1 2 3 4 5

+” Ma`lumotga egaman.

-” qisqa ma`lumotga egaman .

?” men uchun notanish ma`lumot.

AMALIY

Texnologik xarita



Amaliy mashg`ulot vaqtida allomalarimizning kasb hunar haqidagi hikmatli so`zlardan baytil bayt o`yinini tashkil etishimiz mumkin. Bu jarayonda uyga berilgan vazifani tekshirib olishimiz mumkin.

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

Tezkor savol javobdan foydalaniladi

1.Choynik yopgichning naqshi qaysi usulda tikiladi?

O`quvchilar uchun oson va tez bo`ladigan guldo`zi usulida tikiladi

2.Choynak yopgich necha qismdan iborat bo`ladi?

Choynik yopgich ikki bo`lak abra ikki bo`lak astar qismlardan hamda 2 bo`lak tagiga qo`yadigan tagliklardan iborat

4.Choynak yopgichga oxirgi ishlov qanday beriladi?

Bezash ishlari va iplardan tozalash.

5.Choynak yopgichga paxta yoki sintefon nima uchun kerak?

Issiqlikni saqlab turish uchun.

6.Abra choynak yopgichning qaysi qismi?

Ustki qismi.

7.Yoppasiga zamini bilan tikiladigan usul qaysi zardo`zi usuli hisoblanadi?

Zamindo`zi.

8.Bo`laklarga bo`linib tikiladigan usul likakdo`zi va vag`ardo`zi usuli hisoblanadi.

V.Darsga faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, baholash.

Chiroyli tikilgan o`quvchi ishlarini namuna sifatida ko`rsatish va ularga raxmat aytish, baholash.

“5” “4” ”3”

VI.Uyga vazifa:

Zardo`zlik bo`yicha zamonaviy murakkab naqsh turlarini chizib kelish.

VII.Ish o`rnini yig`ishtirish.



Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.

Darsning borishi - 6-sinf. Sana. Mavzu: Zardo'zlik san'ati tarixi va uning rivojlanishi. Zardo'zlikda ishlatiladigan...

bet5/5
Sana08.02.2017
Hajmi329.69 Kb.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:



  1. Salomlashish.

  2. Davomatni aniqlash.

  3. Darsga tayyorgarlikni tekshirish.

  4. O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash

.

Uyga vazifani tekshirish.

a)Savol –javob o`tkazish.

b)Topshiriqlarni tekshirish.

O`quvchilar guruhlarga ajratiladi. Guruh sardorlari guruh nomlarini va o`zini tanishtiradi. Guruhlar guruh nomlariga taqdimot tayyorlashadi.

1- Turdagi savollar

.

1- guruh. Zardo`zlik hunariga taqdimot orqali ta`rif bering.

2- guruh. Zargarlik hunariga taqdimot orqali ta`rif bering.

2- tur savollari

Sardorlar konvert olishadi va guruh a`zolari bilan birgalikda konvert ichidagi berilgan savollarga javob berishadi, har bir javobga bir baldan beriladi.

1- konver savollari


  • 1.Zardo`zlikda necha xil ignalar ishlatiladi.

Javob: 2 xil ignalar ishlatiladi !-sonli va 2-sonli ignalar.

  • Zardo`zlikda necha xil qaychi ishlatiladi?

Javob: 3 xil qaychilar ishlatiladi.

Naqshni kesish uchun tuyabo`yin qaychi.

Pardozlashda, tozalashda ishlatiladigan qaychi.

Gazlamani bichishda ishlatiladigan qaychi.



  • 3.Sochmado`ziga ta`rif bering.

Yirikroq uy ro`zg`or buyumlarida ishlatiladi. Zar iplar ikki qavat bir qavat ipak iplar eshilib tikiladi.

  • 4.Shakarakdo`ziga ta`rif bering.

Bu usul guldo`zi usuliga uxshab tikiladi farqi shundaki zar iplar ikki qavat qilib eshilib tikiladi.

2- konvert savollari



  • 5.Likakdo`zi haqida ta`rif bering.

Karton emas siddilar ustiga tikiladi. Likak bo`laklarga bo`linib siddilar ustiga tikiladi.

  • 6.Bireshimdo`ziga ta`rif bering.

Gullar aynan tabiatga uxshashiga intyilishlardan kelib chiqqan. Bunda naqshlar ipak iplar bilan tikiladi.

  • 7.Buyumlarni necha xil usulda dezaynini o`zgartirish mumkin?

Javob Ikki xil usulda klassik va modern va dezayni bo`yicha o`zgartirish mumkin.

  • 8.Klassik dezayn bilan modern dezaynning farqi nimada?

Klassik

dezaynda milliylikga ko`proq etibor qaratiladi yani milliylikni saqlab qolishga harakat qilinadi. Gullar va naqshlar rangi va o`rni o`zgarishi mumkin xolos.

Modern

dezaynda buyumni butunlay zamonaviy ko`rinishda ta`svirlash mumkin. Uning bichimi ranglari tikilish uslublari hammasi yangicha tarzda uyg`unlashtiriladi.

3- tur.


Mehnat va hunar haqida maqollar aytish orqali guruhlar bellashadilar.

  1. Guruh mehnat haqida maqollar aytish.

  2. Guruh hunar haqida maqollar aytish.

Qaysi guruh ko`proq maqollar aytsa g`olib sanaladi, bir marta aytilgan maqollar takrorlanmasligi kerak.

Guruh ballari hisoblanadi , o`quvchilar baholanadi va rag`batlantiriladi.

Baholashda rag`bat kartochkalaridan yoki ballardan foydalanishimiz mumkin.

“5” “4” ”3”


Yangi mavzu bayoni:

NAZARIY.

Zardo’zi choynak yopqich naqshi tikib bo’lingach, teskari tomoni elimlanadi va bo’zdan kesib olinadi. Choynak yopqich detallarini bir-biriga birlashtirish texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi:

1.-Abra bo’laklarining o’ngini bir-biriga qaratib, uchta tomonidan birlashtiriladi va o’ngiga o’giriladi. Yuqori qismidagi uchlari to’g’rilanadi.

2.-Astar bo’laklari ham teskarisidan ikki tomoni bo’ylab bir-biri bilan birlashtiriladi.

3.-So’ngra abra astar ichiga kiritilib pastki qirqimi bo’yicha birlashtiriladi.

4.-Endi ular orasiga qavatlangan paxta joylashtiriladi va astarning ochiq qoldirilgan yuqori qismi tikiladi.

5.-Choynak yopqich o’ngiga o’girilib, uning uchlariga po’paklari ulanadi. Ular rangli ipak iplar yoki simdan tayyorlanadi.

6.-Choynak yopqichning pastki tomoniga aylantirib 0,5 sm masofada zardo’zi jiyak o’rnatiladi.

7.-Choynakning tagiga qo’yiladigan qismi abrasi bilan astari o’ng tomonlari ichkariga qaratilgan holda uchma-uch joylashtirilib tikiladi, faqat 5-6 sm joyi ochiq qoldiriladi.

8.-So’ng tikilmasdan qoldirilgan joydan o’ngiga o’giriladi, tikilmagan o’rni qo’l chokida bilintirmasdan tikiladi. Ustidan aylantirilib 0,5 sm masofada mashina chokida tikib chiqiladi yoki shu masofada zardo’zi jiyak o’rnatilad.

Har bir o`quvchiga “O`z bilimingni sina” jadvali tarqatiladi o`tilgan mavzu bo`yicha olgan bilimlaringizga tayangan holda to`ldiring.O`quvchi uchun noma`lum ma`lumotlarni o`qituvchi tomonidan yoki ma`umotni to`liq biladigan o`quvchi tomonidan javob beriladi


Savollar

+

-

?

1

Abra bu nima




2

Astar bu nima




3

Zardo`zlikda ishlatiladigan qaychilarning vazifasi haqida




4

Choynak uchun taglik zarur yoki kerak emasligi




5

Ishning oxirida bezash ishlari haqida




6

Yarim tayyor mahsulot korch`pdan yechib olingandan keying ishlar ketma ketligi haqida




7

Termis turlari ko`paygan davrda choynak yopgich tikib tayyorlash kerak yoki kerakmasligi haqida




8

Xalq hunarmandchiligining davomiyligi haqida





Ishning ketma ketligi



Kerakli materiallar



Ishning bajarilish jarayoni



1

Kerakli materiallar

Korcho`p, patila, bo`z, mato, oddiy va zarli iplar, igna

2

Korcho`pga bo`z tortish

Korcho`p , bo`z va stepler yani qotirgich

3

Korcho`pga mato joylashtirish

Bo`z qotirilgan korcho`p, qizil baxmal mato



4

Mato ustiga tayyorlab olingan naqshni mustahkamlash

Tayyor tikish holatiga keltirilgan korcho`p va kesib olingan naqsh nusxasi



5

Zar ipni patilaga o`rab tayyorlash

Patila, zar iplar


6

Tayyor naqsh ustidan guldo`zi usulida tikish

Ishga Tayyor korcho`p zar iplar



7

Tayyor tikib bo`lingan gul naqsh matoni korchopdan yechib olish

Tikib tayyorlangan naqshli yarim tayyor mahsulot ikki dona bo`ladi

8

Ikkta yarim tayyor mahsulot o`ngi o`ngiga qo`yib chetlari 1 sm chok haqi tashlab tikiladi

Ikkta qismdan iborat abra

9

Astar uchun kerakli mahsulotlar tayyorlab olinadi

Paxta astarlik mato, qaychi ,ip, igna

10

Astar bichib olinadi

astarlik mato, qaychi ip, igna

11

Astar ichiga paxta solinadi.

Paxta,astarlik mato

12

Astar qavib olinadi Abra ichiga astar solinadi ochiq joylari tikib chiqiladi

Ichiga paxta solingan astar

13

Kerakli mahsulotlar tayyorlab olinadi

Lentalar, munchoqlar pulakchalar nozmunchoqlar

14

Lentalar, munchoqlarpulakchalar, nozmunchoqlar yordamida mahsulotimizning ustki qismini bezab chiqamiz. Choynak yopgichimiz tayyor.

Lentalar, munchoqlar

pulakchalar, nozmunchoqlar


15

Choynik uchun taglik tayyorlash. Mato bo`laklari

Mato bo`laklari o`ngi o`ngiga qo`yib ichiga qattiq mato solib tikib chiqiladi va lenta bilan bezatiladi. Choynik uchun taglik tayyor.
?


elvin-luku-talk-show-n-132.html

elvin-luku-talk-show-n-137.html

elvin-luku-talk-show-n-141.html

elvin-luku-talk-show-n-146.html

elvin-luku-talk-show-n-150.html