1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15

5. O’quvchilarni baholash.

Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi


6. Uyga vazifalar.



64-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Transformatorlar

Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga transformatorlarning tuzilishi va ishlashi, transformatsiyalash, transformatorda energiyaning aylanishi haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga axloqiy va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish

d) O’quvchilarning fikrlash qobiliyati va dunyoqarashini rivojlantirish, xotirasini mustahkamlash

Dars turi

: yangi bilim berish

Dars uslubi

: suhbat, savol – javob

Dars jihozi

: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar, transformator

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

1.

Tashkiliy qism.

O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2.

O'tilgan mavzuni takrorlash:

1) Issiqlik elektrostansiyasi blokining tuzilishi va elektr energiya qanday ishlab chiqarilishini tushuntirib bering.

2) Gidroelektrostansiyada suvning mexanik energiyasi qay tarzda elektr energiyaga aylantiriladi?

3) Atom elektrostansiyasining issiqlik elektrostansiyasiga o'xshashligi va undan farqi nimadan iborat?

4) Shamol elektrostansiyasida elektr energiya qay tarzda ishlab chiqariladi?

5) O'zbekistondagi qanday yirik elektrostansiyalarni bilasiz?


3. Yangi mavzu bayoni:

Transformator deb ataluvchi asbobda ikkita g'altak umumiy o'zakka kiydiriladi. Bunda birinchi g'altakdagi o'ramlar - birlamchi chulg'am, ikkinchi g'altakdagi o'ramlar - ikkilamchi chulg'am deyiladi.

Birlamchi chulg'amni U kuchlanishli o'zgaruvchan tokka ulaylik. O'zgaruvchan tok chulg'amlarda o'zgaruvchan magnit maydonni hosil qiladi. Bu chulg'amning magnit kuch chiziqlari o'zak bo'yicha ikkilamchi chulg'amga o'tadi Natijada ikkilamchi chulg'amda U2 kuchlanishli o'zgaruvchan induksion tok hosil bo'ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg'amdagi tokning chastotasi bilan bir xil bo'ladi.

Bu chulg'amning magnit kuch chiziqlari o'zak bo'yicha ikkilamchi chulg'amga o'tadi Natijada ikkilamchi chulg'amda U2 kuchlanishli o'zgaruvchan induksion tok hosil bo'ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg'amdagi tokning chastotasi bilan bir xil bo'ladi.

Ikkilamchi chulg'amdagi U2 kuchlanishning miqdori birlamchi va ikkilamchi chulg'amdagi simlarning o'ramlar soniga bog'liqdir. Tajriba shuni ko'rsatadiki, ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni birlamchi chulg'amdagidan necha marta kam bo'lsa, ikkinchi chulg'amda hosil bo'lgan tokning kuchlanishi shuncha marta kam bo'ladi. Va aksincha, ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni birlamchi chulg'amdagidan necha marta ko'p bo'lsa, ikkinchi chulg'amdagi kuchlanish shuncha marta ko'p bo'ladi

O'zgaruvchan tok o'tayotgan o'tkazgichdagi kuchlanishni o'zgartirishga o'zgaruvchan tokni transformatsiyalash deyiladi. Transformator — o'zgaruvchan tok o'tayotgan o'tkazgichdagi kuchlanishni transfermatsiyalaydigan asbobdir.

«Transformatsiyalash», «transformator»

so'zlari lotincha

«transformo»

so'zidan olingan bo'lib,

«

о

'zgartiraman

» degan ma'noni bildiradi.
Agar transformatorning ikkilamchi chulg'a­midagi kuchlanish birlamchi chulg'amidagi kuchlanishdan katta bo'lsa, bunday transfor­mator yuksaltiruvchi transformator deb ataladi.

Yuksaltiruvchi transformatorda

n

2

> n

{

va

U

2

>

U\

bo'ladi.

Agar transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi kuchlanish biriamchi chulg'amidagi kuchlanishdan kichik bo'lsa, bunday transformator pasaytiruvchi transformator deb ataladi.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Rasmlar bilan ishlash


5. O’quvchilarni baholash.

Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.

65-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Laboratoriya ishi: Transformatorning tuzilishi va ishlashini o’rganish


Darsning maqsadi.

a) O'quvchilarning transformatorning tuzilishi va ishlashini o’rganish bo'yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash. b)

O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish d) O’quvchilarning olgan bilimlarini

amaliyotda mustahkamlash

Dars turi:

ko’nikma va

malakalarni shakllantirish

Kerakli jihozlar

: 30 V kuchlanishli o'zgaruvchan tok manbayi, 30 V kuchlanishni pasaytiruvchi transformator, reostat, voltmetr (2 ta), ampermetr (2 ta), kalit, ulovchi simlar.

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism

2. Ish haqida tushuncha

3. Ishni bajarish tartibi

1. Laboratoriya ishini o'tkazish uchun mo'ljallangan pasaytiruvchi transfor­matorni ko'zdan kechiring. Unga yozib qo'yilgan birlamchi chulg'amdagi o'ramlar soni – n1 ni va ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni - n2 ni jadvalga yozing. n1/n2 nisbatni hisoblang va jadvalga yozing.


2.Transformatorning birlamchi chulg'amini ampermetr va kaUt orqali 30 V kuchlanishli o'zgaruvchan tok manbayiga, ikkinchi chulg'amini reostat, voltmetr va ampermetrga 202- rasmda tasvirlangandek ulang
3. Yig'ilgan elektr zanjir sxemasini daftaringizga chizib oling.
4. Kalitni ulang. Voltmetrlar yordamida birlamchi va ikkilamchi chulg'amdagi U\ va U2 kuchlanishni o'lchang, U1/U2 nisbatni hisoblang, o'lchash va hisoblash natijalarini jadvalga yozing.
5.Reostat surgichining birinchi holatida birlamchi chulg'amdan o'tayotgan, tokni va ikkilamchi tokni ampermetrlar yordamida o'lchang, chulg'amdan o'tayotgan nisbatni hisoblang, natijalarni jadvalga yozing.
6. Reostat surgichini suring. Surgichning ikkinchi holatida birinchi chulg'amdan o'tayotgan I tokni va ikkilamchi chulg'amdan o'tayotgan I2 tokni o'lchang, I\ nisbatni hisoblang, o'lchash va hisoblash natijalarini jadvalga yozing.
7. Reostat surgichini suring. Surgichning uchinchi holatida birlamchi chulg'amdan o'tayotgan I tokni va ikkilamchi chulg'amdan o'tayotgan I2 tokni o'lchang, nisbatni hisoblang, o'lchash va hisoblash natijalarini jadvalga yozing.
8. Reostat surgichining uchala holati uchun I2/I1 nisbatning o'rtachasini hisoblang.
9. I2/I1 nisbatlarning o'rtachasi, n2/n1 va U2/U1 nisbatlarni taqqoslang. Nazariy jihatdan I2/Ii bo'lishi kerakligiga e'tibor bering.
10. Tajriba natijalarini tahlil qiling va mulohaza yuriting.

4. Mustahkamlash:

Laboratoriya ishi bajarib bo'lingandan so'ng olingan natijalar yuzasidan xulosa yoziladi.

Laboratoriya daftarlari terib olinadi

5.Uyga vazifa

: O’tilganlarni takrorlab kelish

66-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Elektr energiyani yig’ish


Darsning maqsadi.

a) O’quvchilarga elektr energiyani uzatish, kuchaytiruvchi yordamchi stansiya, elektr uzaish tarmoqlari haqida nazariy va ilmiy tushunchalarni hosil qilish

b) O’quvchilarga ekologik va estetik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o’rgatish, kasbga yo’llash

d) O’quvchilarning izlanuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini oshirish, dunyoqarashini rivojlantirish

Dars turi

: yangi bilim beruvchi

Dars uslubi

: suhbat, savol – javob

Dars jihozi

: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi

1.

Tashkiliy qism.

O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2.

O'tilgan mavzuni takrorlash:

1. Transformatorning vazifasi nimadan iborat?

2.Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlaridagi o'ramlar sonining nisbati, ulardagi kuchlanishlar nisbati va ulardan o'tayotgan tok kuchlari nisbati nazariy jihatdan qanday munosabatda bo'lishi kerak?

3. Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlaridagi o'ramlar sonining nisbati, ulardagi kuchlanishlar nisbati va ulardan o'tayotgan tok kuchlari nisbati nima sababdan bir-biriga aynan teng emas?

3.

Yangi mavzu bayoni:

Odatda, elektrostansiyalar aholi yashaydigan shahar va qishloqlardan uzoqda joylashgan bo'ladi. Elektr energiyani boshqa tur energiyalardan farqli ravishda, uni uzoq masofalardagi iste'molchilarga uzatish qulay.

Elektr energiya iste'molchilarga sim orqali uzatiladi. Lekin bunda elektr tokining ba'zi xususiyatlarini hisobga olishga to'g'ri keladi.

Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatishda tok o'tayotgan simlarning qizishini, bunda elektr energiyaning isrofini hisobga olish kerak.

Aytaylik, 10

ming

xonadoni bo'lgan shaharchani elektrostansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiya bilan ta'minlash kerak bo'lsin. Ming, minglar - oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Hozirgi Samarqand viloyati, qisman Fargʻona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod, Denov tumanlarida, Xorazmda va Tojikistonning Hisor tumanida yashaganlar. Xonadon elektr zanjiri 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulanadi. Har bir xonadon elektr zanjiridan o'rtacha 5 A dan tok o'tib turadi. U holda 10 ming xonadonli shaharchaga keladigan tarmoqdan 50 000 A tok o'tadi. Ammo, agar elektrostansiyada 220 V kuchlanishli tok ishlab chiqarilsa, uni ikkita sim orqali shaharchaga uzatish mumkin emas. Chunki 50 000 A tokka 1000 mm2 ko'ndalang kesimli mis sim ham bardosh berolmaydi. Bunday tok o'tganda sim qizib erib ketadi.

Katta miqdordagi elektr tokini uzoq masofalarga uzatishda simning qizimasligi va tokning ko'p isrof bo'lmasligi uchun ma'lum choralar ko'riladi.

Joul-Lens formulasidan kelib chiqadiki, elektr tarmog'ida energiya isrofini kamaytirish uchun tok kuchini va o'tkazgich qarshiligini kamaytirish zarur.

Uzatish tarmoqlaridagi o'tkazgichning qarshiligi kam bo'lishi uchun solishtirma qarshiligi kichik bo'lgan moddalardan tayyorlangan yo'g'on simlar ishlatiladi.

Tok kuchini kamaytirish uchun uning kuchlanishi orttiriladi. Tok quwatining P = IU formulasidan kelib chiqadiki, uzatilayotgan quwatni saqlab qolish uchun tok kuchini qanchaga kamaytirilsa, kuchlanishni shunchaga oshirish kerak bo'ladi.

Elektrostansiyada ishlab chiqarilgan tokning kuchlanishini oshirish kuchaytiruvchi yordamchi stansiyada transformatorlar yordamida amalga oshiriladi.

Kuchaytiruvchi yordamchi stansiyada yuksaltiruvchi transformatorlar yordamida ishlab chiqarilgan tok kuchlanishi 500-1150 kV gacha oshiriladi.

Yuqoridagi misolga qaytaylik. 10 ming xonadon 220 V kuchlanishli tarmoqdan 50000 A tok oladi. Bunda shaharchaga keladigan tokning quwati P = 50000 A • 220 V = 11000000 W = 11 MW bo'lishi kerak.


4. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Atamalarni izohlash:

5. O’quvchilarni bahoash

. Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi

6. Uyga vazifalar.



67-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: 8 – nazorat ishi

Darsning maqsadi.

a) O’tilganlarni takrorlash, masalalar yechish orqali o'quvchilarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini mustahkamlash.

b) O’quvchilarga aqliy tarbiya berish

d) O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

Dars turi:

nazorat qilish darsi

Darsda foydalaniladigan metod:

savol-javob, test sinovi.

Dars rejasi.

1. Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Nazorat ishi - 40 minut.

4. Darsni yakunlash — 3minut.

Darsning borishi

1. Tashkiliy

qism

.

O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni, test sinovi uchun test topshiriqlarni tayyorlab qo'yadi.

2.

Nazorat

ishi

.

O

'qituvchi tomonidan avvaldan tuzib qo'yilgan test- topshiriqlar asosida test sinovi o'tkaziladi.

1. “Statos” qanday ma’noni anglatadi?

A) qo’zg’almas B) aylantirmoq C) tarqatish D) olib kelish


2. Vaqt o’tishi bilan kattaligi va yonilishi davriy o’zgaradigan elektr toki……..deyiladi

A) o’zgarmas tok B) o’zgaruvchan tok C) galvanometr D) ossillograf


3. Induksion tok kattaligi nimalarga bog’liq?

A) g’latakdagi o’ramlar soniga B) g’altak diametriga C) magnitning harakatlanish tezligiga

D) hamma javob to’g’ri

4. O’zgaruvchan tok o’tayotgan o’tkazgichdagi kuchlanishni transpormatsiyalaydigan asbob?

A) transformator B) induksion tok C) elektrostansiya D) rotor


5. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida energiya isrofini kamaytirish uchun….

A) tok kuchini o’zgartirmay saqlanadi B) tok kuchini kamaytirib, kuchlanishni orttiradi

C) tok kuchini orttirish orqali D) kuchlanishni kamaytirish orqali

6. 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan transformatorning birlamchi chulg’amidagi o’ramlar soni 40 ta bo’lsa, ikkilamchi chulg’amida 660 V li kuchlanishni hosil qilish uchun undagi o’ramlar soni nechta bo’lishi kerak?

A) 220 B) 110 C) 880 D) 120


7. Takomillashgan transformatorlarning foydali ish koeffisienti qanchaga teng?

A) 99 – 99,5% B) 100% C) 50% D) 89%


8. AESlarda energiya sifatida nima qo’llaniladi?

A) ko’mir B) beft C) uran D) suv


9. Tok kuchi formulasini belgilang

A) I =  B) J = U∙R C) R =  D) R = ρ


10. Kuchlanish qaysi asbob yordamida o’lchanadi?

A) ampermetr B) Volttmetr C) galvonometr D) vattmetr


11. 28 mA necha Amperga teng?

A) 2800 B) 0,28 C) 280 D) 0,028


12. Mexanik tebranishlarni elektr tebranishlariga aylantirib beradi…..

A) mikrofon B) telefon C) ovoz karnayi D) g’altak


13. Yassi kondensator sig’imi formulasini belgilang

A) C=C1 C2 B) C= C) C= D) C=


14. Om qonuni formulasini belgilang

A) J =  B) I =  C) J =  D) J = Ut


15. Joul – Lens qonuni formulasini belgilang

A) Q = I2Rt B) Q = AUt C) Q = JRt D) Q = cm(t1-t2)

3. Uyga vazifa

: O’tilganlarni takrorlab kelish

68-dars Sana: 8-sinf

Mavzu: Umumlashtiruvchi takrorlash


Darsning maqsadi.

a) o’tilgan mavzularni takrorlash, masalalar yechish orqali nazariy jihatdan olgan bilimlarni mustahkamlash.

b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish

d) O’quvchilar xotirasini mustahkamlash

Dars turi:

umumlashtiruvchi dars

Darsda foydalaniladigan metod:

savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.

Darsning borishi

1.

Tashkiliy qism.

O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.

2.Takrorlash uchun topshiriqlar:

1) Nima uchun elektrostansiyalarda elektr energiyani uzoq masofaga uzatish uchun ularning kuchlanishi oshiriladi?

2) Kuchaytiruvchi yoramchi stansiyalarda kuchlanish qay tarzda oshiriladi?

3) Elektr uzatish tarmoqlari nimalardan tahkil topgan?

4) Pasaytiruvchi yordamchi stansiyalarda elektr kuchlanish qay tarzda pasaytiriladi?

X” va “O” o’yini


Atamalarni izohlash:



Zinapoya o’yini

Bu o’yinda 2 o’quvchi chiqib berilgan savollarga bir boshdan javob bera boshlaydi va zinalardan yuqoriga qarab harakatlanadi. Kim birinchi piramidaga chiqsa, g’olib hisoblanadi.



Jadval bilan ishlash

Elektrostansiyalarning xususiyatlari, farqli tomonlari va afzalliklarini yozing

3. O’quvchilarni baholash.

Darsda faol ishtirok etganlar baholanadi. Baholar kundalik daftar va sinf jurnaliga qo’yiladi


4. Uyga vazifalar.

O’tilganlarni takrorlash.

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15

Dars turi: yangi bilim berish Dars uslubi - 1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi

1-dars Sana: Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Darsning maqsadi


Download 1.66 Mb.
bet15/15
Sana24.03.2017
Hajmi1.66 Mb.

Dars turi

: yangi bilim berish

Dars uslubi

: suhbat, savol – javob

Dars jihozi

: darslik, ko’rgazmalar, rasmlar, model

Dars rejasi.

1.Tashkiliy qism - 2 minut.

2. Uy vazifalarini so'rash - 12 minut.

3.Yangi mavzuning bayoni - 18 minut.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash - 10 minut

5. O’quvchilarni baholash- 2 minut

6. Uyga vazifa berish - 1 minut.

Darsning borishi



          1. Tashkiliy qism.

            O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.

2. O'tilgan mavzuni takrorlash:

1. Induksion tok generatori deb nimaga aytiladi?

2.Induksion tok generatorining tuzilishi va ishlashini tushuntirib bering.

3.Elektr energiyani ishlab chiqarishda qo'llaniladigan generatorlarda 50 Hz chastotali elektr toki qanday hosil qilinadi?

4.O'zgaruvchan tokning xossalarini tushuntirib bering.

5.Ichki yonuv dvigateli yordamida elektr eneigiya nima hisobiga hosil qilinadi?


3. Yangi mavzu bayoni:

Elektrostansiyalarda induksion tok generatori yordamida boshqa turdagi energiyalar elektr energiyaga aylantiriladi.

Amalda elektr energiyani ishlab chiqarishda, asosan,

issiqlik elektrostansiyasi

(IES),

gidroelektrostansiya

(GES) va

atom elektrostansiyasi

(AES) dan foydalaniladi.

Issiqlik elektrostansiyasida yoqilg'ining yonishi jarayonida hosil bo'ladigan kimyoviy energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi.

Issiqlik elektrostansiyalarida yoqilg'i sifatida ko'mir, neft, mazut, torf, gaz, yonuvchan slaneslardan foydalaniladi.

IES har biri alohida ishlaydigan bir nechta blokdan iborat bo'ladi. Har bir blok yoqilg'i tayyorlash, suv tayyorlash, qozonxona, turbogenerator va bug'ni kondensatlash sexlaridan iborat.

IES bloklaridan biri 197- rasmda tasvirlangan. Bunda keltirilgan yoqilg'ilar

yoqilg'i tayyorlash sexida

yondirish uchun tayyorlanadi. Masalan, ko'mir begona aralashmalardan tozalanadi va kukun qilib maydalanadi.

Yondirish uchun tayyorlangan yoqilg'i maxsus quvur orqali

qozonxonaning

o'txonasiga uzatiladi. Qozonxona qozoniga

suv tayyorlash sexidan

quvur orqali suv kelib turadi. Yoqilg'i yonganda qozondagi suvni qaynatadi va yuqori bosimli bug'ni hosil qiladi. Katta bosimdagi bug'

turbogeneratorga

uzatiladi va u turbinani aylantiradi. Turbina esa induksion tok generatori rotorini aylantiradi va generatorda elektr toki hosil bo'ladi.

GESda katta tezlikdagi suv oqimi gidroturbinalarni, gidroturbinalar esa generatorning rotorini aylantiradi (198- rasm). Shu tariqa induksion tok generatorida elektr toki hosil qilinadi.

Gidroelektrostansiyada suvning mexanik energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi. ,

Katta tezlikdagi suv oqimini hosil qilish uchun daryolarga to'g'on quriladi. To'g'onga yig'ilgan katta miqdordagi suvning potensial energiyasi ham katta bo'ladi.

AESning ishlashi IESga o'xshashdir. Farqli tomoni — IES da yoqilg'i sifatida ko'mir, neft kabi organik mahsulotlar yondirilsa, AES larda ehergiya sifatida uran atomi qo'llaniladi. Atom elektrostansiyasida atom (uran yadrosi) energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi. AES da elektr energiyani ishlab chiqarish arzonga tushadi. Ularning ishlashida atrof-muhit havosi ifloslanmaydi. Lekin AES da hosil bo'ladigan radioaktiv chiqindilar atrofdagi aholi uchun xavflidir. Aholi ulardan o'ta himoyalangan bo'lishi kerak.

Shamol elektrostansiyalari

shamol muntazam bo'lib turadigan, uning tezligi 5 m/s dan katta bo'ladigan, markazlashtirilgan elektr ta'minot tarmoqlaridan uzoqda bo'lgan joylarda quriladi. Shamol elektrostansiyasida shamolning mexanik energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi.

4.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

Jadval bilan ishlash

Elektrostansiyalarning xususiyatlari, farqli tomonlari va afzalliklarini yozing


T/r

Issiqlik elektro

stansiyalari



Gidro

elektrostansiyalar



Atom elektrostansiyalari

Shamol elektro

stansiyalari








Elektromagnit

Induksiya



Om qonuni

Tok hosil bo’lish sababi

Induksiya

Maykl Faradey

Galvanometr

Induksion elektr

maydon


Magnit kuch

chiziqlari



Faradey tajribasi




3.Elektr dvigatel qo’llanilishi


3. Elektr dvigatel afzalliklari



2. Stator-?


2.Rotor - ?



1.Elektr dvigatel tuzilishi


1.Elektr dvigatel ishlash prinsipi


T/r

Issiqlik elektro

stansiyalari



Gidro

elektrostansiyalar



Atom elektrostansiyalari

Shamol elektro

stansiyalari








©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


eln-misr-olu-nsbov---shif-33.html

eln-misr-olu-nsbov---shif-38.html

eln-misr-olu-nsbov---shif-42.html

eln-misr-olu-nsbov---shif-9.html

eln-qarayev-irvan-xanlii-4.html