1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 18

Darsni mustahkamlash uchun savollar - Mualliflardan

bet8/18
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.

Darsni mustahkamlash uchun savollar 


1. Gulxaniyning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz? 
2. «Zarbulmasal»dan kutilgan maqsad nima? 

54 
 
3. Gulxaniyning qanday masallarini bilasiz? 

Abdulla Avloniy 


(1878- 1934) 
Buyuklarning,  el-yurtga  xizmati  singgan  ulug’  kishilarning  nomlari  mangulikka  daxldor 
bo’ladi.  Asrlar  osha  unday  odamlarning  xizmatlari  qayta-qayta  tilga  olinaveradi.  Ana  shunday 
ulug’  zotlardan  biri,  mashhur  muallim,  tashkilotchi,  shoir  Abdulla  Avloniydir.  Prezidentimiz 
qachon  ta’lim-tarbiya  haqida  gapiradigan  bo’lsa,  albatta,  Abdulla  Avloniy  haqida  to’xtaladi. 
Uning  ibratomuz  so’zi  va  ishini  misol  qilib  aytadi:  «Men  Abdulla  Avloniyning  «Tarbiya  biz 
uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo siyocat, yo falokat masalasidir» degan fikrini 
ko’p  mushohada  qilaman»  —  deb,  bu  muallimning  bosib  o’tgan  hayot  yo’lini  yoshlarga  ibrat 
qilib ko’rsatadi. 
Ha,  ana  shunday  maqtovga  loyiq  inson,  o’zbek  madaniyatining  ulkan  vakillaridan  biri, 
pedagog, jamoat arbobi  va  yozuvchi Abdulla Avloniy 1878-  yilda Toshkent shahrida to’quvchi 
oilasida dunyoga keldi. 
Abdulla Avloniy boshlang’ich diniy maktabda va madrasada o’qidi, ilm-fanga ixlos qo’ydi. 
O’zbek  va  boshqa  SHarq  xalqlari  adabiyotini  berilib  o’rgandi.  Abdulla  Avloniy  14  yoshidan 
boshlab  she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o’sha davr 
vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turdi. 
Abdulla  Avloniy  xalqni  ilm-fan  nurlaridan  bahramand  qilishni  o’zining  birdan  bir  burchi 
deb bildi va 1904- yilda o’zi yashab turgan joy — Mirobodda maktab ochdi. 
Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o’ziga tortishi uchun harakat qiladi. Uning 
qo’lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. SHuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha 
o’quv  jihozlarini  o’zgartirdi.  Bu  yerda  o’qiydigan  bolalarning  ko’pchiligini  kambag’allarning 
bolalari  tashkil  etganligi  sababli  muallim  boy-badavlat  do’stlarining  ko’magida  «Jamiyati 
xayriya» tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam berilishini 
ta’minlaydi. 
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o’quvchilarning soni ko’paya boradi. 
Abdulla  Avloniy  o’zi  tashkil  qilgan  maktabda  bolalar  diqqatini  asosiy  fanlarga  jalb  etib, 
ularning  tezda  savodini  chiqarishga  va  aniq  fanlardan  bahramand  bo’lishlariga  harakat  qildi.  U 
bolalarga  jug’rofiya,  tarix,  adabiyot,  til,  hisob,  handasa,  hikmat  (fizika)  kabi  fanlardan 
ma’lumotlar berdi. 
U  1907-  yilda  «SHuhrat»  deb  nomlangan  gazeta  tashkil  etdi  va  uning  sahifalarida 
mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ’ib etdi. Jumladan, gazetaning 
birinchi  sonida:  «Matbuot  har  insonga  o’z  holini  ko’rsatuvchi,  ahvol-olamdan  xabar  beruvchi, 
qorong’u  kunlarni  yorituvchi,  xalq  orasida  fikr  tarqatuvchi,  ilm,  ittifoq,  hikmat  g’oyalarini 
yoyuvchidir», deb yozgan edi. 
Abdulla  Avloniy  «Adabiyot  yoxud  milliy  she’rlar»  deb  nomlangan  to’rt  qismdan  iborat 
bo’lgan  darsligida  yoshlarni  maorif-madaniyatga  chorlaydi,  yaramas  xulq-odatlarni  esa  tanqid 
qiladi. 
O’sha  davr  xalq  pedagogikasida  Abdulla  Avloniyning  «Birinchi  muallim»  —  «Alifbe», 
«Ikkinchi muallim» — «O’qish» kitoblari katta rol o’ynadi. 
Bu kitoblarda Avloniy o’tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm 
va ma’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi. 
«Birinchi  muallim»da  Avloniy  dastavval  32  harfning  yolg’iz  yoziladigan  shakllarini  bir 
sahifa alifbo tartibida bergan. SHu sahifada alifning so’z boshida, o’rtasida va oxirida yozilishini 
ko’rsatgan, so’ng alifni barcha «bosh harflar»ga qo’shib, bo’g’inlar hosil qilgan. 
«Ikkinchi  muallim»da  axloq-odobga  doir,  halollik  va  poklikka  oid  turli  she’rlar,  hikoya, 
masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan. 
Kitob  «Maktab»  she’ri  bilan  boshlanadi.  Unda  kimki  maktabga  borsa,  o’qisa,  savodxon 
bo’lsa, juda ko’p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi: 
 

55 
 
Maktab dur-u gavhar sochar,  
Maktab sizga jannat ochar,  
Maktab jaholatdan qochar,  
G’ayrat qilib o’qing, o’g’lon! 
 
Darslikda ko’plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan. 
Abdulla Avloniy 1904- yildan umrining oxiriga qadar o’qituvchi bo’lib ishladi. U ko’plab 
she’rlar, «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklar bilan hozirgi zamon 
o’zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo’ygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan «Turkiy 
guliston  yoxud  axloq»  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg’u  bilig»,  Nosir  Xusravning 
«Saodatnoma»,  Sa’diyning  «Guliston»  va  «Bo’ston»,  Jomiyning  «Bahoriston»,  Navoiyning 
«Mahbub  ul-qulub»,  Donishning  «Farzandlarga  vasiyat»  asarlari  kabi  o’ziga  xos  tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. 
Unda  Abdulla  Avloniy  o’zining  ijtimoiy  va  axloqiy  qarashlarini  bayon  etgan.  Asarning 
so’zboshisida  muallif  bu  haqda  shunday  yozadi:  «Men  bu  asarimni  maktablarimizning  yuqori 
sinflarida  ta’lim  bermak  ila  barobar  ulug’  adabiyot  muhiblari  —  axloq  havaskorlarining 
e’tiborlariga taqdim qildim». 
Darslikdagi  har  bir  bo’lim  ta’lim-tarbiyaning  muhim  bir  masalasiga  bag’ishlangan  bo’lib, 
ularning  biri  ikkinchisini  to’ldiradi,  takomillashtiradi.  Har  bir  bo’limda  kichik  hajmli,  ibratli 
hikoyalar  keltiriladi,  she’riy  parchalarda  yoki  hikmatli  so’zlarda  «qissadan  hissa»  chiqariladi. 
Yozuvchi bu asarida xalq og’zaki ijodidan keng foydalangan. 
Abdulla  Avloniyning  «Bahor  keldi»,  «Bulbul»,  «Bola  ila  gul»,  «Yolg’onchi  cho’pon», 
«Tulki ila qarg’a» kabi juda ko’p she’rlari kichik yoshdagi bolalarga bag’ishlangan. 
«Maktab  bolasi»  she’ri  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  hayotidan  olib  yozilgan.  Asarda 
ishyoqmas,  dangasa  bolaning  qalbida  o’qishga  muhabbat  uyg’onishi  umumiy  yo’sinda  bayon 
etiladi: 
 
Yo’lga soldi til ila yo’ldoshin,  
Maktabga moyil ayladi boshin, 
Soldi o’rtog’ining so’zina quloq,  
Bosdi ul ham o’quv yo’lina oyog’.  
Ikkisi birga bo’ldilar mullo,  
CHiqdi xat-u savod ham imlo. 
 
SHu  tariqa  shoir  qissadan  hissa  chiqarar  ekan,  «Yaxshi  bilan  yursang  yetarsan  murodga» 
g’oyasini ilgari suradi. 
Abdulla  Avloniy  o’zbek  adabiyotida  drama  janrining  rivojlanishiga  ham  katta  hissa 
qo’shdi.  Uning  «Advokatlik  oson-mi?»,  «Pinak»,  «Biz  va  siz»  pesalari  adabiyotimiz  tarixida 
o’chmas iz qoldirdi. 
Abdulla Avloniy 1934- yilda vafot etdi. U ma’rifatchi, shoir, dramaturg, jurnalist, rejissor, 
tarjimon, aktyor, jamoatchi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoldi. 
 

Darsni mustahkamlash uchun savollar 


1. A. Avloniyning qanday darsliklarini bilasiz va ularning mazmuni nimalardan iborat? 
2.  Abdulla  Avloniy  o’zining  qaysi  kitob  va  asarlari  bilan  hozirgi  o’zbek  bolalar 
adabiyotining rivojlanishiga hissa qo’shgan? 
3. Abdulla Avloniyning dramatik asarlari haqida nima bilasiz? 
 
 

56 
 

Hamza Hakimzoda Niyoziy 


(1889- 1929) 
 
Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  1889-  yilda  Qo’qon  shahrida  tabib  oilasida  tavallud  topdi. 
Uning pedagogik faoliyati 1911-yildan boshlandi. U dastlab Qo’qon shahrining Hojibek guzarida 
kambag’allarning farzandlari va yetim-esir bolalar uchun maktab ochdi. 
Hamza  mehnatkash  xalq  ommasi  va  uning  bolalarini  o’qitish  va  tarbiyalash  maqsadida, 
ularni moddiy jihatdan ta’minlashni nazarda tutib «Yordam jamiyati» tashkil qildi. SHu jamiyat 
orqali u o’quvchilarni o’quv qurollari, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlab turdi. 
1914-yilda  jahon  urushining  boshlanishi  Turkiston  boshiga  tushgan  balo  bo’ladi.  Urush 
ta’sirida mehnatkash xalq yanada qashshoqlashadi, bolalar nihoyatda ayanchli ahvolda qoladilar. 
Bu hol Hamzaga ta’sir qiladi. SHoir ularning og’ir ahvolini ifodalovchi she’r va maqolalari bilan 
matbuotda  muntazam  ravishda  qatnashib  turadi.  Hamza  1914-yilda  «Sadoyi  Turkiston» 
ro’znomasida bosilgan she’rida xalq ahvolini shunday ta’riflaydi: 
 
...Kambag’allar titrashib yurgay yalang’och izg’ushub,  
  Oh, bu faqir-u asorat onlara sayyoddir,  
  Dil shikasta, bag’ri xun, ko’zida yosh shashqator,  
  Otasiz, baxtsiz yetimlar holiga faryoddir. 
 
SHunday sharoitda Hamza «bir iloj qilib kambag’al bolalarni aqchasiz... tarbiya va o’quvga 
boshlarini band qilmoq» choralarini izlaydi, she’r va maqolalarida bolalarni o’qishga chaqiradi. 
Bu g’oyani Hamza «O’qi» she’rida bayon etadi. O’sha yili u yetim va kambag’al bolalar uchun 
«Doril  yetim»  (Etimlar  maktabi)ni  ochadi  va  o’zi  o’qituvchilik  qiladi.  Hamza  birinchi  sinf 
o’quvchilari uchun «Engil adabiyot», 2- sinf uchun «Axloq hikoyalari» o’qish kitoblarini tuzadi. 
Hamza  1915-yilda  Marg’ilonga  borib,  kambag’al  bolalari  uchun  maktab  ochadi.  1918- 
yilda Farg’onaga borib o’qituvchilikni davom ettiradi va u yerda  yosh san’atkor-ixlosmandlarni 
to’plab,  «Sayyor  dram  truppa»  tashkil  qiladi.  1919-  yilning  boshlarida  Hamza  Qo’qondagi  1- 
boqimsiz  bolalar  uyiga  mudir  qilib  tayinlanadi.  Bu  yerda  u  uch  sinfli  maktab  ochib,  o’zi 
o’qituvchilik qiladi. 1922 — 1924- yillarda shoir Qoraqalpog’istonning Xo’jayli tumanidagi 1- 
bolalar  uyi  mudiri  va  o’qituvchisi  bo’lib  ishlaydi.  1925-  yilda  esa  Farg’onaning  Avval 
qishlog’iga o’qituvchi qilib tayinlanadi va g’oyat og’ir sharoitda ishlaydi. Ayni vaqtda u xalqni 
yangi zamon qurilishi tomon chaqiruvchi ijodini davom ettiradi. 
SHoir 1928 — 1929-yillarda SHohimardonga borib o’qituvchilik qiladi. 
Hamzaning  tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda  yozgan  asarlari  yanada to’ldiradi. 
Uning  ilm  va  tarbiyaviy  mavzuda  yaratgan  «Ilm  ista»,  «Maktab»,  «Kitob»,  ,,O’qi»,  «Qalam», 
«Hikoya»,  «To’g’ri  so’z  bola»,  «Hikoyat»,  «Toshbaqa  va  CHayon»,  «Bolaning  yomon 
bo’lmog’iga  sabab  bo’lgan  onaning  jazosi»  kabi  she’rlari  xarakterlidir.  Bu  asarlar  shoirning 
1914- yilgacha bo’lgan ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiqdir. 
Hamza  xalqni  o’qitish,  savodxon  qilish  uchun  tinimsiz  intiladi  va  kurashadi,  maktablar 
uchun  darslik  va  qo’llanmalar  yozishni  o’ziga  maqsad  qilib  oladi.  Hamza  yozgan  darsliklar 
uning  o’sha  davrdagi  dunyoqarashi,  badiiy  ijodi,  bolalar  adabiyotini  tushunishi  ibratlidir.  Bu 
g’oya “Engil adabiyot”da o’z aksini topgan. 
Muallim-olimning  bu  kitobidan  munosib  o’rin  olgan  «Maktab  xususinda»  asari  alohida 
ajralib turadi. U bu she’rda maktabni millatning quyoshiga, guli va bog’iga o’xshatib ta’riflaydi: 
 
Maktab millat quyoshi, 
 
 
Maktab millat saroyi, 
Balki ko’z ila qoshi.   
 
Ilm-u adabning joyi. 
Ko’zsiz, qoshsiz kishining   
Dunyoda eng saodat 
Qanday xunukdir boshi. 
 
Axtarganlarning joyi. 
 

57 
 
Maktab millatning guli, 
Millat aning bulbuli. 
Maktabsiz qolgan millat 
Boshqa chamanning quli... 
   
«Birinchi  sinf  bolasining  so’zi»  she’rida  shoir  o’sha  quyoshga,  nurga,  gulga,  baxtga 
intilgan o’quvchining yozuv va chizuvini o’rganib olib baxtga erishayotganligini uning nomidan 
quyidagi misralarda bayon qiladi: 
 
Mening o’qub, yozganim, 
  Oltin, kumush qazganim, 
Tilak sari uchuvga 
Go’yo qanot yozganim. 
 
Hamza xuddi shu darslikdan o’rin olgan «To’g’ri so’zla» she’rida har qanday holatda ham, 
hatto  boshingga  qilich  kelganda  ham  to’g’ri  so’z  bo’l,  deb  o’z  o’quvchisini,  yosh  kitobxonni 
to’g’riso’z bo’lishga undaydi: 
 
                                          To’g’ri so’zla, ey o’g’ul, 
       Til burmag’il yolg’onga hech. 
          Bir masal bor: to’g’riso’zlar 
Boshini kesmas qilich. 
 
Hamzaning  “Engil  adabiyot”ga  kiritgan  she’rlaridagi  bosh  qahramonlarning  belgili 
xususiyatlaridan  biri  –  to’g’ri  so’zlik.  SHoir  bolalarni  to’g’ri  va  rostgo’y  bo’lishga,  zararli  va 
foydasiz  ishlardan  qochib,  ijobiy  ishlar  bilan  shug’ullanishga,  kishilarning  yaxshi  sifatlaridan 
ibrat  olishga  chaqirgan.  «To’g’ri so’z   bola» she’rida bu  fikr  yanada  jonli  chiqqanini  ko’ramiz. 
Hamza bu she’rida barcha narsa pul va boylik bilan o’lchangan jamiyatda hamma narsadan ko’ra 
haqiqatni ustun qo’ygan ijobiy qahramon bola obrazini yaratadi. 
Bir  bola  o’qishdan  qaytayotganida  ikki  kishi  uning  oldini  to’sib,  biri  dedi:  «Tanga 
berurman  senga, so’zla  birozgina  yolg’on  menga». SHunda  bola unga  juda  donolik  bilan  javob 
beradi: 
-
 
                  -  So’zlang, ako, qomatingizga qarab,  
Bu so’zingiz aslida yolg’on erur,  
Tangaga yolg’onni kirn olgan erur,  
Sizda ko’p ekan o’zi yolg’on, ako,  
Siz oni avval sotib aylang ado.  
Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam,  
O’rtog’ingizda ko’p erur bizdanam.  
Ofarin aytdilar oning so’ziga  
Tangani xolis berubon o’ziga.  
Hissa: kimki to’g’ri so’zi har qachon,  
Tekkizadir doimiy bo’yla hison. 
Hamza  bu  she’rida  bolalarni  yoshligidanoq  rostgo’ylik  ruhida  tarbiyalash  lozimligini 
uqtiradi, ularni yolg’onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi. 
SHu  kitobda  «Qimorning  boshi»  degan  bir  she’r  bor.  Unda  shoir  Hoshimjon  degan 
bolaning  ayanchli  qismatidan  to’g’ri  xulosa  chiqarishga  chaqiradi.  Hoshimjonning  «To’ptosh», 
«Juftmi-toq»  degan  o’yinlarni  o’ynashdan  asta-sekin  qimor  o’ynashga  o’rganganini,  bora-bora 
qimorga mukkasidan ketib, oxiri bor-yo’g’ini qimorga boy berganini, nihoyat uning go’loxlikka 
tushib, xorlikda o’lib ketganini ifoda etadi. 

58 
 
«O’qish  kitobi»  Hamzaning  ikkinchi  darsligidir.  Unda  to’qqizta  dars  bo’lib,  ularning  har 
biri  axloqiy  masalaga  bag’ishlangan.  Barcha  hikoyalarning  qahramoni  ijobiy  fazilatlarni  o’zida 
mujassam-lantirgan maktab o’quvchisidir. 
«Bir  aqlli  maktab  bolasining  o’z-o’zicha  domlasining  qilgan  tarbiyalari  yodiga  tushib, 
fikrlanib, degan so’zlari» sarlavhali ikkinchi darsda bolaning nutq-ta’rifi vositasida ustoz obrazi 
chiziladi. Hamza o’zi orzu qilgan o’qituvchini bola tilidan bunday ta’riflaydi: 
O’ylasak, bizni erurlar chin otamiz shul kishi,  
CHunki bizga bilmaganni bildirur ustodimiz... 
Ota birlan onamizdan yaxshiroq shafqat qilib,  
Bizdagi har kamchilikni ko’rsatur ustodimiz...  
Asta-asta bizda bo’lgan har yomon, shum fe’lni,  
Har kuni aylab nasihat, yo’qotur ustodimiz. 
Yoshlarni  insonparvarlik  ruhida  tarbiyalash  ishiga  Hamza  alohida  ahamiyat  beradi. 
Odamlarga  mehr-u  muhabbat  qo’yish,  kishilarning  qadr-qimmatiga  yetish,  ularni  hurmat  qilib, 
izzat-ikrom  bilan  muomala  qilish  yoshlardagi  insonparvarlikning  asosidir.  Yoshlarni  bunday 
ruhda  tarbiyalash,  dastavval,  bolalarning  eng  yaqin  kishilariga,  ayniqsa,  ota-onasiga  nisbatan 
muhabbat  tuyg’ularini  rivojlantirishdan  boshlanishi  kerak.  SHoir  ota-onani  hurmat  qilishni 
bolaning  eng  yuksak  insoniy  fazilatlaridan  biri  deb  hisoblaydi.  «Ul  aqllik  otasini  ham  qilgan 
tarbiya  va  shafqatlarini  yod  etib  degan  so’zi»  sarlavhali  uchinchi  va  «Bir  aqllik  bolaning 
mushfiqa  enasi  uchinda  qilgan  tashakkurlari»  nomli  to’rtinchi  darslarida  ota-onalar  qiyofasi 
chiziladi. 
Hamza kitobda otaning lirik obrazini chizarkan, uning amri xalq amridan ham kuchli, deb 
ta’riflaydi. Onani esa «otamizdan ham muqaddas onamiz» tarzida ulug’laydi. Ayni chog’da, ota-
onaning bola tarbiyasi uchun mas’ul ekanligi ta’kidlanadi. 
«O’qish kitobi»dagi bir necha she’rlar o’qish, ilm olish, maktab hamda kitobning ta’rifiga 
bag’ishlanadi.  Jumladan,  «O’qi»  she’rida  shoir  o’qish  natijasida  kambag’al-bechoralarning 
asoratdan  qutulib,  madaniyat  va  san’atdan  bahramand  bo’lishi  turgan  gap  deb  uqtiradi. 
O’qishning qadrini muallif o’qituvchi-ustozlar tilidan shunday ta’riflaydi: 
 
Gar dilingda o’ylagan orzuga yetmoq istasang,  
Qimmat umring qilmag’il behudaga bekor, o’qi!..  
Ey o’g’il! Dunyoda bo’lmoq istasang oliyjanob,  
O’qig’il maktab kelib, zinhor o’qi, mingbor o’qi! 
 
Hamza bolalarni ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning  ahamiyati nihoyatda katta 
ekanligini «Kitob» she’rida sodda, obrazli, mazmundor misralarda tasvirlab berdi. U o’z she’rida 
«  Kitob  bilim  manbayi»,  «Ko’zning  nuri,  dil  huzuri,  dillarning  darmoni!...»,  «Har  balodan 
asraguvchi  eng  muhim  qimmat  yarog’»  kabi  sifat  va  ta’riflar  bilan  kitobni  yuksakka  ko’taradi. 
SHu bilan birga, har bir kishi ko’nglidagi orzusiga yetishi uchun «Ilm manbayi bo’lgan kitob»ni 
sevishi, savodli bo’lishi lozimligini uqtiradi: 
Har ko’ngilning orzusi shul erur obihayot,  
Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob...  
Ko’zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur,  
Har qorong’u dilga go’yo mohitobondur kitob...  
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g’ayrat agar,  
Tez zamonda oshno bo’lmog’i osondir kitob. 
 
 «O’qish  kitobi»dagi  asarlarning  ko’pchiligida  o’z  zamonasi  uchun  g’oyat  ilg’or  fikrlar 
olg’a  suriladi.  Ayniqsa,  undagi  maktab,  kitob,  qalam,  ilm,  o’qituvchi,  bola  tarbiyasida  ota-
onaning roli haqidagi she’rlar, «Toshbaqa bilan CHayon» kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham 
kitobxonlarga  manzur  bo’lgan    asarlar  sirasidandir.  Ana  shu  g’oyaviy  va  badiiy  yuksak, 

59 
 
o’quvchilarga  manzur  bo’lgan  asarlar  «O’qish  kitobi»ni  o’zbek  bolalar  adabiyotining  noyob 
namunalaridan deb hisoblash uchun asos bo’ladi. 
Hamza 1925- yilda «Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi» darsligini yozdi. Bu kitob g’oyaviy 
mavzusi  jihatidan  Alisher  Navoiyning  «Hayrat  ul-abror»  asariga  yaqin  turadi.  Kitob  bolalar 
ruhiga mos qilib, nasriy yo’l bilan yozilgan. Undagi birinchi asar — «Ilm»da ma’rifatlilik, ilmli 
bo’lish shunday sharhlanadi: 
«Ey bolalar, har bir inson bolasiga dunyoda eng avval zarur va lozim bo’lgan narsa ilmlik 
o’lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatodir...» 
Kitobdagi  barcha  darslar  ana  shunday  tafsilot  bilan  boshlanadi,  so’ng  bir  bayt  she’r 
keltiriladi: 
 
Ilmsiz har kishi uchsa havoga,  
Ko’ngil berma aningdek xudnamoga. 
 
1915-yilda  Hamzaning  «Milliy  ashulalar»  to’plami  bosilib  chiqdi.  Bu  to’plamdagi 
she’rlarning ko’pchiligida ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib etish davom etadi. Hamza avvalgi 
she’rlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilarni ma’rifatparvar deb ko’rsatgan bo’lsa, endi u o’z xalqi 
uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslarni ma’rifatparvar deb talqin qildi. 
Bu  uning  ijodiga  ijtimoiy  voqelik  ta’sir  etganini,  ijodkorning  g’oyaviy  tomondan  o’sganini 
ko’rsatadi. 
SHoir  «Milliy  ashulalar»,  «Oq  gul»,  «Qizil  gul»,  «Yashil  gul»  va  boshqa  to’plamlarida 
qo’shiqlar bilan xalq ommasini madaniyatli bo’lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy 
faollikka chaqiradi. 
Mashhur  tarbiyachi,  atoqli  shoir,  dramaturg  va  bastakor  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy 
mehnatkash  xalqni,  shuningdek,  yosh  avlodni  o’qitish,  ma’rifatli  qilish,  tarbiyalash  ishiga 
o’zining butun iqtidorini, umrini bag’ishladi. 
 
  

Darsni mustahkamlash uchun savollar 


1. 
Hamzaning qanday darslik kitoblarini bilasiz? 
2. 
«O’qi», «Ilm ista», «Maktab» asarlarida shoir nimaga chaqiradi? 
3. 
SHoirning qanday masallarini bilasiz? 
 
 

60 
 

G’afur G’ulom 


(1903-1966) 
 
Otashnafas kuychi G’afur G’ulom hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotining yuksalishida 
muhim o’rin egallaydi. 
1918-  yilda  G’afur  G’ulom  8  oylik  muallimlar  tayyorlash  kursiga  kirib  o’qidi  va  1919-
yildan boshlab tarbiyachilik, o’qituvchilik ishlari bilan shug’ullana boshladi. Yoshlarni bilim va 
madaniyat quchog’iga tortishda u astoydil xizmat qildi. U Toshkentdagi  «Urfon» nomli maktab 
qoshidagi boquvchisiz bolalar uyida tarbiyachi va mudir bo’lib ishladi. 
1923- yildan adabiyot maydoniga qadam qo’ygan G’afur G’ulom o’z ijodini bolalarga atab 
she’r  yozishdan  boshladi.  U  butun  ijodi  davomida  yosh  avlodni  unutmadi  va  unga  munosib 
adabiy  meros  qoldirdi.  SHoirning  «Mukofot»  (1940),  «SHe’rlar»  (1946),  «Tongotar  qo’shig’i» 
(1949),  «Bari  seniki»  (1953),  «Bir  g’uncha  ochilguncha»  (1955),  «Siz  mening  yoshligimsiz» 
(1958)  she’riy  to’plamlari,  o’rta  va  katta  yoshdagi  bolalar  uchun  «SHum  bola»,  «Tirilgan 
murda» (1934), «Yodgor» (1935) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o’rin tutadi. 
G’afur  G’ulom  «Yasha,  deyman,  o’g’lim!»  she’rida  fan  va  texnikani  egallashni  havas 
qilgan, qalbi qahramonlik ruhi bilan to’lib-toshgan, cheksiz osmonga uchib, yulduzdan yulduzga 
o’tishni orzu qilgan zamonamizning ilg’or yosh qahramoni tuyg’ularini o’g’li misolida tarannum 
etadi.  SHoir  bolalardagi  qahramonlikka  bo’lgan  zo’r  havasni  sezgirlik  bilan  ilg’ab  olib,  uni 
mohirlik  bilan  ifodalab  bergan.  Ota  bilan  bolaning  suhbati  shaklida  yozilgan  bu  she’rda 
o’g’ilning  qo’rqmaslik  va  irodalilik  xislatlari  jonli  tafsilot  va  obrazlar  orqali  ochiladi.  SHe’rda 
bolalarning  ichki  kechinmalari,  xarakteri,  hamma  narsani  bilishga  bo’lgan  qiziquvchanlik 
holatlari kulgili usulda, ta’sirli ifodalangan. 
«Tursunali  nega  varrakdan  voz  kechdi?»  she’rida  G’afur  G’ulom  texnikaning  kuch-
qudratini  kichik  yoshdagi  bolalar  saviyasiga  mos  vositalar  —  varrak  va  aeroplan  orqali 
ko’rsatadi. SHoir buni varrakning kuchsizligi bilan aeroplanning kuchliligini bir-biriga qarama-
qarshi  qo’yish  va  jonlantirish  usuli  orqali  mohirona  ko’rsatishga  muvaffaq  bo’lgan.  SHoir 
aeroplanda  tinmay  baland  va  uzoqlarga  uchgan  qahramon  obrazini  chizar  ekan,  bolalarda 
zamonimizning  shunday  qahramoniga  nisbatan  mehr-muhabbat  uyg’otadi.  SHu  bilan  birga 
“Muallim”  she’rida  Vatanimiz  qudrati  va  go’zalligini  shoirona  tasvirlaydi,  bolalarni  hayotda 
tug’ilayotgan  yangiliklar  bilan  tanishtiradi,  bularning  hammasi  ijodiy  mehnat  orqali 
yaratilganligini  kuylab,  ularni  zamonimiz  qahramonlari  izidan  borishga,  fan  cho’qqilarini 
egallashga undaydi. 
Aeroplanning uchar otga o’xshab ketishi bolaning xayoliga muvofiq keladi. SHoir aeroplan 
talqinida  bolani uni  minib  olishga,  «Fanning eng  cho’qqisi»  ga  uchirib  olib  borishga chaqiradi. 
Bunday  havas  ishtiyoqi  yosh  yurakni  to’lqinlantiradi  va  bola  samolyot  minishga  qat’iy  ahd 
qiladi. 
SHoir  «Bari seniki»  she’rida  yuksak vatanparvarlik  g’oyasini  ilgari  suradi.  Ayni  chog’da, 
o’z xalqining baxtini, go’zal Vatanning istiqbolini kuylagan shoir hayotga bo’lgan muhabbatini 
Vatanga  bo’lgan  muhabbati  tuyg’usi  bilan  yonma-yon  ko’radi,  bolalarga  ikkovini  bir  butun 
holda tushuntiradi. Buni shoir bola tilidan quyidagicha ifodalaydi: 
 
   Muncha ham chiroylisan, aziz Vatanim, 
       Bodomday ming ko’z bilan sevar badanim. 
Sensan avval-oxir, sensan sevganim, 
Jonim, yurak qonim, hatto shu tanim 
                                 Bir butun holicha bari seniki. 
 
«Ahmad yomon bola emas-ku, ammo....» she’rida Ahmad obrazi orqali «Sog’lom tanda — 
sog’  aql»  maqolidagi  mazmunni  o’ziga  xos  tarzda  yoritadi.  SHoirning  mahorati  shundaki, 
shartlilik  asosida  Ahmadning  tana  a’zolarini  jonlantiradi  va  Ahmad  o’z  tozaligiga  befarq 

61 
 
qaragach,  bu  a’zolar  majlis  qilib  har  biri  so’zga  chiqadi  va  egasidan  norozi  ekanliklarini  aytib, 
uni  tanqid  qilishadi.  G’afur  G’ulom  doktorning  foydali  maslahatlariga  amal  qilgan  Ahmadning 
keyinchalik  ozoda,  sog’lom  va  intizomli  bo’lib  qolishi  bilan  birga,  a’lochi  o’quvchiga 
aylanganligini ishonarli tasvirlaydi: 
 
   Qo’llari ham sevinchidan chapakda, 
Butun a’zo bir-biriga ko’makda. 
   Endi Ahmad sog’lom, toza, a’lochi, 
      Me’da kuchli, tishlari misli inji. 
 
SHoir  «Nortojining  kurak  tishi»  she’rida  ham  bolalarni  Nortoji  obrazi  orqali  tozalikka 
rioya qilishga undaydi. Kichik kitobxon diqqatini dastlab olti yoshli Nortojining «...chollar kabi 
kemshik» ekanligiga qaratadi: 
 
Oldingi to’rtta kurak tishining 
Sog’i yo’q — hammasi chirik, darz ketgan. 
Ba’zisi juda past, ba’zisi baland, 
Ba’zisi lab yular — misli tikan. 
 
«Nortojining  kurak  tishi»da  shoir  obrazli  tasvirlar  orqali  Nortoji  xarakteriga  xos  bo’lgan 
erinchoqlik va yalqovlikni, tozalikka rioya qilmasligini o’ziga xos yo’sinda fosh etadi. Xususan, 
Nortoji  tishining  kovagidan  joy  olgan  narsalarni  tasvirlar  ekan,  uning  kulgili  holatini 
«Karnayday og’zini ochishi bilan sassiq hid hammaga bilinib ketdi», «Oldingi kurak tishida bir 
hafta  burungi  ovqat  qoldig’i»  kabi  misralar  orqali  yanada  bo’rttirib  gavdalantiradi.  SHe’rda 
tozalikka  rioya  qilmaslikning  zararli  oqibati  bolalarga  g’oyat  hayotiy  va  xarakterli  misralarda 
yetkaziladi. 
G’afur G’ulom «SHum bola», «Tirilgan murda», «Yodgor» asarlari bilan bolalar adabiyoti 
nasriy janrining yuksalishiga ham o’zining munosib ulushini qo’shdi. 
G’afur G’ulomning «Tirilgan murda» asarida jamiyatga dog’ bo’lib tushadigan dangasalik 
o’rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalovchi qudrati ko’rsatiladi. Muallif ijodiy maqsadni 
Mamajonning  boshidan  kechirganlari  va  uning  o’zi  tomonidan  yozilgan  kundalik  sahifalari 
vositasida  kulgili  tarzda  hikoya  qiladi.  Asar  prolog  va  epilogdan  tashqari,  olti  fasldan  iborat 
bo’lib,  ularda  mulla  Mamajonning  1925-  yildan  to  1933-  yilgacha  o’tgan  davrda  boshidan 
kechirganlari  yozilgan.  Asarda  G’afur  G’ulom  o’z  qahramoniga  «so’z»  berib,  uning  o’ziga  xos 
xarakterini yaratadi. 
Adibning  «Tirilgan  murda»  asari  ikki  qismdan  iborat.  Ikkinchi  qismda  uning  jamoa 
xo’jaligiga kirishi va qayta tarbiyalanishi, farovon hayotga erishishi tasvirlanadi. 
Yozuvchi  Mamajonning  yalqovligi  va  erinchoqligini  chuqurroq  ochish  uchun,  avval  uni 
«Ming  bir  kecha»  ertaklaridagi  Abutanbalning  yalqovligi  bilan  taqqoslaydi:  «Xo’sh  desangiz, 
Bag’dod  degan  shaharda  Abutanbal  degan  bir  yalqov  yigit  o’z  onasi  qoshida  yashar  ekan. 
Abutanbal hech qanday ish qilmas ekan. Onasi topib kelgan ovqatni chaynab og’ziga solsa ham 
yutgani  erinar ekan.  Doimo  yonboshlab  yotar  ekan-u,  o’rnidan turishga haf-salasi  kelmas  ekan. 
Mabodo  qo’ltig’idan  ko’tarib,  tikka  turg’izib  qo’ygan  chog’ingizda  ham  oyoqlari  bir-biroviga 
chalishib  yiqilar  ekan...»  Mamajonning  sarguzashtlari,  uning  o’z  tilidan  so’zlatilishi  bolalarga 
asar  g’oyaviy  mazmunini  yaxshi  tushunishga  va  ularning  qiziquvchanligini  oshirishga  xizmat 
qilgan. 
Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  she’riyatning  juda  ko’p  durdonalarini  yaratgan  G’afur 
G’ulom  bolalarga  ham  ajoyib  asarlar  taqdim  etdi.  Uning  bolalar  uchun  yaratgan  asarlarida 
vatanparvarlik va baynalmilallik g’oyalari, qahramonlik va jasurlik, g’alabaga ishonch ohanglari 
yangraydi.  SHoir  «Navqiron  naslimiz  sinov  oldida»  she’rida  yoshlarning  kelajagini  ifodalab, 
ularni erk va baxt bergan vatanga munosib kishilar bo’lishga chaqiradi: 
 

62 
 
Bizning o’lkamizda yo’qolur ofat,  
O’limni yengishga sizlar kandidat...  
Ertaning, ey adib va shoirlari,  
Kishilik ruhining bilimdonlari...  
Siz osmon ilmini suvday ichasiz,  
Yulduzdan yulduzga zumda ko’chasiz...  
A’lochi o’g’lonlar, a’lochi qizlar,  
Vatan istagi ham xuddi ana shu. 
 
SHoirning  bu  davrda  yozgan  noyob  va  go’zal  asarlaridan  biri  «Sen  yetim  emassan» 
she’ridir.  Unda  odamlarning  ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  ota-onasiz  yetim  qolgan  bolalarga 
bo’lgan vatanparvarlik, qardoshlik, insonparvarlik his-tuyg’ulari yuksak mahorat bilan tarannum 
etiladi: 
 
                                                 Sen yetim emassan, 
Tinchlan, jigarim, 
 Quyoshday mehribon, 
Vataning — onang, 
Zaminday vazmin-u, 
  Mehnatkash mushfiq, 
                     Istagan narsangni tayyorlaguvchi 
    Xalq bor — otang bor. 
                                                CHo’chima, jigarim, 
                                                O’z uyingdasan. 
Bu  parchada  Vatanning  muazzamligini,  uning  mehri  daryo  kishilari  quyma  obrazlarda, 
lo’nda,  ta’sirli  ifodalanganligi  har  bir  misrada  ko’rinib  turibdi.  SHoir  bolalarga  yetimlik  nima 
ekanligini  tushuntirarkan,  o’zining  achchiq  yetimlik  qismatini  eslash  orqali  ham  asarning  ta’sir 
kuchini yanada oshirishga erishgan: 
 
...Men yetim o’sganman, 
Oh, u yetimlik...  
Voy, bechora jonim,  
Desam arziydi,  
Boshimni silashga,  
Bir mehribon qo’l,  
Bir og’iz shirin so’z  
Nondek arzanda,  
Men odam edim-ku,  
Inson farzandi... 
SHoir  she’rida  g’alabaning  muqarrarligini  zo’r  hayajon  va  ko’tarinki  ruhda,  obrazli 
misralarda ifoda etadi: 
 
Tong yaqin,   
 
        Olam kezasan.... 
Tong yaqin,   
 
        Haqorat yemirilur, 
Oppoq tong yaqin...          Zulm yanchilur, 
Ulug’ oilaning  
        Jahonda bo’lurmiz, 
Go’dak farzandi, 
 
         Ozod, muzaffar, 
Bilib qo’y endi: 
 
         Sen yetim emassan, 
Sen tezda ulg’ayib, 
 
Mening jigarim! 
 

63 
 
G’afur G’ulomning bu she’ri yoshlarda Vatanga sadoqat, vatanparvarlik va baynalmilallik 
hamda  bosqinchilarga  nafrat  tuyg’ularini  tarbiyalashda  katta  ahamiyatga  ega  bo’lgan  barkamol 
asardir. 
Urushdan  keyin  G’afur  G’ulom  bolalar  uchun  «SHe’rlar»  (1946),  «Tongotar  qo’shig’i» 
(1949),  «Bari  seniki»  (1953),  «Bir  g’uncha  ochilguncha»  (1955),  «Siz  mening  yoshligimsiz» 
(1958) she’rlar to’plami va «Mening o’g’rigina bolam» (1965) voqeiy hikoyasini yaratdi. 
G’afur G’ulomning bu davr ijodida bolalarning o’ziga xos orzu-umidlari, yuksak ma’naviy 
olamlari, odob va axloqlari, o’qish va intilishlari asosiy mavzuga aylandi. Jumladan, shoir «Oltin 
medal»  she’rida  o’rta  maktabni  bitirayotgan  o’g’il  va  qizlarga  ishonch  va  umid  ko’zi  bilan 
qaraydi.  Ularni  kelajagimizning  ishongan  kishilari  —  «zamonlar  tongining  chiroqlari»  deb 
tasvirlaydi: 
 
Sizsiz kelajak yo’q, siz axir xalqning  
Ming yilni ko’rajak qarog’larisiz.  
Sizsiz yorimaydi osmonda Zuhra,  
Zamonlar tongining charog’larisiz. 
SHoir  o’lkamizning  kelgusida  yanada  gullab-yashnashini,  jahonda  tengi  yo’q  diyorga 
aylanishini orzu qiladi va  yoshlarni ana shunday  Vatanga munosib farzand bo’lishga, ilm-fanni 
egallashga undaydi. U yoshlarning ilm-fanda kamol topishiga zo’r ishonch bilan qaraydi. 
G’afur  G’ulom  bolalar  va  yoshlarni  kattalarga,  ayniqsa,  ota-onaga  mehr-muhabbatli  qilib 
tarbiyalash  mavzusida  ko’plab  she’rlar  yaratdi.  SHulardan  biri  «Ona»  she’ridir.  SHoir  bu 
she’rida bag’ri ufqlardan ham keng onaning lirik obrazini yaratib, bolaning unga bo’lgan mehr-
muhabbatini ifoda etadi. 
SHoir  bolani  chaqaloqligidanoq  mehr-muhabbat  bilan  asrab,  avaylab  tarbiyalab  kelgan 
onani ta’riflab, bu mo’’tabar zotni e’zozlaydi. 
SHoir  she’rda  onaga  murojaat etib,  uni qoya,  yuksak  tog’,  chaman  bog’  hamda  quyoshga 
qiyoslaydi  va  onani  ulardan  yuqori  qo’yadi.  Darhaqiqat,  dunyoda  onadan  ulug’  zot  yo’q!  U 
borliqqa jon baxsh etuvchi, olamni nurga burkovchi oftob misol qadrli, hatto undan ham azizdir. 
SHe’r bolalarda onalarga chuqur muhabbat hissini uyg’otishda katta xizmat qiladi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  akademik  shoir  G’afur  G’ulom  o’zbek  bolalar  adabiyotini 
yuksaltirishga  barakali  hissa  qo’shdi.  U  yoshlar  uchun  yozgan  asarlarida  bolalarning  quvnoq 
hayotini  yurakdan  berilib  kuyladi.  Uning  asarlari  bolalarni  yaxshi  inson  bo’lib  kamol  topishga, 
a’lo o’qishga da’vat etadi. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


elvin-luku-talk-show-n-11.html

elvin-luku-talk-show-n-114.html

elvin-luku-talk-show-n-119.html

elvin-luku-talk-show-n-123.html

elvin-luku-talk-show-n-128.html