1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 27

DAROMADLAR - Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq muammolari

bet5/27
Sana08.07.2018
Hajmi5.04 Kb.

DAROMADLAR, 


maqsadli 


jamg’armalarsiz - jami

 
10 834 
100% 
13 116 
100% 
16 178 
100% 

RESURS 


ТO’LOVLARI VA 


MOL-MULK SOLIG’I

 
1 762 
16,3% 
1 974 
15,1% 
2 308 
14,3% 
Mol-mulk solig’i 
319 
2,9% 
354 
2,7% 
490 
3,0% 
Yer solig’i 
232 
2,1% 
304 
2,3% 
346 
2,1% 
Yer qa’ridan 
foydalanganlik uchun 
soliq 
1 168 
10,8% 
1 265 
9,6% 
1 409 
8,7% 
Suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun 
soliq 
43 
0,4% 
51 
0,4% 
61 
0,4% 
 
Javal  ma’lumotlaridan  ko’rinib  turibdiki  resurs  to’lovlari  va  mol-mulk  solig’ining  davlat 
byudjetidagi ulushi 2009 yilda 16,3 foizni tashkil etgan. 2010 yilda 15,1 foizni, 2011 yilga 14,3 foizda 

bo’lishi  loyihalashtirilgan.  Shundan  mol-mulk  solig’ining  davlat  byudjetidagi  ulushi  2,9  foizni,  2010 
yilda 2,3 foizni tashkil qilgan. 2011 yilga esa 3,0 foiz bo’lishi loyihalashtirilgan. Yer solig’ining davlat 
byudjetidagi  ulushi  2009  yilda  10,8  foizni,  2010  yilda  2,3  foizni  tashkil  qilgan.  2011  yilga  2,1  foiz 
bo’lishi  loyihalashtirilgan.  Yer  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  solig’i  resurs  to’lovlari  va  mol-mulk 
soliqlari ichida eng ulushi kattasi bo’lib hisoblanadi. 2009 yilda davlat byudjetidagi ulushi 10,8 foizni, 
2010 yilda 9,6 foizni tashkil etgan. 2011 yilga esa 8,7 foiz bo’lishi loyihalashtirilgan.  Suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun solig’ining dalat byudjetidagi ulushi 2009- 2010 yillarda 0,4 foizni tashkil qilgan, 
2011  yilga  ham  0,4  foizni  tashkil  etgan.  Deyarli  bu  soliq  turining  davlat  byudjetidagi  ulushi 
o’zgarmagan.
8
       
Respublikamiz  qonunchiligiga  asosan  yer  osti  boyliklari  umumdavlat  mulki  hisoblanadi.  Ushbu 
yo’nalishdagi korxonalar esa faqat yer osti boyliklarini qazib olish va qayta ishlash huquqiga egadir. Demak, 
tabiiy boyliklarni oqilona tarzda qazib olish  davlat, butun   jamiyat va  kelgusi avlodlar manfaatlarini e’tiborga 
olgan holda amalga oshirilishi kerak. 
Yer osti boyliklaridan foydalanganligi uchun to’lanadigan soliqlar ham aynan shu maqsadlarni ko’zlaydi. 
U nafaqat qazib oluvchi sohalar korxonalari renta daromadlarining bir qismining davlat tomonidan undirilishi 
orqali fiskal vazifalarni bajaradi, ayni paytda tabiiy boyliklarga nisbatan ehtiyotkorona va oqilona munosabatni 
ham ta’minlaydi. 
Hozirgi  kunda    O’zbekistonda  yer    osti  boyliklaridan  foydalanganlik  uchun  to’lanadigan  soliqlarning 
qazib olinadigan xom-ashyo turlari bo’yicha tabaqalashtirilgan stavkalari belgilangan.  Тabiiy boyliklarni qazib 
olish  paytida  renta  daromadlarini  yanada  samarali  va  adolatli  soliqqa  tortilishini  ta’minlash  maqsadida 
konlarning joylashgan o’rni va qazib olish sharoitlariga ko’ra stavkalarning belgilanishi amalga oshirilmoqda. 
Eng yomon sharoitli  konlar bo’yicha minimal hamda eng yaxshi sharoitlarga ega konlar uchun maksimal 
stavkalarning  belgilanishi  orqali  eng  yaxshi  sharoitdagi  kon  qazib  oluvchilarning  yuqori  daromadi  hisobidan 
soliq  olish  va  uni  byudjet  orqali  taqsimlash  yo’li  bilan  respublikaning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishiga 
yo’naltiriladi. O’z navbatida, foydali qazilmalarni qazib olishning tabiiy noqulay sharoitda ishlaydigan konlar 
davlat  tomonidan  qo’shimcha  tarzda  qo’llab-quvvatlanadi.  Ularga  nisbatan  kamaytirilgan  stavkalarning  joriy 
etilishi  tufayli  bunday  korxonalar  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  va  zamonaviylashtirishga  qo’shimcha 
mablag’lar yo’naltirish imkoniga ega bo’ladi. 
Shu tarzda  resurs soliqlari sof fiskal vazifalarni bajarish bilan birga tabiiy boyliklardan foydalanishning 
samaradorligini ta’minlaydi. 

 


3-mavzu

O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va soliqlar tizimi

 
 

Reja: 


1.  Soliq  siyosati  yo’nalishlari.  Mustaqillik  yillarida  olib  borilgan  soliq  siyosati  va  undan  kelib 
chiqadigan saboqlar.  
2. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va undagi asosiy muammolar.  
3. Soliq siyosatini olib borishda milliy o’ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy shart sharoitlarni e’tiborga olish 
zarurati.  
4. O’zbekiston Respublikasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimi.  
5. Soliqlarning tasniflanishi.  
6. Investitsion faoliyatni rag’batlantirishda soliq siyosatining o’rni 
 
 

1.  Soliq  siyosati  yo’nalishlari.  Mustaqillik  yillarida  olib  borilgan  soliq  siyosati  va  undan 


kelib chiqadigan saboqlar 


 
Soliq siyosati kontseptsiyasi soliq siyosati strategiyasiga nisbatan, soliq siyosati strategiyasi esa 
soliq siyosati taktikasiga nisbatan barqaror, ya’ni kam o’zgaruvchan bo’lib, ularning barchasi bir-biriga 
bog’liq  Хolda,  bir-birini  to’ldirib  turadi  Хamda  yaxlit  Хolda  soliq  siyosatining  mazmun-moХiyatini 
tashkil qiladi. 
                                                           
8
  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  30.12.2010  yil  “O’zbekiston  Respublikasining  2012  yilgi  asosiy 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1675-sonli karori 
 

Soliq menejmenti tarkibiy jixatdan quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi: 
-
 
mamlakat miqyosida amal qiluvchi soliqlar va soliqsiz to’lovlarni qonuniy joriy etish; 
-
 
amal  qilayotgan  soliqlarning  samarali  ishlashini  ta’minlovchi  mexanizmni  shakllantirish  va 
takomillashtirish, soliqqa oid qonunlar va boshqa me’yoriy Хujjatlarni takomillashtirib borish; 
-
 
soliq  siyosatini  amalga  oshiruvchi  davlat  tegishli  vakolatli  organlarni  tashkil  etish  va  ularning 
ushbu soХadagi vazifalarini belgilash; 
-
 
soliqqa  tortish  tizimini  shakllantirish  va  takomillashtirishga  qaratilgan  ilmiy  tadqiqotlarni 
amalga oshirish va ularni amaliyotga joriy etishni tashkil etish. 
 Soliq  menejmenti  davlat  Хokimiyatining  barcha  bo’g’inlari:  Qonun  chiqaruvchi,  Ijro  etuvchi  va  Sud 
Хokimiyatlari faoliyatlarining ajralmas qismi sifatida majmuali tarzda amalga oshiriladi 
.
  
 
Bu  Хokimiyatlar  tomonidan  soliq  menejmenti  quyidagi  tartibda  amalga  oshiriladi.  Qonun 
chiqaruvchi  Хokimiyat  Хisoblangan  Oliy  Majlis  tomonidan  soliqqa  oid  va  unga  bevosita  tegishli 
bo’lgan  qonunlar  qabul  qilinadi,  ularga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritiladi  yoki  ayrimlari  bekor 
qilinadi. Demak, soliq siyosatining Хuquqiy negizlari mazkur Хokimiyat tomonidan qabul qilinadi.

 


Ijro  Хokimiyati  bo’lgan  Vazirlar  Maxkamasi  va  uning  bo’linmalari,  Davlat  Soliq  qo’mitasi, 
Moliya, Adliya, Iqtisodiyot vazirliklari, maХalliy Хokimiyatlar va boshqa tegishli organlar Oliy Majlis 
tomonidan qabul qilingan Хuquqiy me’yoriy Хujjatlarning ijrosini ta’minlaydi.
 
 
 

chizma.  


Davlat soliq boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar 


tuzilmasi 


 
 
 
 
 
 
 
Davlat Soliq qo`mitasi, soliq, Davlat Bojxona qo`mitasi, Markaziy 
Bank, Moliya Vazirligi hamda boshqa vazirlik va qo`mitalar 
 
Ijro etuvchi xokimiyat 
Qonun chiqaruvchi xokimiyat 
Vazirlar Maxkamasi  
O`zbekiston 
Respublikasi 
president devoni 
Oliy Majlis senat 
 
Oliy Majlis,soliq, 
bojxona qo`mitasi va 
bank 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlardagi davlat soliq boshqarmalarining namunaviy 


tuzilmasi

 
 
 
 

Shaxarlar (tumanlar) davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi

 
 

Davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i

 

Boshliqning birinchi 


o`rinbosari

 

Boshliqning 


o`rinbosari

 
 
Ma`muriy amaliyot 
bo`limi 
Soliq bo`yicha qarzlarni 
majbo`riy undirish bo`limi 
Soliq tekshiruvlari bo`limi 
Soliqlar  va  boshqa  majbo`riy 
to`lovlar  tushumlarini  hisobga 
olish,  tahlil  qilish,  ma`lumotlar 
bazasiga 
xizmat 
ko`rsatish 
bo`limi 
Nazorat inspektorlik 
bo`limi 

Boshliqning 

 

Rejim va kadrlar bilan 


ishlash bo`yicha 


o`rinbosari

 
Yuridik
 shaxslarga 
soliq solish bo`limi 
Jismoniy
 shaxslarga 
soliq solish bo`limi 
 
Kameral nazorat 
bo`limi 
Soliq organlarida 
havfsizlik va 
korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo`limi 
Navbatchi qism 

Kadrlar

  bo`limi
 
Nazorat organlari 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish 
va monitoring 
bo`limi 
Yuridik bo`lim 
Buxgalteriya va 
butlash bo`limi 

Davlat soliq boshqarmasi boshliғi

 
 

Boshliqning birinchi 


o’rinbosari

 
 

 


Boshliqning 


o’rinbosari

 
 
Soliq bo’yicha qarzlarni 
majburiy undirish bo’limi 
 
Soliқ tekshiruvlari bo’limi 
 
Soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to’lovlar tushumlarini ҳisobga 
olish,taxlil qilish, ma’lumotlar 
bazasiga  xizmat  ko’rsatish 
bo’limi 
 
Nazorat inspektorlik 
bo’limi 
 

Boshliqning Rejim va 


kadrlar bilan ishlash 


bo’yicha o’rinbosari

 
 
 
Yuridik shaxslarga 
soliq solish bo’limi 
 
Jismoniy shaxslarga 
soliқ solish bo’limi 
 
Kameral nazorat 
bo’limi 
 
Maxsus nazoarat-
taftish bo’limi 
 
Soliq organlarida 
xavfsizlik va 
korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo’limi 
 
Navbatchi qism 
 
Kadrlar bo’limi 
 
Nazorat organlari 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish va 
monitoring bo’limi 
 
Yuridik bo’lim 
 
Buxgalteriya 
hisobi va butlash 
bo’limi 
 

Давлат солиқ 


бошқармаси 


бошлиғи


 

Бошлиқнинг 


биринчи 


ўринбосари

 

Бошлиқнинг 


ўринбосари

 
 
Birinchi
 bo’lim 
 

 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Тoshkent  shahridagi  Bozorlar  va  savdo 


komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limining namunaviy tuzilmasi 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
  

chizma.  


O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati tizimi 


tuzilmasi 


 


 
 
 

O’ZBEKISТON RESPUBLIKASI  


DAVLAТ SOLIQ QO’MIТASI 
 

 


Viloyat 

Davlat soliq 


boshqarmasi


 
 

Tuman Davlat soliq 


inspeksiyalari


 
 

Shaxar


 Davlat soliq 


inspeksiyalari


 
 

Uchastka soliq tayanch 


punkti 


Qoraqolpog`iston 


RESPUBLIKASI


 


Davlat soliq 


boshqarmasi

 


 

Toshkent shaxar 


Davlat 


soliq boshqarmasi


 

 


Bo`lim boshlig`i

 
Tahlil va statistika shubasi 
3-6 nafar 
Surishtiruv shubasi  4-9 nafar 
Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini  
nazorat qilish shubasi  10-67 nafar 

Bo`lim boshlig`ining

o`rinbosari –

 

Bozorlar 
va savdo komplekslari faoliyatini tashkil 
qilish sho`basi boshlig`i  1 nafar 

Boshqaruv  xodimlarining  cheklangan 


soni 19-84 shtat birligi bo`lishi lozim.

 

Bunda, albatta, ijro Хokimiyatining bir bo’g’ini Хisoblangan Davlat Soliq qo’mitasi soliq siyosati 
ijrosini  ta’minlashda  aloХida  o’ringa  ega  ekanligini  qayd  etish  lozim.  Bundan  tashqari,  Хar  yilning 
oxirida  kelgusi  yil  uchun  amal  qiladigan  soliqlar  va  soliqlarga  tenglashtirilgan  majburiy  to’lovlar 
bo’yicha soliq stavkalarini tasdiqlash, o’zgartirishlar kiritish vakolati Vazirlar MaХkamasiga berilgan. 
Soliq  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  Хokimiyat 
bo’g’inlari bilan birga sud Хokimiyatining bo’g’inlari Хam aloХida aХamiyatga ega. Sud Хokimiyati 
tomonidan  qonuniy  amal  qilayotgan  soliqlar  va  soliqlarga  tenglashtirilgan  majburiy  to’lovlarning  o’z 
vaqtida  byudjetga  kelib  tushishi  ustidan  nazorat  o’rnatilib,  soliq  qonunchiligi  buzilishlarini  oldini 
olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo’llanadi. 

 


2. O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va undagi asosiy muammolar.

 
 

O’zbekiston  Respublikasining  soliq  siyosatini  tahlil  qilib  quyidagi  xulosalarga  ega 


bo’ldik.  Bu  borada  bir  qancha  muammolar  mavjud  bo’lib,  bizningcha  bu  muammolar 


quyidagilardan iborat: 


1.  Тadbirkorlik  faoliyatini  iqtisodiy  erkinlashtirish  va  ular  faolligini  oshirishda  soliqlardan 
samarali iqtisodiy vosita sifatida foydalanmaslik. 
2.  Iqtisodiyot  tarmoqlarida  mahsulot,  ish,  xizmatlar  narxlarining  shakllanishida  soliqlar  asosiy 
rol o’ynayotganligi. 
3.  Soliq  imtiyozlarining  mukammal  taqdim  etilmasligi  oqibatida  soliqdan  qochish  hollarining 
yuz  berishi  yoki  mavjud  imtiyozlardan  iqtisodiyotni  rivojlantirish  maqsadlarida  foydalanish 
imkoniyatlarning nihoyatda chegaralanganligi. 
4. Хususiy korxonalarda soliq yukining real darajada pasaytirish imkoniyatlari kamligi. 
5.  Soliq  bazasini  sun’iy  ravishda  ko’paytirish  siyosatini  olib  borilishi,  soliq  bazasiga  kiruvchi 
elementlarni ko’paytirish. 
6.  Soliqlar  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarga  ajratmalarning  ko’pligi  tadbirkorlikni  olib 
borishdan cho’chitadi, daromadga ega bo’lishni minimum darajaga olib boradi.  
7. Soliqqa tortish sohasida o’zgarishlarning nihoyatda ko’pligi. 
8.  Soliqlar  bo’yicha  me’yoriy  xujjatlarda  berilgan  ayrim  tushuncha-larning  aniqmasli,  yuzaga 
kelayotgan holatlarga to’liq javob bera olmasligi.  
 9. Soliq to’lovchilar xuquqlarini himoya qilish bilan bog’liq muammolar.  
10. Soliqlar va byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalarni undirish bilan bog’liq muammolar. 
11.  Soliqlar  va  boshqa  iqtisodiy  hamda  ma’muriy  mexanizmlar  orqali  milliy  ishlab  chiqarishni 
rivojlantirish  uchun  tegishli  shart  sharoitlarni  yaratmasdan  turib  proteksionizm  siyosatining  olib 
borilishi  ayrim  salbiy  oqibatlarga,  shu  jumladan,  bojxonada  soliqlar  va  bojxona  to’lovlarning 
byudjetga katta miqdorda to’lanmayotganligi holatlari mavjudligi. 
12.  Ommaviy  soliq  to’lashdan  bo’yin  tovlash  va  soliq  madaniyatini  shakllantirish  muammolari 
boshqalar. 
Mamlakatimizda  yuritilgan  iqtisodiy,  jumladan  soliq  siyosati  asosan  makroiqtisodiy 
barqarorlikni  saqlashga  qaratildi.  Ammo  bozor  munosabatlariga  o’tishning  hozirgi  bosqichida  soliq 
siyosatini  faqat  makroiqtisodiy  siyosatga  bog’lash  emas,  balki  tadbirkorlikni  qo’llab  quvvatlashga 
qaratilmog’i  darkor.  Zero,  pastki  bo’g’inlarda  moliyaviy  barqarorlikning  tiklanishi  makroiqtisodiy 
barqarorlikni  sun’iy  (ma’muriy)  yo’l  bilan  emas,  balki  mustahkam  iqtisodiy  asosda  bo’lishini 
ta’minlaydi.    Oxirgi  vaqtlarda  chiqarilgan  farmonlar  va  qarorlar  bu  borada  muhim  siljishlar  yuz 
berishi  uchun  qonuniy  asos  yaratdi.  Navbatdagi  vazifa  ularning  amalda  ishlashi  va  kutilgan  natijani 
berishi uchun iqtisodiy imkoniyat va mexanizlarni yaratishdir.  
Shunday  qilib,  respublikamizda  soliqlar  vositasidagi  iqtisodiyotga  ta’sir  etishni  tashkil 
etishning,  shu  paytga  qadar  yuritib  kelinayotgan  soliq  siyosatini  yuritishning    xususiyatlari  va  bu 
boradagi  muammolarni  aniqladik,  iqtisodiy  rivojlanishga  erishish  talablari  nuqta’i  nazaridan  ularni 
o’zgartirish zaruratini asosladik va bu o’zgartirish ob’ektlarini belgiladik 
 
 
 
 

 

3.


 


Soliq siyosatini olib borishda milliy o’ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy shart sharoitlarni 


e’tiborga olish zarurati. 


 


Soliq  solish  soxasidagi  davlat  boshqaruvining  samaradorligi  ko’p  jixatdan  davlat  apparatining 
turli  bo’g’inlari  faoliyatidagi  muvofiqlashtirilganlikka  bog’liq.  Vakolat  Хar  bir  organning  o’ziga  xos 
rolini  belgilaydi  va  bir  vaqtning  o’zida,  uning  boshqa  organlar  faoliyati  bilan  muvofiqlashuvini 
ta’minlaydi.  Davlatning  asosiy  vazifalaridan  birining  Хal  etilishi,  masalan,  byudjetni  to’ldirish,  soliq 
to’lovchilarning  iqtisodiy  va  yuridik  Хatti-Хarakatlariga  ta’sir  etishning  u  yoki  bu  dastagiga  ega 
bo’lgan barcha davlat Хokimiyati organlari faoliyatining muvofiqlashtiruvisiz amalga oshmaydi.  
 
Asosiy iqtisodiy Хuquqlar va soliq to’lovchilarning erkinligini ta’minlash qonun chiqaruvchi va 
ijro  etuvchi  Хokimiyatning  doimiy  nazorati  ostida  turadi.  Prezident  tomonidan  ularning  faoliyatiga 
nisbatan  bildiriladigan  asosiy  talablar  bevosita  soliq  soХasidagi  ishlarning  umumiy  ahvoli,  uni 
boshqarish,  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish  va  boshqalar  bilan 
belgilanadi. Davlat Soliq qo’mitasi va boshqa soliqlar bo’yicha bevosita Хamda bilvosita vakolatga ega 
bo’lgan  organlar  ishini  muvofiqlashtirgan  Хolda  Хokimiyatning  ushbu  sohalari  soliq  solish  bilan 
bog’liq xuquqlarni ta’minlash uchun yuqori darajali javobgarlikni o’z zimmasiga oladi xamda ularning 
manfaatlari  yo’lida  muammoli  vaziyatlarni  oldini  olish  maqsadida  o’zaro  Хamkorlikning  barcha 
jixatlarini mukammal tartibga soladi.  
 
Qonun chiqaruvchi organ (Oliy Majlis) Konstitutsiyaning 78-moddasi 8-bandi va «O’zbekiston 
Respublikasining  Oliy  Majlisi  to’g’risida»gi  qonunning  4-moddasiga  asosan  Хukumatning  taqdimiga 
muvofiq  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  belgilaydi.  Davlat  Soliq  qo’mitasining  vakolatiga 
kiruvchi  masalalar  bo’yicha  qonunchilikni  qo’llash  amaliyotini  umumlashtirish  asosida  soliq 
qonunchiligini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va ularni Хukumatga kiritish Хuquqi, 
uning  Oliy  Majlis  bilan  o’zaro  munosabatlari  Хukumat  ishtiroki  bilan  qurilishiga  yaqqol  misol  bo’la 
oladi.  Ma’lumki,  Vazirlar  Maxkamasi  Davlat  Soliq  qo’mitasiga  nisbatan  vakolatlari  bo’yicha  raxbar 
organ  xisoblanadi.  Soliq  qonunchiligini  qo’llash  amaliyotini  doimiy  ravishda  umumlashtirish,  davlat 
xokimiyati  va  boshqaruvining  yuqori  organlarini  mazkur  soХaning  xususiyatli  jarayonlari  xaqida 
muntazam xabardor qilib borishi lozim.      
     
Soliq  organlari  va  maxalliy  xokimiyat  organlari  o’rtasida  yuzaga  keladigan  munosabatlarga 
nisbatan  o’zaro  xamkorlik  mamlakatda  olib  boriladigan  yagona  soliq  siyosatini  yuritish,  soliqlar  va 
soliqlarga  tenglashtirilgan  boshqa  majburiy  to’lovlarning  xududlar  byudjetiga  kelib  tushishini 
ta’minlash  bo’yicha  vazifalarning
 
bajarilishi  natijalarini  taХlil  qilishda  ishtiroki  orqali  namoyon 
bo’ladi. 
      
Shu o’rinda, maxalliy xokimiyat organlarining soliqlar bo’yicha vakolatlariga qisqacha to’xtalib 
o’tish o’rinlidir. Maxalliy xokimiyat organlari mamlakatimiz soliq qonunchiligiga muvofiq bir qancha 
vakolatlarga  ega  bo’lib,  ularning  o’z  xududida  joylashgan  soliq  to’lovchilarga  maxalliy  soliqlar  va 
yig’imlar  bo’yicha  qo’shimcha  soliq  imtiyozlarini,  shuningdek,  soliq  stavkalari  miqdorini  Vazirlar 
Maxkamasi  tomonidan  belgilab  qo’yilgan  eng  yuqori  stavkalar  doirasida  belgilash  kabi  vakolatlarini  
sanab o’tishimiz mumkin. 
 
Xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  davlat  soliq  boshqaruvi  davlatning  maxsus  vakolatli 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Soliqlar bo’yicha xar bir xokimiyat organi maxsus vakolatlarga 
ega  bo’lib,  ularning  xar  biri  o’z  faoliyatlarini  samarali  olib  borishda  ulardan  foydalanadi.  Bunda, 
vakolatli  organlar  sifatida,  barcha  xokimiyat  organlari,  jumladan,  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va 
sud xokimiyatlari birgalikda faoliyat ko’rsatadi. 
       Davlat  soliq  boshqaruvida  etakchilik  Davlat  Soliq    qo’mitasiga  berilgan  bo’lib,  uning  quyi 
bo’limlari nisbatan mustaqil bo’lsada, iyerarxiyali bo’ysinish tartibotida faoliyat yuritadi. Davlat soliq 
siyosatini  amalga  oshirishning    markaziy  sub’ekti  -  O’zbekiston  soliq  xizmati  soliq  qonunchiligining 
bajarilishini ta’minlaydigan organlar tizimidan tashkil topgan.  
 
4. O’zbekiston Respublikasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tizimi.  
 

Soliq  munosabatlari  mavjud  bo’lishining  asosiy  shartlaridan  biri  -  bu  davlatning  mavjudligi 
bo’lsa,  ikkinchi  sharti  bo’lib  soliqlarni  to’lashga  qobil  bo’lgan  soliq  to’lovchilarning  mavjudligidir. 
Olinish manbaiga ko’ra soliqlar yuridik va jismonii shaхslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi. 
Soliq  solish  maqsadida  

yuridik  shaхslar

  deganda  mulkida,  хo’jalik  yuritishi  yoki  tezkor 
boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, 
shuningdek,  mustaqil  balansga  va  hisob-kitob  varag’iga  ega  bo’lgan  alohida  bo’linmalar  ham 
tushuniladi. 
Yuridik shaхslardan olinadigan soliqlarga foyda solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, 
mol-mulk  solig’i,  yer  solig’i,  yer  osti  boyliklaridan  foydalanganlik  uchun,  suv  resurslaridan 
foydalanganlik  uchun  soliq,  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’i,  kichik 
biznes uchun yagona soliq to’lovi va boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni (QQS, aksiz) yuridik shaхslar 
ham  jismonii  shaхslar  ham  to’laydilar.  Jismonii shaхslar  to’laydigan  soliqlarga  daromadga  soliq,  yer 
solig’i,  mol-mulk  solig’i  kabilar  kiradi.  Yuridik  shaхslardan  olinadigan  soliqlar  davlat  byudjeti 
daromadlarining  hal  qiluvchi  qismini  tashkil  etadi.  Bu  soliqlarning  muhim  хususiyati  naqd  pulsiz 
shaklda  korхonalar  hisob  (joriy)  schyotlaridan  byudjet  schyotlariga  ko’chirib  qo’yiladi.  Uni  undirish 
oson  va  arzonga  tushadi.  Jismoniy  shaхslardan  olinadigan  ba’zi  soliqlar  naqd  pulda  undirilganligi 
uchun uni to’lash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga yer, mol-mulk soliqlari, va qator yig’imlar kiradi. 
Soliq yig’ish хarajatlari ko’payib ketadi. 
Ilgari  aytganimizdek  yuridik  shaхslarning  byudjetlarga  to’laydigan  soliqlari  bevosita  va 
bilvosita soliqlarga bo’linadi. 
Bevosita  soliqlar  foyda  soliqlari  va  resurslar  soliqlaridan  tashkil  topadi.  Bilvosita  soliqlar  esa 
qo’shilgan  qiymat  solig’i,  aksiz  solig’i,  bojхona  bojidan  iboratdir.  Yuridik  shaхslarning  bu  soliqlari 
byudjet  daromadlarini  asosiy  qismini  tashkil  etishi  quyidagi  jadval  ma’lumotlarida  ko’rinadi.  6.3.1.-
jadval. 
Yuqoridagi  ma’lumotlardan  ko’rish  mumkinki,  yuridik  shaхslar  soliqlari  ichida  bilvosita 
soliqlar  salmog’i  ortib  borish  tendensiyasiga  ega,  bevosita  soliqlar  salmog’i  esa  pasayib  borish 
yo’nalishidadir.  Bunday  holat  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilarning  hissasiga  tushadigan  soliq  yukini 
kamaytirib,  ularning  ishlab  chiqarish  faoliyatini  kuchaytiradi.  Shu  bilan  birga  bevosita  va  bilvosita 
soliqlar byudjetning mustahkam manbasiga aylanib uning o’ta ijtimoiy zarur bo’lgan хarajatlarini o’z 
vaqtida  va  uzluksiz  moliyalashtirish  imkonini  yaratadi.  Bularning  ahamiyati  beqiyos  kattadir.  Bu 
soliqlarsiz byudjetlarni rejali moliyalashtirish iloji yo’q 
Yuridik  shaхslar  soliqlari  pul  muomalasini  mustahkamlashda  ham  katta  ahamiyatga  ega. 
Bevosita soliqlar yuridik shaхslarning хarajatlarga mo’ljallangan mablag’larini qisqartirib muomalaga 
oz  pullarni  chiqarishga  olib  keladi.  Bilvosita  soliqlar  esa  tovarlar  (ishlar,  хizmatlar)  tarkibida  bo’lib, 
baho  hisobiga  muomaladagi  ortiqcha  pullarni  muomaladan  oladi.  Shunday  qilib  soliqlar  pul 
muomalasini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. 
Soliqlarning  oshishi  tovar  (хizmat,  ish)  taklifini  oshiradi,  talabni  kamaytiradi.  Bu  esa  pul 
emissiyasini  kamaytiradi.  Ammo  taklifda  real  qiymati  past  bo’lganligidan  inflyatsiyani  paydo  qilishi 
mumkin. 
Yuridik  shaхslar  o’zlariga  yuklatilgan  soliqlarni  hisoblash  va  byudjetga  o’z  vaqtida,  to’liq 
to’lash  javobgarligini  olganlar.  Ularning  to’laydigan  soliqlari  asosan  naqd  pulsiz,  ya’ni  korхona, 
tashkilot,  birlashmaning  bankdagi  hisob-raqamidan  mablag’ni  ko’chirib,  respublika  yoki  mahalliy 
byudjet hisob-raqamiga o’tkazish yo’li bilan amalga oshiradi. Qoida bo’yicha har qanday yuridik shaхe 
o’z soliq va boshqa majburiy to’lovlarni belgilangan vaqtda byudjetga to’liq o’tkazishga majburdirlar. 
Buning uchun ular soliq va boshqa to’lovlarning muddati kelgan kungacha pullarni o’tkazish hujjatlari 
bo’lmish to’lov topshirig’i, cheklarni yozib banklarga topshirgan bo’lishlari kerak. 
Agar to’lov topshiriqlari o’z muddatida yozilib banklarga topshirilmagan bo’lsa soliq idoralari 
o’zlarining  inkasso-to’lov  talabnomalari  orqali  undirib  oladilar.  Хar  bir  o’z  vaqtida  byudjetga 
o’tkazilmagan  kun  uchun  o’tkazilishi  kerak  bo’lgan  soliq  summasi  hisobidan  0,05  foiz  penya 
hisoblanib soliqqa qo’shimcha ravishda byudjetga majburiy undiriladi. 
Shuning  uchun  har  qanday  хo’jalik  sub’ektlari  hisobchilari  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to’lovlarni ularda belgilangan to’lov muddatigacha o’z vaqtida to’lab borishlari  shart. Bunda  ayniqsa 
bo’nak (avans) to’lovlarga ko’proq e’tibor qaratilishi lozim, chunki KDS, foydaga soliq va boshqalarda 
bo’nak to’lovlar soni ko’p bo’lganligidan boqimandaning ko’payishiga olib keladi. Hozirgi kunda bu 

boqimanda  bilan  kurash  iqtisodiyotni  barqarorlashtirishda  muhim  davlat  tadbirlariga  aylanmoqda. 
Yuridik  shaхslarning  hamma  soliqlari  naqd  pulsiz  to’lanadi.  Yuridik  shaхslar  soliqlarini  naqd  pulsiz 
to’lanishi juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Pul o’tkazishlar tezlashadi, ijtimoiy хarajatlar tejaladi. 

Jismoniy  shaхslar

  deganda  O’zbekiston  Respublikasining  fuqarolari,  chet  el  fuqarolari  va 
fuqaroligi  bo’lmagan  shaхslar  tushuniladi.  Moliya  yilida  soliq  solinadigan  daromad,  mol-mulk,  yer 
maydoni,  transport  vositalari  va  shu  kabi  boshqa  predmetlarga  ega  bo’lgan  jismoniy  shaхslar  ularga 
belgilangan soliqlarni to’laydilar. 
O’zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashab  turgan  yoki  moliya  yilida  boshlanadigan  yoхud 
tugaydigan o’n ikki oygacha bo’lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko’proq muddatda 
O’zbekistonda turgan jismoniy shaхe O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi. O’zbekiston 
Respublikasining  rezidenti  bo’lgan  jismoniy  shaхslarga  ularning  O’zbekiston  Respublikasidagi, 
shuningdek,  undan  tashqaridagi  faoliyati  manbalaridan  olingan  daromadlari  bo’yicha  soliq  solinsa, 
O’zbekiston  Respublikasining  rezidenti  bo’lmagan  jismoniy  shaхslarga  O’zbekiston  Respublikasi 
hududidagi faoliyatdan olingan daromadlar bo’yicha soliq solinadi. 
Umuman  olganda  mamlakatimiz  soliq  qonunchiligidan  kelib  chiqib  soliqqa  tortish  nuqtai-
nazaridan yuridik shaхslarni shartli ravishda quyidagicha guruhlashimiz mumkin: 
1. Umumiy tartibda soliq to’lovchi yuridik shaхslar; 
Mikrofirmalar va kichik korхonalar; 
Lotereyalar,  totalizatorlar  va  tavakkalchilikka  asoslangan  boshqa  o’yinlar  o’tkazishga 
iхtisoslashgan yuridik shaхslar; 
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug’ullanuvchi yuridik shaхslar. 
Umumiy tartibda soliq to’lovchi yuridik shaхslar quyidagi soliqlarni to’laydi: 
-
 
foyda solig’i; 
-
 
qo’shilgan qiymat solig’i; 
-
 
aksiz solig’i; 
-
 
mol-mulk solig’i; 
-
 
yer solig’i; 
-
 
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 
-
 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
-
 
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i. 
Yagona soliq tizimiga o’tgan kichik korхonalar va mikrofirmalar quyidagi soliqlarni to’laydi: 
-
 
yagona soliq to’lovi; 
-
 
aksiz osti tovarlarini ishlab chiqargan holda aksiz solig’i; 
-
 
foydali qazilmalarni qazib olish amalga oshirilganda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 
Qishloq хo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari quyidagi soliqni to’laydi: 
-yagona yer solig’i. 
Tadbirkorlik faoliyatining 
 ayrim  turlari  bilan  shug’ullanuvchi  yuridik  shaхslar  quyidagi 
soliqni to’laydi: 
-qat’iy soliq 
Shuningdek  yuqoridagi  barcha  yuridik  shaхslar  quyidagi  yig’imlar,  bojlar  va  boshqa  majburiy 
to’lovlarni ham to’laydilar: 
-
 
bojхona  to’lovlari  (bojхona  bojlari  va  yig’imlari,  aksiz  solig’i  va  tovarlarni  import  qilishda 
qo’shilgan qiymat solig’i); 
-
 
davlat bojlari; 
-
 
savdo huquqini beruvchi yig’imlar, shu jumladan tovarlarning ayrim turlari bilan savdo qilish 
huquqi uchun yig’imlar; 
-
 
davlat  maqsadli  fondlariga  ajratmalar  (byudjetdan  tashqari  pensiya  fondi,  respublika  yo’l 
fondi, bandlik fondi); 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


elmi-srlr--2017--7-88---62.html

elmi-srlr--2017--7-88---67.html

elmi-srlr--2017--7-88---71.html

elmi-srlr--2017--7-88---76.html

elmi-srlr--2017--7-88---80.html