1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 16

Dars besh bosqichga bo‘linadi - X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015

bet4/16
Sana02.03.2018
Hajmi2.8 Kb.

Dars besh bosqichga bo‘linadi:


1. Kirish qismi

 – mavzu nechanchi yil o‘qitilayotganligi o‘quv-
chilarning o‘sish darajasiga qarab, vaqt jihatdan juda uzoq yoki qisqa 
bo‘lishi mumkin. Kirish qismi o‘quvchilarni emotsional qiziqtirishi, 
o‘quvchi ishlashi lozim bo‘lgan biror mehnat obyektini namoyish 
qilishda go‘zallik hissini uyg‘otishi lozim.

2.  O‘qituvchining  ko‘rsatmasi  -  

ko‘rsatmalilikning xilma-xil 
vositalarini qo‘llab o‘qituvchi darsni bu bosqichida o‘quv ishning 
maqsadini eng muvofiq izchilligi bilan tanishtiradi.

3.  O‘quvchilarning  topshiriqni  mustaqil  bajarishi

 – darsning 
asosiy qismi bo‘lib, unga darsning 2/3, hatto 3/4 qismi ajratiladi. Bu 
bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarni diqqat bilan kuzatib turadi, ularning 
ishlariga boshchilik qiladi, ish harakatlaridagi ish holatlari, asboblardan 
foydalanishdagi xatolar va kamchiliklarni kuzatadi. Bordi-yu, ish 
o‘quvchilarga qiyinlik qilsa, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zi bajarayotgan 
ish bosqichlariga e’tibor berib turishini va uning harakatiga o‘xshatib 
asta-sekin harakat qilishini aytadi.
a) o‘qituvchining ko‘rsatmalariga qanday amal qilinmoqda?
b) o‘quvchilarning mehnat madaniyati va ko‘nikmalari qanday?
d)  material qanday saqlanmoqda, o‘quvchilar asboblarni to‘g‘ri 
ishlatishyaptimi?
e) o‘quvchilar o‘z usullarini qay darajada uqib oladilar?

4. Tekshirish va baho qo‘yish. 

O‘qituvchi har bir o‘quvchining 
ishini  qisqa  tavsiflab, jurnalga baho qo‘yadi (o‘quvchilarga yor liq 
etiketkasi qilib tayyorlangan buyumni yopishtiradilar, yor liqqa ishning 

41
tugallangan vaqti, necha soat vaqt sarflaganligi, baja ruvchining famili-
ya si va ismi, sinfi aniq ko‘rsatiladi.)

5. Uy vazifasini tushuntirish

 - darsning bu bosqichi  darsda baja -
ril gan topshiriqning yakuni bilan bog‘liq, o‘qituvchi har bir o‘quv-
chining faoliyatiga baho qo‘yib, ishdagi kamchiliklarini ko‘r  sata di 
va uyga berilgan topshiriqni tushuntirish davomida xato larni tuzatish 
uchun qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.
O‘quvchilarning mehnati va mustaqilligini faol fikrlash fao liyati, 
ta shab busning paydo bo‘lishi, uchragan qiyinchiliklarni yen gishi, 
av  val hosil qilingan mehnat bilimi va malakalarini oqi lona va ijodiy 
qo‘l lay  bilishidir.

Savollar


1. Mehnat darsi necha bochqichda amalga oshiriladi?
2. Kirish qismi qanday tashkil etiladi?
3. Mavzu qaysi qismda yoritib beriladi?

Mavzu: Boshlang’ich sinfda mehnat ta’limidan amaliy ishlar


Amaliy mashg’ulot mehnat ta’limining asosiy shakli hisob lanadi. 
Tashkiliy shakl deganda o’qituvchining qo’yilgan maq sad ga erishishi 
uchun o’quvchilarninig amaliy ish faoliyatini tash kil etish va unga 
rahbarlik qilish usulini tushunmoq kerak.
Mehnat ta’limining asosiy tashkiliy shakllari: amaliy mash-
g’ulotdir. Amaliy mashg’ulot jarayonida dastur mavzusining maz muni 
ochib beriladi, mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadlari, vazi falari 
amalga oshiriladi.
Demak amaliy mashg’ulot deganda o’quvchilarning o’quv ma te -
ria li ni faol, ongli va mustahkam o’zlashtirishi maqsadida meh nat o’qi-
tuv chisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham ja moa, ham yakka tar-
tibdagi ish turlarini o’z ichiga oladigan o’quv meh nat faoliyatini aniq 
tashkil etishni tushinish kerak.
Mehnat ta’lim sohasidagi amaliy mashg’ulotlar turli tipda bo’-
lishi ya’ni texnik texnologik ma’lumotlarni va mehnat jara yonlarini 
o’rganishga, bilimlarni, mehnat ko’nikmalari va mehnat jara yonlarini 
o’rganishga, bilimlarni mehnat ko’nikmalari va ma la kalarini mustah-

42
kam lashga , nazorat qilish, tekshirish ishlarini, ish lab chiqarish jara yon-
lariga ekskursiyalar uyushtirish va hako zalarga bag’ishlangan mash -
g’ulotlar bo’lishi mumkin. Lekin o’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan 
amaliy mashg’ulotlarning tur lari xilma-xil bo’lishiga qaramasdan 
ularning hammasi quyi dagi umumiy talablarga mos kelishi lozim:
1. Mashg’ulotning maqsadi hamda vazifalari aniq va ravshan ifoda-
lan gan bo’lishi lozim.
2. Mashg’ulotning tuzilishi didaktik jihatdan o’zini oqlagan va 
o’quv materialining mazmuniga to’liq javob beradigan bo’lishi kerak.
3. Amaliy ishlarning ob’ektlari to’g’ri tanlanishi, ijtimoiy foyda li 
aha miyatga ega bo’lishi va o’rgatadigan mehnat jarayonlari va usul la-
ri ning talablariga muvofiq kelishi zarur.
4. Mashg’ulotlarida foydalanadigan mehnat ta’limi metodlari dars 
tala blariga va o’quv materiallarining mazmuniga to’liq javob berishi 
lo  zim.
 5. O’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlarinig tashkiliy metodik tu-
zilishi o’quvchilar bilan jamoa tarzida va yakka tartibda olib bo rishini 
nazarda tutishi kerak.
6. Mehnat bo’yicha amaliy mashg’ulotlarida o’tkaziladigan ta’lim 
ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi, ya’ni maktab  o’quv-
chilarida ma’naviy sifatlarni tarkib toptirishga yordam be rishi lozim.
Amaliy mashg’ulot turlarining xilma-xilligina qaramasdan, o’quv-
chilarni navbatdagi mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun jalb 
qilishga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil etish; o’quv chilar mash-
g’ulotda o’zlashtirgan bilimlari, mehnat ko’ nik malari va malakalari 
darajasini tekshirish; yangi mavzu materialini tushuntirish va am aliy 
ishlarni bajarish vaqtida ish bos qichlarini ko’rsatib berish; o’quv-
chilarning yangi mavzusiga oid amaliy ishlarni bajarish vaqtida ular ning 
bilimini, amaliy ish dara jasini aniqlash, ish natijalarini mashqlar bilan 
mustahkamlash, o’quv chilar ishini nazorat qilish va ularni o’z-o’zini 
nazorat qilishiga erishish, amaliy topshiriqning mustaqil bajarishlarii va 
o’tgan mash g’ulotning natijalariga yakun yasashdan iborat.
Amaliy mashg’ulotning qat’iy izchilligi va fanlarni o’zaro bog’-
la nishini amaliy mashg’ulot maqsadlari va o’quv materialining maz-
muniga bog’liq.

43
Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish 
meh natiga tayyorlashning ilk bosqichlarini o’rganadilar. Birinchi 
sinfda o’quvchilar eng avvalo faqat dars mashg’ulotlaridagina emas, 
balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan 
tanishadilar. Qog’oz va karton bilan ishlash, gazlama bilan ishlash, 
tur li materiallar bilan ishlash, o’z-o’ziga xizmat ko’r satish hamda 
qish loqxo’jalik mehnati va shu kabilar bilan tanishadilar. Amaliy 
ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, materiallarni tejamli 
sarflash,  mehnatga  ijodiy  yondashish,  tabiatga  ehtiyotkorlik  bilan 
muno sabatda bo’lish, meh nat madaniyatini tarbiyalash, ularga ayrim 
kasblar haqida tushunchalar berib boriladi.
O’quvchilarga mehnat tarbiyasi berishning asosiy vazifalaridan 
biri o’quvchilarda materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil 
qi lish va ularga shunga muvofiq bilimlarni berishdir. Bu ish birinchi 
sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, chunki 
o’quv chilar hali eng oddiy buyumlarni tayyorlash operatsiyalarni 
eslab qolishga qodir emaslar.
Hosil qilingan ko’nikmalar takror mashq qilishlar natijasida 
tako  mil  lashib boradi. Xatoga yo’l qo’ymaslik uchun o’quvchilarni 
o’z-o’zi ni nazorat qilishga odatlantirish lozim. Topshiriqlarni baja-
rish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarni o’zlari topib uni tuzat-
magunlaricha hamda bajarilgan ishlarning to’g’riligiga ishonch hosil 
qilmagunlaricha o’quvchilardan ishni qabul qil maslik lozim.
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko’nikma va 
malakalar hosil qilinadi. Buning uchun qo’l asboblaridan foydala nish-
ning o’ziga xosligini, materiallarni xususiyatini, yasalayotgan buyum-
lar xususiyatini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish turla-
ri ga  bo’linadi.
1. Qog’oz va karton bilan ishlash.
2. Turli tabiiy materiallar bilan ishlash:
a) Applikatsiya va mozaika ishlari.
b) Loy va plastilin bilan ishlash.
v) Tabiiy materiallar bilan ishlash
3. Gazlama bilan ishlash.

44
4. Texnik modellash ishlari.
5. Qishloq xo’jalik mehnati.
Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib borar 
ekan, bu buyum qanday maqsadlarda, ya’ni qaerda ishlatilishini tu-
shun tiradi, so’ngra o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir bu yumni 
amal  da  qo’laydilar.
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib 
qo’yilgan yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foy dalanib 
ko’rsatadi. SHundan so’ng u ishni bajarish tartibi va usul lariga tegishli 
savollarni berib, materialni takrorlaydi va buyumni o’quvchilar bilan 
birgalikda tayyorlashga o’tadi.
Yuqoridagilar kelib chiqib, mehnat ta’limidan amaliy ishlar tuzilishi 
quyidagi tartibda olib boriladi.
1. O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va mav zu-
sini qo’yish:
a) Darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning o’quv-
chilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi aha-
miyati;
b) Belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va 
ko’nikmalarni egallash lozimligini ko’rsatish.
2. Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chiz ma -
larning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil 
etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish.
3. Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish:
a) Namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli mate-
rillarni, berilgan o’lchovlarni tayyorlash;
b) Buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish, 
barcha o’lchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va o’qish, ya’ni ishni 
buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga oshirish, 
qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish 
tartibini aniqlash.
4. Materialni namuna, berilgan o’lchovlar bo’yicha belgilab chiqish. 
O’quvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash 
bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib tushuntirayotgan 
o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.

45
5. Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni 
moslash va uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni 
yig’ish jarayonida; buyum va uning detallariga ishlov berish jarayonida 
zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash.
6. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish, 
ishni baholash.
7. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish.
Mehnat ta’limida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning bu 
tartibidan o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum yoki 
ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatga qiziqish va 
muhabbat singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning muhim talab-
lari dan biri ishlanadigan buyumni to’g’ri tanlashdir. O’quvchilar tay-
yorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qaerda ishlatilishini bilishl-
ari kerak.
Bu ish turlarini barchasi boshlang’ich sinflarda qo’l mehnati jara-
yoni o’quvchilardagi kasb tanlash ishlariga qaratilgan.
O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosa-
ba tda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari,  ma te  riallni tejam-
korlik  bilan  sarflashlari,  vaqtdan  unumli  foy da lanishlari,  o’qituvchi 
ko’r satmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozada 
saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnat darslarida ham ta’ limning 
ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, meh nat darslarida 
turli xil namuna, rasm, chizma, sxematik namu na, turli predmetlarning 
modellari, shunungdek texnika vositalaridan foydalaniladi.

Savollar


1. Mehnat ta’limida qanday ish turlari mavjud?
2. Amaliy ish jarayonida nimalarga  amal qilish kerak?
3. Ish joyini to’g’ri tashkil etish talablari?
4.  Amaliy ishlarni tashkil etish talablari?

46

Mavzu: Boshlang’ich sinf mehnat darslarida iqtisodiy 


tushunchalari shakllantirish


Ma’lumki Respublikamiz mustaqilikka erishib, o’z yo’lini bel gilab 
oldi va bozor iqtisodi yo’nalishini tanladi. Bozor iqtisodi ongli kishilik 
taraqqiyotining hamma bosqichlarida bo’lgan va bun dan keyin ham 
davom etaveradi. U insonlarga hamisha yo’l doshdir.
O’quvchilar ongiga jamiyatimizning demokratik asosida iq ti sodiy 
islohatlarni yanada rivojlantirish, ma’naviy-ahloqiy, meh nat tarbiyasi 
tushunchalarini shakllantirish, mehnat darslarida iqti sodiy tushuncha 
berish ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivojlanishining barcha davrlarida ham ta’lim-tarbiya tizi-
mi muayyan jamiyat va tuzumning ijtimoiy siyosati, uning maqsad 
ham da vazifalariga hamohang holda qurilgan. Milliy mustaqillikka 
erish 
gach O’zbekiston Respublikasi ham o’zi tanlagan ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirmoqda.
Ma’lumki, iqtisodiyotning siyosatdan tashqarida bo’lishi tabi iy 
hol. Biroq, O’zbekiston ta’lim-tarbiyani iqtisodiyot bilan cham  barchas 
rivojlantirishga, pirovardida, iqtisodiyotning si yo satdan ustivorligini 
ta’minlashga va ushbu jarayonning tar biyashunoslikka ta’siri masa-
lasini o’rganishga katta ahamiyat bermoqda. Shu maqsadda 1996 yil 
17 avgustda «O’zbekiston Respublikasida uzluksiz iqtisodiy ta’lim-
tar biya konsepsiyasi» qabul qilindi.
Mazkur konseptsiyani amalga oshirish esa sakkiz bosqichdai 
iboratdir:

I-bosqich. 

Oila. Maktabdan tashqari ta’lim. (Har bir bosqich uchun 
tayyorlangan ishlanmalar)
II 

-bosqich. 

Maktabgacha ta’lim-tarbiya. (Iqtisodga yo’nal tiril gan 
o’yin mashg’ulot)
III 

-bosqich. 

Boshlang’ich ta’lim. (Iqtisod alifbosi)

IIIV-bosqich. 

Asosiy maktab ta’limi. To’liqsiz o’rta ta’lim. (Iq  ti-
so   diy  tushunchalar)

V-bosqich. 

O’rta va hunar-texnika ta’limi. (Iqtisodiy bilim va kasb 
iqtisodiyoti asoslari).

VI-bosqich. 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim. (Tarmoq iqtisodiyoti).

VII-bosqich. 

Tarmoqlar bo’yicha malaka oshirish tizimi. (Amaliy 
iqtisod).

47

VIII-bosqich. 

O’zFA, tarmoq akademiyalari, ilmiy markazlar. (Iq-
tisodiy ta’lim bo’yicha ijodiy izlanishlar).
Uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiya konseptsiyasi quyidagi vazifalarni 
ilgari suradi:
1. Iqtisodiy ta’limning uzluksizligini ta’minlovchi bir butunlikni 
hosil etish uchun har bir bosqichning o’ziga xosligini o’rganish.
2. Har bir bosqichning maqsad va vazifalari, tashkiliy, shakl, vosita, 
usul metodikalarini ishlab chiqish.
3. Bosqichlar orasidagi ko’prik vazifasini bajaruvchi shaxsning 
iqtisodiy madaniyatlilik darajasini ko’rsatuvchi ta’lim-tarbiyaviy 
tadbirlar majmuining xususiyati, imkoniyatlarini aniqlash.
4. «Labirintlar tizimi» ilmiy metodik loyihani amalga oshi rish dagi 
moddiy ta’minot.
Ushbu vazifalar bevosita uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiya konsep-
siya sining ikkinchi bosqichi hisoblanmish «Maktabgacha ta’lim-tar-
biyaning maqsad va vazifalari» ni aniqlashga ham daxldor hisoblanadi.
Bolalarni iqtisodiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga tay-
yorlash. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kichik maktab yoshidagi 
o’quv chilarning fikrlash doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga 
imkon beruvchi turli vaziyatlarni ishlab chiqish; bu vaziyatlarni yechish 
variantlarini amalga oshirishga sharoit yaratish; iqtisodiy bilimlarni 
egallashga  zamin  bo’luvchi;  mantiqiy-matematik  fikrlashlarini 
rivojlantiruvchi o’yinlar kom pleksini amalga oshirish zarur.
Ikkinchi bosqichning hayotga tadbiq etish yo’nalishlari 
quyidagilar:
1) Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarniig iqtisodiy savod xonlik 
darajasi mezonlarini ishlab chiqish. Shunga ko’ra, dastur bo’limlarini 
integratsiya qilish. «Matematika-iqtisod, mehnat», «Tarbiya-iqtisod», 
«Ma’naviyat-iqtisod», «Xorijiy tillar-iqtisod» kabilar;
2) Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun «O’yinlar labi rinti» 
tizimini ishlab chiqish va amalda sinash.
3) «Tabiatdagi ta’lim» kompleks dasturini yaratish. Bu kom pleks 
das  turda o’quvchilarga bevosita o’yin tarzida tabiiy boy lik, ne’mat-
larning iqtisodiy ahamiyatini ko’rsatuvchi ta’limiy o’yin va tabiat 
qo’ynidagi sog’lomlashtirish kabi tadbirlar aks etadi. Bunda xorijiy 

48
tillardan rus va ingliz tillarini o’rganish jara yonida iqtisodiy tushuncha 
va so’zlarni ishlatishga alohida e’tibor berish zarur.
Bolalarni yoshlik chog’idan boshlab tevarak-atrofdagi moddiy 
ne’mat larga, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo’lishga, har qanday moddiy ne’mat inson mehnatining mahsuli 
ekanligini va uni asrab-avaylashga o’rgatib borish zarur. Bolaning 
ja moatchilik va shaxsiy buyumlarga bo’lgan munosabati ilk yoshlik 
chog’idanoq oilada, oila a’zolarining shaxsiy va jamoatchilik mulkiga 
bo’lgan munosabatidan boshlanadi. Albatta, yosh avlod da tejamkorlik, 
ishbilarmonlik, uddaburonlik kabi sifatlarni shakl lantirmasdan turib 
barkamol shaxsni tarbiyalab bo’lmaydi. Chun ki aynan shu sifatlarda 
bolaning inson mehnati mahsuliga, ja moat chilik mulkiga to’g’ri 
munosabati, uni asrab-avaylash, boyi tishga hissa qo’shish istagi 
yota di. O’sib borayotgan yosh avlod da bunday sifat va fazilatlarni 
shakl lantirish ko’p jihatdan o’qi tuvchining kasbiy tayyorgarligiga, 
pedagogik mahoratni qay dara jada egallaganligiga bog’liqdir.
Mehnat fanlar asosini chuqur va amaliy o’zlashtirishda, bolalarni 
mehnatga bo’lgan munosabatini ijodiy ish faoliyatida mustaqil shakl-
lantirishda, fikr yuritishga o’rgatuvchi ilmiy vositalardan biridir. Ko’p 
asrlik tajriba shuni ko’rsatadiki, insonlarning meh nati tufayli cheksiz 
boyliklar va imkoniyatlarning yechiladi. Meh 
nat fani iqtisodiy 
rivojlanishning asosiy omili hisoblanib, o’qu vchilarning chuqur iq-
tiso diy bilimini mustahkamlaydi.
Hali-hanuz iqtisodiy mehnat tarbiyasida ilg’or umumbashariy va 
milliy g’urur, ularning tarbiyaviy harakteri o’z ifodasini topgani yo’q. 
Shuning uchun mehnat darslarida o’quvchilarning iqtisodiy faolligini 
oshirish va tadbirkorlik mehnat faoliyati ko’nikmalarini shakllantirish 
va kuchaytirish lozim.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amal-
ga oshiriladi. Bu vazifalardan biri tadbirkorlik bo’lib, bu mah sulot 
ishlab chiqarish uni sota bilish, tushgan mablag’ni joy-joyiga sarflay 
olishdir. Bu tadbirkorlik talablarini mehnat darslari jarayonida darslar 
nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o’quv chilar shunchalik 
iqtisodiy bilimga va malakaga ega bo’la dilar.  Avvalo bu darslarning 
muzmunini to’g’ri belgilab olish za rur.

49
- Mehnat ta’limi va tarbiyasining ijtimoiy va iqtisodiy yo’nal-
ganligi;
- Mehnat darslarini bozor iqtisodi talablari asosida pedagogik 
texnologiyalardan va malakalardan unumli foydalanish;
- O’quvchilarni qiziqishlarini hisobga olib amaliy to’garaklarga 
jalb qilish;
- O’quvchilarni mehnat darslarida iqtisodiy bilim berishda yoshi, 
shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;
- O’quvchilarni mehnat natijalarini rag’barlantirish va kam chilik-
larni do’stona hal qilish;
Mehnat darslari bolalar uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak- 
atrofdagi hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi omil bo’lishi lozim.
Shuning uchun hozirgi kunda mehnat darslarida «o’z-o’zini 
boshqarish» va «o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash» kabi tadbirkorlik  
ishlarini tashkil qilish lozim.
Masalan o’quvchilarning mehnat darslarida materiallarni is rof qil-
mas likni, ishning sifatliligini, estetik jihatdan bejirim va chiroyli bo’-
li  shiga e’tibor berishlari kerak. Shu bois boshlang’ich sinfl arda meh-
nat ta’limi va tarbiyasi jarayonida tadbirkorlik tushunchalarini, kel gusi 
mehnat faoliyatida muhim o’rin egallash ekanligi ko’r satish, tushuntirish 
pedagog o’qituvchilarning oldida turgan mu 
him vazifalardan biri 
ekanligini ta’kidlash zarur. O’quvchilarda meh nat ta’limi jarayonida 
tadbirkorlik tushun chalarining dastlabki bos qichlarini amalga oshirishda 
qo’ydagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi.
1. O’quvchilarni mehnat ta’limiga oid nazariy va amaliy bilim 
berishni uzviyligini mustahkamlash;
2. Kasblar xususiyatni farqlay bilishga o’rgatish orqali ularni turli 
kasblarni to’g’ri tanlashga yo’naltirish;
3. Unumli mehnat qilib yuqori samaradorlikka erishishni o’rgatish;
4. Mehnat jarayonida erishilgan natijani maktab jamoasi va ota-
onalar ishtirokida namoyish etish;
5. Bajarilgan ishlar sifatini oshirishda kim oshdi savdo mas kanlarini 
tashkil etish;
O’quvchilarda tadbirkorlik tushunchalarini shakllantirishda mak-
tab, mahalla, oila va jamoatchilikni birgalikdagi harakati o’z-o’ziga 

50
xizmat qilishni tashkil etish, mahsulot sifati hamda turli ish turlari 
jarayonida mehnat natijalarining unumdorligi keskin o’sishda o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. Chunki tadbirlarda erishilgan yutuqlar bo’yicha 
o’quvchilarning bajargan buyumlari maktab muzeylari yoki sinf 
burchagida namuna sifatida saqlash, ota-onalarga sovg’a sifatida 
taqdim etish o’quvchilarda amaliy mehnatda ish sifatini yanada 
oshirish, ijobiy natijalarga erishishda samarali ta’sir ko’rsatadi.
O’quvchilarning bajargan ishlaridan maktab sharoitidan kelib 
chiqib har xil ko’rgazmalar va o’quvchilarning o’zlari uchun maktab 
bozori tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bunda o’quvchilar o’zlari bajargan ishlar natijalarini, diqqatga, 
e’tiborga sazovor bo’lganligini, o’zini mablag’ bilan qisman 
ta’minlanganligini, o’zini boshqara olishini ko’rib, o’z mehnatiga va 
o’zgalar mehnatiga hurmat bilan qaraydi. O’quvchi ongida mehnatga 
muhabbat o’z samarasini topadi.
Natijada davlatimizning iqtisodini yuqori darajaga ko’tara ola di-
gan, o’zining kasbini, hunarini hurmat qiladigan, jamiyatimizning 
rivoj lanishida o’zini hissasini qo’sha oladigan barkamol avlodni 
tarbiyalashimizda yordam beradi.

Savollar


1. Mehnat darslarida tejamkorlik nima?
2. Iqtisodiy tushunchalar   nima?
3. Mehnat darslarida tejamkorlikdan qanday foydalaniladi?

Mavzu: Mehnat darslarida ish unumini oshirish texnologiyasi


Kichik yoshdagi o’quvchilarni bilim, malaka, ko’nikmalarni  ri voj -
lantirish, ijodiy mehnatga, mustaqil fikrlashga o’rgatish, kasb-hunarga 
yo’naltirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy  fikrlashga 
o’rgatish muhim muommolardan biridir.
Shunday ekan boshlang’ich  sinflarda  o’quvchilarni ijodiy meh-
nat ga  o’rgatish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda meh nat dars-
larining  o’rni juda kattadir. O’quvchilarni mehnatga  ijo diy  tay yor-
lash mehnat ta’limining muhim vazifalaridan biridir. Meh nat o’quv-

51
chilarning chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantiradi. O’quv-
chi larni tanlagan kasbiga qiziqtirish, mehnatkash kishilarga hurmatda 
bo’ lishga tarbiyalaydi.
O’quvchilarni ish unumini oshirish, chuqur bilim egallash, ijodiy 
qobiliyatlarini o’stirish masalalari mehnat ta’limi darslarida hal etiladi. 
Har bir dars o’quvchilarni diqqatini, xotirasini, qiyoslay bilishini, fikr 
yuritishni, asosiy narsani ajratishni, xulosa va umumlashtirishni, o’z 
ishini rejalashtirishni, uni kerakli su’ ratda amalga oshirishni, o’z-
o’zini nazorat qilish vazifalarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarini mehnat darslarida ish unumini oshirish ikki bos-
qich da olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchi bosqich- mehnat mashg’ulotlarining aniqligi, asosligi, 
uning bola qiziqishiga, isti’dodiga va qobiliyatiga mos kelishi. 
Bunda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, imko-
niyat larini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarni 
meh natning ma’lum turiga bo’lgan mayl va qiziqishni o’z vaqtida 
aniq lash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida ta-
komillashtirishga yordam berish juda muhimdir. 
Mehnat ta’limida o’quvchilarning diqqat e’tiborini:
- asbob-materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga:
- ish joyini to’g’ri jihozlashga:
- materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga:
- ish harakati me’yori va su’ratiga:
- ish sifatini ta’minlovchi omillarga:
- ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga:
- buyumni chiroyli qilib bezishga jalb kilib borish kerak.
Ikkinchi bosqich- O’quvchilarga jamoatchilikga, ijodiy tashab bus-
kor likga, mehnat kishilarini va mehnat natijalarini hurmat qilishga, 
mehnat javobgarlikni his etish xususiyatlarini singdirib borish zarur.
O’quvchilarni mehnat darslarida ish unumini oshirish uchun ular ni 
ongiga, dunyosiga mehnat orqali ta’sir etishimiz muhim o’rin egal-
laydi. Bunda mehnatning tarbiyaviy kuchi o’quvchining mehnatga 
munosabatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ishtiyoq va qiziqish bilan 
qilinayotgan mehnat majburan qildirilayotgan mehnatga nisbatan 
o’quvchilarning ongiga, hissiyoti va irodasiga kuchliroq ta’sir etadi. 

52
Shu ning uchun o’quvchilar biror ijodiy mehnatga kirishishlaridan 
oldin pedagog o’qituvchilar zimmasiga quyidagi shartlarni amalga 
oshirish talablari qo’yiladi:
- yasayotgan buyum yoki predmetning zarurligini tushuntirish:
- uni qo’llash urni va maqsadini tushuntirish:
- yasash usullari va jarayonini tushuntirish:
Bolalar tayyorlagan  narsalar o’z o’rnida qo’llanilishi ham katta 
ahamiyatga egadir. Ular o’z mehnatlarining foydaliligini ko’rganlarida, 
ularda o’z mehnatlarining natijasidan qoniqish, yana qandaydir 
foydali, yaxshiroq narsani hosil qilishga intilish paydo bo’ladi. Ularda 
o’z qobiliyatlarini ishonch, narsalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo’lish hissiyoti uyg’onadi, chun ki bolalar atrofdagi narsalarni qanday 
mehnat evaziga yaratil ganligini anglaydilar.
Dars mazmuniga qo’yiladigan muhim talablardan biri darslarni 
hayot bilan chambarchas aloqador bo’lmog’i lozim.
O’quvchilarni faollashtirish ayniqsa o’qitishning zamonaviy bos -
qichi sharoitlarida anchagina murakkabdir. Shunung uchun o’quv chi-
larning o’quv faoliyatlarini faollashtirishga yordam beruv chi vosita va 
usullarini tanlash o’qituvchining doimo diqqat m ar kazida bo’lishi shart.
O’quvchilarning  ish unumini oshirish va ijodiy faoliyatlarini bir 
qator usullar vositasida faollashtirish mumkin. Bu usullarni ba’zilari 
bilan tanishtiramiz:
1. Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda o’quvchining 
iloji boricha mustaqil ishlash hissasini ta’minlash.
2. Bir maqsadda o’qitishning alohida va umumiy shakllarini birik-
tirish usullari bilan birga maxsus tarqatma materiallaridan foyda lanish.
3. Faoliyat turlari o’rganilayotgan material bilan to’g’ri muno-
sabatni ta’minlash.
4. Dastur materiali asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu 
kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o’ziga xos kon-
kurslar o’tkazish.
Mehnat darslarining muhim xususiyati shundaki, o’quvchilar 
meh  nat va politexnik bilim, ko’nikma va malakalarni xilma-xil ama-
liy ishlarni bajarish, o’zlariga kerak bo’lgan va ijtimoiy foy dali aha-
miyatga ega bo’lgan predmetlar yasash jarayonida egallaydilar.

53
O‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yilayotgan ta-
lablar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda qo‘llansagina ijobiy nati jalar 
beradi.
Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iborat 
qilib qo’ymasligi balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari 
bilan bog’lab olib borish ham zarur.
Shunung uchun ham o’qituvchi o’zi o’qitayotgan bilimini bilishi 
lozim. Bu esa biror mavzuga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars 
materiali asosida o’quvchilarning ahloqiylikning qanday g’oyalarini 
anglashga  olib  kelajagini  diqqat,  fikrlash,  xoti ra,  tasavvur,  irodani 
rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini qanday 
kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmog’i lozim.
Yuqorida  bildirilgan  fikr-mulohazalarga  tayangan  holda  shunday 
xulosalarga kelish mumkin:
1. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni ruhiy va amaliy jihatdan mehnat-
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni ruhiy va amaliy jihatdan mehnat-
ga, mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishda yo‘naltiril ganligi bilan ijti-
moiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
2. Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnat-
Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnat-
ga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadni 
amalga oshirish bir qator muhim vazifalarni hal etishni talab qiladi.
3.  O‘quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo‘lib, ular 
quyidagilar maishiy mehnat, o‘quv mehnati, o‘quv ishlab chiqarish 
mehnati, ijtimoiy foydali mehnatdan iborat.
4. O‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishning barcha bosq-
O‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishning barcha bosq-
ichlarida mehnat faoliyatini tashkil etishga nisbatan bir qator peda-
gogik talablar qo‘yiladi. Mazkur pedagogik talablarga amal qilish 
maqsadga muvofiqdir.

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


elne-baran-so-shimburinni.html

elnmi---trkce-farsca-szlk.html

elnsnl-kmil.html

elnur---pasha-ibish-olu-14.html

elnur---pasha-ibish-olu-19.html