1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 ... 92

Darhaqiqat ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g‘arq qilib - Kutubxonasi

bet44/92
Sana20.04.2017
Hajmi4.97 Mb.

Darhaqiqat ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g‘arq qilib 

yubordik.  

 

78. Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilayotgan paytlarini 

(eslang). O’shanda unga qavmning qo‘ylari bo‘shalib kirib (uni payhon qilib 



Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi 

 

 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

285


yuborgan) edi. Biz ular (chiqargan) hukmga shohid edik.  

 

79. Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik. 

 

 

I z o h . Rivoyat qilishlaricha, Dovud va Sulaymon payg‘ambarlarning oldilariga ikki kishi 

bir mojaro xususida hukm so‘rab keladi. Ulardan birining qo‘ylari ikkinchisining  ekinzoriga kirib ketib biron narsani sog‘ qoldirmay payhon qilib chiqib ketgan edi, Dovud  alayhis-salom qo‘ylar ekinzor egasiga berilsin, deb hukm chiqaradilar. Buni eshitgan  o‘g‘illari Sulaymon alayhis-salom esa «erni qo‘ylarning egasiga, qo‘ylarni esa ekinzor  sohibiga berilsa-yu, qo‘ylarning egasi yerni o‘nglab, ekin ekib avvalgi holiga qaytargach,  qo‘ylarini qaytib olsa. Shu muddat ichida ekinzor sohibi u qo‘ylarning yungi, sutidan  foydalanib, shu davrda tug‘ilgan qo‘zilarini ham o‘ziga olib qolsa», deydilar. Shunda  Dovud Sulaymonga qarab: «O’g‘ilcham, sening hukming to‘g‘riroqdir», deb o‘z chiqargan  hukmlarini bekor qiladi...  

 

Biz har ikkisiga hikmat-payg‘ambarlik va ilm ato etdik. Tog‘lar va qushlarni 

Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo‘ysundirib qo‘ydik. Biz shunday qila 

olguvchidirmiz. 

 

 

I z o h. Aytishlaricha, Dovud alayhis-salom benazir xush ovoz sohibi bo‘lib, Zaburni 

tilovat qilganlarida samoda uchib ketayotgan qush muallaq qotib, atrofdagi tog‘lar ham  birga qiroat qilar ekan.  

 

80. Yana (Dovudga) sizlarga ziyon yetishidan saqlaydigan sovut ilmini ta’lim 

berdik. Bas sizlar shukr qilurmisiz?!  

 

81. Sulaymonga esa bo‘ronli shamolni (bo‘ysundirib), uning amri bilan Biz 

muborak qilgan zaminga (Shomga) esadigan qilib qo‘ydik. Biz barcha narsani 

bilguvchidirmiz. 

 

 

82. Yana shayton-jinlardan (Sulaymon uchun) g‘avvoslik qiladigan va bundan 

boshqa ishlarni ham ado etadigan kimsalarni (yaratdik). Va biz ularni 

(Sulaymonning amridan chiqib ketmasliklari uchun) qo‘riqlab turguvchi bo‘ldik.  

 

83. Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: «(Parvardigorim), meni balo ushladi. 

O’zing rahm-shafqat qilguvchilarning rahmlirog‘idirsan», deb iltijo qilgan 

paytini (eslang).  

 

84. Bas Biz uning (duosini) mustajob qilib, undagi ziyon-zahmatni ketkazdik 

hamda O’z huzurimizdan mehribonlik ko‘rsatib, barcha ibodat qilguvchilarga 

eslatma-ibrat bo‘lsin, deb (Ayyubga) ahli-oilasini va ular bilan qo‘shib yana 

o‘shalarning mislicha bola-chaqa ato etdik. 

 

 

I z o h. Ayyub payg‘ambar asli Rum mamlakatidan bo‘lib, ser-farzand va boy-badavlat 

kishi edilar. So‘ngra boshlariga og‘ir kunlar tushib mol-dunyolaridan ajradilar, lekin  qanoat qildilar; bolalari birin-ketin halok bo‘lishib, ulardan ham judo bo‘ldilar, sabr  qildilar; salomatliklaridan ajrab, eng og‘ir xastaliklarga duchor bo‘ldilar, shikoyat  qilmadilar. Qachonki ayrim kimsalar: «Bu eng yomon gunoh-jinoyatlarni qilganki, Xudo  unga shunday balolarni yuborgan», deganlarini eshitgandan keyingina sabr kosasi to‘lib, 

Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi 

 

 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

286


Alloh taologa iltijo qilib, o‘z holidan shikoyat qilgan va Tangri taolo u zotning duolarini  ijobat qilib, salomatliklarini ham, mol-davlatlarini ham qaytarib bergan. Halok bo‘lgan  yetti o‘g‘il, yetti qizlariga hayot ato etib, yana yetti o‘g‘il va yetti qiz ko‘rganlar,     Mazkur oyatdagi «barcha ibodat qilguvchilarga eslatma-ibrat bo‘lsin, deb» degan  so‘zlarning ma’nosi shuki, boshlariga biron balo tushgan kishilar Ayyub alayhis-salom  kabi sabr-qanoat qilsalar, albatta Alloh taolo ularning balolarini ketkazib, avvalgidan  ham ziyoda ne’matlar ato etur.  

 

85. Ismoilni, Idrisni va Zul-kiflni (eslang). Barchalari sabr qilguvchi 

zotlardandirlar.  

 

86. Biz ularni O’z rahmat-jannatimizga doxil qildik. Darhaqiqat ular solih 

zotlardandirlar.  

 

87. Zunnun — Yunusning (qavmidan) g‘azablangan holda (o‘z qishlog‘idan 

chiqib) ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng 

(Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘u zulmatlarda turib: 

«Hech iloh yo‘q, magar O’zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat men 

(o‘z jonimga) jabr qilguvchilardan bo‘lib qoldim», deb nido qilgan (paytini 

eslang).  

 

88. Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. 

Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz.  

 

89. Zakariyoning: «Parvardigorim, meni yolg‘iz holda tashlab qo‘yma (ya’ni 

menga O’z dargohingdan bir merosxo‘r farzand ato et), O’zing vorislarning 

yaxshirog‘idirsan (ya’ni hammaning ortida qolguvchidirsan) deb nido qilgan 

paytini (eslang).  

 

90. Bas Biz uning (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni hadya etdik 

hamda juftini o‘nglab (tug‘maydigan kampirni bola ko‘rishga qodir qilib) 

qo‘ydik. Darhaqiqat ular (ya’ni mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga 

shoshar va Bizga rag‘bat va qurquv bilan duo-iltijo qilar edilar. Ular Bizga 

ta’zim-itoat qilguvchi edilar. 

 

 

91. Yana o‘z nomusini saqlagan ayolni (ya’ni Maryamni eslang). Bas, Biz O’z 

tarafimizdan bo‘lgan ruhni unga pufladik (va u Isoga homilador bo‘ldi) va uni 

hamda o‘g‘lini barcha olamlar uchun oyat-ibrat qildik.  

 

92. (Ey insonlar), sizlarning millatingiz-diningiz haqiqatda bir dindir (ya’ni 

Islomdir). Men esa (barchalaringizning) Parvardigoringizdirman. Bas, 

Mengagina ibodat qilinglar! (Odamlar) esa ishlarini (ya’ni dinlarini) o‘zaro 

parchalab-bo‘lib oldilar. Barchalari Bizga qaytguvchidirlar.  

 

94. Bas, kim mo‘min bo‘lgan holida yaxshi amallardan qilsa uning sa’y-harakati 

zoe bo‘lmas – Biz uni yozib qo‘yguvchidirmiz.  

 

95-96-97. Biz halok qilgan biron qishloq-shahar (ahli qayta dunyoga kelishi) 



Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi 

 

 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

287


haromdir. To Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib 

keladigan va Haq va’da (ya’ni qiyomat) yaqin bo‘ladigan vaqtgacha ular (ya’ni 

Biz halok qilgan kimsalar) qaytmaydilar. Ana u vaqtda esa kofir bo‘lgan 

kimsalarning ko‘zlari qotib: «Ey, holimizga voy, bizlar bunday (oqibatdan) 

g‘aflatda edik. Yo‘q, bizlar (o‘z jonlarimizga) jabr qilguvchi bo‘ldik», (deydilar).  

 

98. (Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham 

jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar.  

 

99. Agar (sizlar sig‘inadigan butlaringiz) xudolar bo‘lganida (jahannamga) 

tushmagan bo‘lur edilar. (Bu butlar va ularga sig‘inadiganlarning) barchalari u 

joyda abadiy qolguvchidirlar.  

 

100. Ular uchun u joyda (faqat) dod-faryod qilishgina bordir. Ular u joyda 

(biron narsani) eshitmaslar.  

 

101. Albatta Bizning tomonimizdan go‘zal (manzilat-martaba) berilgan zotlar - 

ana o‘shalar (jahannamdan) uzoq qilinurlar. 

 

 

102. Ular uning sharpasini ham eshitmaslar. Ular o‘zlari istagan ne’matlarda 

abadiy qolguvchidirlar.  

 

103. Ularni Buyuk dahshat (ya’ni qiyomat) mahzun qilmas. Farishtalar ularni: 

«Mana shu sizlarga va’da qilingan kundir», deb kutib olurlar.  

 

104. U kunda Biz osmonni ham xuddi maktub yozilgan sahifani o‘ragan yanglig‘ 

o‘rab, birinchi marta qanday yaratgan bo‘lsak, (o‘sha holga) qaytarurmiz. (Bu) 

Bizning zimmamizdagi va’dadir. Albatta Biz (shunday) qilguvchidirmiz.  

 

105. Darhaqiqat Biz (Lavhul-mahfuzda) zikr qilgandan so‘ng Zaburda: «Albatta 

(jannatning) yeriga mening solih bandalarim voris bo‘lurlar», deb yozib 

qo‘ygandirmiz.  

 

106. Albatta mana shu (Qur’onda) ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli narsa 

bordir.  

 

107. (Ey Muhammad), darhaqiqat Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat 

(ya’ni Allohning rahmati-jannatiga yetaklaguvchi) qilib yubordik.  

 

108. Ayting: «Menga faqat (Sizning) ilohingiz yakka yagona iloh ekani vahiy 

qilinur. Bas, sizlar (vahiyga) bo‘yinsunuvchimisizlar?»  

 

109. Endi agar yuz o‘girsalar, u holda ayting: «Men sizlarning (barchangizga 

hech kimni ayirmay menga nozil bo‘lgan vahiyni) eshitdirdim. Sizlarga va’da 

qilingan (qiyomat kunidagi azobni) yaqin yo yiroqligini esa bilmasman».  

 

110. Albatta U zot so‘zning oshkorasini ham bilur, sizlar berkitadigan so‘zlarni 

ham bilur.  

 



Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi 

 

 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

288


111. Bilmayman, ehtimol bu (ya’ni azob soatining ta’xirga tashlanishi) sizlar 

uchun bir aldov-sinov va bir oz vaqtgacha (ajallaringiz yetib o‘lguningizgacha) 

foydalanishdir».  

 

112. (Muhammad) aytdi: «Parvardigorim, O’zing Hak hukmingni qilgin. 

Parvardigorimiz — sizlarning («Alloh yolg‘iz emas», deb U zotni bo‘hton sifat 

bilan) sifatlashlaringizdan madad so‘raladigan Rahmondir».

 

 

 

HAJ SURASI

 

 

Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, yetmish sakkiz oyatdir.  

 

Sura dillar dahshatga tushib, aqllar adashadigan, ona emizayotgan go‘dagini unutib, 

homilador ayol homilasini tashlab yuboradigan Qiyomat oldi dahshatlarini tasvirlash 

bilan boshlanadi va o‘z hayotlarini Tangri taolo buyurgan dini Islom ahkomlariga amal 

qilish bilan o‘tkazgan kishilar uchun o‘sha Kunda ham hech qanday xavf-xatar 

bo‘lmasligi, dinu iymonsiz tirikchilik qilib o‘tgan kimsalar esa U Kunda xoru rasvo 

bo‘lishlari ta’kidlanadi.  

 

Ma’lumki, agar Makkada nozil qilingan suralarda so‘z asosan iymon, e’tiqod haqida 

ketsa, Madinada ingan suralarda g‘oliban shariati Islomiyyadagi qonun-qoidalar zikr 

qilinadi. Inchunun ushbu sura ham bundan mustasno emas. Bu surada Islom dinining 

besh asosiy ruknidan biri bo‘lmish Haj ibodati va Odam alayhis-salomdan qolgan «Eski 

Uy — Baytulloh» xususida ancha batafsil bayon qilinadiki, suraning «Haj» deb 

nomlanishiga ham sabab shudir.  

  Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) 

zilzila ulug‘-dahshatli narsadir.  

 

2. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar 

va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar, odamlarni mast-

alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi 

qattiqdir.  

 

3. Odamlar orasida o‘zi bilmagan holida Alloh xususida mujodala qiladigan va 

har bir itoatsiz shaytonga ergashib ketaveradigan kimsalar ham bordir.  

 

4. U (shaytonga esa) o‘zini do‘st tutgan kimsani albatta yo‘ldan ozdirish va 

do‘zax azobiga yo‘llash yozib qo‘yilgandir — hukm qilingandir.  

 

5. Ey insonlar, agar sizlar qayta tirilishdan shubhada bo‘lsangizlar, u holda 

(qaranglar), Biz sizlarga (Allohning qudratini) bayon qilish uchun sizlar (ya’ni 

otangiz Odamni) tuproqdan, so‘ngra (barcha jonzotni avvalo) nutfa-maniydan, 

so‘ngra laxta qondan, so‘ngra yaralib bitgan-bitmagan (ya’ni inson suratida 

shakllanib bitgan yoki bitmagan) parcha go‘shtdan yaratdik. Biz (sizlarni) 

O’zimiz xohlaganimizcha - muayyan muddatgacha (onalaringiz) qornida 



Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi 

 

 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

289


qoldirib, so‘ngra chaqaloq holingizda (yorug‘ olamga) chiqarurmiz, so‘ngra 

voyaga yetgunlaringizgacha (ham O’zimiz tarbiya qilurmiz). Sizlardan 

(go‘daklik, yoshlik yillaridayoq) vafot topadigan kishilar xam bo‘lur, yana 

sizlardan (ko‘p narsa-bilimlarni o‘rganib) bilganidan so‘ng hech narsani bilmay 

qolishi uchun eng tuban umrga (ya’ni qarib munkillab qolishga) qaytariladigan 

kishilar ham bo‘lur. (Qayta tirilish haq ekanligining yana bir dalili ushbudir) — 

siz(lar) bu yerni quruq-o‘lik holida ko‘rursiz. Endi qachonki Biz uning ustidan 

suv-yomg‘ir yog‘dirsak, u harakatga kelib ko‘pchir va turli-tuman go‘zal 

(nabotot) juftlarini undirur. 

 

 

6. Bunga sabab Alloh Haq ekani va Uning O’zi o‘liklarga hayot berishi hamda U 

hamma narsaga qodir ekanligidir.  

 

7. Yana aniqki, (qiyomat) soati shak-shubhasiz kelguvchidir va albatta Alloh 

qabrlardagi bor jonzotni tiriltirur.  

 

8-9. Odamlar orasida o‘zi bilmagan va (Haq yo‘liga) hidoyat topmagan holida, 

biron nurli Kitobsiz (ya’ni aniq hujjatsiz, To‘g‘ri yo‘ldan) bo‘yin burib, 

(o‘zgalarni ham) Alloh yo‘lidan ozdirish uchun Alloh xususida mujodala 

qiladigan kimsalar ham bordir. U (kimsalar) uchun bu dunyoda rasvolik-

sharmandalik bo‘lur, qiyomat kunida esa unga o‘t azobini totdirurmiz.  

 

10. (Va unga dermiz): «Bu (azob) o‘z qo‘llaring (bilan) qilgan gunohing 

sabablidir. Zero Alloh hargiz bandalariga zulm qilguvchi emasdir».  

 

11. Odamlar orasida Allohga bir chetda (ya’ni sidqidildan emas, balki til 

uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir. Bas, agar unga (dindor bo‘lgani 

sharofatidan) yaxshilik yetsa, o‘sha sababli xotirjam bo‘lur, agar biron fitna-

baxtsizlik yetsa (dindan) yuz o‘girib ketur. U dunyoyu oxiratda ziyon ko‘rur. Bu 

esa ochiq-aniq ziyondir.  

 

12. U Allohni qo‘yib o‘ziga ziyon ham, foyda ham bera olmaydigan butlarga 

iltijo qilur. Bu — yo‘ldan qattiq ozishning o‘zidir.  

 

13. U shak-shubhasiz ziyoni foydasidan yaqinroq bo‘lgan butlarga iltijo qilur. 

(Lekin u butlar) naqadar yomon «hoja»dir va naqadar yomon «oshno»dir!  

 

14. Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan 

daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Albatta Alloh yolg‘iz O’zi 

xohlagan ishni qilur.  

 

15. (Albatta Alloh O’z payg‘ambariga yordam berur, endi) kimda-kim: «Alloh 

hargiz unga yordam qilmas», deb gumon qilguvchi bo‘lsa, u holda bir arqon 

bilan osmonga-shiftga osilib, (o‘zini yerdan) uzsin (ya’ni o‘zi uchun dor yasab, 

unga osilsin), so‘ng qarasin – bu nayrangi g‘azabini ketkazarmikan. 

 

 

I z o h. Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad 

alayhis-salomga va Islom diniga yordam-g‘alaba bermaydi, deb o‘ylab yuradigan  kimsalar yaxshisi bir dor yasab o‘zlarini osganlari ma’qul. Aks holda Tangri taoloning 

Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi 

 

 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

290


musulmonlarga bergan g‘alabasini ko‘rib u kimsalarning boshlari xafachilikdan chiqmay  qolur.  

 

16. Biz uni (ya’ni Qur’onni) mana shunday aniq-ravshan oyatlar(dan iborat) 

bo‘lgan holida nozil qildik. Albatta Alloh O’zi istagan kishilarni hidoyat qilur.  

 

17. Darhaqiqat iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lgan kimsalar, sobiylar 

(farishtalarga sig‘inuvchilar), nasroniylar, majusiylar (otashparastlar) va 

mushrik bo‘lgan kimsalar — aniqki Alloh qiyomat kunida ularning o‘rtasini 

ajrim qilur (ya’ni mo‘minlarni jannatga doxil qilur, kofirlarni do‘zaxga giriftor 

qilur). Albatta Alloh barcha narsaga guvohdir.  

 

18. (Ey Muhammad), siz osmonlardagi va yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, 

yulduzlar, tog‘lar, dov-daraxtlar va (barcha) jonivorlar hamda ko‘pdan-ko‘p 

insonlar (yolg‘iz) Allohga sajda qilishini ko‘rmadingizmi? Ko‘p (odamlarga esa 

kofir bo‘lganlari sababli) azob haq bo‘lgandir. Kimni Alloh xor qilib qo‘ysa, bas, 

uni (hech kim) aziz qilguvchi bo‘lmas. Albatta Alloh O’zi xohlagan narsani qilur. 

 

 

I z o h . Ushbu oyat navbatdagi sajda oyatidir.  

 

19. Mana shu ikki g‘anim (ya’ni mo‘minlar bilan kofirlar) Parvardigorlari(ning 

haq dini) xususida talashdilar (ya’ni mo‘minlar Allohning haq dini bo‘lmish 

Islomning g‘olib bo‘lishini istadilar, kofirlar esa bu dinni yo‘q qilmoqchi 

bo‘ldilar). Bas, kofir bo‘lgan kimsalar uchun o‘tdan bo‘lgan kiyimlar bichildi, 

(endi) ularning boshlaridan qaynoq suv quyulib,  

 

20. U (suv) bilan ularning ichlaridagi narsalar ham, terilari ham eritib 

yuborilur.  

 

21. Ular uchun temir gurzilar bordir.  

 

22. Har qachon ular (do‘zax) g‘am-azobidan (qochib) chiqmoqchi bo‘lsalar 

(gurzilar bilan) yana unga qaytarilurlar va (ularga): «O’t azobini totib 

ko‘ringiz», (deyilur).  

 

23. Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan 

daryolar oqib turadigan jannatlarga doxil qilur. Ular u joyda oltindan bo‘lgan 

bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezanurlar, liboslari esa harir-ipak 

bo‘lur; 

 

 

24. Ular (bu dunyoda) xush-haq so‘zga (ya’ni «Alloh yakka-yagonadir», degan 

so‘zga) hidoyat qilinurlar va hamdu-sano egasi — Allohning yo‘liga yo‘llanurlar.  

 

25. Albatta o‘zlari kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni) Alloh yo‘lidan to‘sadigan, hamda 

Biz (Makkada) turguvchilar uchun ham, (boshqa yurtlardan) kelguvchilar 

uchun ham barobar qilib qo‘ygan, Masjid-al-Haromdan (to‘sadigan) kimsalar va 

kimki u joyda zulm-zo‘ravonlik bilan yo‘ldan chiqmoqchi bo‘lsa (bularning har 

biriga) alamli azobdan totdirib qo‘yurmiz  

 



Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi 

 

 

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

291


26. (Ey Muhammad), eslang, Biz Ibrohimga Baytullohning o‘rnini (o‘sha uyga 

qarab ibodat qilishi va uni obod qilishi uchun) belgilab berib, (unga shunday 

degan edik): «Sen Menga biron narsani sherik qilmagin va Mening Baytim — 

Uyimni tavof qilguvchilar qiyom, ya’ni namozda tik g‘oz turish, ruku’, sajda 

qilguvchilar (ya’ni o‘sha joyda namoz o‘qiguvchilar) uchun pok tutgin! 

 

 

I z o h. Ushbu oyatdagi «Baytullohning o‘rnini» shunday tushunmoq lozim: Odam 

alayhis-salom jannatdan yerga tushganlarida Tangri taoloning amri bilan birinchi bino  qilgan uylari Baytulloh bo‘lgan ekan. (Shuning uchun ham quyidagi oyatlarda uni «Eski  Uy», deb ham ataladi). Lekin Nuh payg‘ambar zamonlarida bo‘lgan to‘fon balosida Alloh  taoloning farmoni bilan farishtalar u uyni yettinchi osmonga olib chiqib ketgan ekan.  Hadisi sharifda aytilishicha o‘sha davrdan buyon samodagi Baytullohni har kuni yetmish  ming farishta tavof qilar, ammo Allohning lashkari bo‘lmish farishtalarning sanog‘i shu  qadar beadad ekanki, hanuzgacha bir farishta ikki marta tavof qilishga ulgurmagan  ekan. Ana o‘sha samoga olib chiqib ketilgan Baytullohning o‘rnini Tangri taolo Ibrohim  alayhis-salomga bildirib, o‘sha joyga barcha musulmonlar uchun qibla bo‘lgan Baytulloh  bino qilishni buyurgan.  

 

27. Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (ya’ni sening 

da’vatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan 

toygan tuyalar ustida kelurlar.  


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


elmi-srlr--2016--6-76-13.html

elmi-srlr--2016--6-76-18.html

elmi-srlr--2016--6-76-22.html

elmi-srlr--2016--6-76-27.html

elmi-srlr--2016--6-76-31.html