1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars  metodlari

bet24/24
Sana24.05.2018
Hajmi2.4 Kb.

Dars turi: 

yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars  metodlari:  

savol-javob,  “So‘zlardan  tuz  va  topib  o‘qi” 
mashqi.

Dars  jihozlari:  

mavzuga  oid  rasmlar,  tarqatma  materiallar,  multi-
media ilovalari.

Darsning borishi:


I. Tashkiliy qism. 

Salomlashish.  O‘quvchilarni darsga hozirlash.

II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘qituvchi o‘quvchilarni  “Oydin kecha” matnini o‘quvchilar  qism-
larga bo‘lib o‘qiydilar va hikoya qilib beradi.

“So‘zlardan    tuz  va  topib  o‘qi”  mashqi.  

O‘quvchilariga  

232
“Oydin  kecha”  matnidagi  so‘zlarning  o‘rnini  almashtirib    beriladi. 
O‘quvchilar shu so‘zlardan gaplar tuzib , matndan topib o‘qiydi.
ko‘z , bolalarning ,o‘ngida, bilinar-bilinmas, osmon, kelardi, yorishib;
Uning, oy, goho, xanjardek, yog‘dusida, tishlari, ko‘rinadi, yiltirab;
bildirmasdi, hech, Ozod, seskanayotganini, o‘zi;
sezmadi, allamahalgacha, elitganini, o‘y-xayollar bilan, uyqu, qachon;

III. Yangi mavzu bayoni.


Bugun biz “Bobomning sovg‘asi” hikoyasi bilan tanishamiz. (Mual-
lif  haqida  ma’lumot  beriladi.)  Matnni  o‘qituvchi  o‘qiydi  va  hikoya 
mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar hikoyani navbat bilan o‘qiydi, qol-
gan  o‘quvchilar  kuzatib  boradilar.  Notanish  so‘zlar  yuzasidan  lug‘at 
ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


laxcha

– qizarib , yallig‘lanib , lovullab turgan cho‘g‘, o‘t

so‘lim 

– yoqimli va go‘zal
    

ishqiboz 

– mehr-havas qo‘ygan, havasmand 

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. 

O‘quvchilar  “Bobomning sovg‘asi” hiko ya -
sini “Zanjir” usulida o‘qiydi  va qayta hikoya qiladi.
1. Obid bilan Murod qayerga bordi?
2. Bolalar bobosining bog‘ida qanday mevalar yeyishdi?
     3. Bobo nabirasiga nimani sovg‘a qildi?

“Oltinchisini top” o‘yini


1. Laylak, turna, qaldirg‘och, mayna, sa’va, …(bulbul)
2. Bo‘ri, bo‘rsiq, tulki, ayiq, yovvoyi cho‘chqa, …(arxar)
3. Tog‘, bog‘, adir, qir, tekislik, …(cho‘l)
4. Ummon, daryo, soy, irmoq, dengiz, …(ko‘l)

V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoya nima haqida ekan?
1. 
Siz qanda matnda uchramaydigan qushlar va hayvonlarni bilasiz?
2. 
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 

“Bobomning sovg‘asi” hikoyasini o‘qish.

166-d a r s


Mavzu

“Nihollarning nolasi” (Xudoyberdi To‘xtaboyev)

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: 

o‘quvchilarni “Nihollarning nolasi” hikoyasi bilan tanish-
tirish, ravon  va ifodali o‘qishga, matn ustida ishlashga o‘rgatish. 

FK 1: 

hikoya matnini tinglab tushuna oladi.

Tarbiyaviy:

  

o‘quvchilarni  tabiatni  sevishga  uni  asrab-avaylashga, 

233
undan  oqilona  foydalanishga  o‘rgatish,  tarbiyalash,  axloqiy  fazilatlarni 
singdirish. 

TK 3: 

tevarak-atrof muhitga insoniy munosabatda bo‘lish.

Rivojlantiruvchi: 


o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog‘-
lanishli nutqini o‘stirish, mantiqiy fikrlash malakalarini rivojlantirish. 

FK 2: 

hikoya qahramonlariga munosabat bildira olish.

Dars turi:

 yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi dars.

Dars metodlari:


  tushuntirish “Muallifini top”, “Baliq ovi” o‘yin lari.

Dars jihozlari

: tarqatma materiallar, multimediali  ilovalari.

Darsning borishi:


I. Tashkiliy qism. 

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. 

II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Bobomning  sovg‘asi”  hikoyasi  “Zanjir”  usulida  o‘qitilib,  qayta 
hikoya qildiriladi.

“Baliq ovi”

 

o‘yini.

 
1. Bola bilan Murod qanday yo‘ldan jo‘nadi?
2. Ular ertalabki shirchoyni kim bilan ichishdi?
3. Ular nima bilan o‘ynashdi?
4. Bobosi ularga nima haqida aytib berdi?
5. Rustam aka ularga chiroyli nimani ko‘rsatdi?
O‘qituvchi  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  tabiat 
ha qida  berilgan  moddalarni  o‘quvchilardan  so‘raydi  va  to‘ldiradi. 
50-mod dasida  “Fuqarolar  atrof  tabiiy  muhitga  ehtiyotkorona  munosa-
batda bo‘lishga majburdirlar” deyilgan. 
55-moddasida:  “Yer,  yer  osti  boyliklari,  suv,  o‘simlik  hayvonot 
dun yosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona  foydalanish  zarur  va  ular  davlar  muhofazasidadir.”  –  deyil-
gan.

III. Yangi mavzu bayoni. 


– Bugun biz “Nihollarning nolasi” hikoyasi bilan tani shamiz.
“Nihollarning nolasi” hikoyasi mazmuniga mos lavha namoyish  
etilib, kadr ortidan matn o‘qiladi. 
Hikoya  mazmuni  tushuntiriladi.  O‘quvchilardan  biri  hiko ya ni 
ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

Lug‘at ishi:


ma’noli qarab qolishdi 

– biror narsaga ishora qilib qarash 

shabnam 

– kechasi  haroratning pasayishi tufayli tushadigan mayda 
tomchilar

soz bo‘lardi –

 yaxshi  bo‘lardi        

ko‘z tashladi – 

qaradi , nazar soldi

234

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 


Darslik bilan ishlash.

 “Nihollarning nolasi”  hikoyasini o‘quvchilar  
“Ichda  o‘qish”  usulida  o‘qib,  qayta  hikoya  qilib  beradi.  Savol-javob 
o‘tkaziladi.
1. Shaharda nima bo‘lib o‘tganidi? 
2. Ko‘chalar chekasiga, ariqlar bo‘yiga qancha mevali va manzarali 
ko‘chatlar ekdi?
3.  Ertalab  nimalar  birdan  uyg‘onib  yengil-yengil  chayqalashib, 
so‘ngra tunlar qanday o‘tganligini ayta boshladi? 
4. Nihollar nima uchun nola chekishdi?
5. “Nola chekish” iborasini qanday tushunasiz?

“Muallifini  toping” o‘yini.


Har bir asarning tartib  raqamini  uning muallifi to‘g‘risiga qo‘-
ying.
1. “Qovun sayli”
2. “Shaxzodaning bolaligi”
3. “Erkacholning o‘rigi”. 
4. “Saxiy”
5. “Mo‘jiza”

V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Hikoyat sizga yoqtimi?
2. Siz ham nihol ekkanmisiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 

“Nihollarning nolasi” hikoyasini o‘qish.

167-d a r s


Mavzu:

 

“Suv bilan suhbat”. (Zafar Diyor).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy:  

o‘quvchilarga  suv  haqida  ma’lumot  berish,  “Suv  bilan 
suhbat” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish 
ko‘nikmalarini shakllantirish.

FK1: 

she’rning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.

Tarbiyaviy: 

o‘quvchilarning tabiatga muhabbat hislarini tarbiyalash, 
ularni tejamkorlikka, suvdan oqilona foydalanishga odatlantirish. 

TK4:

 she’rda go‘zallik va ezgulikka intilish.

Rivojlantiruvchi: 

o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili-
yatlarini, maqollarni o‘z o‘rnida qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

FK2

o‘qilgan she’rning mazmuniga doir savollarga javob bera olish.

Dars turi: 

yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Rahim Bekniyozov 
Shukur Sa’dulla 
Erkin Samandar
Muhammad Avfiy 

235

Dars metodlari: 

tushuntirish, savol-javob, “Maqolni yig‘” o‘yini.

Dars jihozi: 

 tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


I. Tashkiliy qism. 

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Nihollarning  nolasi”  hikoyasi  o‘qittiriladi,  mazmuni  so‘zlatiladi. 
Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Bolalar qayerga nihol ekishdi?
– Nihollar qachon nobud bo‘ldi?
O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.

“Mozaika”  mashqi.  

O‘quvchilar  4  kishilik  kichik  guruhlarga 
bo‘li nadilar.  Har  bir  kichik  guruhlarga  suv  tasvirlangan  rasmli 
konvertlar  tarqatiladi.  O‘quvchilar  rasmni  “Mozaika”  usuli  yordamida 
yig‘adilar.

III. Yangi mavzu bayoni.


– 

Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

– 

Bugun biz sizlar bilan Zafar Diyorning “Suv bilan suhbat” she’ri 
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan suv, uning ahamiyati haqida suhbatlashib, fikrlari 
tinglanadi. 

– 

Hayotimizda suvning ahamiyati qanday?

– 

Suvsiz qancha vaqt yashay olamiz?
O‘quvchilar  javoblari  to‘ldirilib,  mavzu  tushuntiriladi. 
She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Suv” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Suv 
bilan suhbat” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi  “Suv  bilan  suhbat”  she’rini  ifodali  o‘qib  beradi.  She’r 
mazmuni tushuntiriladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik  bilan  ishlash.  

Yangi  mavzuni  mustahkamlash  maqsadida 
“Suv bilan suhbat” she’ri o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savol va topshiriqni o‘qib, ularga javob berishadi:
She’rda suvning oqishi nimalarga o‘xshatiladi?
– 
 She’rni rollarga bo‘lib ifodali o‘qing.
– 

“Maqolni  yig‘”  o‘yini.  

Ekranda  katakchalar  ko‘rsatiladi.  Uning  
atrofiga maqolning bo‘g‘inlari tomchi shaklida tarqatib  yuboril-
gan bo‘ladi. O‘quvchilar maqolni yig‘adilar. Ja vob: Suv – hayot manbayi.

V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Siz bir kunda qancha suvni sarflaysiz?
– Suvni qanday tejash mumkin?
O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolligiga ko‘ra baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. 

“Suv bilan suhbat” she’rini yodlash.

236

Foydalanilgan  adabiyotlar


    1. I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T.: O‘zbe-
kiston, 2008.  3-b.
        2.  Sh.Mirziyoyev.  “Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekiston  dav-
lati ni birgalikda barpo etamiz”. Toshkent  – “O‘zbekiston”, 2016.  56-b.
      3.  Sh.Mirziyoyev.    Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz 
bilan birga quramiz.  Toshkent – “O‘zbekiston”, 2016. 488 – b.
    4. Sh.Mirziyoyev.  Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’min-
lash  –  yurt  taraqqiyoti  va  xalq  farovonligining  garovi.  Toshkent  – 
“O‘zbe kiston”, 2016. 488-b.
          5.  Uzviylashtirilgan  Davlat  ta’lim  standarti  va  o‘quv  dasturi.  –  T. 
2010 y. 
6.  Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. 
– T, -2017 y. 
7. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom. T,-2017 y.
8. S.Matjonov.  va boshqalar “O‘qish kitobi ”, 4-sinf, – T. , 2017-yil
9.  S.Matjonov.    X.G‘ulomova,  M.Suyunov,    H.Boqiyeva  ”Boshlan-
g‘ich  sinf    o‘qish  darslarini  pedagogik  texnologiyalar  asosida  tashkil 
etish”, – T., 2008-yil.
10. T. G‘afforova. “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik tex-
nologiyalar”, – T., 2011-yil.
11. O‘zbek tilining izohli lug‘ati, I–V tom.
12. O.Parpiyeva
. “O‘qish fanidan amaliy mashg‘ulotlar” 1–4-sinflar  
uchun. – T: “Bayoz” nashriyoti, 2015-yil.

237

Mundarija


So‘zboshi………………………...............…………………………………….3
Metodik  qo‘llanmaning  tuzilishi…………………………............……………4
O‘qish  darslarida  interfaol  metodlardan  foydalanish.......................................5
Texnologik xaritalardan o‘qish darslarida foydalanish.......................................8

1-dars. 

Mangulikka tatigulik kun (Matn). SafarBarnoyev .................……….…11

2-dars.  

Iqboli  buyuksan  (She’r).  Abdulla  Oripov........................................13

3-dars.  

Qodir  boboning  orzusi

  

(Matn).  To‘lqin  Hayit..................................15

4-dars. 

Istiqlol  bolalari (She’r). Dilshod Rajab…………............................…17

7-dars. 

Serquyosh o‘lka. (She’r). Zafar Diyor …………...............................19

8-dars

.  

Xarita  (Hikoya  1-qism).  Normurod  Norqobil………...................21

9-dars

.  Xarita  (Hikoya  2-qism).  Normurod  Norqobil  ………………...........23

11-dars

.  Mardlik  va  aql  yorug‘ligi  (She’r).  Miraziz  A’zam………………....24

12-dars.  

Kichik  Vatan  (Hikoya).  Ashurali  Jo‘rayev  …………………..........26

13-dars

.  Gulg‘unchalarmiz  (She’r).  Muhiddin  Omon…………........…....…28

16-dars

.  Kuz  (She’r)  Shukur  Sa’dulla……………………………………....…31

17-dars.  

Qovun  sayli  (Hikoya  1-qism)  Shukur  Sa’dulla……………………..33

18-dars

. Qovun sayli (Hikoya 2-qism). Shukur Sa’dulla..................................34

19-dars. 

Dehqon (She’r). Sulaymon Rahmon…………………………......…37

23-dars

.  

Salomlashish  odobi  (Pandnoma).  Husain  Voiz  Koshifiy  ….....….39

24-dars

. Odamdan nima qoladi? (Dostondan parcha).Yusuf Xos Hojib...........41

25-dars. 

Eng ulug‘ fazilat (Ertak)…………………..................................…..43

26


-dars. 

Har kim ekkanin o‘rar (Ertak). Munavvarqori Abdurashidxon…….44

27-dars. 

Chaqimchiga  “mukofot” (Ertak)………………............................……45

28-dars. 

Omonatga xiyonat (Ertak)………………………….....................…47

30-dars. 

Ikki saxiy (Ertak  1- qism). Murod Xidir. …………………...............…49

31-dars

Ikki saxiy (Ertak  2-qism). Murod Xidir ………………….................…51

32-dars. 

Qo‘zichoq (Masal). Rauf Tolib ………………………………….........…53

35-dars

.  Boychechak  (She'r)...........................................................................55

36-dars

. Oftob chiqdi olamga (She'r). ………………………............................58

37-dars. 

Xo‘p  hayda   (She'r). ……………………………..............................….59

39-dars

. Ilm afzal (Ertak I qism).……………………...................................…61

40-dars

. Ilm afzal (Ertak II qism)………………........................................….63

41-dars. 

Davlat (Ertak).....................................................................................64

42-dars.  

Ko‘zacha bilan tulki (Ertak  1-qism).................................................66

43-dars

Ko‘zacha bilan tulki (Ertak 2-qism)..................................................68

44-dars. 

Ochko‘z boy (Ertak)………………………….............................……69

46-dars

Hiylagarning jazosi (Ertak)……………………………..............……71

49-dars

Hunarsiz kishi o‘limga yaqin (Ertak 1- qism)

 

…………................……73

50-dars. 

Hunarsiz kishi o‘limga yaqin (Ertak 2-qism) ………..............……74

51-dars

. Ziyrak uch yigit (Ertak 1-qism)

 

…………………………..............…..76

52-dars

.  

Ziyrak  uch  yigit  (Ertak  2-qism)……………..............................….78

53-dars.  

Ziyrak  uch  yigit  (Ertak  3-qism)…………………………….....….79

54-dars. 

Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak (1-qism). Anvar Obidjon......81

238

55-dars.  

Bo‘rining  tabib  bo‘lgani  haqida  ertak  (2-qism). Anvar  Obidjon…83

 56-dars

.

 Baqa bilan taqa   (Ertak). Aziz Abdurazzoq ......................…………85

59-dars. 

Laqma it (Ertak 1-qism).Shukur Sa’dulla …...........………………87

60-dars.  

Laqma  it  (Ertak  2-qism).  Shukur  Sa’dulla……….………………89

61-dars

Maqollar………………................................................……………..91

62-dars

.

 Topishmoqlar ………….................................................……………93

64-dars

.

  Qish  to‘zg‘itar  momiq  par  (She’r).  Qudrat  Hikmat  ….............…  95                                                                                        

65-dars.

 Rangin qorlar (Ertak). Olloyor…......….............................................97

66-dars.  

Qish  (She’r).  Tursunboy  Adashboyev……………………..................99

-dars. 


68 


Qor  odamning  sovg‘asi  (Hikoya). Oqiljon Hasanov….....………101

70-dars.

 Kitobga ixlos. (1-qism).  Mirkarim Osim…...................................103

71-dars.

 Kitobga ixlos. (2-qism). Mirkarim Osim...........................................105

72-dars. 

Pahlavon va shoir (Rivoyat). Hamidjon Hamidov……….........……108

73-dars. 

Alisherning yoshligi (1- qism). Oybek ……............................……..110

74-dars.

 Alisherning yoshligi  (2-qism). Oybek………......................……..112

75-dars. 

Shum bola. G‘afur G‘ulom ……..............................................

 

……113

76-dars. 

Shahzodaning bolaligi (Hikoya). Erkin Samandar……………….…116

80-dars.  

Odobli  bo‘lish  osonmi  (Ertak  1-qism).  Anvar  Obidjon…………117

81-dars.  

Odobli  bo‘lish  osonmi  (Ertak  2-qism).  Anvar  Obidjon…………120

82-dars.  

Qodir  bilan  Sobir  (Hikoya).  Hakim  Nazir…........……………….121

83-dars. 

Xatosini tushungan bola (Hikoya 1-qism). Xudoyberdi To‘xtaboyev.123

84-dars. 

Xatosini tushungan bola (Hikoya 2-qism). Xudoyberdi To‘xtaboyev126

85-dars.

 Nurxon bilan Burhon. (She’r

)

. M. A’zam

 

….................………………129

dars. 


86- 


Qo‘rqoq (Hikoya. 1-qism

S.Anorboyev……............…………………131

87-dars. 

Qo‘rqoq (Hikoya. 2-qism)

 

S.Anorboyev……..........…………………132

91-dars. 

Yaxshi bo‘ldi

 

(Hikoya). N. Fozilov……………..........………………..134

92-dars. 

Sharq hikoyasi (Ertak). A.Oripov………..................………………136

93-dars. 

Saxiy (Rivoyat).  Muhammad Avfiy………...............…………………138

94-dars. 

Chumchuq bilan chumoli (Ertak). A. Abdurazzoq….............………140

95-dars. 

Yolg‘onchining izza bo‘lishi (Rivoyat)………………..........………141

97-dars.  

Qush  tili  (She’r).  Mirtemir……………............................……….144

100-dars. 

Yomg‘ir (Hikoya). F.Musajonov………….........................………..146

101-dars.  

Ikki  irmoq  (Masal).  H.Po‘latov………………................………148

104-dars. 

Mo‘jiza (Hikoya). R.Bekniyoz……………….......................………149

105-dars. 

Xatarli uchrashuv

 

(Hikoya). P.Qodirov…….......................………152

106-dars. 

Ola Buzoq (She’r). G‘. G‘ulom…….....…………………….............154

dars. 


107- 


Tushovli  toy

  

(Hikoya).  N.  Fozilov………………………………...156

dars. 


108- 


Jo‘ja (She’r). A. Obidjon……………………….................................157

110-dars. 

Ayiqni yenggan cho‘pon.

 

(Hikoya 1-qism). P.Qodirov……..……159

111-dars. 

Ayiqni yenggan cho‘pon. (Hikoya 2-qism). P.Qodirov…….....……161

112-dars.

  Ko‘kyol  (Hikoya  1-qism).  N.Fozilov………………………………163

113-dars. 

Ko‘kyol 

 

(Hikoya 2-qism). N.Fozilov……………………….............166

116-dars.

 Bahor (She’r). Q.Hikmat……………………………………….......167

117-dars.

 Bahor ta’rifida (Rivoyat). Yusuf Xos Hojib…………………….....169

118-dars.

  Jala  darakchisi    (She’r).  H.Rahmat…………………....................171

239

119-dars.

 Erka cholning o‘rigi (Hikoya). H. To‘xtaboyev……….......…………173

121-dars.

 Navro‘z – bahor  bayrami (Hikoya). M.Alaviya…..............………..176

122-dars.

 Bayram urf-odatlari…………………………………….....………177

123-dars.

 Yaxshidan bog‘ qoladi (Rivoyat)…...…………….............………179

124-dars.

  So‘zlovchi  yomg‘ir    (She’r).  A.Akbar……………............……..181

125-dars.

  Danak  ichidagi  daraxt  (Ertak).  A.Abdurazzoq.............................183

127-dars.  

Bahor  (She’r).  D.Rajab.................................................................185

131-dars.

 Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she’r (She’r). Sh.Sa’dulla......187

132-dars.

 Shoira (She’r). H.Nazir....................................................................189

133-dars.

 Do‘stlik (Hikoya). X. To‘xtaboyev.................................................191

134-dars.

 Mangu olov (She’r). R.Isoqov.........................................................193

137-dars.

 To‘maris (Rivoyat). H.Sodiqov.......................................................194

138-dars.

 Najmiddin Kubro (Rivoyat)............................................................197

139-dars.

 Sulton Mahmud va Beruniy (Rivoyat). N.A.Samarqandiy.............198

141-dars.

 Tanbeh (Rivoyat). Xondamir.............................................................200

142-dars.

 Navoiy bobomlar (She’r). T.Adashboyev.......................................203

143-dars.

 Hidi, tilimi va mazasidan (Rivoyat)..............................................205

144-dars.

 Rivoyat N.Karimov..........................................................................206

147-dars.

 Bolalar gurungi (Ertak 1-qism). G.X.Andersen................................208

148-dars.

 Bolalar gurungi (Ertak 2-qism). G.X.Andersen...............................210

149-dars.

 Bir xurmacha shavla (Ertak). Aka-uka Grimmlar...........................212

151-dars.

 Rustam (Hikoya 1-qism)  F.Erdinch...............................................214

152-dars. 

Rustam 

(

Hikoya 2-qism)  F.Erdinch..............................................215

153-dars.

 Gulliverning sayohatlari (Qissadan parcha). J.Svift..........................217

155-dars.

 Jimjiloq (Ertak). Ch.Aytmatov...........................................................219

156-dars. 

Bolalar hayotidan lavhalar ...........................................................220

160-dars. 

Yoz (She’r). Sh.Sa’dulla...................................................................222

161-dars.

 Non qaerdan keladi? (She’r). Q.O‘tayev.........................................224

162-dars.

“Non  rizq-ro‘zimiz”  amaliy  mashg‘ulot.......................................226

163-dars. 

Oydin kecha (Hikoya 1-qism). Murod Xidir.................................227

164-dars. 

Oydin kecha 

(

Hikoya 2-qism). Murod Xidir.................................229

165-dars.  

Bobomning  sovg‘asi

  (

Hikoya).  G‘ayratiy..................................231

166-dars. 

Nihollarning nolasi 

(

Hikoya). X.To‘xtaboyev.................................232

167-dars. 

Suv bilan suhbat (She’r). Z. Diyor..................................................234
Foydalanilgan  adabiyotlar
…………………………………………..............236

O‘QISH


4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or
 pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini amaliyotga joriy etish  
bo‘yicha metodik qo‘llanma
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi  
vazirligi tasdiqlagan
«Sharq» nashriyot-matbaa 
aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati 
 Toshkent – 2017
Muharrirlar  V. Fayzulloh, G. Xaitova
Badiiy muharrirlar Feruza Basharova,
                           Sarvar Xojimuratov
Texnik muharrir Ra’no Boboxonova
Sahifalovchi Oygul Fozilova
Musahhih Shahlo Xoldorova

Nashr litsenziyasi AI 


¹ 201, 28.08.2011


Bosishga ruxsat etildi 5.08.2017. Bichimi 60x90 
1
/
16
. “Times New Roman”  
garni turasi. Ofset bosma. Shartli bosma tabog‘i 15,0. Nashriyot-hisob tabog‘i 14,1. 
Adadi 20.261. Buyurtma 
¹ 4808.

“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi,


100000, Toshkent shahri, “Buyuk Turon” ko‘chasi, 41-uy.


Metodik qo‘llanma


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


eln-qnimtolu-alayr-rk.html

eln-ruys--szn-srrafi--.html

elnar-akimova---shif-13.html

elnar-akimova---shif-18.html

elnar-akimova.html