1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 18

Darsni mustahkamlash uchun savollar - Mualliflardan

bet9/18
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.

Darsni mustahkamlash uchun savollar 


1. SHoirning dastlabki she’rlari qaysilar? 
2.  «Bari  seniki»,  «Bilib  qo’yki,  seni  Vatan  kutadi!»  asarlarining  tarbiyaviy  ahamiyati 
nimada? 
3. G’afur G’ulomning vatanparvarlik haqidagi qaysi asarlarini bilasiz? 
4. Maktab gigienasi haqidagi she’rlarini bilasizmi? 

Quddus Muhammadiy 


(1907- 1997) 
 
Bir  umr  kichkintoylarning  katta  adabiyotini  yaratish  uchun  samarali  ijod  qilgan  otaxon 
shoirlardan biri Quddus Muhammadiyda shunday misralar bor: 
 
Egri shoxni bog’bon ham  
Kesib tashlar ko’rgan dam.  
SHu sabab to’g’ri o’zar  
Egri esa ozar, to’zar. 
 

64 
 
Ha,  kimki  bola  tarbiyasida  xuddi  bog’bon  kabi  yo’l  tutadigan  bo’lsa,  uning  farzandi 
kelajakda o’qimishli, aqlli, hushli bo’ladi. Zero, Quddus Muhammadiyning ham maqsad-murodi 
shunday.  Otaxon  shoirning  har  bir  asaridan  kichkintoylarni  to’g’ri  so’z,  o’qimishli  bo’lishga 
chorlovchi misralarni topish mumkin. 
Kichkintoylarning  buyuk  shoiri  Quddus  Muhammadiy  1907-yilda,  Toshkent  shahrida 
mehnatkash  dehqon  oilasida  dunyoga  keldi.  Bo’lajak  shoirning  otasi  Muhammad  Alibek 
Abdurahmonbekov savodli kishi edi. U dastlabki ma’lumotni otasidan oldi. 
1925-  yilda  otasi  vafot  etgach,  Quddus  Muhammadiy  avval  amakisinikida,  so’ngra  esa 
maktab-internatda  tarbiya  oladi.  Internatda  Q.  Muhammadiyning  birinchi  she’ri  — 
«CHuvalachi» maydonga keladi va bu yerda chiqadigan «Quyosh» nomli devoriy gazetada e’lon 
qilinadi. 
SHu  ilk  mashqlaridayoq  bo’lajak  shoirning  nafosat  olamini  kuzatish  va badiiy  idrok  etish 
iste’dodi hamda umumlashtirish mahorati yaqqol ko’rinadi. 
U  yetti  yillik  maktabni  muvaffaqiyatli  tamomlab,  Toshkent  qishloq  xo’jalik  texnikumiga 
o’qishga  kiradi.  Bu  yerda  u  bolalar  uchun  she’rlar  yoza  boshlaydi.  Uning  «Tong  o’yini», 
«Paranji»,  «Ahmad va asalari»,  «Seleksiya stansiyasi» nomli she’rlari vaqtli matbuotda bosilib 
chiqadi. 
1931-  yildan  Q.  Muhammadiy  maktabda  botanika  o’qituvchisi  bo’lib  ishladi,  shu  bilan 
birga O’rta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida o’qiy boshladi. Bolalar uyidagi va 
universitetdagi  hayot,  mehribon  murabbiy  va  muallimlarning  g’amxo’rliklari  Q.  Muhammadiy 
qalbida  bir  umr  o’chmas  iz  qoldiradi. Bu  yerdagi o’zaro  do’stlik  bo’lajak shoir  qalbini  tog’dek 
ko’tarib yuboradi. 
Quddus  Muhammadiy  Oybek,  H.  Olimjon,  G’.  G’ulomlarni  o’zi  uchun  ustoz  deb  bilgan, 
ulardan  o’rgangan,  ular  bilan  doimo  ijodiy  muloqotda  bo’lgan.  Ilk  she’rlaridan  biri  «Tong 
o’yini»  orqali  ulkan  adib  Oybek  bilan  tanishadi.  Oybek  bu  iste’dodli  bolalar  shoirini  hamisha 
qo’llab-quvvatlab, ijodiga g’amxo’rlik qilgan. 
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira bo’ladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid 
Olimjon  she’r  o’qish  navbatini  Quddus  Muhammadiyga  beradi.  Q.  Muhammadiy  zavq  bilan 
«Sa’va sayrarkan» she’rini o’qiydi. Uning ijodiy qobiliyatini payqagan H. Olimjon she’r tugashi 
bilan  yoniga  chaqirtiradi.  Qachondan  beri  she’r  yozishini,  qaerda  ishlashini  surishtirib,  o’qigan 
she’ri  barchaga    ma’qul  tushganini  aytadi.  So’ng  bolalar  uchun  she’rlarning  kamligi  haqida 
to’xtalib, shunday ajoyib she’rlarni ko’proq yozishni ta’kidlaydi. 
Quddus  Muhammadiy  ijodiga  xos  bo’lgan  muhim  xususiyatlardan  biri  hozirjavoblikdir. 
SHoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a’lo o’qish, xulq-odobda boshqalarga namuna bo’lishga 
da’vat etish, fan va texnikani o’rganish masalalari asosiy mavzulardan hisoblanadi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom SHoirga adabiy kotiblik qiladi. 
Bu  yerda  u  xalq  og’zaki  ijodi  namunalari  bilan  yaqindan  tanishadi.  Islom  SHoirdan  ko’p 
narsalarni o’rganadi. 
SHoirning  birinchi  she’rlar  to’plami  1946-yilda  «O’quvchiga  esdalik»  nomi  bilan  bosilib 
chiqadi. SHundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari chop etiladi. 
Quddus  Muhammadiy  doimo  zarur  mavzularda  asarlar  yaratib  keldi.  Har  bir  she’rni 
kundalik  hayotimizdan  olib  yozdi.  Yozganda  ham  qiziq  yozdi,  qizg’in  yozdi,  soz  yozdi. 
Bolalarni  o’qishga,  hunar  o’rganishga,  odobli  bo’lishga,  mehnatga  chorladi,  qiziqtirdi.  Buni 
shoirning  ,,O’quvchiga  esdalik»  she’rida  ko’rish  mumkin.  Asarda  maktab  o’quvchisining 
ma’naviy  qiyofasi  va  vazifalariga  mufassal  to’xtalib,  o’qish,  bilim  o’rganish  zarurligini 
ta’kidlaydi: 
 
Bo’lay desang bog’bon,  
Yo Vatanga posbon,  
Yo osmonda uchuvchi,  
Yo dengizda suzuvchi,  
Nimani qilsang tilak,  

65 
 
Bariga o’qish kerak. 
 
San’atkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, bolani 
nimagadir chorlash, yaxshilik, a’lo o’qish, axloq-odobli bo’lishda boshqalarga o’rnak ko’rsatish, 
qushlar va jonivorlarga mehribon bo’lishdek ibratomuz ma’no va mazmun yotadi. 
SHoir ayniqsa,  o’quvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo’lgan  masalalarinigina  qalamga  oldi  va  ularni  badiiy  jihatdan  yorqin  va  ifodali  qilib 
tasvirlashga  urindi.  Bu  esa  u  tomonidan  ishlatilgan  tasvirlash  vositalarining  naqadar  o’rinli  va 
mazmundorligini  tasdiqlaydi,  obrazli  ibora  eng  qisqa  ifodali  va  mazmundor  ibora  ekanini 
isbotlaydi. 
Quddus  Muhammadiy  sofdil,  a’lochi  o’quvchi  bolalarni  samimiy  sevadi,  o’z  she’rlarida 
bunday  bolalarni  maqtaydi.  «A’lochi  Sodiq»,  «Sinov»,  «Mening  orzum»,  «Bizning  uyda», 
«Yasha,  Omon!»,  «Besh»,  «Solijonning  darsxonasi»  va  boshqa  she’rlari  a’lochi  o’quvchilar 
haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. SHoir bu she’rlari orqali a’lo 
o’qish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulog’iga 
quyadi. 
Quddus Muhammadiy ijodining yana bir qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bog’liq. 
«Nomsiz erkatoylar haqida», «Dum», «Ahmadjonga uyat», «Lapashang», «Ravshanjonning qo’li 
tilga  kirdi»  kabi  ko’plab  she’rlarida  bolalar  xarakteridagi  yaramas  odatlar  ayovsiz  tanqid 
qilinadi.  Ayniqsa,  shoirning  «Dum»  she’ri  shu  jihatdan  e’tiborlidir.  O’zbek  bolalar  adabiyotida 
ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay «dum»-ikki  bilan yuruvchi o’quvchilar haqida 
nasr va nazmda yozilgan ko’pgina asarlarni bilamiz. Ammo Quddus Muhammadiy «dum»chilar 
ustidan kulish uchun mutlaqo yangi so’z va qiyofa topgan. 
SHe’r  quvnoq  misralar  bilan  yozilgan    bolalarning  ruhiga,  pedagogik-ruhiy  xususiyatiga 
mos tushadi: 
 
   Bir maktabda gap mish-mish, 
Turg’unning dumi bormish. 
 
Dum bilan yurish inson sha’niga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Turg’unlarning 
bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir. 
SHoir  ijodiga  nazar  tashlasak,  mehnatga  muhabbat  mavzusi  alohida  o’rin  tutishini  aytish 
mumkin.  «Bobomning  mehnati»,    «Mirob»,  «Bu  binoni  kim  qurgan?»,  «Etik»,  «Madraim 
payvandchi»,  «Mamajon  shofyor»  va  boshqa  shu  kabi  she’rlarda  mehnat  simfoniyasi  jaranglab 
turadi. Bu  yerda shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, mehnat, kasb-hunar  ahlini sevish, ularning 
bunyodkor faoliyatlarini qadrlash birinchi o’rinda tasvirlanadi. 
«Etik» she’rining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy bo’lishiga qaramasdan 
mushohadasi  o’tkir,  odobli.  U  «O’rdak  burunli  kavkazcha  etigiga  gard  yuqtirmaydi».  SHunga 
ko’ra uni olifta bola ekan, deb o’ylash ham mumkin. 
SHoir  Solijon  bilan  uning  etigi  orasidagi  munozaraga  diqqatni  qaratadi.  Etik  o’zining 
chiroyliligini ko’z-ko’z qilmoqchi bo’ladi: 
 
                                            Ko’p chiranma husningga, 
                                Rahmat deb qo’y bir marta 
                                Seni tikkan ustangga. 
Bolalar  tabiatan  olam  sirlarini  bilishga  astoydil  qiziqadilar.  SHoirning  «Dunyoda  eng 
kuchli  nima?»  she’ri  ana  shu  qiziqishning  badiiy  ifodasi  sifatida  e’tiborga  loyiq.  SHoir  filni 
«tog’ni  ortsang  ko’taradi»,  sherni  «filni  ham  tikka  yeydigan»,  suvni  «daryo,  soy,  irmoqlari, 
buloqlari ko’p», sovuqni «daryolarni tosh qotirgan», issiqni «qish, sovuqni qochirgan», tog’larni 
«tog’-u toshni qulatar», quyoshni «qarimaydi, o’chmaydi» deb har xil mavjudot va hodisalarga 
xos  e’tiborli  xususiyatlarni  g’oyat  jonli,  qiziqarli  ifodalab,  ularni  bolalarning  suhbati  orqali 
she’riy  ravishda  ifodalaydi.  Buni  o’qigan  bola  hodisalarning  ma’nosi  nimadaligini,  ularning 

66 
 
hayotdagi  o’rnini  tushunib  oladi.  Bu  bolaning  fikrini,  qobiliyatini,  ongini,  dunyo  haqidagi 
tushunchasini  oshiradi.  Ayniqsa,  yosh  kitobxon  dunyoda  kuch-qudrat,  aql-zakovatda  insonga 
teng keladigan hech narsa yo’q ekanligini bilib oladi: 
                                    O’sha kuchli o’zimiz, 
                                    Borliqning egasimiz... 
                                    Xotiringiz bo’lsin jam, 
                                    Dunyoda kuchli odam! 
Maktab  o’quvchilari  har  yili  necha  ming  tonnalab  temir-tersaklar  yig’ib  topshiradilar.  Bu 
hol  an’anaga  aylanib  ketgan.  Maktab  o’quvchilari  bu  ishga  astoydil  kirishib,  «kim  ko’p 
to’plashadi» o’ynaydilar. Natijada musobaqalar qizib ketadi. SHoir temir-tersak yig’ish chog’ida 
o’quvchilarning  qizg’in  mehnatini,  temir-tersaklarning  xalq  xo’jaligidagi  o’rnini,  ulardan 
nimalar tayyorlanishini «Temirlar o’yini» she’rida ifodalaydi. 
Temirlar o’yinini ifodalashda shoir bolalarbop vosita, ohang topgan. SHe’rni o’qir ekansiz, 
temir-tersaklarni  jonlantirish  asosida  ularning  har  biriga  o’ziga  xos  tasvir  topishi  va  g’oyani 
obrazli ifodalay olishini kuzatish mumkin: 
Temirlar jarang-juring,  
O’ynashib diring-diring, 
Deyishar: « yuring-yuring»,  
Tushdilar qiziq — tansa,  
Sakrashar assa-assa. 
«Temirlar  o’yini»dagi  «siniq  pero»,  «buzuq  ruchka»,  «eski  chelak»,  «cho’loq  ketmon», 
«zangbosgan mix», «keraksiz kalit», «uzuq zanjir»larning o’z holiga achinishi, bolalar mehnati, 
tashabbusi  tufayli  ular  ham  xalq  xo’jaligini  rivojlantirishda  yaroqli  bo’lishidan  xushnudligi 
yanada  aniq,  jonli,  lo’nda  ifodalanadi:  endi  ular  keraksiz  bo’lib,  har  yerda  sochilib  yotmaydi. 
Zavodlarda eritilib, qayta quyilganidan so’ng mehnat qurollariga aylanadi, insonlarning hayotiy 
faoliyatida yana o’z o’rnini topadi. 
SHoir  she’rning  ikkinchi  qismida  maktab  bolalari  o’zlari  to’plagan  temir-tersaklarni 
zavodga topshirgach, undan nimalar bo’lishini tushuntirishga o’tadi: 
 
...Elektr salqi simlar,  
Trolleybus, dizellar.  
Poezd, vagon, po’lat iz,  
Daryoni shart to’sgan GES...  
Hattoki qisqich, chelak,  
Tegirmonda sim elak,  
Palovimiz kapgiri,  
CHovli, kastrul — bari. 
Quddus  Muhammadiy  she’rning  qiziqarli,  bolalarbop  bo’lishi  uchun  jonlantirish  usulidan 
ustalik  bilan  foydalanib,  temir-tersaklar  ahamiyatini  ularning  o’zlari  tilidan  so’zlatadi.  Har 
qaysisiga xos va mos sifatlarni topadi. Deyishar: «Yuring, yuring», «Biz qachon bo’lamiz ZIL?», 
«Traktorga  vint  bo’lib,  paxta  maydonin  ko’ray»,  «Qurilishga  boramiz»,  «Temir  mehnatkash 
do’stim»  kabi  jonlantirishlar  she’rning  g’oyaviy-badiiy  tomondan  yuksak  bo’lishini  ta’minlab, 
uning ta’sir kuchini oshirgan. 
SHoir  she’rning  yengil  vaznda,  ravon  va  ohangdor  bo’lishi  uchun  yorqin  qofiyadosh 
so’zlar topa olgan: 
Siniq pero dikillab,  
Buzuq ruchka likillab...  
Temir ishin bilaman,  
Qayda ko’rsam ilaman,  
Maktabga topshiraman  
Zavodga oshiraman. 

67 
 
Tabiat  go’zalligiga  bo’lgan  buyuk  muhabbat  shoirga  hamisha  hamrohdir.  Maktabda 
muallimlik qilib yurgan paytida barg mavzusini o’tar ekan «Bargjon» she’rini yozadi. SHu tariqa 
uning «Momaqaymoq», «Qoqi o’t», «Bog’imizda bir nok bor», «Tut», «Tolim gullaydi-yu, nega 
meva tugmaydi?»,  «Tok  daraxti  bir xil-u  uzumi nega  har  xil?»,  «SHaftoli doktor»,  «Asalari  va 
Ahmadjon» kabi she’rlari paydo bo’ldi. 
SHu  jihatdan  shoirning  Hamza  nomidagi  respublika  davlat  mukofotiga  sazovor  bo’lgan 
«Tabiat  alifbosi»  turkumiga  kirgan  beshta  to’plami  e’tiborlidir.  SHoir  bu  to’plamlarga  kirgan 
she’rlarida  tabiat  hodisalari,  narsa  va  buyumlar,  koinot  mo’’jizalari  haqida  poetik  xulosalar 
chiqargan.  Bu  xulosalar  g’oyat  bolalarbopdir.  CHunonchi,  zilzilani  yerning  gimnastika  qilishi 
deb  ta’riflasa,  chuvalchangni  «er  traktori»  deb  ataydi,  gilosning  qizilligini  kichkinaligidan 
uyalishidan degan xulosaga keladi. Xullas, tabiat mavzusidagi har bir she’rida shu tariqa bolalar 
xususiyati va tushunchasiga xos ibratli fikr ifoda etiladi. 
Quddus Muhammadiy  yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida har doim 
e’zozli bo’lib qoladi. 
 

Darsni mustahkamlash uchun savollar 


1. Quddus Muhammadiy o’qish haqida qanday she’rlar yozgan? 
2. Odob-axloq to’g’risida qanday asarlar yozgan? 
3. Kasb-hunar to’g’risida-chi? 
4. Tabiat haqida qanday she’rlari bor? 
 

Zafar Diyor 


(1912- 1946) 
 
Butun  hayoti  va  ijodini  kichkintoylarga  baxshida  etgan  Zafar  Diyor  bolalarning 
kitobxonligini oshirish maqsadida ularga murojaat qilib, shunday degan ekan: 
—  Ilm  o’rganish  eng  mo’’tabar  ishdir.  Ilm  odamning  qadrini  oshiradi,  ilmli  kishilar 
dunyoda  eng  izzatli,  hurmatli  bo’ladilar.  Ilm  dunyoda  odamlar  uchun  eng  sevimli,  eng  shirin 
ne’matdir.  SHunday  ekan,  siz  dunyoda  rohatda  yashashni  istasangiz,  hamma  meni  sevsin 
desangiz, bor kuchingiz bilan o’qishga, ilm olishga g’ayrat qiling. 
Bolalar! O’qing, darsga ixlos qo’yib o’qing, foydali kitoblardan foyda va lazzat olish uchun 
o’qing. Kishining eng aziz, eng shirin va eng qimmatli vaqti yoshlik davridir. SHunday qimmatli 
yoshligingizni, aziz umringizni foydasiz ishlarga sarf qilmang, kitob o’qing, faqat kitob o’qing! 
Zafar  Diyor  1912-  yilda  Namangan  viloyatining    CHust  tumani,  Samsoqtepa  qishlog’ida 
kambag’al dehqon oilasida tug’ildi. 1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko’chib keladi. 
Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar. 
1927-  yilda  Zafar  to’liqsiz  o’rta  maktabni  bitiradi  va  Samarqanddagi  Narimonov  nomli 
pedagogika  texnikumiga  o’qishga  kiradi.  Texnikumda    ko’proq  ilm-fan  sirlaridan  bahramand 
bo’lishga  harakat  qiladi.  Uning  dastlabki  she’riy  mashqlari  bilim  yurti  devoriy  gazetasi 
sahifalarida ko’rina boshlaydi. 
Yigirmanchi  yillarning  oxiri  va  o’ttizinchi  yillarning  boshlarida  uning  yoshlar  gazeta  va 
jurnallarida  ilk  she’rlari  chop  etila  boshladi.  Zafar  Diyorning  birinchi  she’ri  yosh  shoirlarning 
«Qurilish kuylari» degan to’plamida bosilib chiqdi. Ko’p o’tmay uning birinchi she’rlar to’plami 
«Qo’shiqlar» nomi bilan 1933-yilda nashr etildi. 
  Yosh  shoir  1933-  yilda  bilim  yurtini  muvaffaqiyatli  bitirgach,  o’qituvchi  bo’lib  ishlay 
boshladi. Bu hol uning maktab va bolalar hayoti bilan yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti 
haqida yozadigan asarlarining hayotiy va  puxta bo’lishida ijobiy o’rin tutadi. 
1934-yilda  Zafar  Diyor  Samarqanddan  Toshkentga  qaytadi  va  hozirgi  «Tong  yulduzi» 
gazetasida adabiy xodim, keyinroq esa mas’ul kotib bo’lib ishlay boshlaydi. SHu bilan birga, u 
hozirgi  Toshkent  davlat  pedagogika  universitetining  til  va  adabiyot  fakultetiga  kirib,  o’qishni 

68 
 
davom  ettiradi.  O’zbek  hamda  qardosh  xalqlar  yozuvchilarining  asarlarini  qunt  bilan  o’qiydi, 
o’rganadi. 
O’sha  yillari  gazetada  Zafar  Diyor  bilan  birga  ishlagan  yozuvchi  Hakim  Nazir  o’z 
esdaliklarida shunday yozadi: «Men Zafarni o’ylasam uni nuqul shod-hurram bolalar qurshovida, 
quvnoq  chehrasidan  nur  taralib,  sertabassum  lablaridan  she’r  durdonalari  yog’ilayotganday 
ko’raman. CHindan ham, u bolalarga juda yaqin edi. Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona 
va bog’chalarda bot-bot bo’lar, yosh kitobxonlarga  yangi-yangi she’rlarini bolalarcha muloyim, 
sodda, shirali ovoz bilan o’qib berar, ayrim she’rlarini yoddan ifodali o’qir, bolalarga ham she’r 
o’qitib  eshitardi.  SHunda  u  o’zining  qaysi  she’rlari  bolalar  ko’rigidan  yaxshi  o’tganini,  qaysi 
she’rni  ko’proq  sevib  qolganlarini  ko’rar,  bolalarga  yoqtirish  uchun  qanday  she’rlar  yozish 
lozimligini  fahmlab  olardi.  «Biz  bolalarga  nuqul  o’rgatibgina  qolmay,  ulardan  o’rganib  ham 
turishimiz kerak», derdi. 
Zafar  Diyor  1935-yilda  dastlabki  mashhur  asarlaridan  biri  bo’lgan  «Mashinist»  dostonini 
yaratdi.  Dostondagi  Ashur  obrazi  baxtiyor  yoshlarning  fazilatlarini  umumlashtirishga 
bag’ishlangan. 
Maktabda  o’qish  Ashurni  hunarli  qilish  bilan  birga,  uning  ongi  va  tushunchasini  ham 
o’stiradi. U vatanga sadoqatli, har doim olg’a intiluvchi ilg’or  yoshlardan biri bo’lib  yetishadi. 
SHuning uchun doston qahramoni o’z umrini Vatan yo’liga tikishga tayyor turadi: 
 
Sevinaman, hali yoshman, ko’p yashayman,  
Bu o’lkaning saodati - baxti uchun.  
Yana o’qib, yana kulib ko’p ishlayman,  
SHu ko’plarning biri bo’lib, o’lkam uchun,  
Ha! Mamlakat, shunday va’da beray senga:  
Butun umrim sening porloq hayotingga! 
 
Asar  yoshlarning  ilm-fanga,  kasb-hunarga,  ona-Vatanga  muhabbat  va  sadoqat  ruhi  bilan 
sug’orilgan. 
Zafar  Diyorning  o’ttizinchi  yillar  ijodi  vatanparvarlik,  baynalmilallik  va  mehnatsevarlik 
tuyg’ularini  aks  ettiruvchi  asarlarining  ko’pligi  bilan  xarakterlidir.  Bu  xil  asarlar  yoshlar 
xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. 
SHoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabatidir. Bu jihatdan uning 
«Binafsha», «Navbahor», «Qushlar haqida qo’shiq», «Kapalak» singari she’rlari ahamiyatlidir. 
Rang-barang  gullarni,  turli-tuman  qushlarni  sevgan  shoir  bolalar  ruhiyatini  chuqur  tahlil 
etib,  ularni  ham  ona  tabiatni  sevishga  va  parvarish  qilishga  ruhlantiradi.  SHoir  bolalarda 
qushlarga  muhabbat  hissini  uyg’ota  oladigan  quvnoq  vazn,  o’ynoqi  misralar  yaratadi.  SHu 
maqsadda  so’zlarning  xilma-xil  takroridan,  misralarni  esa  mayakovskiychasiga  tizib,  tasvirning 
ohangdorlik jarangini, kuchini yanada oshiradi: 
 
Hoy qushlar,qushlar,qushlar, 
Qanot qoqib kelinglar, 
Sa’va,mayna,bulbullar. 
Sizga termular ko’zlar... 
Bizga ortiq yoqadi 
Quvnoq qo’shiq-kuyingiz! 

(«Qushlar haqida qo’shiq») 


SHoir  bolalarning  tabiat  hodisalariga,  hasharot-u  jonivorlarga,  ayniqsa,  kapalakka 
qiziqishini, muhabbatini  kichkintoylarga  xos so’z va ohangda ifodalab,  kichkintoyning  hayotga 
diqqat-e’tiborini  oshiradi,  kapalak  obrazi  orqali  kitobxonda  insoniy  tuyg’ularni  shakllantirishga 
harakat qiladi: 
 
                                      Uch, ucha ber, ucha ber, 

69 
 
 Go’zal bog’cham — gulshanda. 
                                      Sira ozor bermayman, 
Sevgim, fikrim ham sanda. 
                                      Kapalakjon, kapalak, 
                                      Do’st bo’laylik ikkimiz, 
                                     To’xta, so’zlayin andek! 

          (« Kapalak») 


Zafar  Diyorning  «Binafsha»  she’rini  yoddan  bilmagan  o’quvchi  bo’lmasa  kerak.  SHe’r 
o’zining ravon o’qilishi, qofiyalarning jarangdorligi bilan o’quvchini o’ziga tortadi: 
Binafshaxon, binafsha,  
Kulishlaring chiroyli.  
Bog’imizda ochilib,  
Turishlaring chiroyli. 
 
SHoirning  «Mamlakat»,  «Kazbek»,  «Tilsiz  o’rtoq»,  «Madriddan  kelgan  mehmon»  kabi 
she’r  va  dostonlari  shoir  ijodining  har  taraflama  yuksalishidan  dalolat  beruvchi  liro-epik 
asarlardir. 
Zafar  Diyor  bolalarning  xatti-harakatlarini,  orzu-intilishlarini  yaxshi  biladi.  SHu  jihatdan 
qaraydigan  bo’lsak,  uning  «Kel,  uchaylik  shimolga»  she’ri  g’oyat  o’ziga  xosdir.  Bunda  shoir 
«Quyosh  tushmaydigan»  qutbni  borib  ko’rishni  orzu  qilgan  bolaning  lirik  obrazini 
gavdalantiradi.  Yosh bolaning murg’ak xayoli shimoliy qutbni borib ko’rishni, undagi hodisalar 
bilan  tanishishni  xohlaydi.  SHoir  lirik  qahramonning  ulug’  maqsadlarga  erishish  uchun  fan  va 
texnika  asoslarini  amalda  egallashi  kerakligini  chuqur  anglaydi.  Buni  shoir  modelcha  yasash 
jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda holda tushuntiradi va ularda katta 
ishlarga— qahramonlikka havas uyg’otadi: 
 
Yosh bo’lsam ham mayliga  
Qanot bog’lab uchayin.  
Muz sahrosi Qutbning  
Sirin men ham ochayin.  
Hoy, suyukli modelcham,  
Tayyormisan safarga?  
Fikrim senda hamisha,  
Kel, uchaylik SHimolga! 
 
SHu  narsa e’tiborliki,  she’rda  Zafar  Diyor bolalarning  texnikaga intilishi va  qiziqishlarini 
qizg’in  qo’llab-quvvatlaydi,  ulardagi  oliy  his-tuyg’ularni  o’stirishga,  vatanparvarlik  hislarini 
tarkib  toptirishga  yordam 
beradi.  SHoir  bunday  yuksak  tuyg’ularni  badiiy  sodda,  ta’sirchan  va 
mazmundor misralar bilan ifodalaydi: 
                                       Butun dunyo anglasin: 
Bir modelist kepti, — deb, 
                                      Yangi avlod bayrog’in 
                                      Qutb uzra tikdi, — deb. 
SHe’r  bolalarning  kelajakda  orzu-umidlariga  erishishlariga  bo’lgan  katta  ishonch  bilan 
tugaydi.  Bu  asar  bolalarni  ilm  va  hunarga  muhabbat,  tinmay  olg’a  intilishga  chaqiriq  ruhida 
tarbiyalashi jihatidan katta ahamiyatga ega. 
Zamondoshlarimizning yangi qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, mo’l-ko’l hosil olish va 
qishloqlarni  obodonlashtirish  ishida  olib  borayotgan  kurashlari  «Yuksak  tog’,  keng  o’tloq  va 
mard o’rtoq haqida qissa» dostonida ochib berilgan. 
Zafar  Diyor  dostonda  sahro-cho’llardagi  shamolning  vahimasi  va  uning  ayanchli  tasvirini 
chizib,  yosh  kitobxon  diqqatini  mehnatga  jalb  qiladi.  Doston  ertak  shaklida,  bolalarbop  usulda 
yozilgan.  SHoir  sahrolarning  «Qashqir  kabi  uvillovchi»,  «Boyqush  kabi  huvlovchi»  dahshatli 

70 
 
shamollari  odam  —tabiat  dushmani  ekanini  obrazli  misralarda  yoritadi.  SHundan  keyin  shoir 
hayotni  go’zal, sahro-cho’llarni obod  qilishda  suvning  qadrini  juda  yaxshi  bilgan keng  o’tloqni 
jonlantirib so’zlatadi va u yerlarda «gul hayot» qurish g’oyasini olg’a suradi. Keng o’tloq yuksak 
tog’ga murojaat qiladi: 
 
Ne bo’larmish bizning ham  
Ko’ksimizdan ketsa g’am.  
Bu g’am suvsiz ketmaydi,  
Suvsiz yara bitmaydi...  
Men suvingdan kuch olsam,  
Tentak yeldan o’ch olsam.  
Uzoq yillar xo’rlangan,  
Qaqrab toshga aylangan  
Ko’ksim bo’lardi obod,  
Boshlanardi gul hayot...  
Talabimga yetkur, tog’,  
Ber suvingdan, jon o’rtoq! 
 
Yuksak  tog’  ham  chorasizlikdan  o’z  dardini  —  suvni  keng  o’tloqqa  eltib  berolmasligini 
o’kinch va alam bilan so’zlaydi. 
SHoir endi bolalar fikrini boshqa narsaga — dunyoda ongga, qudratga ega bo’lgan inson va 
uning  ta’rifiga  buradi.  Zafar  Diyor  insonning  kuch-qudratini  sodda,  mazmunli,  shirali,  bolalar 
qalbiga tez yetadigan iboralarda ifodalagan: 
 
Bu mardlik va mahorat,  
Bu kuch-quvvat, jasorat  
Insonlarga yo’ldoshdir,  
Ularga xos qo’ldoshdir.  
Butun borliq — tabiat  
(Bu so’zlarim haqiqat.)  
Bo’ysunajak insonga  
Gul tutajak ul jonga. 
 
SHoir  insonning  aql-zakovati,  kuch-qudrati  haqida  fikrlar  ekan  mubolag’aga  zo’r  beradi, 
insonni,  hatto  tabiatni  ham  o’ziga  bo’ysundiruvchi  kuch  sifatida  ta’rif  etadi.  Albatta,  bu  fikrlar 
turg’unlik  davrining  oqibatidir.  Negaki,  «Sirdaryoningjilovlanishi»  bugungi  kunda  xalqimizga 
qimmatga  tushmoqda.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  tabiat  insonlarning  boshboshdoqlik  xatti-
harakatlari  uchun  shafqatsiz  o’ch  olmoqda.  Bundan  bu  asar  mutlaqo  keraksiz  yoki  zararli  asar 
ekan,  degan  xulosaga  kelmaslik  zarur.  Asar  kitobxonlarni  mehnatsevarlikka,  yaratuvchilikka, 
tabiat  bilan  inson  munosabatida  muhabbat  tuyg’ulari  bo’lishi  lozimligiga  undaydi.  Bu  fikrini 
ifoda etishda shoir yangi usul — tog’ va o’tloqlarni jonlantirish orqali erishadi: 
 
— Hoy, mard o’rtoq, mard o’rtoq,  
Qara, qancha keng o’tloq  
Suvsizlikdan dili dog’,  
Uning ohin o’chirib,  
CHamanzorga aylantir,  
Mangulikka shodlantir. 
 
Dostonda  shu  tariqa  xalqimizning  cho’l-biyobonlarni  bog’-rog’larga  aylantirish  orzusi 
o’zining badiiy ifodasini topgan. 

71 
 
Zafar Diyor dostonning g’oyaviy-badiiy mukammalligi uchun qattiq ijodiy mehnat qilgan. 
Asarning tuzilishi xalq ertaklariga yaqinligi bilan ahamiyatlidir. SHoir asarning sehrli, roman-tik, 
ya’ni  g’oyat  ta’sirchan,  o’qimishli  bo’lishini  ta’minlash  uchun  sodda,  ajoyib  badiiy-tasviriy 
vositalardan  ustalik  bilan  foydalangan.  Keng  o’tloq,  cho’llarning  suvga  tashnaligi  va  uning 
orzusi haqidagi «Bitta to’yib suv ichsak», «Suv ber, menga suv bergin», «Ko’ksimdan so’ng gul 
tergin»;  sahro  va  uning  shamoli  to’g’risi-dagi  «Eng  g’azabli,  eng  o’chli,  xarsangtoshday 
qotaman,  misdek  qizib  yotaman»;  davr  kishilarining  kuch-qudratiga  oid  «CHinordek  zo’r 
qomati, Go’ro’g’lidek savlati» kabi tasviriy vositalarga boy misralar fikrimizning isbotidir. 
Bu  asar  yosh  kitobxonlarni  mehnat  va  tabiatga  muhabbat  ruhida  tarbiyalashi  bilan 
muhimdir. 
Zafar  Diyorning  ko’pgina  asarlari  mehnat  mavzusiga  bag’ishlangan.  Ana  shunday 
asarlaridan  biri  «  Kichkina  bog’bon  haqida  doston»dir.  Dostonda  bolalar  va  yoshlar  dov-
daraxtlarni ekish,  parvarish  qilishga  chaqirilib, mehnat zavqi  va ahamiyati kuylanadi.  Bu  g’oya 
SHotursun  obrazi  orqali  ifodalanadi.  Kichik  qahramon  otasi  bilan  birlashib  mevali  daraxtlarni 
parvarish qilishga, «Qo’lda kichik ketmon» bilan bog’larni yashnatishga mehr qo’yib, mehnatda 
o’zini ko’rsatadi. 
Zo’r  g’ayrat  va  katta  ishtiyoq  bilan  ishga  kirishgan  SHotursun-ning  o’zi  parvarish  qilib 
yurgan  bir  tup  olmasi  barvaqt  pishib,  mo’l-ko’l  hosil  beradi.  Bola  bir  yili  yalqovlikka  berilib, 
olmaga  qaramay  qo’yadi.  SHoirning  mahorati  shundaki,  olma  daraxtini  jonlantirib,  uning 
so’zlari orqali bolalarga ibrat bo’ladigan fikrni aytadi: 
— Bu yil esa, SHotursun,  
G’ayrating yo’q unchalik,  
Berilmassan deb edim  
Yalqovlikka bunchalik.  
Ahvolimni so’rmading,  
Oqlamading tanamni,  
Qurt-qumursqa talaydi,  
Ertadan kech mevamni. 
 
Olmaning  bunday  ayanchli  ahvoli,  oh-fig’oni    SHotursunga  qattiq  ta’sir  qiladi  va  u  o’z 
xato-kamchiliklarini tezda anglab olmakga parvarishini qayta boshlab yubordi. SHu zaylda shoir 
o’quvchida SHotursunga nisbatan mehr uyg’otadi, undan o’rnak olishga chaqiradi. 
Zafar Diyorning uchinchi to’plami 1939-yilda «SHe’rlar» nomi bilan bosilib chiqdi. Uning 
bu  to’plami  mavzu  jihatidan  bolalarbopligi,  qiziqarli  mazmun  va  obrazli  ifodalari  bilan  ajralib 
turadi. Bu esa Zafar Diyorning ijod sirlarini tobora mukammal egallab borayotganini, bolalar va 
yoshlar  hayotini  yaxshi  o’rganib,  ular  uchun  puxta,  barkamol  asarlar  yaratish  yo’lida  tinmay 
ijodiy mehnat qilayotganini ko’rsatdi. 
To’plamdagi  «Amudaryo  bo’yida»  she’rida  shoir  o’lka  chegarachilarining  lirik  obrazini 
mahorat bilan chizgan. SHe’rda bolalarni chegara soqchilarining hayoti, ularning mas’uliyatli va 
faxrli burchi bilan tanishtiradi. 
«Qutb  qo’shig’i»  she’rida  esa  shoir  olam  yaralgandan  buyon  hech  kim  borib  ko’rmagan 
qutbni egallagan bugungi kishilarning jasorat-u kuch-qudratini yusak muhabbat bilan kuylaydi. 
Zafar  Diyor  o’z    she’rlarida  vatanparvarlik,  Vatanga  muhabbat  g’oyalarini  ilgari  suradi. 
Bolalarni  Vatanning  munosib  farzandlari  bo’lib  kamol  topishga  undaydi.  Buning  uchun  ularga 
bilim manbayi bo’lgan kitobni sevib, fan asoslarini chuqur egal-lashlari zarurligini uqtiradi. Bu 
g’oyani «Kitob, mening do’stimsan» she’rida shunday tasvirlaydi: 
 
Varaqlasam bir boshdan  
Quvnab bahrim ochilur,  
Oltin harf-so’zlardan  
Totli ma’no sochilur.  
SHuning uchun deymanki:  

72 
 
Kitob, mening do’stimsan! 
 
Zafar  Diyor  kitobning  mohiyatini  bolalar  ongiga  oson  singdirishda  jonlantirish 
vositalaridan ustalik bilan foydalana olgan. SHoir kitobni bola tilidan shunday ta’riflaydi: 
 
Har sahifang men uchun  
Bir hikoyat so’zlaydi,  
— O’qib, odam bo’lgin, — deb  
Yaxshi niyat ko’zlaydi. 
 
SHoir kitobni bolaning eng yaqin, mehribon do’sti, g’amxo’r o’rtog’i deb ko’rsatgach, uni 
jon-dildan sevgan bolaning jonli qiyofasini chizadi: 
 
Seni jondan sevaman,  
Meni tilga o’rgatding,  
Hadya qilib ilm-fan,  
Yorug’ yo’llar ko’rsatding. 
 
SHoir  kitobning  mohiyatini  bolalarga  yanada  chuqurroq  anglatishda,  uni  ta’sirchan  qilib 
gavdalantirishda: «Baxtim kular kitobdan», «Quvnab bahrim ochilur», «Yosh o’ynoqi ko’zlarim 
shuur olar kitobdan» kabi istioralarni ishlatib, she’rning badiiy ta’sirchanligini  oshirgan. 
Zafar Diyor ikkinchi jahon urushi yillarida hozirgi «O’zbekiston ovozi» gazetasida adabiy 
xodim  bo’lib  ishladi.  Ayni  chog’da,  u  tinmay  samarali  ijod  etdi.  SHoirning  «G’unchalar», 
«Serquyosh o’lka», «Ona qo’shig’i», «Bizning oila», «Qahramon», «Tankist», «Ulug’ bayram», 
«Qurol  bering  menga  ham»,  «Qahramonning  kelishi»,  «Biz  yashamoq  istaymiz»,  «Qo’riq-
chilikda» singari jangovar she’rlari shu yillarda yaratilgan. 
  Zafar  Diyor  baxtli  bolalarning  go’zal  bog’lardan,  chamanzorlardan,  rang-barang 
gullardan,  bahordan  olgan  quvonchini  «Bahor  keldi»,  «Orzu»,  «Qaldirg’och»,  «Qushlar  haqida 
qo’shiq»,  «Binafsha»  kabi  she’rlarida  sodda,  ravon  tilda,  ohangdor,  yengil  qofiyali,  o’ynoqi 
misralarda shoirona talqin etadi va ular qalbida hayotga mehr uyg’otadi. 
Zafar  Diyor  bugungi  o’zbek  bolalar  dramaturgiyasi  taraq-qiyotiga  ham  barakali  hissa 
qo’shdi.  U  bolalar  hayoti  haqida  «Baxtli  yoshlik»,  «Yosh  vatanparvarlar»,  «Omonat»,  «Uch 
og’ayni» kabi qator dramalar ham yozgan. 
O’zbek  bolalar  nasrini  rivojlantirishda  Zafar  Diyor  ham  o’z  hissasini  qo’shgan.  Uning 
«Jo’natish», «CHo’pon qizi», «Nojo’yaliklar» kabi hikoyalari shular jumlasidandir. 
Zafar  Diyor  bolalar  adabiyotining  hamma  janrlarida  qalam  tebratdi.  U  bolalarning 
turmushi, talab-ehtiyojlari hamda orzu-tilaklarini, turmushini, ularning ruhiyatini puxta bilganligi 
uchun  bolalarning  yoshiga,  ong-tushunchasiga  moslab,  g’oyaviy-badiiy  jihatdan  puxta  asarlar 
yaratdi. 
SHoir  o’zining  qo’shiq  va  she’rlarida  hamda  boshqa  asarlarida  yosh  kitobxonlarni  ulug’ 
yurtimizning  behisob  boyliklari  bilan  faxrlanishga,  kelgusida  yaxshi  hayot  bunyod  etishlari 
uchun astoydil kurashuvchi, ongli, madaniyatli,  vatanparvar kishilar bo’lib yetishish uchun a’lo 
baholar bilan o’qishga chaqiradi. U yosh avlodni mehnatga muhabbat bilan qarashga, rostgo’y va 
intizomli  bo’lishga  undadi,  ularda  vatanparvarlik,  do’stlik  tuyg’ularini  o’stirishga  katta  e’tibor 
berdi. Uning asarlari davr bolalari va yoshlari uchun zavq bag’ishladi, ularni o’qish-o’rganish va 
kamol topish uchun kurashga ruhlantirdi. 
O’zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga she’r va qo’shiq, doston va ertaklari bilan juda 
katta  hissa  qo’shgan  Zafar  Diyorning  asarlarini  bolalar  hamon  sevib  o’qiydilar  va  yuksak 
qadrlaydilar. 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


elva-kak-dachnij-lokus.html

elvan-cafarov---gem--bugn.html

elverili-yne-yneli-ve.html

elvin-luku-talk-show-n-100.html

elvin-luku-talk-show-n-105.html