O`quvchilarning javoblarini umumlashtirib, xulosalash.

4.Yangi mavzuni mustahkamlash:

,,Muzyorar” mashqi ekran orqali namoyish etiladi.

Mashqning maqsadi o`quvchilarning vaqt o`lchovi birligini to`liq bilib olishlariga erishishdan iborat.

O`quvchilarning mashqini to`g`ri bajarishlari kuzatilib, rag`batlantiriladi/

Qiziqarli ma’lumotlar.

Vaqtni aniqlaymiz


Zamonaviy soatlar ham birdan paydo bo`lmagan. Dastlab quyosh soatlari yasalgan. Eng soda yerga yog`och qadalib, uning atrofida doira chizilib, doira ichi bir necha bo`lakka bo`lingan. Kun davomida quyoshning ko`kdagi harakati tufayli yog`ochning soyasi bir bo`lakdan ikkinchisiga o`tgan. Quyosh soatlaridan faqat havo ochiq bo`lgandagina foydalanish mumkun/ Tunda bunday soatlar keraksiz bo`lib qoladi. Keyinchalik ularning o`rnini qum, suvsoatlar va olovsoatlar egallagan.Biroq ularning hech biri vaqtni aniq hisoblay olmaydi. O`rta asrlarda shahar hayotini boshqarishda har bir uydan ko`rish va bongini eshitish mumkun bo`lgan markaziy minoralarga o`rnatilgan soatlarning o`rni katta bo`lgan.

Ilk mexanik soatlar juda ulkan bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan odamlar kichkina soatlarni yasyshni bilib olishgan.Dastlab cho`ntak soatlar, so`ng qo`l soatlari yasalgan. Mexanik qo`l soatlarni qo`l bilan burab turish kerak, kvarssoatlar esa batareyalar bilan ishlaydi. Mexanik soatlar o`rnini electron soatlar egalladi.


Mustahkamlovchi test topshiriqlari.

1. Yer o`z o`qi atrofida bir marta aylanib chiqishiga ketgan vaqt numa deyikadi?

a) 1 yil; b) sutka; c) oy; d) fasl.

2. Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi….


a) 1 yil; b) oy; c) sutka; d) 4 oy.

  1. Haftaning 3-kunini belgilang.

a) dushanba; b) seshanba;

c) chorshanba; d) payshanba.

4. Haftaning yettinchi kuni…

a) shanba; b) juma; c) eakshanba; d) seshanba.

5. 1 yil necha fasldan iborat?

a) 12; b) 4; c) 3; d) 24.

5. O`quvchilarni baholash va darsni yakunlash:

__ Bugungi darsdan nimalarni o`rgandingiz?

Barcha o`quvchilarning javoblarini eshitish, qabul qilish, umumlashtirish.

__ Bugungi darsdagi ishtirokingiz uchun rahmat.

Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanib, rag`batlantiriladi.

6. Uyga vazifa:

__Darsligimizning 45-46-sahifasidagi rasmlarni kuzatib, o`z fikringizni izohlab berishga tayyorlaning, savollarga javob yozib, topshiriqni bajaring.


Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani

XTMFMTva TEB tasarrufidagi

28 – umumta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Mamadaliyeva Barnoxon

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.

Darsning maqsadi: a ta`limiy: O`quvchlarga vaqt o`lchov birligi, yil,Oy,Hafta, Kun haqida ma’lumot berish; b tarbiyaviy

Sana28.06.2017
Hajmi27.91 Kb.

MAVZU:

Vaqt o`lchov birligi.

DARSNING MAQSADI:

A)TA`LIMIY

:O`quvchlarga vaqt o`lchov birligi, yil,Oy,Hafta, Kun haqida ma’lumot berish;

b)TARBIYAVIY

:O`quvchlarni vaqtdan unumli foydalanishga, vaqtni,har,o’tgan kunini qadrlashga o’gatish;

d)RIVOJLANTIRUVCHI

:O O`quvchlarga vaqt o`lchov birligi, yil,Oy,Hafta, Sutka va Kun haqidagi bilimlarini rivojlantirish;

DARSNING TURI

: Yangi bilim beruvchi.

DARSNING USLUBI:

Tushintirish,suhbat,nazorat qilish, rag’batlantirish, namuna.

Didaktik mashiqlar:

“Meni tushun”, “Siz buni bilasizmi?” , “Muzyorar” mashiqlari, “Bilaman, bilib oldim, bilmoqchman”, muammoli izlanish.

Dars jihozlari:

multimedia ilovasi, slaydlar, AKT, test topshiriqlari,darslik,ko`rgazma.

Darsning borishi:

Bugungi dars ,,vaqting ketdi-baxting ketdi”shiori ostida tashkil etiladi.

1.Tashkiliy qism

-salomlashish,o`quvchilarning darsga tayyorliklarini tekshirish;

-navbatchi axborotini tinglash

-o`quvchilar davomatini aniqlash

2.O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash;

-Aziz bolajonlar biz o`tgan darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz va uyga qanday vazifa berilgan edi?.

O`tilgan mavzu asosidan test topshiriqlari beriladi.

Test topshriqlari:



  1. “ ___________ bor joyda hayot bor” iborasida tushirib qoldirilgan so`zni toping.

a) non; b) suv; c) tabiat; d) o`simliklar/

2. yer yuzining necha qismini suv qoplagan?

a) uchdan ikki qismini. b) ikkidan uch qismini.

c) uchdan bir qismini. d) to`rtdan uch qismini.

3. Yer yuzida suv kam bo`lgan joylar qanday ataladi?

a) o`rmon; b) cho`l; c) ko`l; d) botqoq.

4. Suv qayerlarda oqadi?

a) okeanda; b) dengizda; s) ariq va daryolarda; d)ko`llarda/

5. suv necha holatda bo`ladi?

a) 3 holda; b) 2 holda; c) 4 holda; d) 5 holda.

Test topshiriqlari bo`yicha javoblarni aniqlab,o`quvchilar bir-birlariga savollar beradilar, javoblar umumlashtiriladi/


  • Tabiatda suvning aylanishini tushuntirib bering.

Animatsiya yordamida mavzuni tushuntirish.

- Suvni iflos qilmaslik, undan unumli foydalanish haqida nimalarni bilasiz?

O`quvchilarning javoblarini umumlashtirib, BBB xulosalanadi.

3.Yangi mavzu bayoni:

,,Meni tushun “ mashqi

.

,,Biz unga qarab kun tartibimizni tuzamiz,vaqtimizni taqsimlaymiz, maktabga kelamiz, darsda o`tiramiz …” Nima haqida fikr yuritilyapti?(soat).

Soat bilan nimani hisoblaymiz ?(Vaqtni.)

O`quvchining bayoni slaydlar orqali namoyish etiladi.

Vaqt hisobiga Yerning o`z o`qi va Quyosh atrofida aylanishi asos qilib olingan ,

Yerning o`z o`qi atrofida bir marta aylanishi

sutka

deyiladi. asos qilib olingan.

Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt – 1yil.

1 yil-12 oy;

1 oy –o`rtacha 4 hafta;

1 hafta -7 kun;

1 sutka – 24 soat;

1 soat – 60 minut;

1 minut – 60 sekund.

Texnika vositasidan foydalanib, hafta kunlari, oy nomlarini ingliz tilida talaffuzga e’tibor bergan holda aytish kerakligi ta’kidlanadi. Hafta kunlari ingliz tilida so`raladi.

Dushanba – Monday

Seshanba - Tuesday

Chorshanba – Wednesday

Payshanba _ Thursday

Juma _ Friday

Shanba _ Saturday

Yakshanba _ Sunday

Oy nomlari ham slaydlar orqali ingliz tilida beriladi.

Dam olish daqiqasi.

,, Soat” qo`shig`I

texnika vositasidan eshitirilib, harakatlari bilan bajariladi.

Darslik bilan ishlash:

Matn ustida ishlash, tayanch so`zlar bilan ishlash.

Yil, oy, hafta, kun, sutka, soat, minut,sekund, sana, so`zlariga izoh beriladi.

,,Siz buni bilasizmi?” mashqi:

Bunda guruhdagi bolalardan navbat bilan quyidagi savollarga javob berishlari so`raladi.



  1. Soatning kichik va katta millari nimalarni bildirishini aytib bering.

  2. Har bir fasldagi tengkunliklarni aytib bering. Nima uchun tengkunlik deyiladi?

  3. Har biringiz tug`ilgan yil, oy, kuningizni bilasizmi?

  4. Mamlakatimizda qachon qanday bayramlar bo`lishini bilasizmi?

IPT Multimedia ilovasi yordamida quyidagi

didaktik mashq

bajariladi. Bayram nomi bilan sanasini chiziq orqali

tutashtirish lozim.


21-mart


Navro`z bayrami

8-mart


Ustoz va murabbiylar bayrami

1-oktabr


Onajonlar bayrami

1-sentabr


Xotira va qadrlash kuni

9- may


Mustaqillik bayrami

1- iyun


Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

2- aprel


Vatan himoyachilari kuni

14- yanvar


Butunjahon bolalar adabiyoti kuni

8- dekabr


O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kuni

21-oktabr


O`zbegiston Respublikasi Ronstitutsiyasi kuni
?


elvin-luku-talk-show-n-35.html

elvin-luku-talk-show-n-4.html

elvin-luku-talk-show-n-44.html

elvin-luku-talk-show-n-49.html

elvin-luku-talk-show-n-53.html