyob  (hozirgi  Samarqandning  sharqiy  chekkasi),  Erqo‘rg‘on  va 
Uzunqir  (Qashqadaryo  vodiysi),  Ko‘zaliqir  (Xorazm),  Qiziltepa  (Surxondaryo)  va  boshqa 
qadimiy  shaharlar  xarobalarini  o‘rganishgan,  ularning  qiyofalarini  tasvirlashgan.  Qadimgi 
shaharlar  mudofaa  devorlari  bilan  o‘ralgan,  ularda  saroylar,  qal’alar,  hunarmandchilik 
ustaxonalari, bozorlar bo‘lgan. Shaharlarni shahar boshliqlari - hokimlar boshqargan. 
Shunday  qilib,  jamiyatda  ijtimoiy  tenglik  barham  topadi,  mulkdor  badavlat  oilalar,  o‘z 
tirikchiligini o‘zi ko‘radigan tabaqalar, mol-mulksiz kambag‘allar vujudga keladi. Uzoq davom 
etgan bu jarayon davlatlarning tashkil topishi uchun shart-sharoitlarni tayyorladi. 
 

2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari.

 
 
O‘rta  Osiyo  hududidagi  ilk  davlat  tuzilmalari  to‘g‘risida  qadimgi  yozma  tariximizning 
eng  noyob  manbasi  hisoblangan  «Avesto»  kitobi,  qadimshunos  olimlarning  o‘lkamizning  turli 
hududlarida  olib  borgan  arxeologik  -  qidiruv  ishlari,  ularning  muhim  natijalari  muhim  manba 
hisoblanadi.  Shuningdek  qadimgi  Yunon,  Rim  va  Eron  manbalari  asosida  bu  masalani 

oydinlashtirish,  etarli  asosli  fikrlarni  aytish  mumkin  bo‘ladi.  Bu  o‘rinda  Yunon,  Rim 
mualliflaridan Gerodot, Polibiy, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, 
Forsiy  mixxat  yozuvlari,  shuningdek  o‘lkamizda  keng  ko‘lamli  arxeologik  tadqiqotlar  olib 
borgan  Ya.G‘ulomov,    S.Tolstov,  V.Masson,  A.Asqarov,  E.Rtvaladze,  A.Sagdullaevlarning 
ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.  
Barcha  dalili  ashyolar  miloddan  avvalgi  so‘nggi  ming  yillik  boshlarida,  aniqrog‘i  VIII-
VII  asrlarda  Vatanimiz  hududlarida  Katta  Xorazm  va  Baqtriya  nomi  bilan  mashhur  bo‘lgan 
davlatlar vujudga kelib, o‘ziga xos rivojlanish jarayonini bosib  o‘tganligidan guvohlik beradi.  
Xorazm  davlati  egallagan  hududlar  hozirgi  Xorazm  erlari  bilan  chegaralanib  qolmay, 
balki undan ancha janubga, ya’ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Afg‘oniston shimoli) atroflariga 
qadar ham yoyilgan. 
Miloddan  avvalgi  so‘nggi  ming  yillikning  boshlariga  tegishli  «Amirobod  madaniyati», 
quyi  Amudaryo  havzasida  yuzaga  kelgan  o‘ziga  xos  sun’iy  sug‘orish  inshooti  tizimi  hamda 
dastlabki  shaharsozlik  timsoli  bo‘lgan  shahar-qal’alar-Qal’aliqir,  Ko‘zali-  qir,  Jonbosqal’a  va 
boshqalar -  bular  Xorazm  vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat  beradi.  Negaki,  bu 
singari  umumelatlar,  qavm-qabilalar  manfaatlariga  xizmat  qiladigan  muhim  o‘zgarishlar  davlat 
boshqaruvi yo‘li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Qadimshunos olim Ya.G‘ulomov 
tomonidan  Xorazmda  aniqlangan  200  km  uzunlikdagi,  eni  birnecha  o‘nlab  metrdan  iborat 
bo‘lgan  kanal  o‘zani,  obod  dehqonchilik  madaniyati  Xorazm  davlati  qadimdan  insoniyatning 
yirik  madaniy  maskanlaridan  biri  sifatida  shuhrat  topganligidan  guvohlik  beradi.  «Avesto»da 
Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o‘z hududiyo chegaralariga ega bo‘lgan o‘lkalardan, 
viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma’lumoticha, qadimda 
Oks (Amu) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun’iy sug‘orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, 
cho‘lli, sahroli erlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. 
Gerodot taassurotlarida Xorazm o‘lkasida yashagan Xorazmiylar dehqonchilikda katta tajribaga 
ega  bo‘lib,  ular  donli,  dukkakli  ekinlar,  chunonchi,  bug‘doy,  suli,  arpa,  meva-sabzavotchilik 
mahsulotlarini mo‘l-ko‘l etishtirganliklari qayd etib o‘tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g‘isht, 
paxsalardan  keng  foydalanilgan,  binolarning  tashqi  va  ichki  ko‘rinishlariga  maxsus  ishlov 
berilib, ularning mustahkamligi, o‘ziga xos ko‘rkamligi ta’minlangan. Bu ko‘hna hudud bag‘rida 
ming  yillar  davomida  zamonlar  silsilasidan  o‘tib,  saqlanib  kelayotgan  ko‘plab  asori  atiqalar, 
shahar-qal’alar  xarobalari,  qoldiqlari  ham  buni  isbot  etadi.  Xorazm  vohasida  hunarmandchilik, 
tog‘-kon  ishlari  ancha  rivojlangan.  Bu  erdan  qazib  olingan  qimmatbaho  zumrad  toshlar  ishlov 
berilib,  yuksak  sifat  ko‘rsatkichiga  etganidan  keyingina  u  muhim  tayyor  mahsulot  sifatida 
foydalanishga  chiqarilgan.  Xorazm  zumradi  Sharqning  bir  qator,  jumladan,  Eron,  Xitoy, 
Hindiston, Misr singari mamlakatlariga ham yuborilgan. 
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullangan, ularning tuya, ot, qo‘y-
echkilardan iborat suruvlari bo‘lgan. Savdo bozorlarida g‘alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, 
hunarmandchilik buyumlari ayirbosh qilingan. 
Afsuski,  Xorazm  davlatida  hukmronlik  qilgan  sulolar  to‘g‘risida  hozirgacha  aniq 
ma’lumotlar  yo‘q.  Rivoyatlarga  ko‘ra  Xorazmning  qadimiy  siyosiy  sulolasi  Siyovushiylar 
bo‘lganligi  zikr  etiladi.  «Avesto»da  ta’kidlanishicha,  Siyovarshon  Kavousning  o‘g‘li  bo‘lgan. 
Siyovarshon  o‘limidan  so‘ng  uning  nabirasi  Kova  Xisrav  bobosi  qotilidan  o‘ch  olib, 
hokimiyatini egallab Xorazmda Siyovushiyolar sulolasiga asos solgan. 
O‘rta Osiyoning yana bir boshqa davlati - Baqtriya podshohligi bo‘lgan. Uning tarkibiga 
Hozirgi  Surxondaryo,  Tojikiston  janubi,  Afg‘oniston  shimoli-sharqiy  qismi,  shuningdek 
Sug‘diyona va Marg‘iyona erlari ham kirgan.  
Baqtriyadagi  ko‘pdan-ko‘p  yirik  shaharlar  orasida  Baqtra  mashhur  shahar  bo‘lib 
mamlakatning poytaxti bo‘lgan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, 
unda podshoh qal’asi alohida joylashgan. 
Rim  tarixchisi  Kurtsiy  Rufning  shahodat  berishicha,  «Baqtra  daryosi  nomidan  shahar, 
viloyatning  nomi  kelib  chiqqan».  Umuman  tarixiy  ma’lumotlarga  asoslanadigan  bo‘lsak, 

qadimgi  davlatlar  nomlari  ko‘pincha  daryo,  qabila,  xalq  yoki  shaharlar  nomiga  qiyosan  kelib 
chiqqan bo‘ladi. 
Binobarin,  «Baqtriyaliklar»,  «Baqtriya  xalqi»  iboralari  juda  qadimgi  manbalarda  tilga 
olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni birlashtirgan tushunchani anglatadi. 
«Avesto»  kitobida  ham  Baqtriya  «Eng  yaxshi  mamlakatlar  va  o‘lkalardan  biri  bo‘lgan, 
baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida ta’riflangan. Bu xildagi fikr-mulohazalar Baqtriyaning o‘z 
davrining yirik davlatlaridan biri bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Ktesiy  ma’lumoticha,  Baqtriyaga  qarashli  Vaxsh  vodiysi  obi-  hayotga  mo‘l-ko‘lligi, 
unumdor erlari ko‘p bo‘lganligidan, bu hududda dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi 
bog‘dorchilik,  mevachilik  mahsulotlari  etishtirishda  omilkor  bo‘lgan.  Qashqadaryo  vohasining 
miloddan  avvalgi  VIII-VII  asrlarga  oid  Sangirtepa,    Yangitepa,  Chiroqchitepa,  Erqo‘rg‘on 
singari aholi manzilgohlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu joylarda o‘troq turmush kechirgan 
qavm,  elatlar  dehqonchilik  bilan  faol  shug‘ullanganlar.  Xuddi  shunday  fikrni  So‘g‘diyona 
hududlariga  nisbatan  ham  aytish  mumkin.  Qulay  tabiiy-jug‘rofiy  sharoitga  ega  bo‘lgan 
Omonqo‘ton, Gurdara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq makonlarida yashagan aholining madaniy hayoti 
ancha to‘laqonli kechgan.  
Baqtriyada  oltin,  la’l  kabi  qimmatbaho  ma’danlar  ko‘plab  miqdorda  qazib  olinib,  ular 
tegishli  ishlovdan  so‘ng  yurt  ehtiyoji  uchun,  qolaversa,  xorijiy  ellar  uchun  tayyor  mahsulot 
holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, Hindiston singari mamlakatlarda ham talab-
ehtiyoj  katta  bo‘lgan.  Baqtriyada  qimmatbaho  ma’danlar  ishlab  chiqarishning  yo‘lga  qo‘yilishi 
bu yurtda maxsus hunarmandchilik turi - zargarlik, badiiy hunar tarmog‘ining rivoj topishiga olib 
kelgan.  Buni  1877  yilda  Kofirnihonda  (Tojikiston)  topilgan  «Amudaryo  xazinasi»  topilmasi 
timsolida  ham  kuzatish  mumkin.  Topilmalar  orasidagi  180  taga  yaqin  zargarlik  buyumlari 
qadimgi  Baqtriyada  nafis  hunarmandchilikning  hiyla  o‘sganligidan  dalolat  beradi.  Bu  xazina 
aslida  Baqtriya  shahrida  mahalliy  Mitra  xudosi  sha’niga  bag‘ishlab  barpo  etilgan  serhasham 
ibodatxonaga tegishlidir. 
Shunday  qilib,  Xorazm  va  Baqtriya  davlatlarida  kechgan  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy  jarayonlar  ajdodlarimizning  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyot  yo‘lidan  ilgarilab  borib,  o‘z 
davlatchilik  tuzilmalarini  vujudga  keltirib,  boshqaruv  usullarini  takomillashtirib  borganligidan 
guvohlik  beradi.  Dehqonchilik,  chorvachilik,  hunarmandchilik,  shaharsozlik,  mehnat  taqsimoti, 
ishlab  chiqarish  qurollarining  takomillashib  borishi  ulug‘  bobokalonlarimiz  o‘lmas  dahosi, 
salohiyatining  yorqin  ifodasidir.  Bular  O‘zbekiston  hududidagi  dastlabki  davlatchilik  tarixiy 
tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida qimmatga egadir. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


barotravma-kishechnogo-2.html

barotravma-legkih---3.html

barotravma-pri-podeme---i.html

barotravma-uha---osnovi.html

barov-lisalam-balanicdan-13.html